Научная статья на тему 'MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MAKTAB O’QITUVCHILARINING HUQUQIY TA`LIMINI TASHKIL ETISH'

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MAKTAB O’QITUVCHILARINING HUQUQIY TA`LIMINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy ong / huquqiy madaniyat / huquqiy ta`lim / tinglovchilar / huquqiy bilim berish.

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Boymirzayeva Raximaxon Xoshimjonovna

Ushbu maqolada xalq ta`limi va maktabgacha ta`lim tizimida faoliyat olib boruvchi pedagoglarning ta`limning malaka oshirish tizimida tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash jaraonida huquqiy bilim olishlarini tashkil etish, tinglovchilarni huquqiy ongni rivojlantirish va huquqiy madaniyatini shakllantirishning ayrim jihatlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MAKTAB O’QITUVCHILARINING HUQUQIY TA`LIMINI TASHKIL ETISH»

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MAKTAB O'QITUVCHILARINING HUQUQIY TALIMINI TASHKIL

ETISH

Boymirzayeva Raximaxon Xoshimjonovna

Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214561

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq talimi va maktabgacha talim tizimida faoliyat olib boruvchi pedagoglarning ta limning malaka oshirish tizimida tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash jaraonida huquqiy bilim olishlarini tashkil etish, tinglovchilarni huquqiy ongni rivojlantirish va huquqiy madaniyatini shakllantirishning ayrim jihatlari tahlil etilgan.

Kalit so^zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy talim, tinglovchilar, huquqiy bilim berish.

Jamiyatda aholi huquqiy ongi va madaniyati darajasining yuksakligi - demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan ushbu masalaga alohida e'tibor qaratildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi.Oliy Majlis tomonidan 1997 yil 29 avgustda tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi" qabul qilingan."Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi"da qayd etilishicha, "huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida o'quv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur".[1]. Aholining huquqiy tarbiyasi va ta'limini takomillashtirishga ta'lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta'limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo'li bilan erishiladi.Mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, siyosiy-huquqiy tizimni takomillashtirish sharoitlarida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yangi vositalari va usullarini joriy etish lozim. Aholiga huquqiy ta'lim berish va huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish sifatini oshirish bugungi kunning talabidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son Farmoniga muvofiq, "jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish «shaxs — oila — mahalla — ta'lim muassasasi — tashkilot — jamiyat» printsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi" [2].

Huquqiy ong bu jamiyatning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadigan ijtimoiy ongning muhim bir tarkibiy qismi bo'lgan, insonlarning huquq, siyosiy-huquqiy hodisalar, yuridik amaliyot, huquqiy tizim va istalayotgan, kutilayotgan huquq haqidagi fikrlari, o'ylari, his-tuyg'ulari, qarashlari, iztirob-kechinmalari hamda baholari va tasavvurlari majmuasidir. Ma'lumki, jamiyatning ma'naviyati, madaniyati, shu jumladan, huquqiy madaniyati nihoyatda murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir. Jamiyatning madaniyati umuminsoniy ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning tarixan shakllangan tizimi bo'lib, unga muvofiq ravishda hayot tarzi qaror topadi va insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Huquqiy madaniyatni inson ongida

shakllantirish va uni rivojlantirishdagi eng birinchi qadam, bu huquqiy madaniyat tushunchasini insonning o'z qarashlari orqali anglay olishidir. Inson huquqiy madaniyat deganda o'z ongida nimalarni idrok etsa, o'sha qarashlariga sodiq qolishiga harakat etadi, o'z qarashlarini himoya qiladi va, bu orqali, mazkur insonda shaxsiy fikrlar vujudga keladi. Demak, birinchi navbatda, huquqiy madaniyatning vujudga kelishining eng birinchi belgilaridan biri, bu - insonning shaxsiy fikrga ega bo'lishidir. Ta'lim jarayonini tashkil etishga bo'lgan yangicha munosabat, yondashuv O'zbekiston Respublikasida qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishni tubdan takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilgan mavjud sharoitda huquqiy ta'lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish yo'lida muayyan vazifalarni hal qilish maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqotchi R.Boymirzayeva "Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirish omillaridan biri bu malaka oshirish kurslarida ularga beriladigan huquqiy bilimlardir, -deb ta'kidlaydi.[3] Halq ta'limi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazlarida turli yo'nalishdagi fan o'qituvchilari ta'lim olish jarayonida umumiy huquqiy tushunchalarni olishga erishadilar. Ularga barcha toifa malaka kurslari uchun 4 soatli va rahbar kadrlar uchun 8 soat hajmda "Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me'yoriy asoslari" o'quv modulidan huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya berilar edi. Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari o'quv modulini o'zlashtirish jarayonida huquqiy ongga ega bo'lganlar. So'nggi 2 yilda yuqoridagi fan modullari malaka oshirish tizimida oqitilmaydi. Fikrimizcha, xalq ta'limi xodimlarini malakasini oshirish tizimida , huquqiy bilim berish jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o'rgatilishi lozim;

- birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog'langan bo'lishi kerak;

- ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o'rgatiladi;

- uchinchidan, shaxs doim o'z ustida ishlashi, izlanishi biror natijaga ega bo'lishlikka harakat qilishi kerak;

- to'rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish hislatlariga ega bo'lishni shakllantirish;

- beshinchidan, tinglovchi joriy qonunlardan umumiy tushunchalarga ega bo'lishi;

- oltinchidan, bilim oluvchi tomonidan olgan o'z huquqiy bilimlariga rioya qilgan holda, jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlanishiga hissa qo'shishi kerak.

Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning boshqarilishini; huquqqa bog'liq tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslarini; huquqbuzarlik tushunchasini, turlarini; huquqiy javobgarlik tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma'lumotlarni bilib olishlari lozim. Olingan huquqiy bilimlar shaxsga o'z ilmiy yoki ijodiy izlanishlarida ham yordam beradi. Buning uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan tashqari o'z ustida ishlab, qo'shimcha manbalar, adabiyotlardan foydalanishi kerak.Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik hususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan alohida qiziqadi. Ularni to'g'ri yo'lga solish uchun o'qituvchilari avvalambor o'zi yaxshi huquqiy bilimga ega bo'lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo'lishi shart. Agar o'qituvchining ma'lumoti u yoki bu huquq soxasi bo'yicha to'la bo'lmasa, tinglovchiga mahsus manbalar, yoki mutaxasislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon, o'z kasbini sevadigan, uning huquqiy asoslarini biladigan mutaxasislar malakalarini oshiradilar.

Huquqiy targ'ibotning innovatsion usullariga bizningcha, maqsadli auditoriyalarni tashkil etish , bunda ta'limning barcha turidagi xodimlar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun huquqiy ta'limni qamrab olgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish, pedagoglarning mehnat faoliyat va hayotiy holatlarda yuzaga keladigan muammoli masalalar bo'yicha huquqiy yechim taklif etiladigan "Yuridik klinika" platformasini yaratish va ishga tushirish orqali amalga oshirish ham samara beradi.Malaka oshirish jarayonida xalq ta'limi xodimlarini huquqiy xabardorligini ta'minlashning eng zarur va amaliy ta'sirchan bir necha yo'nalishlari mavjud, ya'ni: 1) fuqaroning shaxsiy tashabbusiga binoan uni matnlar bilan bevosita tanishtirish; 2) qiziqqan kishilar va muassasalarni maxsus xatlar orqali xabardor qilish; 3) ommaviy axborot vositalari orqali normalar matnini e'lon qilish; 4) yuridik maslaxatxona yoki ekspertlarga murojaat etish; 5) huquqiy axborot Markaziga murojaat etish; 6) jamoat joylarida qonun matni yoki boshqa xabarlarni namoyish etish, targ'ib qilish; 7) norasmiy muloqot, ya'ni yon-atrofdagi kishilar bilan aloqalarda namyon bo'ladi.

Huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya kampaniya tarzida emas, balki ma'lum maqsadni ko'zlab, rejali va samarali tarzda, turli ijtimoiy guruxlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shuni alohida ta'kidlash joizki, hali huquqiy madaniyatni yuksaltirish va huquqiy tarbiya masalalari bo'yicha o'tkazilayotgan ilmiy izlanishlar yetarli emas. Huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya uzoq davom etuvchi, izchil, og'ir va ko'p qirrali jarayondir. U huquqga oid ishlar saviyasini ko'tarishni, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar va jamiyatning Konstitutsiya va qonunlarga qat'iy rioya qilishlarini talab qiladi. Aholining huquqiy savodxonligini ta'minlashda yuridik axborot tizimining puxta ishlab chiqilgan bo'lishi katta ahamiyat ega. Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning boshqarilishini; huquqqa bog'liq tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslarini; huquqbuzarlik tushunchasini, turlarini; huquqiy javobgarlik tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma'lumotlarni bilib olishlari lozim.R.Boymirzayeva fikricha, "Olingan huquqiy bilimlar shaxsga o'z ilmiy yoki ijodiy izlanishlarida ham yordam beradi. Buning uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan tashqari o'z ustida ishlab, qo'shimcha manbalar, adabiyotlardan foydalanishi kerak"[4].

Shunday qilib, huquqning tarbiyaviy yo'lga qo'yish va boshqarish funktsiyasining ta'sirchanligi huquqiy xabarlarning sifati, uzluksiz va zarur manzilga tez yetkazilishi bilan aniqlanadi. Buning uchun axborot manbai, birinchidan, axborotga talabgor uchun qimmatli bo'lgan xabarlarga ega bo'lishi, ularni doimo to'ldirib borishi; ikkinchidan, yetkazadigan xabarni iste'molchi uchun ma'qul, mos va uchinchidan, xabarlar bilan ta'minlashni doimiy, maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. - 1997. - № 9. - 227-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son Farmoni.

3. Boymirzayeva Raximaxon. "Formation of legal awareness and legal culture in the training system of public education employees". Ilmiy maqola. Jamiyat va innovatsiyalar-Общество и инновации-Society and innovations. Jurnal.2023- yil, 1-son.4-jild.149-bet.

4. 4.Boymirzayeva Raximaxon. "Formation of legal awareness and legal culture in the training system of public education employees". Ilmiy maqola. Jamiyat va innovatsiyalar-Общество и инновации-Society and innovations. Jurnal.2023- yil, 1-son.4-jild.150-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.