Научная статья на тему 'MIFOLOGIK DUNYOQARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING INSON ONGIGA TA’SIRI'

MIFOLOGIK DUNYOQARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING INSON ONGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

14900
583
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mif / mifning turlari / mifologiya / mifologik obrazlar / mifologik tasavvur va dunyoqarashlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nargiza Xalbayevna Babadjanova

Ushbu maqolada mif va uning turlari, mifologiya va uning obrazlari haqida o’rganilgan bo’lib, ularni ilmiy jihatdan asoslashga bag’ishlangan. O’rganish natijasida mifologik tasavvur va dunyoqarashlarning olam va inson ongiga ta’siri haqidagi falsafiy qarashlar ifoda qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIFOLOGIK DUNYOQARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING INSON ONGIGA TA’SIRI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505

MIFOLOGIK DUNYOQARASHLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING INSON ONGIGA TA'SIRI

Nargiza Xalbayevna Babadjanova

Chirchiq davlat pedagogika instituti nargizababadjanova2020@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mif va uning turlari, mifologiya va uning obrazlari haqida o'rganilgan bo'lib, ulami ilmiy jihatdan asoslashga bag'ishlangan. O'rganish natijasida mifologik tasavvur va dunyoqarashlarning olam va inson ongiga ta'siri haqidagi falsafiy qarashlar ifoda qilingan.

Kalit so'zlar: mif, mifning turlari, mifologiya, mifologik obrazlar, mifologik tasavvur va dunyoqarashlar.

KIRISH

Qadimgi odamning olam va borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlaring majmui -mif hisoblanadi. Mif yunoncha "mithos" so'zidan olingan bo'lib, "rivoyat, afsona, asotir, hikoya, masal" degan ma'nolarni bildiradi.

Mif - xalq og'zaki ijodining eng qadimgi davrlarida paydo bo'lgan va insoniyatning olam haqidagi o'sha davrlardagi tasavvurlarini nafaqat aks ettiradi balki, aniq obrozlar vositasida bo'rttiruvchi e'tiqodiy qarashlarni, to'qimalarni o'zida mujassamlashtiradi.Ya'ni koinotning yaratilishi, samoviy jismlarning paydo bo'lishi, o'simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati afsonaviy qahramonlar, ma'budlar va ilohlar to'g'risidagi e'tiqodiy qarashlarni o'z ichiga oladi.[4]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qadimiy tasavvurlar silsilasi va o'z davrida tafakkur shakli hisoblangan miflar - odamlarning voqelikka nisbatan ongsiz ravishdagi hissiy munosabatining ifodasi sanaladi, tabiat va jamiyat hayotining xilma xil qirralarining mazmun mohiyatini tushuntiruvchi vositadir. Shuningdek, mif - afsona janrining badiiy shakli asosida bayon etilib, tarixda yashab o'tgan ajdodlarimizning olam haqidagi tasavvurlarini o'zida jamlaydi. Miflarning ommolashishida, ularning avloddan avlodga yetib kelishida xalq og'zaki ijro san'ati katta ahamiyat kasb etadi va ular asosan so'z

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505

vositasida hikoya qilib berilgan, natijada bugungi kungacha yetib kelgan. Ilmiy manbalarda mif - atamasining 500dan ortiqroq ta'rifi mavjudligi qayd qilinadi. [10]

Olam, tabiat hodisalari va ijtimoy hayot xususidagi qadimgi fantastik tushunchalarni o'zida aks ettirgan miflar quyidagi turlarga bo'linadi: 1) ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo bo'lishi to'g'risidagi miflar); 2) samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarning paydo bo'lishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar ( g'ayrioddiy xislatga ega bo'lgan afsonaviy personajlar haqidagi miflar); 4) kult miflari (muayyan e'tiqodiy ishonchlar bilan bog'liq miflar); 5) totemistik miflar (totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida paydo bo'lgan); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog'liq miflar); 7) o'lib - tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar; 8) animistik miflar (jon to'g'risidagi qadimgi tasavvurlarni o'zida mujassamlashtirgan miflar); 9) manistik miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar); 10) dualistik miflar (ezgulik va yovuzlik kuchlari o'rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o'zida aks ettirgan miflar); 11) esxatologik miflar (olamning intihosi, oxir zamon to'g'risidagi miflar).

Ilmiy bilimlar tizimi ijtimoiy ong shakllaridan biri bu - fan hisoblanadi. Fan -o'zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasi ega bo'lgan, olamni bilish va o'zlashtirishining maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir.

Mifologiya - miflarni o'rganuvchi fandir va ibtidoiy madaniyatning asosi -olamni idrok etishning qadimgi vositasi va badiiy tafakkurning ibtidosidir. Mifologiya - inson aqliy faoliyati taraqqiyotining dastlabki bosqichi sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning asosini qadimgi odamning mifologik tasavvurlarini o'zida mujassamlashtirgan miflar tashkil etadi. Mifologiya bir jihatdan odamlarning dunyo tabiat va inson haqidagi fantastik go'yalarini aks ettiruvchi xudolar, qahramonlar, ruhlar, badiiy to'qimalar haqidagi hikoya qiluvchi afsona va asotirlar majmui hisoblansa, boshqa jihatdan afsonalarning kelib chiqishi, mazmuni, ularning tarqalishi avloddan avlodga yetib kelishi, ularning boshqa xalq ijodiyoti janrlari bilan aloqalarini diniy e'tiqod va marosimlarini, tarixning tasviriy san'ati, afsona va to'qimalarning mazmun mohiyati bilan aloqador jihatlarini o'rganadigan fandir. Shuning bilan bir qatorda mifologiya mafkuraning shakllarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi va u falsafa, ilmiy g'oyalar, adabiyot va madaniyatni shakllantirish uchun manba vazifasini bajaradi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Mifologiyaning arxaik qatlamiga nazar soladigan bo'lsak, quyosh, oy va yulduzlar haqidagi shamsiy qamariy miflar, olamning paydo bo'lishi haqidagi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505

samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi antropogenik miflar, qadimgi e'tiqodiy qarashlarni o'zida ifodalagan totemistik, anemistik va kult miflaridan tashkil topganining guvohi bo'lishimiz mumkin. Ba'zi hududlarda dehqonchilik madaniyati shakllanganligi tufayli tabiiy-iqlimiy o'zgarishlarning ramziy metaforik talqinlarga asoslangan taqvimiy miflar va o'lib tiriluvchu tabiat kultlari haqidagi miflarning keng tarqalishiga sababchi bo'lgan. Natijada Osiris (qadimgi Misr); Adoris (Finikiya); Dionis (Yunoniston); Syovush (O'rta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar yuzaga kelgan. [4] Bunday syujetlar badiiy tafakkurning shakllanishi va taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etibgina qolmasdan xalq og'zaki badiiy ijodiyoti, yozma adabiyot va san'at asarlarida mifologik personajlarning mavjudligidan dalolat beradi. Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy to'qima va fantaziya mahsuli bo'lib, koinot, tabiat va jamiyatdagi g'ayritabiiy hodisalar, qadimgi odam hayolot dunyosida mavjud bo'lgan g'ayrioddiy kuchlarning vujudga kelish sabablarini izohlash vazifasini bajargan. Badiiy tafakkur taraqqiy etgan sari bunday obrazlar adabiyot va san'at olamiga asta sekin ko'cha boshlagan. O'zbek xalq afsonalari va ertaklaridagi, "Alpomish", "Kuntug'mish", "Rustamxon" hamda "Go'ro'g'li" turkumiga mansub dostonlardagi mifologik obrazlarning paydo bo'lishi buning yaqqol misoli. Shuningdek, folklor va yozma adabiyotdagi mifik obrazlar badiiy talqinning namoyon bo'lishi va poetik tafakkurning yuksak darajada aks ettirilishini ta'minlashga xizmat qiladi. Mifik syujetlar aks ettirilgan asori atiqalar, xalq hunarmandchiligi va amaliy san'ati asarlari qadimgi tasavvurlar asosida yaratilgan bo'lib, mifologik tasavvurlarning vujudga kelishiga sababchi bo'lgan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda ritual o'yinlar sifatida namoyon bo'lgan. Mifologik tasavvurlar hayoliy uydurmalarni bayon qilib kelsa ham, mif o'z ijrochilari tomonidan bo'lib o'tgan voqelar deb sifatlanadi. M.I. Steblin Kamenskiyning ta'kidlashicha, "mif - bu muayyan voqelik bayoni bo'lib, unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechog'lik uydurma bo'lmasin, yaratilagn va yashab kelgan joyida u hamisha haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. Mifni o'rganadigan tadqiqotchi undagi uydurmaga ishonmaydi. Shuning uchun ham mif bugungi kunda haqiqiy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashilmaydi. Shu tariqa tadqiqotchining mif haqidagi o'z tasavvuri ya'ni " mif - uydurmadir" degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan va ommalashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb tushunilgan" [8] .

Mifologik obrazlar o'z navbatida insonlarning dunyoqarashlariga ham ta'sir qiladi. Dunyoqarashning mohiyati shundaki, u faqat insongagina xos bo'lib, hayotiy tajriba va emperik bilimlar asosida shakllanadi. Dunyoqarash hayot bilan bog'liq

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505

mifologik, diniy, badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlami o'zida aks ettiradi. Mif va din falsafa va fan dunyoqarashning dastlabki shakllari bo'lib, u insoniyat rivojlanishi bilan o'zaro bog'liqdir. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo'lib, unda shubhaga o'rin yo'qdir. Masalan, Zaroastrizm mifologiyasida dunyo yaxshilik xudosi Axuramazda va yomonlik xudosi Axrimanning doimiy ziddiyatida rivojlanadi, Maya qabilalari miflarida Ketsalkoatl Xudosi olamning yaratuvchisi deb hisoblangan.

Turli xalqlarning olamning yaratilishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlar va ular bilan bog'liq hodisalar haqidagi tasavvurlarini ifodalab ma'lum bir tizimga solingan shakli - mifologik dunyoqarash deb yuritiladi. Bu tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar,rivoyatlar bo'lib, miflar eng avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu yo'sinda jamlangan bilim va tajriba avloddan avlodga o'tishini ham ta'minlaydi. Mifologik dunyoqarashda tabiat narsalari va hodisalari inson bilan bir xil qonunga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar va xoxishga ega bo'ladi. Shuningdek, unda ulkan olam doirasida dunyoning cheksiz rang-barangligi vujudga keladi va har bir dunyo o'z makon va vaqtiga ega bo'lishining guvohi bo'lishimiz mumkin. Mifologik dunyoqarashning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat emas, balki og'zaki muqaddas matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, odamga va u yashayotgan dunyoga ta'sir ko'rsatuvchi muayyan borliq sifatida yuzaga kelgan duyoqarashdir. Mifologik dunyoqarashga ko'ra bu olam boshqa dunyolar bilan o'ralgan, ularning barchasi insoniyat bilan ma'lum darajada bog'langan hamda o'sha borliqning kuchlari va aloqadorlik munosabatlari odamlar yashaydigan olamga va insonning o'ziga faol ta'sir ko'rsatadi.

Mifologik dunyoqarashda barcha obyektlar jonli bo'ladi, shu sababli hatto toshlar bilan ehtiyot bo'lib muomila qilish talab qilinadi, aks holda ularning g'azabiga duchor bo'lishi mumkin. Masalan, daryodan o'tish uchun avval undan ijozat so'rashi, ovchi otgan tosh nishonga tegishi uchun avval tosh bilan kelishib olish va uni o'ziga bo'ysundirish lozim, aks holda tosh hechqachon nishonga tegmaydi. Daryo, tosh, tog', bulut - bularning barchasi insonga va uning ongiga ta'sir o'tkazish xususiyatiga ega. Insonga ta'sir o'tkazish uchun nimadan qo'rqishi, nimani yaxshi yoki yomon ko'rishi, sajda qilishini bilishi lozim, shundagina unga biror narsani taklif qilish yoki qo'rqitishi, hamda ta'sir o'tkazishi mumkin. Ayni shu harakatlar har qanday dunyoda yashaydigan jamiki jonzotlarga ham o'rinlidir. Kult miflariga nazar soladigan bo'lsak yuqorida keltirilgan hodisalarni uchratishimiz mumkin

Mifologiyada aql-idrok va tasavvur ayniydir, deb aytish mumkin. Tushunchalardan holi aql-zakovat emotsiyalar hukmi ostiga tushib qoladi. Shu

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1501-1505

sababli dunyoning mifologik manzarasida biron-bir fikrni empirik darajada tekshirish mumkin emas, tabiat hodisalari esa tirik mavjudotning hatti-harakatlariga qiyosan idrok etiladi. [6]

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda bir necha ming yillik tarixga ega bo'lgan, bashariyat xotirasida chuqur joy egallagan mif va afsonalarning o'rni, ayniqsa, san'at va adabiyot uchun misli beqiyosdir. Dostonnavislar, dramatik va lirik ijodkorlar, rassom u haykaltaroshlar hattoki, rejissorlar ham o'z ijodiy ishlarida ushbu qadimiy ma'naviy boylikdan foydalib yuksak darajadagi asarlarni yaratishga muvaffaq bo'lishdi va bu an'ana hozir ham davom etib kelmoqda.

Mif va mifologik qarashlarning inson ongiga ta'siri juda kuchli bo'lib, uni o'ziga mahliyo qilib qo'yadi va fantastik olamga sayohat qilishini ta'minlagan holda ma'naviy ozuqa beradi. Shuning bilan bir qatorda biror bir shaxsning bolalikdagi orzulari va sehrli olamga hayolan tashrif buyurishiga sababchi bo'lsa, yana kimningdir yangi orzular sari qahramonlarcha harakat qilib maqsadga erishishiga bevosita ko'mak beradi va motivatsiyasini oshiradi.

REFERENCES

1. Choriyev, A. (2006). Inson falsafasi. Toshkent.

2. Eshonqul, J. (1999). Folklor:obraz va talqin. Qarshi:Nasaf.

3. Hamdamov, U., & Qosimov, A. (2017). Jahon adabiyoti. Toshkent.

4. Jo'rayev, M. (2017). Folklorshunoslikka kirish. Toshkent.

5. Kun, N. (2013). Qadimgi Yunon afsona va rivoyatlari. Toshkent.

6. Madayeva, S. O. (2019). Falsafa. Toshkent.

7. Safarov, O. (2010). O'zbekxalq og'zaki ijodiyoti. Toshkent.

8. Каменский, М. И. (1976). Миф. Ленинград.

9. Лосев, A. (1991). Философия. Мифология. Москва.

10. Шахнович, М. И. (1971). Первобытная мифология и философия. Ленинград. Наука.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.