TANBUR CHOLG'USI VA UNING MUKAMMAL IJROCHILARI
Fozilbek Farhodjon o'g'li Xabibullayev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek cholg'u asboblaridan biri bo'lgan tanbur haqida tushuncha, uning kelib chiqishi hamda mukammal ijrochilari haqida muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: tanbur, kosa, cholg'u, turlari, tarix, musiqa, tanburchi, musiqashunoslar, hunarmandchilik
TANBUR INSTRUMENT AND ITS PERFECT PERFORMERS
Fazilbek Farhodjon oglu Khabibullayev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article discusses the concept of tanbur, one of the Uzbek musical instruments, its origin and excellent performers.
Keywords: tanbur, bowl, musical instrument, types, history, music, tanbur player, musicologists, crafts
O'zbek milliy cholg'ularidan biri bo'lgan tanbur - torli musiqa asbobi hisoblanadi. Tanbur cholg'usida aynan o'zbek mumtoz maqomlari ijro etilgan. Tanbur o'ng qo'lning ko'rsatgich barmog'iga maxsus noxun ya'ni mediator taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur o'zbek, tojik, uyg'ur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qo'llaniladi.
Manbalarda qayd etilishicha tanbur so'zi - forscha yurakni tirnovchi ya'ni tan -yurak, bur-tirnash degan ma'noni anglatgan. Biroq bu fikrlar naqadar haqiqatligi aniq emas. Fitratning ta'rif berishicha "Tanbur O'rta Osiyo xalqlari cholg'usi - do'nbra tanburni qadimiy bir ko'rinishi ekanligini va u judayam qadimiy cholg'u ekanligi" ma'lum bo'ladi.
Tanburning uzun dastasi hamda noksimon o'yma kosasi bilan birgalikda yaxlit tut yog'ochidan yasaladi. Tanburning umumiy uzunligi 110-130 sm hisoblanadi. Kosasining qopqog'i, ko'p hollarda, yupqa yog'och taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Dastasiga esa ichakdan qilingan pardalar bog'lanadi.
Tanburning pay ip bilan bog'langan 16-19 pardasi bo'lib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga ko'ra yuqori yoki pastga surib qo'yiladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, ba'zi hollarda esa kvinta yoxud sekunda past sozlanadi. Asbobning diapazoni ikki yarim oktavaga yaqindir.
Tanburning o'ziga xos ta'sirchan hamda nozik ovozi, keng diapazoni orqali Buxoro Shashmaqomi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vokal qismlarda) jo'rnavoz soz hisoblanadi. Tanburning keng badiiy imkoniyatlari Turg'un Alimatov hamda uning shogirdlari talqinida namoyon bo'lmoqda. O'zbek bastakorlaridan Orifxon Hotamov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Jo'raxon Sultonov, Fattohxon Mamadaliyev, kompozitorlardan Sayfi Jalil ("Qalbimda"), M. Mahmudov ("Navo" simfoniyasi), Mustafo Bafoyev ("Lison ut-tayr") va boshqalar tanbur imkoniyatlaridan ijodiy foydalanib kelishgan. Darvish Alining ta'kidlashicha qadimda tanbur ikki tordan iborat bolib unga keyinchalik uchinchi tor qo'shilgan, shundan bo'lsa kerak tanburni ba'zi kitoblarda Setor ya'ni uchta torli deb nomlanganligini ham aytib o'tmoq lozimdir.
Tanbur sozi tarixda uch xil sozlangan, ya'ni Rost maqomida 3 -simi kvinta past qilingan Buzruk, Dugoh, Iroqda kvarta past, Navo va Segohda sekunda pasaytirib sozlangan. Hozirda esa Tanbur asosan kvarta, ba'zi hollarda esa kvinta qilib sozlanadi. Tanbur asosan maqom yo'lidagi asarlarni ijro etishga mo'ljallangan cholg'u sozi hisoblanadi.
Zabardast olimlar tadqiqotlari natijasida milliy cholg'ularimiz tosh -qoyalardagi terronotalarda, haykalchalarda, turli miniaturalarda, yog'och o'ymakorligi hamda uy yumushlaridagi tasvirlar tufayli bizning zamonamizgacha yetib keldi. Bunda yirik etnograf, arxeolog, tarixchi -manbashunos va san'atshunoslarning xizmati juda katta bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz.
O'zbekiston hamda Tojikiston qadimgi davrning musiqiy san'atida, milliy -an'anaviy cholg'ularimiz qatoridan alohida o'rin olgan tanbur va dutor sozlari jahon ahamiyatini tobora o'ziga jalb qilib kelmoqda. Tanbur va dutor cholg'ulari asboblari zamonamiz amaliyotida bir necha dilkash nomlarga ega bo'lib, har biri o'zgacha oila paydo qilgan, bular: orkestr, yakka, ansambl va hattoki zamonamiz milliy estrada jamoalaridan joy olib, yuqori o'rinlarga ega bo'lmoqda. Tarixga nazar solar ekanmiz tanbur so'zi qadimda ularning ko'p turlari mavjud bo'lib, tanburlarning tuzilishi ham har xil bo'lgan va ular ko'pgina Sharq mamlakatlarida keng iste'molda bo'lgan. Tanbur va dutorning "Gardon" ya'ni, Grifi Mesopotomiya, ya'ni eramizdan avvalgi uchinchi mingin yillarga tegishliligi manbalarda ko'rsatilgan. Markaziy Osiyoda esa eramizdan oldingi IV - III asr tarixida tanbur va dutor sozlari haqida ham bir qator ma'lumotlar mavjud.
Tanbur turlari haqida shularni aytish joizki, Sharqda uning turli ko'rinishlari bo'yicha quyidagilarni keltirish mumkin. Misol uchun: Bog'dod, Hirot, Xuroson va Buxoriy tanburlari qadimda iste'molda bo'lganligi bizga tarixiy manbalardan ma'lum. Buyuk allomalarimiz biri Forobiyning "Kitobul musiqiy al-Kabir", Ibn Sinoning "Nuqtadoi Jolibiy", Abdulqodir Marog'iyning "Maqosid al-alhon", "Ja'mi alhon" kabi asarlarida tanbur va dutor haqida kerakli ma'lumotlar keltirib o'tilganki, bu Yuqorida aytgan fíkrlarimizning yaqqol dalili bo'la oladi. XVI asrda musiqashunos Amuliy o'z asarlarida Turk va Shirvoniy tanburlarining nomlari tilga olinadi. Bundan tashqari u kamon bilan chalinadigan tanburi - nayi, ya'ni Sato sozi haqida xabar boradi. Tanbur so'zining keng qamrovda ma'lum darajada baland mavqega ega bo'lish davri asosan XVI - XVII asrlar hisoblanadi, bu esa temuriylar hukmronligi davriga to'g'ri keladi. Tanbur so'zining lug'aviy ma'nosi Buxorolik yirik musiqashunos Darvishali Changiy XVI asr ta'kidlaganidek, tan - Yurak, bura -tebratish, larza ma'nolarini bildirib, inson yuragini larzaga soluvchi soz demakdir. Tanbur sozining torlari dastlab ikkita bo'lgan bo'lib, hozirda unga yana bitta tor qo'shilgan. Eron tanburlari uchta va hatto beshta tordan iborat bo'ladi.
Keyingi davrda tanbur sozini mashhur musiqashunoslar Fayzulla Karomatov, O.Boyko, I.Nizomiy, Murodullo Abdukarimov, A.Petrosyans, Usta Usmon Zufarovlar tadqiq qildilar. Jahon tarixi va tasvirlardagi ko'rinishlar orqali o'z badiiyligi bilan bizgacha yetib kelgan cholg'ular haqida talaygina ma'lumotlar mavjud. Yuqorida aytib o'tkanimizdek, tanbur sozining juda ko'p turlari mavjud. Bular, tanbur, setor, chortor, panjtor, shashtor, setor turlaridir. Hindlarda "Tanpura" nomli tanbursimon sozlar ham mavjud. Ular Xuroson, Eron, Buxoro, Bog'dod, Badaxshon nomlari bilan mashhur. Tanbur va unga munosib cholg'ularda turli xil o'ziga xos musiqiy asarlarni ijro etish mumkin. Lekin tanbur sozi asosan xalq kuylari va Shashmaqom mushkilotlarini ijro etishga hamda mumtoz ashulalarga jo'rnavoz bo'lish uchun mo'ljallangandir. Uning bunday imkoniyatlarini tadqiqotchilar T.Vizgo, G.Pugachenkova, I.Rajabov, asoslab berdilar. Tanbur cholg'usining tipologik genezisi haqida uning ilmda alohida tadqiqotlarga mansubligini L.G.Koval va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida aytib o'tdilar. Keyingi yillarda o'zbek va tojik milliy musiqasi va milliy sozlari haqida yirik monografik asarlar yaratilmoqdaki, bu milliy musiqamiz va sozlarimiz tarixini o'rganishda muhim rol o'ynamoqda.
Xususan, N.Nurjonov hamda Fayzulla Karomatovlar tomonidan yaratilgan "Badaxshon bodasining (Pomir) milliy musiqasi va cholg'ulari" kitobi bunga misol bo'la oladi. Ushbu asarda tanbur va dutor haqida ham keng ma'lumotlar berilgan. Bizga ma'lumki, milliy sozlarimizning sof va jarangdor ovoz chiqarishi uning yasalish texnologiyasi bilan ham bog'liqdir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonning qator vohalarida ham soz yasovchi ustalar tomonidan ustoz-shogird tarzida turli xil milliy sozlarni yasab sozandalarga in'om etib kelmoqdalar. XIX asr
oxirida tanbur sozini yasashda asosan ikki nomdor usta faoliyat ko'rsatib keldilar. Bular, buxorolik Usta Tohir (1883 - 1953) va toshkentlik Usta Usmon Zufarov (18921980) edilar. Ushbu ustalar milliy sozlarni yaratishda o'ziga xos maktab tashkil qildilar, desak adashmaymiz. Usta Tohirning - Usta Abduxoliq (Qori qutti), Samarqandda Usta O'rin singari shogirdlarni etishtirgan bo'lsa, Usta Usmon Zufarov
Usta Xirojiddin, Usta To'xtamurod, Usta Muhammadsiddiq, Usta Faxriddin, Usta Nabi kabi o'nlab shogirdlarga murabbiylik qilgan milliy sozlarni yasovchi ustalardan katta mahorat va sabr - toqat talab qilingan. Ular bir cholg'uni yasashda uzoq yillar uringan paytlar ham bo'lganini, ustalar bilan bo'lgan suhbatlardan angladik (Buxorolik usta K.Muqimov bilan bo'lgan suhbatdan). Soz yasovchi ustalar asbob xom ashyosiga (yog'ochiga) ko'p e'tibor berganlar va unga juda ehtiyotkorlik bilan yondashganlar. Ustalar yog'ochni tayyorlashda uni quyosh tafti, shamol, yomg'ir, suv, qor, namlik va tuproq ta'siri, hasharotlardan asrash uchun maxsus qorong'u uyda saqlab kelganlar. O'rik va tut yog'ochini tanlashda o'rikning danagi shirin bo'lishi, tut yog'ochida esa tut shirin va serhosilligiga e'tibor berilgan. Cholg'u yasash uchun yog'ochni besh yildan yigirma yil muddatda saqlab kelganlar. Shunday qilib tanbur sozini yasashda quyidagi texnologiya qo'llangan Rezanatorli korpus (Kosa xona)Dasta (Grif) Endi shu o'rinda bugunlik kunda iste'molda bo'lgan tanbur cholg'u sozining sur'atini keltiramiz: 1950-yilda akademik Yunus Rajabiy mohir tanburchi Turg'un Alimatovga tanburni kamon orqali chalishni taklif etib, "Tanbur -sato" keyinchalik "Sato" nomi bilan ataladigan sozni ijrochiligimizda qo'llagan edilar. (Lekin tanburni kamon bilan chalish Buxoroda XIX asrning oxirida rasm bo'lgani manbalarda ko'rsatilgan). "Sato" sozi kamon bilan chalish uchun yasaladi. Uni tanburdek ijro etish (ya'ni noxun bilan) mushkulroq, chunki uning xarragi tanburnikidan ancha balanddir.
O'rta asr olimi Mahmud ash-Sheroziy XII asrlarda yozilgan risolasida tanburga o'xshash kamon bilan chalinadigan "Kamoncha" nomi bilan mashhur bo'lgan cholg'u haqida ham yozadi. Bizning nazarimizda bu sato cholg'u sozi bo'lishi ham mumkin (N.Z.). shu o'rinda sato cholg'u sozining sur'atini keltirishni joiz ko'rdik.
Xulosa qilib aytganda, cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Musiqiy cholg'ularda ijrochilik san'ati insoniyat ma'naviyatini tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti maxsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Bular barchasi yaratilajak cholg'ularning shakliga va milliylik mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida, doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lish bilan birga tarbiyaviy tomonlari ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Y.Rajabiy. O'zbek xalq musiqasi. Toshkent "Badiiy- adabiyot" nashriyoti 1963 yil.
2. T.Ye.Solomonova. O'zbek musiqasi tarixi. -T.: "O'qituvchi" nashriyoti. 1981-
yil.
3. Nizomiy nomli TDPU (Res.ilm.anjuman). Uzluksiz ta'lim tizimida musiqa fanlarini o'qitish masalasi. -T.: 2009-yil.
4. O.Fayziev. Musiqa o'qitish metodikasi Toshkent 1997 yil.
5. T.Ismailov; "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономика и социум" №3(82) 2021;
6. Y.Rajabiy. O'zbek xalq musiqasi. Toshkent "Badiiy- adabiyot" nashriyoti 1963 yil.
7. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
8. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.
9. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
10. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
11. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
13. Shavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "COMPOSER ANTONIN DVORZHAK ORIGINAL STYLE OF MUSICAL WORKS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 116-121.
14. SHavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "GENESIS OF CRISIS EVENTS IN DOMESTIC ARTISTIC AND CREATIVE (MUSICAL) PEDAGOGY." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 143-145.
15. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.
16. SHAVKATOVNA, DJUMABAEVA MUQADDAS. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153.
17. Marotta, Francesco, et al. "Liver protection: ancient empirical roots, marketing oversimplifications and novel molecular-biology-endowed compounds." Bioactive Compounds in Health and Disease 3.12 (2020): 251-255.
18. Каримова, Л. Н., Т. И. Политаева, and С. С. Расулова. "Проектирование образовательной среды вуза как условие формирования профессиональных компетенций студентов." Современный ученый 4 (2020): 122-129.
19. Расулова, С. С. "МУЗЫКАЛЬНО-РИТМИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ШКОЛЬНИКОВ В КОНТЕКСТЕ ШКОЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ." ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В НАЦИОНАЛЬНЫХ СИСТЕМАХ ОБРАЗОВАНИЯ. 2021.
20. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
21. Sabirovna, Rasulova Saida. "BASIC PRINCIPLES OF VOCAL PEDAGOGY." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 812-815.