Научная статья на тему 'TALABALARNING HUQUQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA'

TALABALARNING HUQUQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / kasbiy faoliyat / huquqiy madaniyat / huquqiy ong / huquqiy kompetensiya / kasbiy xulq-atvor / kognitiv (kognitiv) / xulq-atvor / kommunikativ / Educational / professional activity / legal culture / legal awareness / legal competence / professional behavior / cognitive (cognitive) / behavioral / communicative

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zarifa Mamazova

Mazkur maqolada Respublikamizda yоsh аvlоdnі hаr tоmоnlаmа bаrkаmоl vа yеtuk shахs sіfаtіdа vоyаgа yеtkаzіshda tа’lіm tіzіmіning o‘rni nihoyatda katta. Shunіngdеk, O‘zbеkіstоn Rеspublіkаsі Prеzіdеntі 2020 yіl 24 yаnvаr kunі Оlіy Mаjlіsgа Murоjааtnоmаsіdа: “... bіz O‘zbеkіstоnnі rіvоjlаngаn mаmlаkаtgа аylаntіrіshnі mаqsаd qіlіb qo‘ygаn еkаnmіz, bungа fаqаt jаdаl іslоhоtlаr, іlm-mа’rіfаt vа іnnоvаtsіyа bіlаn еrіshа оlаmіz. Bunіng uchun, аvvаlаmbоr, tаshаbbuskоr іslоhоtchі bоl‘іb mаydоngа chіqаdіgаn, strаtеgіk fіkr yurіtаdіgаn, bіlіmlі vа mаlаkаlі yаngі аvlоd kаdrlаrіnі tаrbіyаlаshіmіz zаrur.” Yоshlаrnіng huquqіy оngі vа huquqіy komponent dаrаjаsі mаmlаkаtnіng rіvоjlаnіshі vа іstіqbоlіnі bеlgіlаb bеrаdі

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF LEGAL COMPETENCE OF STUDENTS AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED

In this article, the role of the education system in the upbringing of the younger generation in our republic as a versatile and mature personality is extremely great. Also, the President of the Republic of Uzbekistan in his Message to the Oliy Majlis dated January 24, 2020: “... As long as we are focused on turning Uzbekistan into a developed country, we will be able to achieve this only through accelerated reforms, education and innovation. To do this, first of all, it is necessary to educate a new generation of proactive reformers, strategically minded, educated and qualified personnel."The level of legal awareness of young people and the legal component determine the development and prospects of the country

Текст научной работы на тему «TALABALARNING HUQUQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA»

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

DEVELOPMENT OF LEGAL COMPETENCE OF STUDENTS AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED

Zarifa Mamazova

senior lecturer of the Department of "Social Sciences and Law" of the International Islamic Academy of Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.13789187

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 13th September 2024 Accepted: 18th September 2024 Online: 19th September 2024

KEYWORDS Educational, professional

activity, legal culture, legal awareness, legal competence, professional behavior, cognitive (cognitive), behavioral,

communicative.

In this article, the role of the education system in the upbringing of the younger generation in our republic as a versatile and mature personality is extremely great. Also, the President of the Republic of Uzbekistan in his Message to the Oliy Majlis dated January 24, 2020: "... As long as we are focused on turning Uzbekistan into a developed country, we will be able to achieve this only through accelerated reforms, education and innovation. To do this, first of all, it is necessary to educate a new generation of proactive reformers, strategically minded, educated and qualified personnel.'The level of legal awareness of young people and the legal component determine the development and prospects of the country.

РАЗВИТИЕ ПРАВОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ КАК СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПОТРЕБНОСТЬ

Зарифа Мамазова

старший преподаватель кафедры «Социальные науки и право» Международной

исламской академии Узбекистана https://doi.org/10.5281/zenodo.13789187

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 13th September 2024 Accepted: 18th September 2024 Online: 19th September 2024 KEYWORDS

Образовательная, профессиональная деятельность, правовая культура, правосознание, правовая компетентность, профессиональное поведение, познавательная (познавательная), поведенческая,

В данной статье Роль системы образования в воспитании подрастающего поколения в нашей республике как разносторонней и зрелой личности чрезвычайно велика. Также Президент Республики Узбекистан в Послании Олий Мажлису от 24 января 2020 года: "... пока мы нацелены на превращение Узбекистана в развитую страну, мы сможем добиться этого только путем ускоренных реформ, просвещения и инноваций. Для этого, прежде всего, необходимо воспитать новое поколение инициативных реформаторов, стратегически мыслящих, образованных и квалифицированных

é

Ws,

коммуникативная.

кадров."Уровень правосознания молодежи и правовой компонент определяют развитие и перспективы страны.

TALABALARNING HUQUQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY

PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA

Zarifa Mamazova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Ijtimoiy fanlar va huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13789187

ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 13th September 2024 Accepted: 18th September 2024 Online: 19th September 2024

KEYWORDS Ta'lim, kasbiy faoliyat, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy kompetensiya, kasbiy xulq-atvor, kognitiv (kognitiv), xulq-atvor, kommunikativ.

KIRISH

Respublikamizda yosh avlodni har tomonlama barkamol va yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazishda ta'lim tizimining o'rni nihoyatda katta. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: "... biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bol'ib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur."[13] degan ushbu murojaati mazmunida ham oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni nafaqat o'z sohasining mutaxassisi, balki har tomonlama yetuk kadr sifatida kamol toptirishni ta'kidlaganlar. Bu esa o'z navbatida pedagoglar oldida turgan eng muhim muammodir. So'nggi yillarda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo'lidan borayotgan O'zbekistonda huquqiy ong hamda huquqiy komponentni rivojlantirish dolzarb muammo hisoblanadi. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy komponent darajasi mamlakatning rivojlanishi va istiqbolini belgilab beradi.

Huquqiy davlat sharoitidagi kasbiy faoliyatga fuqarolar huquqlari va erkinliklarini bilish va rioya qilish, fuqarolik jamiyati manfaatlarida axloqiy va huquqiy, joiz va nojoiz xulqning

Mazkur maqolada Respublikamizda yosh avlodni har tomonlama barkamol va yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazishda ta'lim tizimining o'rni nihoyatda katta. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: "... biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bol'ib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur." Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy komponent darajasi mamlakatning rivojlanishi va istiqbolini belgilab beradi.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

o'zaro nisbatini to'g'ri aniqlash xosdir. Jamiyatdagi huquqiy fe'l-atvor asoslariga siyosiy-huquqiy va falsafiy tafakkur klassiklari T.Gobbs, M. Veber, A. Kamyu, N. Makkiavelli, Sh.L. Monteske, L.I. Petrajiskiy, J.-J. Russo, B. Spinoza, B.C. Solovev, S.L. Frank, sitseron, V.F. Shelling, A. Shopengauer va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari bilan poydevor qo'yilgandi. Zamonaviy dunyo avvalgidek huquqiy mukammallikdan uzoq, lekin qonunlar bilan mustahkamlangan, hamma qabul qilgan me'yorlarga rioya qilishni talab qiladi. Ayni paytda ijtimoiy tizimlarni, xususan, bunday tizimlarga ta'lim ham kiradi, rivojlantirish qonunning nafaqat rasmiy tomoniga, balki uning mohiyatiga ham amal qilishni taqozo etadi, bu prognostik ta'lim berishni, ilgarida boruvchi tajribaga qaratilganlikni ta'minlaydi. Kasbiy ta'lim sifatiga zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilimdonlikka kasbiy ta'limda omilkorlikka yo'naltirilgan yondashuv g'oyalari bilan ta'lim berishning asosiy natijasi deb V.I. Baydenko, I.D. Belonovskaya, I.A. Zimnyaya, N.S. Saxarova, V.V. Serikov, Yu.G. Tatur, A.P. Tryapitsina va A.B.Xutorskiylarning ilmiy ishlarida aniq ta'rif beriladi. Chet ellik huquqshunoslar E. Anners, E. Bredli, D. Gomien, A. Dasi, M. Djenis, R. Key, F. Lyusher, Ya. Meyer, R. Plender, P. Sigort, T. Xartli, S. Xedli, F. Fobritsius, JI. Fridmen, K. Shtern va A. Eydelar pedagogni bo'lajak avlodlar huquqiy ongini shakllantirish jarayonlaridagi asosiy sub'ekt deb hisoblaydilar [62]. Chet mamlakatlarda mehnat huquqining o'rganilishini ko'rib chiqilar ekan, R. Blanpen (Belgiya) mazkur fikrga qo'shiladi: " mehnatni huquqiy boshqarish chet mamlakatlar tizimlarining tahlili ulkan ustunlik beradi - shaxsiy milliy tajribani xalqaro tajriba nuqtai nazaridan o'rganishga imkon yaratadi; chet el huquq tizimlarini o'rganayotib, ko'pincha muayyan muammo boshqa mamlakatda tamomila o'zgacha hal etilganini aniqlaganingda, madaniy shok his etishingga to'g'ri keladi" [225]. Talabalarning huquqiy bilimdonligi ta'lim jarayonining turli xil munosaabatlarida muvaffaqiyatli qatnashishni ta'minlaydi. Shu sababli "ta'lim berish huquqiy munosabatlari" va "ta'lim sohasidagi huquqiy munosabatlar" tushunchalarini farqlash kerak. "Ta'lim sohasidagi huquqiy munosabatlar" tushunchasi jamiyat va davlatning har qanday predmet-amaliy faoliyati kabi kompleks xususiyatga ega ta'lim sohasida mavjud bo'lgan barcha turdagi huquqiy munosabatlarni tavsiflaydi, unga tegishli munosabatlar deyarli hamma huquq tarmoqlarining me'yorlari bilan tartibga solinadi. Masalan, "Ta'lim berish huquqiy munosabatlari" tushunchasi ta'lim berish huquqining bevosita predmetini, huquq tizimining mustaqil tarmog'i sifatida uning negizini tashkil etuvchi huquqiy munosabatlarni belgilash uchun ishlatiladi [190].

Ta'lim berish huquqiy munosabatlarining obyekti shunchaki bilimlar, ko'nikmalar va malakalar emas, balki faqat saviyasi davlat ta'lim standartlariga mos keladigan, o'qish jarayonida egallangan bilimlar, ko'nikmalar va malakalardir. Bunaqa mos kelishlik holati ta'lim oluvchini yakuniy attestatsiyalash davomida aniqlanadi va belgilangan ma'lumot to'g'risidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Ta'lim berish huquqiy munosabatlarining subyektlari tarkibi, bir tomondan, ta'lim oluvchilarni, tarbiyalanuvchilarni, bir qator hollarda esa ularning qonuniy vakillarini ham, ikkinchi tomondan, ta'lim muassasalarini, ularning pedagog xodimlarini va boshqa ishchilarini o'z ichiga oladi.

So'nggi yillarda bo'lajak pedagogning huquqiy tayyorgarligini A.C. Anikina, C.B. Gurin, Yu.V. Yeroxina, S.A. Kupriyanova, M.V. Motexina, N.R. Nuriaxmetova, P.A. Musinov, O.Yu.

é

Ws,

Nazarova, S.A. Rudix, Ye.A. Russkix, N.M. Shibanova va T.I. Shamovalar tadqiq qilishgan [9, 52, 62, 103, 125, 133, 127, 128, 166, 167, 208].Pedagogik jarayonning turli xil jihatlarini o'rganar ekan, olimlar huquqiy bilimlar, huquqiy komponent, huquqiy ong, huquqiy bilimdonlik, huquqiy malakalar kabi tayanch tushunchalarni turlicha ifodalaganlar.

Huquqiy bilimdonlik tushunchalar sohasining tayanch ta'rifi huquqiy komponentdir. "Huquqiy komponent - bu huquqni bilish va tushunish, uning talablarini, o'z faoliyatida huquqni o'zlashtirishning individ tomonidan sub'ektiv tarzda shakllantirilgan darajasi bo'lmish individual huquqiy komponentni ongli ravishda ado etish" [52]. Mana shu tadqiqotning o'zida aniqlanganki, bo'lajak pedagogda shakllangan huquqiy bilimlarning birinchi darajali ahamiyati va yuqori darajasi rivojlangan huquqiy ong, huquqiy komponent, huquqiy dunyoqarash, huquqiy mas'uliyat, ijodiy tafakkur va huquqiy-kasbiy bilimdonlik mavjud bo'lishini taqozo qiladi.

Huquqiy komponentning tuzilishi asosiy unsur sifatida o'z ichiga huquqiy ongni, ya'ni huquqqa va uning qo'llanishiga nisbatan yuridik bilimlar, baholash munosabatlari shaklidagi huquqiy voqelikni, yuridik jihatdan ahamiyatli vaziyatlarda inson fe'l-atvorini tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar va qadrlash maqsadlarini aks ettiruvchi huquqiy ijtimoiy, guruhiy va individual ongni o'z ichiga oladi [Yu.V. Yeroxina, 61].

Pedagog huquqiy komponenti darajasini uning huquqiy bilimlari, ko'nikmalari, huquqiy munosabatlari, qadrlash maqsadlari ko'rsatib beradi. Bular quyidagilarda namoyon bo'ladi: pedagog o'z vazifalarini huquq nuqtai nazaridan to'g'ri tushunishida; u yoki bu huquqiy ahamiyatga ega vaziyatlarda pedagogning hatti-harakatlarini tartibga soluvchi huqquq me'yorlarini talqin qila olishida; pedagog qonun talablarini aniq bajarishida; ta'lim jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashida; pedagogik jarayonda ishlatiladigan vositalarni qonun nuqtai nazaridan baholashida; huquqiy jihatdan ahamiyatli muammolarni hal qilish variantini to'g'ri tanlashida [C.B. Gurin, 52].

Huquqiy komponentni egallaganlik to'g'ri huquqiy harakatlarda va malakalarda namoyon bo'ladi. Pedagogik faoliyat huquqning faqat ayrim jihatlariga duch kelishi sababli, bo'lajak pedagoglarning kasbiy-huquqiy malakalari tadqiq qilinadi va ular bo'lajak pedagogga o'quvchilarni huquqiy tarbiyalash, huquqiy o'qitish va mustaqil huquqiy ta'lim olish bo'yicha masalalarni hal qilishda bo'lajak kasbiy faoliyati uchun zarur bo'ladigan tayyorgarlik hamda umumpedagogik va huquqiy qobiliyatlarning o'ziga xos sintezi sifatida ko'rib chiqiladi [M.V.Motexina 125].

Jamiyatda huquqiy komponentni rivojlantirishning omillari bo'lib quidagilar hisoblanadi(1.1-rasm).

Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy komponentining rivojlanganligi mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatidan dalolat beradi.

Jamiyatning har bir a'zosi o'z huquq va burchlarini hamda mas'uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamog'i lozim. Ayniqsa yoshlarning tafakkur va dunyoqarashi, huquqiy komponent darajasi bevosita huquqiy komponent tushunchasi bilan bog'liq.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi qonunlarning loyihalarini keng omma orasida muhokama qilinishi;

barcha o'quv yurtlarida huquq haqidagi bilimlarni o'rgatish-o'rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, vaqtli matbuotlarda, radio, televideniya orqali huquqiy bilimlarni

targ'ib qilish;

rivojlangan davlatlarning huquqiy tajribasini o'rganish;

1.1.1-rasm. Huquqiy kopotentlikni rivojlantirishning omillari

Ammo bugun mamlakat fuqarolarining va hattoki yoshlarning ham huquqiy komponenti davlat va jamiyat taraqqiyotining bugungi talablariga to'la javob beradi deya olmaymiz. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy komponentni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-sonli Farmon[6] mazkur yo'nalishda oldimizda turgan muhim vazifalarni belgilab bergan muhim hujjat bo'ldi. Farmonda mazkur yo'nalishdagi mavjud kamchiliklar birma-bir ko'rsatib berilgani uning ahamiyatli jihati sanaladi. Hujjatda qayd etilganidek, huquqiy komponentni rivojlantirishda yoshlar qatlami bilan olib borilayotgan huquqiy ta'lim-tarbiya jarayoni tizimli ravishda olib borilmayapti. Bu masala uzoq davr mobaynida ayrim davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida qarab kelinganligi, bunda oila, mahalla hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmaganligi, targ'ibot tadbirlarida ko'pincha samarasiz seminar, davra suhbatlari va shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bilan cheklanib qolinayotganligi, targ'ibot jarayonida innovatsion usullardan yetarlicha foydalanilmayotgani ayon bo'lmoqda. Bu esa jamiyatimiz taraqqiyotiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Ya'ni, qonunlarning ijrosi bir xilda ta'minlanmayapti, islohotlar bo'yicha qabul qilingan hujjatlar ham o'zining yetarli samarasini bermayapti[6].

Aholining barcha qatlamlarida huquqiy savodxonlikni yuksak darajada rivojlantirish hamda huquqiy komponentga ega bo'lishlari uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar 2019 yil 9 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy komponentni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son Farmoni[6] va "Jamiyatda huquqiy komponentni yuksaltirish konsepsiyasida"da belgilab berildi. Farmonga ko'ra jamiyatda huquqiy komponentni rivojlantirishda, dastlab, huquqiy ta'lim va tarbiya jarayoni uzviy va tizimli olib borilishi, huquqiy tarbiyaga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan yoshlarda huquqiy immunitetni rivojlantirish, har bir shaxsda odob-axloq qoidalariga va qonunlarga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat, huquqbuzarlik holatlariga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishlariga tizimli ravishda yondashish lozimligi, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining,

é

Ws,

shuningdek talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy komponentini rivojlantirishning innovatsion usullaridan, shuningdek, xorijiy davlatlarning shu yo'nalishdagi ijobiy tajribalaridan foydalanish kerakligi, aholining huquqiy ongi va huquqiy komponentini rivojlantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, ularda huquqiy bilimlarni oshirishning zamonaviy usullarini tadbiq etish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha huquqiy immunitetni rivojlantirish lozimligi ta'kidlanadi. Bu maqsadlarni amalga uchun esa bir qancha vazifalar belgilab berildi[6].

Jumladan[6]:

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy komponentni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy komponentni singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini targ'ib qilish;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish;

aholi o'rtasida huquqiy komponentni shakllantirish bo'yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg'ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy komponentni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo'lga qo'yish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo'llashni kengaytirish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy komponentni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.

Shu sababli ham bugungi kunda jamiyatimizning asosini tashkil etgan yoshlar, talabalarda huquqiy komponentni rivojlantirish ijtimoiy pedagogik zaruriyat sifatida bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda, jamiyat a'zolarining huquqiy ong va huquqiy komponentini rivojlantirish "shaxs - oila - mahalla -ta'lim tashkilotlari - tashkilot - jamiyat" tamoyili bo'yicha uzviy hamda tizimli ravishda tashkil etilishi belgilab berildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarga ta'lim-tizimida olib borilayotgan islohotlar o'z samarasini ko'rsatmoqda. Islohot - bu yangilanish, o'zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz o'zgarishi kerak. Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi[12]. Har qanday islohot zamirida yoshlarimiz faolligi, tashabbuskorligi va ularning ilmiy-ijodiy g'oyalarini qo'llab-quvvatlash ishlarini olib borilishi jamiyat ertangi kuni farovonligidan dalolat beradi. Shuning uchun, huquqiy komponentni rivojlantirish talabalarda adolat, huquqiy tenglik, demokratik davlat qurish yo'lidagi eng muhim omil hisoblanadi[15].

é

Ws,

NATIJA

Tadqiqotimiz davomida mavjud adabiyotlarni o'rganish va tahlil etish shuni ko'rsatadiki, huquqiy ong, huquqiy komponent, talabalarda, yosh mutaxassislarda vatanparvarlik tuyg'usi masalalari dunyo faylasuflari, pedagog va psixolog olimlari tomonidan turli yo'nalishlarda o'rganilgan.

Xususan, talabalarda siyosiy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning samarali yo'llari, talabalarni o'qitish va tabiyalash qonuniyatlari va buyuk ajdodlarimizning xulq-odob me'yorlari haqidagi fikrlaridan foydalanish hamda komponent masalalarini G.Maxmutova[79] o'z ilmiy qarashlarida asoslab bergan bo'lsa[19; 27-b.], Sh.Shodmonova[99] o'quv-tarbiyaviy jarayonda talabalarning mustaqillik tafakkurini rivojlantirish[99; 340-b.], O.Musurmonova[78] yoshlarning ma'naviy komponentini shakllantirish muammolariga doir tadqiqot ishlarini olib bordilar[78; 364-b.].

Shuningdek, B.Abdullayeva[43], N.M.Egamberdiyeva[57], Z.Saliyeva[96], M.Quronov[91] A.Redjaboyev[94], D.Ro'ziyeva[92], M.Mamajonov[23], O.Jamoliddinova[68], A.Isimova[64], S.Jo'rayeva[69], B.Shermuxammadov [24]lar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida yoshlarni yuksak intellektual, ijtimoiy faol, tashabbuskor, ma'naviy-axloqiy salohiyatga ega har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar etib tayyorlash muammosi to'g'risida izlanishlar olib borishgan. Yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi, ijtimoiy-pedagogik qobiliyatlarini millat rivoji ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik hamda sog'lom turmush komponentini rivojlantirish, yoshlar faolligini oshirish kabi muammolarga to'xtalib o'tishgan.

Z.Saliyeva[96] o'zining ilmiy tadqiqot ishida talaba shaxsining ma'naviy komponentini rivojlantirish masalasiga to'xtalib o'tadi. Unda "talabalarni biologik va psixik, ijtimoiy va ma'naviy anglash va o'z-o'zini anglash, pedagogik qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi, alohida, individual munosabat o'rnatilishi lozim bo'lgan shaxs sifatida e'tirof etadi. Pedagoglar har bir talabaning o'ziga hos individualligini inobatga olishi lozimligini ta'kidlaydi[96].

N.M.Egamberdiyeva[57] ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish masalalariga to'xtalar ekan: "ta'limni insonparvarlashtirish uning yetakchi tendensiyasi sifatida ta'limni insonga qaratish, uning individualligini namoyon bo'lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. Tadqiqotchi inson ehtiyojlari shaxsning ma'naviy, ijtimoiy va kasbiy shakllanishiga ta'sir etishi mumkinligini ta'kidlagan[57; 85-b.].

O.Abdug'aniyev fikricha, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish talabalarda jamiyatda yuz berayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish orqali, jamiyat hayotida bo'layotgan o'zgarishlarda faol ishtirok etish, o'zining faol fuqarolik burchi, majburyati va huquqlarni bilish, unga rioya etish, huquqiy munosabatlarda muomala va huquqiy komponentga ega bo'lish kabi sifatlar rivojlantiriladi[41].

T.Frankel[61], M.T.Cardador[18], A.Kroeber[22], A.Watson[25], J.Husa[20]larning tadqiqot ishlarida mutaxassislarning huquqiy komponenti, faoliyati tadqiq qilingan.

Hutmacher Waloning[21; 11-b.] "ta'lim tizimida yosh avlodda daxldorlik xissini uyg'otish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda, komponent, til, din vakillari bilan ijtimoiy munosabatlarda komponentlararo" kompetensiyalarni rivojlantirishga oid fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi[21].

é

Ws,

Huquqshunos olim T.Frankel[61] "biz ko'pincha qonun va komponent haqida bir nafasda gapiramiz, ikkala tizim ham bir shaxsga va tashkilotga kerakli hatti harakatlar qoidalarini yuklaydi, qonun va komponent bir-biri bilan bog'liq"[61] deb ta'kidlaydi. Olim qonun va komponent tushunchalarining o'xshash va farqli jihatlari, huquqiy komponent borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

Huquqiy komponent darajalari va unga ta'sir etuvchi omillarni A.Watson[25] o'zining ilmiy-tadqiqot ishida o'rgangan bo'lsa, fuqarolarning huquqiy komponenti va huquqiy an'ana tushunchalarining mohiyati J.Husa[20] tomonidan o'rlanilgan.

M.T.Cardador[18] mutaxassislarning huquqiy komponenti borasida izlanish olib borgan bo'lsa, A.Kroeber[22] komponentni umumbashariy atama hisoblab, jamiyatlarning yuqori yoki past merosiga nisbatan qo'llaydi. Har bir jamiyatning o'ziga xos komponenti mavjudligi va axloqiy komponent borasida so'z yuritadi.

Yuqoridagi tadqiqotlar tahlilari asosida aytish mumkinki, huquqiy komponentni rivojlantirish talabalarda jamiyat hayotida yuz berayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish orqali, jamiyatdagi huquqiy jarayonlarda faol ishtirok etish, o'z huquq va majburiyatlarini anglashi va unga rioya etish kabi huquqiy komponent sifatlari rivojlantiriladi.

Oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining huquqiy komponenti borasida so'z yuritishdan oldin komponent tushunchasining tahliliga to'xtalamiz.

"Komponent" hodisasi - murakkab ko'p jihatli xodisaning mavjudligini ko'zda tutadi[36].

Hozirgi vaqtda xalqlar, ularning komponenti, tili va an'analarini ifodalovchi, nisbatan yangi fan sifatida qaraluvchi fan «komponentshunoslik» deb nomlanadi[37].

Komponentni o'rganish ikki yo'nalishda namayon bo'ladi:

- shaxs rivojlanishi kontekstida [137; 13.3]

- ijtimoiy hayotning umuminsoniy mulki sifatida [135]. Ushbu qarashlar adabiyotlarda komponentning mohiyatini tushunishda faol qo'llanilmoqda [138].

Komponent — bu shaxsning ijtimoiy hayotga kirishi, o'zini o'zi anglash mexanizmi, uning boshqalardan o'ziga xosligini anglash mexanizmi. Komponent —insoniyat tomonidan to'plangan tajribalarni qo'llash qobiliyatini o'zlashtiradi [135].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Zamonaviy komponentshunoslik nafaqat madaniy faoliyat natijalarini o'rganadi, balki chuqurroq muammoni — madaniy ongni o'zlashtirishni ham hal qiladi. Komponentning asosi, o'zagi madaniy faoliyatning tuzilishidir (I.A.Ilyin[130], L.N.Kogan[130], E. Fromm[157].

Komponentning mohiyati, eng avvalo, insoniyat tomonidan tarixiy taraqqiyot jarayonida to'plangan yutuqlar va qadriyatlar yig'indisidagina emas, balki faoliyatda namoyon bo'ladi. Komponentning har bir elementida to'rtta funksional sifat ajralib turadi: bilim, his-tuyg'ular yoki munosabat, motivatsiya, harakatlar — komponentning asosiy ijtimoiy funksiyasi inson ijodi [27, 121; 123; 132, 131; 148; 152; 156].

Amerikalik olimlar A.Kreber[22] va K.Klakxonlar [22]1950 yillarning boshida "komponent" tushunchasining 257 ta ta'rifi mavjudligini ta'kidlaganlar[39].

Komponent serqirra va murakkab hodisadir. U odamlar turmush faoliyatining barcha jabhalarida namoyon bo'ladi. Komponent haqidagi tasavvurlarning rivojlanish jarayonida

é

Ws,

ijobiy rol o'ynaydigan, ushbu ijtimoiy xodisaning taxlili ikkita boshqa usul bilan to'ldirilishi lozim. Ulardan birinchisi, komponentning ijobiy faoliyat jarayonini anglashda namoyon bo'lsa, ikkinchisi, inson faoliyatining o'ziga xos usulidir. Madaniy faoliyatga umumiy izox berish ular uchun umumiy bo'lib, lekin ushbu izox, berish usuli ko'pincha o'xshash bo'lavermaydi[101]

Komponent[86]:

jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida qo'lga kiritgan yutuqlar majmui.

biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma'lum davrda qo'lga kiritgan shunday yutuqlari darajasi.

o'qimishlilik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik, ziyolilik, ma'rifat.

"Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "komponent" so'zi (arabcha madinalik ya'ni shaharlik) ta'lim-tarbiya ko'rganlik ma'nolarini anglatadi hamda o'zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga xos usuli ekanligi ta'kidlanadi. Komponent alohida individning hayot faoliyati (shaxsiy komponent)ni hamda ijtimoiy guruh yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi. Komponent insonning faoliyat jarayoni, uning natijasida yaratilgan ma'naviy qadriyatlar bo'lib, o'z navbatida, shaxsning shakllanishi va kamol topishida muhim omil bo'lib hisoblangan ijtimoiy hodisadir[59].

Huquqiy komponent esa shaxs, jamiyat va davlat rivojlanishining o'ziga xos xususiyati. Adabiyotlarda huquqiy komponent umumiy komponentning muhim qismi sifatida talqin etiladi va bir necha tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:

Huquqiy komponent jamiyat va shaxsning huquqiy holati timsolida qabul qilinishi mumkin bo'lgan alohida ijtimoiy hodisadir. Huquqiy komponent nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o'rganilishi zarur. Shu bilan birgalikda har bir muayyan holatlarda komponentning turlicha ko'rinishlarini tushunishda qat'iy belgilanadigan u yoki bu jihati ustun bo'ladi.[101]

Jamiyatga nisbatan huquqiy komponent yuridik qadriyatlar va me'yorlar, huquqiy institutlar, huquqiy ong va xulq-atvor birligining sifat xususiyatini ifodalaydi. Shaxsga nisbatan esa u atrof dunyoni idrok etadigan o'ziga xos "huquqiy qonun" bo'lib, u huquqiy voqelikni o'zlashtirishining mezoni sifatida gavdalanadi[102].

Talabalarda huquqiy komponentni rivojlantirishni ijtimoiy zaruriyat sifatida aniqlashtirish, quyidagi mulohazalarni ta'kidlash imkonini beradi (1.2-rasmga qarang):

é

Ws,

1.1.2-rasm. Talabalarda huquqiy komponentini rivojlantirish ijtimoiy pedagogik zaruriyat sifatida

Insonning ongli va yetukligini ko'rsatuvchi me'yorlardan biri bu - huquqiy komponentdir. Huquqiy komponent o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi va rivojlanmaydi, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanib, rivojlanadi va bu jarayon uzluksizlikda davom etishi lozim.

Jamiyatda o'rnatilgan huquqiy me'zonlar shaxs huquqiy ongi va komponentining rivojlanishiga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi. Jamiyat kelajagini huquqiy komponentsiz tasavvur etish mumkin emas. Jamiyatning asosiy bo'g'inini tashkil etuvchi oilada yoshlarga ularning go'dakligidan boshlab axloqiy me'yorlar, huquqiy tushuncha va tasavvurlar singdirilishi lozim. Oilada yoshlarni qonunlarimiz asoslaridan habardor qilish, ular o'rtasida qonunbuzarlik holatlarining oldini olish, qonunga nisbatan hurmat hissini rivojlantirishga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi albatta.

Qonunlarni yaxshi bilgan yoshlargina ularga rioya qiladi va bu inson o'zini ham, oilasini ham, xalqi va davlatini ham himoya qila oladi. Qonun talablariga qat'iy rioya etish, qonunlarimizga yuksak ehtirom ko'rsatish, qonun oldida hamma Prezident va oddiy fuqaro ham, erkagu ayollar ham, yoshlaru keksalar ham, tadbirkorlaru mansabdor shaxslar ham teng va mas'ul ekanligini, bu masalada hech kimda alohida imtiyoz yo'qligini chuqur idrok etish, ana shu qadriyatni ongiga mukammal singdirish barcha yoshlar uchun muhim fazilat hisoblanadi.

Kishilar huquqiy komponentini rivojlanganlik darajasini ularning ijtimoiy huquqiy faolligiga qarab aniqlash mumkin. Mamlakatimizda erkin va farovon demokratik davlatni barpo etish avvalo, ertangi kun davomchilari bo'lgan yoshlarga chuqur huquqiy bilim berishni yo'lga qo'yish, bu orqali huquqiy komponentning yuksalishiga erishish talab etiladi. Bu jamiyatning to'g'ri, demokratik yo'ldan rivojlanishi uchun zarurdir[106]. Zero, biz demokratik

é

Ws,

tamoyillarning odamlar ongiga singib borishiga, huquq layoqatimizning ajralmas qismi bo'lishiga erishmog'imiz darkor. Buning uchun esa quyidagi jihatlarga ahamiyat berish lozim:

qabul qilinayotgan qonunlar, farmon, qarorlarning loyihalaridan ham aholi, ayniqsa, yoshlar xabardor bo'lishi, ya'ni ularning qanday ishlanayotgani jamiyat nazoratida turishi lozim va yoshlar qonun loyihasi muxokamalarida ishtirok etishi lozim;

davlar tomonidan qabul qilingan qonun, davlat prezidenti va davlat organlari tomonidan qabul qilingan farmon, qarorlardan xabardor bo'lishi kerak;

Buning uchun esa, o'z navbatida, yoshlar, o'quvchi va talabalarda huquqiy komponentni rivojlantirishda ta'lim va tarbiya jarayonining hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish va ulardan samarali foydalanish, ta'lim va tarbiyaning yangi shakllari va vositalarini joriy etish yo'li bilan erishiladi. Xulosa qilib aytganda talabalarning huquqiy komponentini oshirish bugun davlat siyosati darajasidagi masala sifatida qaralmoqda. Bugungi axborot tezligi ortib borayotgan davrda yoshlarning huquqiy komponentini rivojlantirish dolzarb ekanligini davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlardan ham anglashimiz mumkin.

Xulosa sifatida oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining huquqiy komponentini rivojlantirish dasturining samaradorligini baholash shuni ko'rsatadiki, barcha tanlab olingan OTM tajriba-sinov ishlari nihoyasida, tajriba guruhidagi talabalarining o'zlashtirish ko'rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 14% yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Bu esa olib borilgan tadqiqot ishining samarador ekanligini ko'rsatdi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risidagi" Qonuni. https://lex.uz/docs/5013007

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" PF-4947-son,

3. O'zbekiston respublikasi prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son "O'zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmoni,

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" Farmoni. httrs://lex.uz/doss/4415478

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy komponentni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" PF-5618-son Farmoni. httrs://lex.uz/doss/4149765.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy komponentni yuksaltirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qarori.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining. 2018 yil 14 avgust Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-3907-son Qarori

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-2909-son qarori ,

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775 son qarori,

12. Нaркулoвa, И. Р. К. (2023). Прoфeссиoнaльнo-oриeнтирoвaннoe oбучeниe pyccKoMy языку KypcaHToB юридичeскoгo прoфиля Ha ocHoBe интeрaктивнoй прoгрaммы. Science and Education, 4(2), 1348-1352.

13. угли Нaркулoв, А. К. (2022). Пaтрулирoвaниe-ocнoвa oбecпeчeния oбщecтвeннoгo пoрядкa. Science and Education, 3(11), 1334-1339.

14. Ёкубoвa И. Р. Фoрмирoвaниe прoфeccиoнaльнoй кoмпeтeнтнocти тюр^язычных cтудeнтoв при oбучeнии русс^му языку кaк инocтрaннoму (Ha примeрe aвтoрcкoй интeрaктивнoй прoгрaммы «Русский язык для BoeHHbix юристов») //II Мeждунaрoдный кoнгрecc «Языкoвaя пoлитикa cтрaн Сoдружecтвa Нeзaвиcимыx Гocудaрcтв (СНГ)». - 2021. - С. 207-209.

15. угли Нaркулoв, А. К. (2023). Алгoритмизaция ^к эффeктивный мeтoд oптимизaции пaтрулирoвaния. Science and Education, 4(1), 1165-1168.

16. Muratovich, M. R., & Abdurahmonovich, Q. A. (2021). Children's and Girls' Community Learning and Raising Their Children's Community. Academicia Globe, 2(10), 92-98.

17. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2018.-252-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.