Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIY HIKMATLARIDA ZUHD MAQOMI VA ZOHID OBRAZINING BADIIY TALQINI'

AHMAD YASSAVIY HIKMATLARIDA ZUHD MAQOMI VA ZOHID OBRAZINING BADIIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1570
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf adabiyoti / zuhd / zohidlik / va’ra / tariqat / solik. / mystical literature / asceticism / asceticism / asceticism / sect / tax.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ma’rifat Xamroyevna Xaydarova

Mazkur maqolada tasavvuf adabiyoti, xususan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida namoyon bo‘lishi, zuhd maqomi, zohidlik sifatlari yoritilgan. Maqola adabiyot ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STATUS OF ZUHD AND THE ARTICAL INTERPRETATION OF THE IMAGE OF ZOHID IN THE WISDOM OF AHMAD YASSAVI

This article describes the mystical literature, in particular, the manifestations in the wisdom of Ahmad Yassavi, the status of asceticism, the qualities of asceticism. This article is intended for literary lovers.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIY HIKMATLARIDA ZUHD MAQOMI VA ZOHID OBRAZINING BADIIY TALQINI»

AHMAD YASSAVIY HIKMATLARIDA ZUHD MAQOMI VA ZOHID

OBRAZINING BADIIY TALQINI

Ma'rifat Xamroyevna Xaydarova

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot

fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tasavvuf adabiyoti, xususan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida namoyon bo'lishi, zuhd maqomi, zohidlik sifatlari yoritilgan. Maqola adabiyot ixlosmandlari uchun mo'ljallangan.

Kalit so'zlar: tasavvuf adabiyoti, zuhd, zohidlik, va'ra, tariqat, solik.

THE STATUS OF ZUHD AND THE ARTICAL INTERPRETATION OF THE IMAGE OF ZOHID IN THE WISDOM OF AHMAD YASSAVI

Ma'rifat Khamroyevna Khaydarova

Teacher of native language and literature at school № 15 in Chirchik, Tashkent region

ABSTRACT

This article describes the mystical literature, in particular, the manifestations in the wisdom of Ahmad Yassavi, the status of asceticism, the qualities of asceticism. This article is intended for literary lovers.

Keywords: mystical literature, asceticism, asceticism, asceticism, sect, tax.

KIRISH

Tasavvuf va badiiy ijodning mushtarakligi tasavvufning keng yoyilishiga sabab bo'lgan omillardan biri. Adabiyot - insonshunoslik hisoblanib, tasavvuf adabiyotida esa tariqat yo'li bilan poklanayotgan va komillik sari intilayotgan insonni tasvirlashni maqsad qilib olgan. Tariqatda solikning ruhiy-ma'naviy kamolot bosqichlari -maqomlardir. Har bir maqom komillik sari intiluvchi bir pog'onadir. Ruhiy-ma'naviy kamolot bosqichlaridan ko'tarilgan sari komillik sifatlariga yaqinlashadi. Bu yo'ldagi maqomlar Olloh visoliga yaqinlashtiradi. Abunasr Sarroj tariqatning tavba, vara', zuhd, faqr, sabr, xavf, rajo, tavakkul, rizo maqomatini qayd etgan. Mazkur maqolada Ahmad Yassaviyning hikmatlaridagi tasavvufiy ohanglar, xususan, zuhd maqomi va zohidlik sifatlari haqida ayrim mulohazalarimizni keltirib o'tamiz. Zero adabiyotshunos Ibrohim Haqqul e'tirof etganidek, "Yassaviyni bilish - bu eng avvalo Shariat, Tariqat, Ma'rifat va Haqiqatni bilish demak. Yassaviyni anglash - bu inson Aqli, Qalbi va Ruhi sir-

asrorini chuqur tushunib komillik matlabidan ogohlik erur. Yassaviy hikmatlariga qiziqish - bu Olloh va inson munosabatiga qiziqish, qulning Yaratuvchiga bo'lgan ishqini anglashning aynan o'zidir."

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zuhd so'ziga Bertels shunday ta'rif beradi: "Va'ra halol va hamroni farqlashda o'ta sinchkovlik bilan ish ko'rishdir. Bu ehtiyotkorlik tabiiy ravishda zuhd (nafsni tiyishlik)ga olib keladi. Bu yerda ham turli alomatlar kuzatiladi: gunohdan, keragidan ortiq narsadan, xudodan uzoqlashtiruvchi, hamma o'tkinchi ishlardan tiyilishlik. Bu esa tavakkulga olib keladi. Najmiddin Komilov "Tasavvuf' nomli risolasida: "Zuhd -parhez, hazar qilish demakdir. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni ajratishga alohida ahamiyat beriladi. Zuhd sufiy uchun dunyo va oxirat tarki, dunyo moliga ega bo'laman deb intilmaslikdir." Junayd Bag'dodiy: "Zuhd - qo'lni mulkdan holi tutish, dilni esa Haqdan o'zga har narsadan pok saqlash demak", - desa, Imom G'azzoliy: "Zuhd dunyodan ixtiyoriy ravishda voz kechish va buning uchun qayg'urmaslikdir", -deydi.1 Demak, zuhd - vujudni ham, ruhiyatni ham dunyo ne'matlaridan parhez qilish, qalbni poklash, gunoh ishlardan tiyilish, Haqdan o'zgaga tashna bo'lmaslikdir. Bu maqomga ega bo'lgan kishilar zohidlardir.

Ahmad Yassaviyning quyidagi hikmatida Olloh rahmati ulug' daryo ekanligini zikr etishga undaydi. Haqning matlubi bo'lsang, uni orzu qil, doim zuhd-u taqvoga amal qil. Agarda shu amallarni: Yaratganni zikr etish, orzu qilish, toat-ibodat qilishni bajarsang, Haq jamolini ko'rsatishiga kafilman, deydi Yassaviy. Haq rahmati ulug' daryo, qoyil bo'lg'il, Tolib ersang Haq sorig'a moyil bo'lg'il. Zuhdu taqvo doim qilib omil bo'lg'il,

л

Haq jamolin ko'rsatmasa zomin bo'lay.

Olimlar tasavvuf tarixini dastlab ikki davrga ajratadilar: birinchisi - zohidlik davri, ikkinchisi oriflik va oshiqlik davri. Zohidlik davri so'fiylari taqvo va parhezlikni bosh maqsad deb bilgan bo'lsalar, keyingi, davr so'fiylari tafakkuriy-shuuriy rivojlanish—ya'ni dunyoni va ilohni bilish, tanishni asosiy maqsad deb hisoblaganlar. Xoja Ahmad Yassaviy ham mana shu ikki davr xususiyatlarini tilga oladi. Zohidlarning amali namoz o'qib, toat-ibodat qilish, oshiqlarning amali esa Yaratganning visoli uchun zikr aytib yig'lamoqdir. "O'z yerimda g'ariblik" tushunchasi asl vatan bo'lmish oxirat olamidan kelib, o'tkinchi dunyoda g'urbatda yashayotgan solikdir. Ahmad Yassaviy zohidlik, oshiqlik, g'ariblikni odat qilib, shu amallarni Xojam qabul qilarmikan, deya nola chekmoqda.

1 Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Toshkent, "Yozuvchi", 1996. - 272 b, 26-b.

2 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 159-b.

www.scientificprogress.uz

Zohidlardek namoz o'qub, toat qilsam, Oshiqlardek yig'lamoqni odat qilsam. O'z yerimda g'ariblikni rohat bilsam,

"5

Dargohig'a Xojam qabul qilarmukin?

Ahmad Yassaviy yuksak kamolot sohibiki, hatto zuhdlikka ham qanoat qilmay, haqiqiy oshiqlikni ulug'laydi. Uning ta'biri bilan aytganda, zuhdlik yo'lini tanlab zohid ham, toat-ibodat bilan shug'ullanib obid ham bo'lma, balki haqiqiy Ollohning ishqi bilan yonuvchi oshiq bo'lgin. Sen ranj-alam ila mashaqqat tortsang-da, ishq yo'lida sobitqadam bo'lgin. Yorning dargohiga loyiq bo'lishing uchun bu dunyo hoy-u havaslaridan kechib istig'noga erishgin. Shundagina sen haqiqiy oshiq sifatiga ega bo'lasan. Haqiqiy ishqni shior etmaganlarni joni ham, iymoni ham yo'q. Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il, Mehnat tortib, ishq yo'lida sodiq bo'lg'il. Nafsni urub dargohig'a loyiq bo'lg'il, Ishqsizlarni ham joni yo'q, iymoni yo'q.4

Quyidagi hikmatidan esa, oshiq xalq uchun haq yo'lida (din yo'lida) jonini fido qilsa, zuhd yo'lida o'z nafsini jilovlay olsa, eranlarning (avliyo insonlarning) yonidan joy oladi, degan fikrlarni anglaymiz. Qur'oni Karimda nafs haqida shunday deyilgan: "Yo'q, zolim kimsalar biror bilim (hujjat)siz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yo'ldan ozdirgan kimsani kim hidoyat qila olur? Ular uchun (oxiratda) yordam beruvchilar ham bo'lmas. ("Rum" surasi 29-oyat) 5

MUHOKAMA

Dilorom Salohiyning "Tasavvuf va badiiy ijod" kitobida zohid so'ziga shunday ta'rif beriladi: "Zohid - dunyodan ko'nglini uzgan kishi.Ya'ni, dunyo ne'matlari va hoy-u havaslarga mayl qilmaydigan, Haq taolo ibodatida bardavom bo'lgan, ma'naviy sifatlarga ega, parhezkor shaxs."6 Demak, haqiqiy zohid nafsni jilovlay olgan solikdir. Qaysi oshiq xalqa ichra jonin bersa, Jondin kechib, shahodatning to'nin kiysa. Zuhd aylabon o'z nafsini ko'zin o'ysa,

n

Eranlarni qatorida mardon bo'lur.

Ahmad Yassaviyning quyidagi hikmatini o'qiganimizda shunday ma'noni o'qiymiz: chin oshiqlar doimo tirik. Arvohi yer ostiga kirganda ham, ya'ni tani bu

3 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 200-b.

4 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 59-b.

5 Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri /Tarjimon: Abdulaziz Mansur - T. : G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. - 624 b, 407-b

6 Salohiy D.I. Tasavvuf va badiiy ijod. O'quv qo'llanma. Samarqand, 2017. - 166b, 116-b

7 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 268-b.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

dunyodan uzilgan bo'lsa-da, ruhida abadiylik mujassam. Zohid, obid buni biladi,

anglaydi. Chin oshiqlar xaloyiqning Xizri ekanligi aytiladi. Rivoyat qilishlaricha,

Iskandar va Xizr obihayotni izlashgan-u, uni zulmatdan topish Xizrga nasib etgan. Shu

boisdan Xizr abadiylik timsolidir. Shoir chin oshiqlarni Xizrga mengzamoqda.

Chin oshiqlar doim tirik, o'lgan emas,

Arvohlari yer ostig'a kirgon emas.

Zohid, obid bu ma'noni bilgan emas,

Q

Tongla borsa xaloyiqning Hizri bo'lg'oy.

Yaratgan oldida barcha insoniyat qullardir. Yassaviy ana shu qullarni ikki toifaga ajratgan: zohid qullar, oshiq qullar va ularning sifatlarini keltirib o'tadi. Zohid qullar iymonning shartlaridan bo'lgan namoz o'qiydi hamda amallari uchun ularga jannat nasib etsa, hurlarga yetishadi. Oshiq qullar esa Mansur Halloj kabi haqiqiy Ishq uchun dor ostida jonidan ham kechur. Zohid qullar taqvo qilib namoz o'qur, Nasib qilsa anda borib hurlar quchur, Oshiq qullar Mansur yanglig' jondin kechur, Qurbon bo'lur dor ustida jonon uchun.9

NATIJA

Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatidan zohid jannat ilinjida toat-ibodat qilishi va do'zaxdan qo'rqib yashashi va unga haqiqiy yor visolidan ko'ra jannatda shod-u xurramlik afzal ekanligini anglaymiz. Dilorom Salohiyning "Tasavvuf va badiiy ijod" kitobida zuhd so'ziga shunday ta'rif beriladi:" Zuhd - Xudoning marhamatiga sazovor bo'lish va o'limdan keyingi hayotida jannatga tushish umidida bu dunyo hayoti ehtiyojlariga bee'tibor bo'lib, faqat toat-ibodat bilan shug'ullanish."10 Quruq zohid ishq ahlini ko'zga ilmas, Jannat tilab diydorini talab qilmas, Oshiqlarni nolasig'a quloq solmas, Bu dunyoni ortqa toshlab otg'oni yo'q.11

Tasavvufda dardliklar deyilganda ishq dardiga mubtalo bo'lganlar nazarda tutiladi. Chin, haqiqiy dardliklar bedardlarga nazar solmasligi aytib o'tilgan. Bu hikmatda dardliklar hamda zohid va obidlar bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmoqda. Chin dardliklar bedardlarni ko'zga ilmas,

8 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 121-b.

9 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 238-b.

10 Salohiy D.I. Tasavvuf va badiiy ijod. O'quv qo'llanma. Samarqand, 2017. - 166b, 116-b

11 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 62-b.

Zohid, obid, soliklarni tilga olmas,

Qayda ko'rsa ishqsizlarga nazar qilmas,

Chin dardliklar davo qilib yurur bo'lg'oy. (132-306)

Zohidning amali toat-ibodat qilish Qiyomat kuni u o'z siyratlarini buzadi. Ular uyqudagi xayolini, tushlarini karomat deb biladi. Ikkiyuzlamachik bilan xalqqa sotadi. Oxir zamon shayxi tuzar suratlarin, Zohid taqvo qilmay buzar siyratlarin. Karomat der xobi xayol, ro'yatlarin,

1 9

Riyo birlan o'zin xalqqa sotar ermish. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, zuhd - vujudni ham, ruhiyatni ham dunyo ne'matlaridan parhez qilish, qalbni poklash, gunoh ishlardan tiyilish, Haqdan o'zgaga tashna bo'lmaslikdir. Bu maqomga ega bo'lgan kishilar zohidlardir. Ahmad Yassaviy ta'biri bilan aytganda, zohid ham tanning, ham ruhning nafsini jilovlay olgan, shariat ahkomlarini bajargan, toat-ibodat bilan band bo'lgan, gunoh ishlardan tiyilgan, do'zax azobidan qo'rquvchi hamda jannat umidida yashovchi solikdir. Ahmad Yassaviy yuksak kamolot sohibiki, hatto zuhdlikka ham qanoat qilmay, haqiqiy oshiqlikni ulug'laydi. Oshiq maqomiga yetishish uchun, albatta, zuhd maqomidan o'tish lozim. Ahmad Yassaviy hikmatlarini o'qir ekanmiz, bizni hushyorlikka chorlaydi. Yassaviy ta'biri bilan aytganda, siz-u biz zohidlik maqomiga yetishdikmi?

ADABIYOTLAR

1. Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri /Tarjimon:Abdulaziz Mansur - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. - 624 b.

2. Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b

3. Bertels Y. So'fizm va tasavvuf adabiyoti. Toshkent, "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. - 104 b.

4. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. T., "Yozuvchi", 1996. - 272 b.

5. Salohiy D.I. Tasavvuf va badiiy ijod. O'quv q., Samarqand, 2017. - 166 b.

6. Тангирова, Г. И. (2020). ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Science and Education, ^(Special Issue 3).

7. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, ^(Special Issue 3).

12 Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b, 142-b.

8. Kaldibayeva, D. O. (2020). TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

9. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).

10. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 7(3), 128-132.

11. Айдаров, Е. Б. (2019). ПОНЯТИЕ ОБ ЭКОЛОГИИ И КАК БЕРЕЧЬ ОКРУЖАЮЩЮЮ СРЕДУ. Журнал научных и прикладных исследований, 67.

12. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.

13. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).

14. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi элемше ортак т^гырлы т^лгасы. II Yunusov Readings: Modernization of the Great Steppe values as a key factor in the development of science and education, 464-467.

152. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi халыктары эдебиетшдеп ортак сарындар. Филология уэм оны оцыту тарауларындагы фундаменталъ уэм инновациялыц изертлеулер, 71-73.

16. Beketov, N. А. (2019). Amaliy mazmunli masalalar asosida iqtisodiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami, 157161.

17. Beketov, N. А. (2019). Q-многообразия и полные сцепленные системы. Fundamental matematika muammolari va ularning tatbiqlari, 167-169.

REFERNCES

1. Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri /Tarjimon:Abdulaziz Mansur - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. - 624 b.

2. Yassaviy, Xoja Ahmad. Devoni hikmat. Toshkent, "Navro'z", 2018. - 360 b

3. Bertels Y. So'fizm va tasavvuf adabiyoti. Toshkent, "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. - 104 b.

4. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. T., "Yozuvchi", 1996. - 272 b.

5. Salohiy D.I. Tasavvuf va badiiy ijod. O'quv q., Samarqand, 2017. - 166 b.

6. Тангирова, Г. И. (2020). ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Science and Education, 1(Special Issue 3).

7. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

8. Kaldibayeva, D. O. (2020). TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

9. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).

10. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 7(3), 128-132.

11. Айдаров, Е. Б. (2019). ПОНЯТИЕ ОБ ЭКОЛОГИИ И КАК БЕРЕЧЬ ОКРУЖАЮЩЮЮ СРЕДУ. Журнал научных и прикладных исследований, 67.

12. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.

13. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).

14. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi элемше ортак т^гырлы т^лгасы. II Yunusov Readings: Modernization of the Great Steppe values as a key factor in the development of science and education, 464-467.

152. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi халыктары эдебиетшдеп ортак сарындар. Филология уэм оны оцыту тарауларындагы фундаменталъ уэм инновациялыц изертлеулер, 71-73.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Beketov, N. А. (2019). Amaliy mazmunli masalalar asosida iqtisodiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami, 157161.

17. Beketov, N. А. (2019). Q-многообразия и полные сцепленные системы. Fundamental matematika muammolari va ularning tatbiqlari, 167-169.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.