Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA FUQAROLIK HUQUQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH-ULARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATNI KAMOL TOPTIRISHNING ASOSIY OMILI'

O’QUVCHILARDA FUQAROLIK HUQUQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH-ULARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATNI KAMOL TOPTIRISHNING ASOSIY OMILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
30
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fuqaro / huquq va erkinliklar / fuqarolik / huquqiy madaniyat / vatanparvarlik / Davlat ramzlari / huquqiy tarbiya. / Citizen / rights and freedoms / citizenship / legal culture / patriotism / state symbols / legal education.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Dauletbaeva Jadiraxan Aliy Qizi, Maxsutov Islam Tazabaevich

Ushbu maqolada Fuqarolik tarbiyasi nima ekanligi va u fuqarolar uchun qanchalik kerakligi, jamiyatda fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.Fuqarolik tarbiyasi jamiyatda yashayotgan shaxslarning o‘z huquq va burchlarini bilishi, tushunishi va amalda qo‘llashi uchun juda muhimdir. Shuningdek huquqiy ta’lim jarayoni, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish masalalari to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CIVIL LEGAL EDUCATION IN STUDENTS -THE MAIN FACTOR IN THEIR LEGAL CONSCIOUSNESS AND MATURATION OF CULTURE

This article provides information on what civic education is and how much it is needed for citizens, the purpose and tasks of civic education in society. Civic education is very important for people living in society to know, understand and practice their rights and duties. Information about the process of legal education, formation of legal consciousness and culture in society is also covered.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA FUQAROLIK HUQUQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH-ULARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATNI KAMOL TOPTIRISHNING ASOSIY OMILI»

EURASIAN lOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

FORMATION OF CIVIL LEGAL EDUCATION IN STUDENTS THE MAIN FACTOR IN THEIR LEGAL CONSCIOUSNESS AND MATURATION OF CULTURE Dauletbaeva Jadirahan Ali qizi

Nukus State Pedagogical Institute Maxsutov Islam Tazabaevich

Nukus city Darbent MFY https://doi.org/10.5281/zenodo.10992694

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th April 2024 Accepted: 17th April 2024 Online: 18th April 2024

KEYWORDS Citizen, rights and freedoms, citizenship, legal culture, patriotism, state symbols, legal education.

This article provides information on what civic education is and how much it is needed for citizens, the purpose and tasks of civic education in society. Civic education is very important for people living in society to know, understand and practice their rights and duties. Information about the process of legal education, formation of legal consciousness and culture in society is also covered.

O'QUVCHILARDA FUQAROLIK HUQUQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH -ULARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATNI KAMOL TOPTIRISHNING

ASOSIY OMILI

Dauletbaeva Jadiraxan Aliy qizi

Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti jadiradauletbaeva84@gmail.com Maxsutov Islam Tazabaevich

Nukus shahar Darbent MFY yoshlar yetakchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10992694 ARTICLE INFO ABSTRACT

Ushbu maqolada Fuqarolik tarbiyasi nima ekanligi va u fuqarolar uchun qanchalik kerakligi, jamiyatda fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Fuqarolik tarbiyasi jamiyatda yashayotgan shaxslarning o'z huquq va burchlarini bilishi, tushunishi va amalda qo'llashi uchun juda muhimdir. Shuningdek huquqiy ta'lim jarayoni, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish masalalari to'g'risida ma'lumotlar yoritilgan.

Hozirgi rivojlanayotgan davrda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish- qonun ustuvorligini ta'minlash, adolatli va farovon jamiyat qurishning bosh mezoni hisoblanadi. Ayniqsa, yosh avlodning huquqiy bilimlarni egallashi huquqiy ong va madniyatga ega bo'lishi, fuqarolik tarbiyasi, huquqiy savodxonlikni rivojlantirish va shu asnoda o'zlarining huquq va burchlariga amal qilib, o'z ijtimoiy huquqiy faolligi orqali davlat va

Received: 10th April 2024 Accepted: 17th April 2024 Online: 18th April 2024

KEYWORDS Fuqaro, huquq va erkinliklar, fuqarolik, huquqiy madaniyat, vatanparvarlik, Davlat

ramzlari, huquqiy tarbiya.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

jamiyat boshqaruvi ishlarida faol bo'lishlari- bu demokratik huquqiy davlat qurishning asosiy shartlaridan biri.

Rivojlangan dunyo davlatlarida yosh avlodga fuqarolik tarbiya berishning dolzarbligi asosida bolalarga oilada, bolalar bog'chasida oddiy kundalik ehtiyojlarga monand huquqiy tarbiyaning dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirish yo'lga qo'yilgan. Maktablarda, o'rta professional ta'lim va oliy ta'lim muassasalarida esa aniq fan tarmog'i sifatida , shuningdek, fanlararo uzviy bog'liklik asosida fuqarolik huquqiy tarbiya berilib bormoqda. Jahon davlatlarida jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish masalalariga doir bir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda fuqarolarning fuqarolik jamiyati asoslariga doir bilimlarni oshirib borish, huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish va ijtimoiy-siyosiy faol fuqarolarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Chunki, fuqarolarda huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish- jamiyatda barqarorlik , rivojlanish, adolat, fuqarolar huquqlarining ustunligini taminlashning asosidir. Mamlakatimizda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish va aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi va "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish" konsepsiyasi ishlab chiqildi.1

Farmonga muvofiq jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida "shaxs — oila — mahalla — ta'lim muassasasi — tashkilot — jamiyat" prinsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etildi. Bunda bolalar oilada dastlabki huquqiy tushunchalarga ega bolishi oila oldidagi, Vatan oldidagi burchini his qilishi, maktablarda, oliy talim muassasalarida huquqiy bilimlarni olishi va jamiyatga yuksak darajadagi huquqiy madaniyatga ega va faoliyatida qo'llay oladiga faol fuqarlarni yetishtirish ko'zda tutilgan.

Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda. muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo'lgan shaxs. Fuqarolik - insonning Vatan, xalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va axloq me'yorlariga bo'ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma'naviy yetukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi. Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasming mohiyatini anglatish orqali o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo'lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.2

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni

2 B.X.XODJAYEV UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI «Sano-standart» nashriyoti Toshkent - 2017

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Huquqiy madaniyat esa bu kishilaming huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo'lib, u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya'ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o'zlashtirishni; munosabatni ko'rsatadi. O'z navbatida huquqiy madaniyat huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslarning qonunga itoatkorligini talab etadi. Huquqiy ongi yuqori jamiyat a'zolari jamiyat va davlat masalalariga befarq bo'lmay, jamiyatda adolat, fuqarolar huquq va erkinlikarining ustunligi ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatadi. Bu esa o'z navbatida inson va fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishini oldini olishga zamin yaratadi. Shuning uchun ham, o'quvchilarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish masalalari, ularga zamonaviy bilimlarni egallashi uchun pedagogik imkoniyatlarni aniqlashtirish dolzarblik kasb etadi.

Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

- o'quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar va ijtimoiy huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berish;

- o'quvchilarda huquqiy bilimlrni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

- o'quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalami hosil qilish;

- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasvvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy faollik, huquqiy e'tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta'minlash;

- o'quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me'yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to'g'ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo'lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko'rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.

Huquqiy ta'lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta'lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'risida boshlangich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi zarur. Shuning uchun 2000-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari va umumiy o'rta ta'lim maktablaridan boshlab, barcha ta'lim turlarida bosqichma- bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo'lga qo'yildi.3

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan o'quv fanlarining mavzularini uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash, ularni bir-biriga moslashtirishni ta'minlash ta'limning bir qator sohalari bo'yicha o'quvchilarning bilim darajalarini oshirishga samarali ta'sir o'tkazadi. Xususan, huquqshunoslik va tarbiya darslarida o'quvchi tomonidan egallanadigan bilimlari shaxs, jamiyat, davlat, fuqaro, fuqarolik jamiyati, demokratiya , davlatning tuzilishi singari asosiy tushunchalarni o'rganish orqali ularda jamiyatning a'zosi ekanligi va shaxs sifatida Davlat, jamiyat va oila oldidagi burchlarini bajarishi kerakligi va Davlat boshqaruvi va jamiyat rivoji masalalariga befarq bo'lmasligi uqtirilib boriladi. Maktab o'quvchlariga 8-sinfidan

3 Raxmonova D ta'limda fuqorolik va mehnat tarbiyasi Scientific Journal www.scientificprogress.uz

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

boshlab huquqshunoslik fani o'qitiladi. Lekin biz fuqorolik tarbiyani faqat bu fanga bog'lab qoyishimiz notog'ri. Fuqorolik tarbiyani oiladan berib boshlash kerak. Fuqarolik tarbiyasini kamol toptirishda yoshlar, fuqarolar o'rtasida vatanparvarlik hissini uyg'otish va ayniqsa bu ishni bolalikdan boshlab singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Huquqiy tarbiyaning yetarli darajada shakllanmaganligi, bolada ma'suliyat tuyg'usining yetarlicha rivojlanmaganligida, oilaga va jamiyatga nisbatan o'z burchini bilmaslik yoki tan olmaslik kabi urinishlarida ko'rinadi.

E'tibor berilgan bo'lsa ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda davlat siyosatida birinchi o'rinda fuqarolik tarbiyasi, vatanni sevish, jamiyatni hurmat qilish kabi g'oyalar ustuvor hisoblanadi. Misol uchun Yaponiyaning judaham tezlikda taraqqiy etganiga nazar tashlaydigan bo'lsak ularda xalqning juda jipslashib birikkaniga, xalq o'z vatanini qadrlashiga va fuqarolik tarbiyasi yuqori cho'qqidaligiga guvoh bo'lamiz.4 Bolalar va o'smirlar o'rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning yangi shakllarini qo'llash, jumladan Davlat mulkini asrab avaylash, soliq to'lash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yo'l-harakat qoidalariga rioya qilish, inson huquqlarini hurmat qilish va jamiyatdagi boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish, o'z huquq va erkinliklaridan to'g'ri foydalanish kabi majburiyatlarni tushuntirish orqali oilada, mahallada fuqarolarning huquq va majburiyatlarini tushuntirib borish huquqiy tarbiyaning samarali usulidir.

Shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta guruhlar, maktablarda boshlang'ish sinf o'quvchilari bilan madaniy tadbirlar "Konstitutsiya bayrami", "Vatan himoyachilari kuni" singari bayramlarni nishonlash orqali ularda Vatanga muhabbat, burch, sadoqat davlat ramzlariga bo'lgan hurmat tuyg'ulari singdiriladi.

Davlat ramzlarini o'rganishni pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil etilsa, u o'quvchilarning huquqiy va axloqiy xis-tuyg'ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Davlar gerbi, bayrog'i, madhiyasining axloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyushtirilgan xilma-xil munozara va suhbatlar, shubhasiz samarali natija beradi. Bunday tadbirlar o'quvchilar o'rtasida fuqarolik sifatlarni tarkib topishiga yordam beradi. Davlat ramzlari faqat ta'sirchan tarbiyaviy vosita bo'lib qolmay, balki ta'limiy jihatdan ham muhim omillardandir.5

Mamlakatimizning ta'lim sohasidagi islohotlarining bosh g'oyasi har bir shaxsning o'z ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish va mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilishga intilishiga e'tibor qaratilayotganligi aynan huquqiy ta'lim mazmunini modernizatsiyalashning texnologik asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Qolaversa ta'limning uzviyligini, samaradorligini ta'minlashda o'quvchilarning huquqiy savodxonligini zamonaviy bilimlar asosida oshirish muhim ahamiyatga ega.

Umumta'lim maktablarida huquqiy talimning shakllanish va rivojlanishining ta'limiy va tarbiyaviy xususiyatlarini pedagogik talqin etish, shuningdek ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalanishning pedagogik imkoniyatlari aniqlash zarur. Respublikamizda olib borilayotgan jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan o'quvchilarga huquq ta'limi berishning mazmunini takomillashtirish, to'plangan bilimlardan

4 Tursunqulova S.A O'quvchilarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirish "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 May 2023 / Volume 4 Issue 5 www.openscience.

5 Abdullaeva B.S., Xoliqov A.A., Farsaxanova D.R., Muhammadiyeva S.V., Sheranova M.B. Umumiy peadgogika. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo. 2021

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

oqilona foydalanish , davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko'nikmalarini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent.-2023

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni

3. B.X.XODJAYEV UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI «Sano-standart» nashriyoti Toshkent - 2017

4. Raxmonova D Ta'limda fuqorolik va mehnat tarbiyasi Scientific Journal www.scientificprogress.uz

5. Abdullaeva B.S., Xoliqov A.A., Farsaxanova D.R., Muhammadiyeva S.V., Sheranova M.B. Umumiy peadgogika. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo. 2021

6. Tursunqulova S.A O'quvchilarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirish "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 May 2023 / Volume 4 Issue 5 www.openscience.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.