Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №1(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
TA'LIM MUASSASALARIDATAHSIL OLUVCHI TALABA YOSHLARNING SALOMATLIK HOLATINI TAKOMILLASHTIRISH
© D.B. Yadgarova
1H
1Urganch davlat universiteti, Urganch, O'zbekiston Annotatsiya
KIRISH: maqolada ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarning valeologik madaniyatini shakllantirish va ularning sog'lig'ini saqlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot sog'lom turmush tarziga yo'naltirilgan ta'lim dasturlarini integratsiya qilish masalalariga bag'ishlangan.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi — talabalarning salomatligini yaxshilash, sog'lom turmush tarziga rioya qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirish hamda ularning valeologik madaniyatini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida anketa so'rovlari va test sinovlari orqali talabalarning valeologik madaniyat darajasi va jismoniy faoliyatga bo'lgan munosabatlari o'rganildi. Urganch davlat universiteti talabalari orasida o'tkazilgan so'rov va testlar asosida tahliliy xulosalar chiqarildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, talabalarning sog'liqni saqlash bo'yicha bilimlari va amaliy ko'nikmalari yetarli emas. Talabalar orasida motivatsiya yetishmasligi, vaqt cheklovlari va jismoniy faoliyatga bo'lgan qiziqishning pastligi kuzatiladi. Biroq, integratsion ta'lim dasturlari orqali bu muammolarni hal qilish imkoniyati mavjud.
XULOSA: talabalarning valeologik madaniyatini rivojlantirish ta'lim muhitida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va farovonlikni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Valeologiya va jismoniy tarbiya fanlarini kengroq qo'llash orqali talabalar salomatligini yaxshilash mumkin.
Kalit so'zlar: salomatlik, valeologik madaniyat, jismoniy tarbiya, sog'lom turmush tarzi, ta'lim tizimi, talabalar salomatligi.
Iqtibos uchun: Yadgarova D.B. Talaba muassasalarida tahsil oluvchi talaba yoshlarning salomatlik holatini takomillashtirish.// Inter education & global study. 2025. №1(1). B.270-277.
УЛУЧШЕНИЕ СОСТОЯНИЯ ЗДОРОВЬЯ УЧАЩЕЙСЯ МОЛОДЕЖИ, ОБУЧАЮЩЕЙСЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ_
© Д.Б. Ядгарова1И
1 Ургенчский государственный университет, Ургенч, Узбекистан_
©intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 1(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2025, №1(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается значение формирования валеологической культуры у студентов образовательных учреждений и необходимость развития навыков сохранения здоровья. Особое внимание уделяется внедрению образовательных программ, направленных на здоровый образ жизни.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить методы улучшения здоровья студентов, формирования у них знаний и навыков соблюдения здорового образа жизни, а также развития их валеологической культуры.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании применялись анкетирование и тестирование для изучения уровня валеологической культуры студентов и их отношения к физической активности. Были проанализированы данные, собранные среди студентов ургенчского государственного университета.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что уровень знаний и навыков по сохранению здоровья у студентов недостаточен. Выявлены такие проблемы, как отсутствие мотивации, нехватка времени и низкий интерес к физической активности. Однако интеграция валеологии и физической культуры в учебный процесс способствует решению этих вопросов.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: развитие валеологической культуры студентов играет важную роль в популяризации здорового образа жизни и улучшении их благополучия. Расширенное внедрение валеологии и физической культуры в учебные программы может значительно повысить уровень здоровья студентов.
Ключевые слова: здоровье, валеологическая культура, физическая культура, здоровый образ жизни, система образования, здоровье студентов.
Для цитирования: Ядгарова Д.Б. Улучшение состояния здоровья учащейся молодежи, обучающейся в образовательных учреждениях.// Inter education & global study.2025. №1(1). С. 270-277.
IMPROVING THE HEALTH STATUS OF STUDENTS STUDYING IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS_
© Dinara B. Yadgarova1®
1 Urgench State University, Urgench, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article discusses the importance of developing a valeological culture among students in educational institutions and the need to enhance their health preservation skills. It emphasizes the integration of educational programs focused on a healthy lifestyle.
©intereduglobalstudy.com_2025, ISSUE 1(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
AIM: the main aim of the study is to explore methods for improving students' health, fostering knowledge and skills in maintaining a healthy lifestyle, and developing their valeological culture.
MATERIALS AND METHODS: the study employed surveys and tests to assess students' level of valeological culture and their attitudes toward physical activity. Data collected from students at urgench state university were analyzed to draw conclusions.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings revealed that students' knowledge and skills in health preservation are insufficient. Problems such as lack of motivation, time constraints, and low interest in physical activity were identified. However, integrating valeology and physical education into the curriculum offers potential solutions.
CONCLUSION: developing students' valeological culture is crucial for promoting a healthy lifestyle and enhancing their overall well-being. Broader implementation of valeology and physical education in academic programs can significantly improve students' health outcomes.
Keywords: health, valeological culture, physical education, healthy lifestyle, education system, student health.
tarbiya va sportni rivojlantirish hamda mamlakat aholisini sog'lomlashtirish, mehnat qobiliyati va mehnat samaradorligini oshirish masalalari ustuvor yo'nalishlardan bo'lib qolmoqda. Hozirgi zamonda yuqori hayot sur'ati, mintaqalardagi noqulay ekologik shart-sharoitlar, surunkali stresslar va sog'lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilmaslik bir qator kasalliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shu sabab, inson salomatligini ilmiy jihatdan asoslangan turli vositalar bilan yuqori darajaga ko'tarish muammosi muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni, 20l7 yil 3 iyundagi PQ-3031-son "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Ta'lim muassasalari, jumladan, universitetlar o'quvchilar salomatligini birinchi o'ringa qo'yish uchun valeologiya tamoyillarini o'z o'quv dasturlariga kiritishga ko'proq e'tibor qaratmoqda. Ushbu integratsiya "Zamonaviy valeologik texnologiyalar" kabi fanlarni o'z ichiga oladi, uning maqsadi talabalarning sog'lig'ini saqlash va sog'lom turmush tarziga ijobiy munosabatni shakllantirish haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishdir.Talabalarning qadriyat madaniyati talabalarning salomatligi va
For citation: Dinara B. Yadgarova. (2025) 'Improving the health of students in educational institutions', Inter education & global study, (1(1)), pp. 270-277. (In Uzbek).
Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida sog'lom millatni shakllantirish, jismoniy
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №1(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
farovonligini mustahkamlash bilan bog'liq kompetentsiyalarni har tomonlama rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlovchi bilim, ko'nikma va munosabatlarni singdirishni o'z ichiga oladi. Talabalar orasida valeologik madaniyatni shakllantirish ta'lim muhitida hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u sog'lom turmush tarzi va umumiy farovonlikni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi
Xorazm viloyati ekologik nobarqaror hudud ekanligini inobatga olib, Urganch Davlat universitetida keng miqyosda tadqiqotlar o'tkazildi va talaba qizlarning orasida anketa so'rovi o'tkazildi, G.L.Apanasenko (1988) bo'yicha ularning salomatligi va umumiy jismoniy rivojlanish baholandi. Urganch Davlat universitetining barcha fakultetlarida o'quv jadvaliga valeologiya fani kiritilganligi sababli, talabalarning nafaqat jismoniy tarbiyaga oid bilimlarini, balki o'z salomatliklarini baholashga doir bilimlarini tekshiruvchi test sinovlari tashkil qilindi. Shuningdek, jismoniy madaniyat fakultetida hamda tabiiy fanlar, fizika-matematika va tarix fakultetlarida tahsil oluvchi talabalar bilimlarini baholash uchun testlash o'tkazildi. 16 ta savol va 4 javob varianti taqdim etilgan testlar tarqatildi. Test sinovlarida 200 dan ziyod talaba qatnashdi. Anketaga jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining ahamiyatini hamda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga to'sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlashga qaratilgan savollar kiritilgan.
Anketa so'rovi ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatdiki, Urganch davlat universiteti talabalari sog'liqni mustahkamlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, tana qomatini yaxshilashda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish juda muhim deb hisoblaydilar.
Biroq, aslini olganda, ularning jismoniy tarbiya - sport faoliyatida ishtiroklari yetarli emas. Shunga ko'ra, gumanitar fakultetlarda qo'shimcha sport bilan shug'ullanuvchilar soni 30% atrofida bo'ldi. Biz talabalarga sport bilan shug'ullanishga nima to'sqinlik qilishini aniqlashga harakat qildik,talabalar orasida o'tkazilgan anketa so'rovi natijalari keltirilgan:
1. O'zlarining bo'sh vaqtlarini boshqa faoliyat turlari bilan to'ldirishni afzal ko'radilar
(musiqa, kompyuter) - 7%;
2. Qad-qomatdagi kamchiliklar yoki jismoniy tayyorgarlik darajasi past bo'lganligi sababli uyalish hissining mavjudligi - 14%;
3. O'tkazilgan mashg'ulotlardan so'ng surunkali toliqish yoki o'quv vazifalarining ko'payib ketganligi tufayli - 16%;
4. Sport bilan shug'ullanishga motivatsiyaning yo'qligi - 18%;
5. Vaqtning yetishmasligi - 21%;
6. Mashqlarni bajarishda zarur ko'nikmalarning yo'qligi -
24%.
©intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 1(1)
[ccïCL
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Biz talabalarning sport bilan shug'ullanishiga nima to'sqinlik qilishini aniqlashga harakat qildik
24
7
14
I I
16
18
1
2
3 4
5
6
Izoh: 1) o'zlarining bo'sh vaqtlarini boshqa faoliyat turlari bilan to'ldirishni afzal ko'radilar (musiqa, komp'yuter); 2) qad-qomatdagi kamchiliklar yoki jismoniy tayyorgarlik darajasi past bo'lganligi sababli uyalish hissining mavjudligi;
3) o'tkazilgan mashg'ulotlardan so'ng surunkali toliqish yoki o'quv vazifalarining ko'payib ketganligi tufayli; 4) sport bilan shug'ullanishga motivatsiyaning yo'qligi; 5) vaqtning yetishmasligi; 6) u yoki bu mashqlarni bajarishda zarur malaka va ko'nikmalarning yo'qligi.
Talabalarni testlash jismoniy tarbiya bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda o'tkaziladi, shuningdek, talabalarning o'z salomatligi funktsional holatini yaxshilashga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o'z-o'zini nazorat qilish malakalarini o'rgatish nazarda tutiladi. Test texnologiyalari yordamida talabalarning o'z salomatliklariga, jismoniy faollikka bo'lgan munosabatlari, valeologiya bo'yicha asosiy nazariy qoidalarni bilishlari, sog'liqni bashoratlash uslublari va mezonlariga doir bilimlarni egallaganliklari, eng asosiysi, turmush tarzi, xususan, salbiy va ijobiy omillarning salomatlikka qanday ta'sir ko'rsatishini bilishlari aniqlandi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishning katta ahamiyatga ega ekanligi 2 ta asosiy sabablar bilan aniqlanadi: birinchidan, oliy o'quv yurti doirasidagi o'quv mashg'ulotlar talabalarning harakat faolligiga bo'lgan talablarining 20-25% ni ta'minlaydi.
Ikkinchidan, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug'ullanish nafaqat ijtimoiy faollikni, balki talaba yoshlarning sog'lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantiruvchi omil hisoblanadi. UrDU talabalarini testlash shundan dalolat beradiki, matematika va tabiiy fanlar fakuPtetlarida tahsil oluvchi talabalarning 30,2% sektsiyalarda u yoki bu sport turi bilan shug'ullanishadi, biroq talabalarning katta qismi ertalabki gimnastika mashqlarini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
bajarmaydi, zararli odatlarga ega, passiv hayot tarzini olib boradi, valeologiyaga doir bilimlar asosini bilmaydi. Aniqlanishicha, kursdan-kursga harakat faolligi darajasi pasayib boradi, ya'ni gipokineziya va gipodinamiya holatlari kuchayishi kuzatiladi. Ular ko'p jihatdan ortiqcha vaznning paydo bo'lishiga, organizm faoliyatida, jumladan, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyatida nuqsonlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Salomatlik kontseptsiyasining ikkinchi qoidasida eng muhim tarkibiy qism psixologik holat bo'lib, unda motivatsion sohani hosil qilish zaruratiga katta ahamiyat qaratiladi, ya'ni faqat sog'liq, jismoniy sifatlarni va harakat qobiliyatlarini rivojlantirish tushunchasi bilan cheklanib qolmaslik lozim. Buning uchun oliy o'quv yurtida tahsil olayotgan talaba harakat faolligini shakllantirish bo'yicha zarur bilimlar, ko'nikma va malakalarni egallab olishi zarur.
Ishlab chiqilgan savollarni mazmuniga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. 1-4 kurs talabalarida valeologiya bo'yicha nazariy bilimlar darajasini baholovchi savollar.
2. Talabalarning sog'lom turmush tarzi tamoyillariga rioya etishga bo'lgan munosabatlarini baholovchi savollar.
3. Harakat faolligini saqlash va salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va harakat faolligining ahamiyati hamda ularning organizmga ta'sirini talabalar baholashlari.
4. Salomatlikni korrektsiyalash yo'llari, shaxsiy salomatlik holatini inobatga olgan holda mustaqil ravishda sog'lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish.
Sport faoliyati,pedagogika va psixologiya va tabiiy fanlar fakultetlarida tahsil oluvchi1-4 kurs talabalari orasida o'tkazilgan test nazorati natijalari quyidagilarni aniqlab berdi: "Salomatlik tushunchasining zamonaviy ta'rifi" savoliga to'g'ri javoblar soni jismoniy madaniyat fakul teti talabalari orasida 92,7% ni, biologiya fakuPteti talabalari orasida 69,8% ni tashkil etdi.
"Valeologiya maqsadi va vazifalari" savoliga aniq javob qaytarganlar jismoniy madaniyat fakulteti talabalari orasida 83,8% ni, tabiiy fanlar fakulteti talabalari orasida 67% ni tashkil qildi. "Jismoniy rivojlanishni qanday uslublar yordamida baholash mumkin", degan savolimizga tabiiy fanlar fakuPtetining 77,7% talabalari to'g'ri javob berishgan bo'lib, ular antropometrik va funktsional tadqiqot uslublari asosida jismoniy rivojlanish darajasini baholash mumkinligini ko'rsatishgan. Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabalarining faqat 38% i mazkur savolga to'g'ri javob berishgan.
"Doimiy jismoniy yuklamalar ta'sirida organizmda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?", - degan savolga Sport faoliyati,pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari aniq va to'liq ta'rif berishgan. Berilgan savollarga mavjud javoblarning tahlili shuni ko'rsatdiki, sportchi talabalar bu savolga to'g'ri yondashib, morfofunktsional tizimda sodir bo'luvchi o'zgarishlar boshqa tizimlarda ham o'zgarishlarni keltirib chiqarishini, ya'ni tuzilmaviy o'zgarishlar yaxlit organizm darajasida paydo bo'lishini to'g'ri e'tirof etganlar. Salbiy omillarning, jumladan, zararli odatlarning sog'liqqa ta'sirini baholashda tekshirilayotgan talabalar orasida yagona fikr borligi aniqlandi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Xulosa Iqilib shuni ta'kidlaymizki, talabalar o'rtasida valeologik madaniyatni rivojlantirish ko'p qirrali vazifa bo'lib, u sog'liqni saqlash amaliyotini ta'lim dasturlari, kasbiy tayyorgarlik dasturlari va talabalarning umumiy rivojlanish tashabbuslariga integratsiyalashuvini o'z ichiga oladi. Qadriyat madaniyatiga ustuvor ahamiyat berish orqali institutlar nafaqat akademik bilimga ega, balki sog'lom va qoniqarli hayot kechirish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar bilan jihozlangan shaxslarni yaratishda muhim rol o'ynaydi.
Urganch davlat universiteti talabalari anketa so'rovi natijalari shundan dalolat beradiki, 4-kursga kelib talabalar jismoniy holatining yomonlashishi, birinchi navbatda, oliy o'quv yurtining o'quv rejalarida katta kurslarda jismoniy tarbiya fanining yo'qligi bilan bog'liq.
OO'YU larida barcha ta'lim bosqichlarida jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv jarayoni mazmuni talabalarda organizmning to'laqonli ishlashi uchun zarur jismoniy yuklamalarni bajarishga tayyorligini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak, yuqori kurslarda esa har bir talabaga yoqtirgan sport turini tanlash imkoniyati berilishi lozim, ya'ni mashg'ulotlar talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda sektsiya mashg'ulotlari xususiyatiga ega bo'lishi kerak.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Logvinova, Y. (2023). Jismoniy tarbiya fakulteti talabalarining sog'liqni saqlash kompetensiyasini shakllantirishda fitnes texnologiyalaridan foydalanish. Akademik eslatmalar seriyasi Pedagogika fanlari, 1(207). https://doi.org/10.36550/2415-7988-2022-1-207-201-205
2. Mikhelkevich, V., Chekanushkina, E. va Kardashevskiy, A. (2022). Ta'lim muhitini raqamlashtirish sharoitida texnik universitet talabalarining mustaqil ishini o'z-o'zini tashkil etish muammolari. Rossiya Fanlar akademiyasining Samara ilmiy markazining Izvestiya ijtimoiy-gumanitar tibbiy biologik fanlar, 24(84), 19-25. https://doi.org/10.37313/2413-9645-2022-24-84-19-25
3. Omelehenko, V. (2023). Tabiiy fanlarni o'rganishda talabalarning valeologik madaniyatini shakllantirish. Sworld-Us konferentsiyasi materiallari, (usc21 -01), 9396. https://doi.org/10.30888/2709-2267.2023-21-01-018
4. Ovcharuk, V., Maksymchuk, B., Ovcharuk, V., Xomenko, O., Xomenko, S., Yevtushenko, Y., ... & Maksymchuk, I. (2021). Jismoniy tarbiya yordamida texnik mutaxassislarda salomatlikni mustahkamlash bo'yicha malakalarni shakllantirish. Revista Romaneasca Pentru Educatie Multidimensionala, 13(3), 01-19. https://doi.org/10.18662/rrem/13.3/437.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Yadgarova Dinara Baxodirovna, katta o qituvchi [Ядгарова Динара Баходировна,
старший преподаватель], [Dinara B. Yadgarova, senior lecturer]; manzil: O'zbekiston, Urganch shahar, 220100, Hamid Olimjon ko'chasi, 14-uy, [адрес: Узбекистан, г. Ургенч, 220100, ул. Хамида Олимджана, 14], [address: Uzbekistan, Urgench, 220100, Hamid Olimdzhan str., 14].