Научная статья на тему 'TARBIYANING UMUMIY METODLARI INGLIZ TILI DARSIDA'

TARBIYANING UMUMIY METODLARI INGLIZ TILI DARSIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
466
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / tarbiyaning maqsadi / tarbiya metodlari / tarbiya metodlarining turlari / ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar / odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari / tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari / tarbiyaga doir o’gitlar

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nilufar Adham Qizi Hasanova

Ushbu maqolada “Tarbiyaning umumiy metodlari” bu tushuncha o’zi nimani ifodalashi, uning turlari, tarbiyada ota on ava ustoz o’rni hamda pedagogikadagi ahamyatlari yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYANING UMUMIY METODLARI INGLIZ TILI DARSIDA»

TARBIYANING UMUMIY METODLARI INGLIZ TILI DARSIDA

Nilufar Adham qizi Hasanova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Tarbiyaning umumiy metodlari" bu tushuncha o'zi nimani ifodalashi, uning turlari, tarbiyada ota on ava ustoz o'rni hamda pedagogikadagi ahamyatlari yoritilib berilgan.

Tayanch so'zlar. tarbiya, tarbiyaning maqsadi,tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar, odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari, tarbiyada rag'batlantirish va jazolash metodlari, tarbiyaga doir o'gitlar

Tarbiya nima , metodika nima haqid a manbalarga asoslanib tarif keltiramiz. Tarbiya - muayyan maqsad asosida, rejali, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan davomiy jarayondir. Bunga qo'shimcha ravishda Hazrat Shayh Muhammadsodiq Muhammadyusufning quydagi fikrlarini aytish joiz: "Tarbiya" so'zi arabcha <<robba>> so'zidan olingan bo'lib, o'stirdi, ziyoda qildi va isloh qildi ma'nolarini beradi. Ulamolar " tarbiyani" bir necha xil ta'rif qilganlar. Jumladan, Imom Bayzoviy quydagicha ta'riflaydi: "Tarbiya bir narsani asta - sekin kamolga yetkazishdir" Metodika - (yunoncha «metodos» - yo'l) tarbiya maqsadiga erishishning yo'li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. U bilimlar tizmini ongli ravishda o'zlashtirish , mantiqiy fikrlash, hotira, diqqat idrok etish, aqliy qobilyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko'maklashadi.

Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to'ldiradi, nimaga yo'naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o'zining imkoniyatiga ko'ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o'zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo'yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o'zining tarbiyalanuvchilari bilan yo'l ochadigan o'rganilmagan so'qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli

yo'llar - metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to'g'ri qo'llay olishni egallash - bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.

Birinchidan, tarbiya tasirida muhit bera olmagan bilim , malumot egallanadi mehnat va tehnik faolyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zlashtirilib shaxs kamolga yetadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin.

To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga tasir etadi. Bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.

Shunday qilib bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit tasirida har tomonlama rivojlanshga qodir, degan xulosa chiqarish mumkin

Tarbiya metodlari. Zamonaviy pedagogikada ba'zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba'zilari faqat nazariy vazifalarni o'zida aks ettiradigan o'nlab tarbiya tasniflari mavjud.

Metodlar o'ziga xos xarakteriga ko'ra ishontirish, mashq, rag'batlantirish va tanbeh berishga bo'linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi o'zida yo'nalganlikni, o'ziga xoslikni, qo'llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko'proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o'zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o'quvchilarning xulq-atvorini rag'batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o'rgatish va mashq metodlari, rag'batlantirish, to'sqinlik qiluvchi, boshqarish, o'zini-o'zi tarbiyalash.

Tarbiyalanuvchilarga ta'sir etishi natijalariga ko'ra metodlarni ikki guruhga bo'lish mumkin:

1. Axloqiy me'yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g'oyalarni shakllantirishga ta'sir etuvchi.

2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta'sir etuvchi.

Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog'liq bo'ladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O'quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta'sirga turlicha munosabatda bo'ladi. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o'rinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qo'llanganiga bog'liq. Tarbiya metodlarini to'g'ri

tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, o'qituvchi birinchi sinf o'quvchilari bilan ishlash jarayonida o'quvchilarni ular uchun yangi bo'lgan mehnat faoliyatini o'rgatishda o'quvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq bo'lishi muhimligini, ularga o'quvchilarning qat'iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga to'g'ri kirib kelishga, ularni o'qituvchi va o'quvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf o'quvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, o'quv ishi natijalari rag'batlantirib borishni taqozo etadi. Ko'rinib turibdiki, o'qituvchi o'quvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qo'llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini ko'rsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o'qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta o'zlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.

Tarbiya metodlari quydagilar: Ijtimoiy ongni shakillantirishga xizmat qiluvchi metodlar. Odatlantirish va faolyatga mashqlantirish metodlari Tarbiyada rag'batlantirish va jazolash metodlari

Yani, ijtimoiy ongni rivojlantirish metodlariga Hikoya, tushuntirish,ma'ruza,axloqiy ma'naviy suhbat yoke bahslar kiradi, odatlarntirish metodlariga pedagogk talab, o'rgatish, mash qilish, tarbiyalovchi vazifalar, musobaqalar, jamoatchilik fikri, namunalar ko'rsatib o'tishlar misol bo'ladi

Keying metod esa ko'pchilik tomonida qo'llanadigan Rag'batlantirish, maqullash, ko'nglini ko'tarish, dalda berish ishonch bildirish, mukofotlash jazolash yoke tanbeh berish ni o'z ichiga oladi.

Tarbiyada ibrat-numana ko'rsatishning tutgan o'rni. Qush uyasida ko'rganini qiladi degan maqol bejiz aytilmagan xalqimizda. Bolalar yana tarbiyani atrof-muxitdan oladi, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi suv idishning shaklini olganidek bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladi. Oiladagi tarbiya bolani ruhiy olamiga hissiyotiga va tuyg'ulaiga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Taniqli pedagog A.S.Makarenko aytganidek, besh yoshgacha bo'lgan bola tarbiyasida bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan. Bu haqida shunday deb yozgan: "Tarbiyaning bosh asosi besh yoshigacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 % ni tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi" Ayni shu davrda ota-onaning tarbiyasidagi e'tibori, oilaviy muhitning sog'lomligi farzand kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimizning kelajakda komil inson bo'lib yetishishlarida oila va jamiyatda

yaxshi tarbiya olishning o'rni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli bo'lsa, shu jamiyat va muhitda o'sayotgan shaxslar ham shunchalik odobli bo'lib yetishadi. Bunday sermas'uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya'ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar bo'lib yetishishlari uchun o'z xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna bo'lishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

«Nima uchun ota-onalar chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, o'zlari chekishadi, ichishadi?», «Nima uchun rost gapirgin deydilar-u, o'zlari yolg'on so'zlaydilar?», «Nima uchun to'g'ri, halol bo'lish kerak deydilar-u, o'zlari pora oladilar?». Agar o'qituvchi va boshqa ana shunday so'zda to'g'ri-yu, amalda noto'g'ri ish tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni hurmatlaydi? Undan nimani o'rnak qilib oladilar? Shu ma'noda tarbiyachi har vaqt o'z so'ziga amal qilishi va so'zining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu jihati komil inson tarbiyasida katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU.

2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma'naviyat, 2008.

3. To'raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshk ent: Fan, 2006,

4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: Fan, 2009.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.