Научная статья на тему 'ESTETIK VA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA OILANING O‘RNI'

ESTETIK VA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA OILANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1345
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / tarbiya / axloqiy tarbiya / estetik tarbiya / ma’naviy tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bonu Atajonova

Ushbu maqolada “Oila, inson shaxsi shakllanishida uning o‘rni, estetik tarbiyada oilaning o‘rni, axloqiy tarbiyada oilaning muhimligi” kabilar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTETIK VA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA OILANING O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 ISSN: 2181-1601

ESTETIK VA MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA OILANING O'RNI

Bonu Atajonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Oila, inson shaxsi shakllanishida uning o'rni, estetik tarbiyada oilaning o'rni, axloqiy tarbiyada oilaning muhimligi" kabilar yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: Oila, tarbiya, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, ma'naviy tarbiya.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam sifatida ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o'sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish. to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma'naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko'rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo'lishi lozim.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyava unga bog'liq jarayonlarga yangi hamda sog'lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g'ayriilmiy sinfiy partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, o'zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o'rganilayotir. Natijada, O'zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o'ziga xos o'rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo'ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o'rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va holatlarni to'g'ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to'g'ri tayin etish imkonini berdi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 ISSN: 2181-1601

O'zbek oilasi azolarning barchasini savodxon, ma'lumotli deb atasak, xato qilmagan bo'lamiz, ana shu imkoniyatlar ta'sirida o'g'il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo'lib voyaga etmoqdalar.

Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma'naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o'zlari ham tarbiyaning o'ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma'nosiga doir eng yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib turishlari kerak bo'ladi.

O'z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog'atda o'tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko'radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o'kinish hissiga duchor bo'lmaydilar. Shu to'g'rida o'zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: "Toy ulg'aysa, ot tinadi (yani ot minishdan qutqariladi)".

Oilaning asosiy tayanchi bo'lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko'radi, o'zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.

Ota — oilaning boshlig'i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko'z ilg'amas nuqtalarini ilg'ay olish, oila a'zolariga faqat to'g'ri, haq yo'lni ko'rsatib turishdek insoniy mas'uliyat ota zimmasida turadi.

Ota oilada o'z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o'zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to'g'rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko'rsatadi.

Murg'ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy o'zining "Turkiy guliston yoxud Axloq" kitobida quyidagi ibratli o'g'itlarni aytgan edi: "Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim"

Oilada kattalarning obro'si qo'rqitish asosida emas, balki samimiylik, o'zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila azolarining inoqligi, o'zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o'zga kishilar to'g'risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg'ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi.

Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo'lib yetishishida mu-him o'rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo'lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog'lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-manaviy va axloqiy qadriyatlar, ananalar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko'nikma va malakalar manbaidir.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo'lib, tarbiyaning mazmuni, yo'nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog'liq.

Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo'ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o'zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruxida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruxiy olamiga, xissiyoti va tuyg'ulariga chuqur tasir ko'rsatadi.

Oila-dagi manaviy-ruxiy muhit, bola tarbiyasida g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lib, oila azolarining turmush tarzi ko'p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va xissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog'lom, barka-mol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas'uldir.

Oilada tarbiya topgan xar bir inson xar jixatdan umuminsoniy ahloqiy, ilmiy, e'tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o'zligini taniy boshlaydi.

Komillik insonning adolatli bo'lishi, xaqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o'z hatolarini anglab, ulardan xalos bo'lishga xarakat qilishi demakdir, manaviyatni boyitish, iymon-e'tiqodli, aql-zakovatli bo'lish kishilarni g'aflatdan uyg'otadi, barcha ezgu tilaklarini ro'yobga chiqaradi.

Yosh avlodni barkamol, sog'lom, Vatan tuyg'usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog'liqdir.

Yosh avlodda kelajakka bo'lgan ishonch xissini uyg'otish uchun esa, ajdodlarimizning manaviy-axloqiy merosini chuqur o'rgatish, ularning isteModi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo'naltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko'payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto'g'ri foydalanishi, o'smirlarning bir qismida hayotga iste'molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi.

Xulosa qilib aytganda oilada bola tarbiyasining milliy o'ziga xos qoidalari mavjud bo'lib, ota-onalar ulardan o'rinli foydalanishlari lozim. Oilada manaviy-ruhiy hotirjamlik, o'zaro totuvlik xukmron bo'lsa, oila azolari bir-birlariga g'amxo'r bo'lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy tasir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg'a siljish bo'ladi.

REFERENCES

1. A. Avloniy. "Turkiy guliston yohud axloq". T., "O'qituvchi". 1994

2. Jamoa. Oila pedagogikasi. T., "Aloqachi", 2007

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

3. M. Imamova. Oilada bolalarning manaviy axloqiy tarbiyasi — T. "O'qituvchi". 1999

4. J. Hasanboyev, X.A.To'raqulov, I.Sh.Alqarov, N.O'.Usmanov "Pedagogika" "Noshir'Toshkent 2011.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.