Научная статья на тему 'BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIMI O’QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIMI O’QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
419
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islohotlar / texnologiya fani / bo„lajak texnologiya fani o„qituvchisi / texnologik ta„lim / metodik kompetentlik / metodik faoliyat / kasbiy mahorat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nodirbek Valijonovich Nosirov

Ushbu maqolada o‟quvchi va yoshlarni, bo„lajak texnologiya fani o„qituvchisi qilib tayyorlashning tarkibiy qismlari va o„quv-dasturiy hujjatlar tahlili ko„rsatilgan. Undan tashqari bo„lajak texnologiya fani o„qituvchisining tayyorlashda pedagogikpsixologik omillardan foydalanishning ahamiyati va muammolari haqida qisqacha ma„lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIMI O’QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-81-85

BO'LAJAK TEXNOLOGIK TA'LIMI O'QITUVCHILARINI

TAYYORLASHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Nodirbek Valijonovich Nosirov

Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi E-mail: nnosirov79@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'quvchi va yoshlarni, bo'lajak texnologiya fani o'qituvchisi qilib tayyorlashning tarkibiy qismlari va o'quv-dasturiy hujjatlar tahlili ko'rsatilgan. Undan tashqari bo'lajak texnologiya fani o'qituvchisining tayyorlashda pedagogik-psixologik omillardan foydalanishning ahamiyati va muammolari haqida qisqacha ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: islohotlar, texnologiya fani, bo'lajak texnologiya fani o'qituvchisi, texnologik ta'lim, metodik kompetentlik, metodik faoliyat, kasbiy mahorat.

KIRISH

Bugungi kunda barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonini samarali tashkil etishni ta'minlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim tizimi tarkib topdi. Uzluksiz ta'lim tizimi samaradorligini oshirishda oliy ta'lim muassasalari faoliyatini ilg'or, demokratik hamda insonparvarlik g'oyalariga tayangan holda yangicha mazmunga ega bo'lgan ta'lim jarayoni asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish, ta'lim mazmunini yangilash ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi sanaladi. Bu muhim maqsadga erishish ta'lim jarayonini tashkil etishga yangicha yondashuvni taqazo qiladi. Mustaqillikka erishgandan so'ng uzluksiz ta'lim tizimining yetakchi bosqichi sifatida oliy ta'lim muassasalarida pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, maqbul omil deb topilgan pedagogik texnologiyalarni amaliyotga izchil ravishda tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni jadallashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasini 1997 yildagi 11-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-81-85

12-sonlarida va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamida ham bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash haqida fikrlar yuritilgan. 2014 yildagi Muslimov N.A., Qo'ysinov O.A, Abduraxmonov Sh., Abdullaeva Q.M., Gaipova N.S laming "Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining metodik kompetentligini shakllantirish texnologiyalari". Metodik qo'llanmasida ham bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining metodik kompetentligini shakllantirish texnologiyalari keng ochib berilgan. 2019 yil 1-sonida bosilgan Jo'raev A.R., "Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda dasturlashtirilgan ta'lim vositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari". Zamonaviy fan, ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari. Elektron jurnalida ham bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda dasturlashtirilgan ta'lim vositalaridan foydalanishning ahamiyati va didaktik imkoniyatlari haqida bayon qilingan.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Ta'lim tizimida malakali, mustaqil fikr yuritadigan va ongli ravishda metodik faoliyatni amalga oshiradigan, texnologiya fani o'qituvchisi kasbiga tezda moslasha oladigan shaxsni tarbiyalash jarayoni o'ziga xos o'rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohatlarning asosiy maqsadlaridan biri ham yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste'dodlarini ro'yobga chiqarishda har tamonlama qo'llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko'nikmalarini ham shakllantirib borish ta'lim tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarga hayotiy ko'nikmalarini shakllantirib borish, ijodiy fikrlashga va hayotiy kasbiy ko'nikmalarini to'liq yetkazib bera olmayotganligimiz hech kimga sir emas. Shu bilan birga bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash natijaviyligini oshirishga doir turli yondashuvlar, "Texnologiya o'qitish metodikasi" o'quv fanining samaradorligini ta'minlash mexanizmi yetarli emasligi aniqlangan.

Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarida va yoshlar tarbiyasida "Texnologik ta'lim" faniga hayotiy ehtiyoj sifatida qarashimiz bilan o'quvchi va talabalarni sabrsizlik va dangasalik kasalliklariga chalinishini oldini olibgina qolmay, ularni kelajakda ma'lum bir kasb egasi bo'lishiga zamin yaratishimiz darkor. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan o'n mingga yaqin umumiy o'rta ta'lim maktablarining har yili minglab o'quvchi va yoshlar bitirib , ularning 25-30 foizi ta'limning keyingi bosqichlariga ya'ni oliy ta'lim muassasalarida o'qishlarini davom

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-81-85

ettirmoqdalar. 70-75 foiz bitiruvchi yoshlar o'zlarining mehnat faoliyatlarini boshlashlari yoki professional ta'lim muassasalarida kasb-hunar organishlari uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan "Texnologiya" faniga ajratilgan soatlar hajmi, o'quv dasturi mazmunini xorijiy mamlakarlarning ta'lim dasturlari asosida tubdan qayta ko'rib chiqish va takomillashtirishni taqozo etadi. Texnologiya darslarini ham bugungi kunda pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars mashg'ulotlarini olib borish ko'pchilik pedagoglar tomonidan amalga oshirib bormoqdalar. Chunki pedagogik texnologiyaning predmeti-padogogik tizimini konseptual asoslariga isbot keltirishdan, maqsadni aniq qo'yishdan, olingan natijalarni shakllantirishdan, o'quv materialini tanlashdan va strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi va darsning samarasi uchun xizmat qiladi.

Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunonchada ikki so'zdan - "texnos" (techne) mahorat, san'at va «logos» (logos) - fan so'zlaridan tashkil topgan. Bugungi kunda o'quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berish, ya'ni ularni har tomonlama davlat ta'lim standartlari talablariga javob beradigan etuk malakali mutaxassis darajasida tayyorlash mamlakatimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu haqida kadrlar tayyorlash milliy dasturida keltirib o'tilgan. "Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Fuqaroning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bu bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqardir. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi standartlari orqali sifatli ta'lim olish, shuningdek ta'lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o'tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi".

Barcha fanlarni o'qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng qo'llanilib kelinmoqda. Texnologiya fani darslari maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo'llashda, uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. O'quvchi va talabalarni bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Texnologiya fani mehnat qurollari, jarayonlari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-81-85

oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki o'quvchilar amaliy ishlarini faollashtiruvchi ko'rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta'limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Texnologiya fanini o'qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodik kompitentligi, pedagogik va psixologik texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari bor. O'quvchi va talabalarni texnologiya fanini to'liq o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o'zlashtirishda darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalanilanish, texnologiya faniga oid televizorda, radioda berilgan eshittirishlarni ko'rish, o'rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma'lumotlarni o'rganib borish, texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalaridan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatiga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fanni o'qitish jarayonida ta'limning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanganimizda fan bo'yicha o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar namoyish qilganimizda o'quvchilar ko'rish orqali chuqurroq tasavvur va bilimga ega bo'ladilar. Texnologiya darslarida ham axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish katta ijobiy natija beradi. Oldin o'quvchilarga texnologiya darslarida amaliy mashg'ulotlar jarayonini buyumlar tayyorlash jarayonini o'qituvchi tomonidan birma-bar namoyish qilib berilar edi, bu ortiqcha vaqt sarflanishiga, ayrim paytlarda o'qituvchining qayta ko'rsatib berishiga ham to'g'ri kelar edi. Bugungi kunda esa axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tasvirga olingan mehnat operatsiyalari, video darslarini o'quvchilarga havola etib, o'quvchilar ishini o'qituvchi tomonidan bemalol nazorat qilish imkonini beradi, o'quvchilarning bilim darajalarini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Pedagogik-psixologik texnologiyalaridan foydalanishning yana bir ahamyatli tomoni shundaki, o'quvchilarga malakali duradgorlar, chilangarlar, oshpazlar, tikuvchilar va turli sohadagi hunarmandlarimiz tomonidan bajarilgan o'quv mashg'ulotlari "Master klass" shaklida namoyish etish orqali ularda turli xil mehnat ko'nikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini ham yo'lga qo'yish imkoniyatini beradi. Yuqorida texnologiya darslarida pedagogik-psixologik texnologiyalaridan foydalanishning ayrimlarini ko'rsatib o'tdik.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-81-85

XULOSA

Xuolosa qilib aytganda texnologiya darslarida pedagogik-psixologik texnologiyalaridan keng foydalanilsa texnologiya ta'limi darslari sifati samarali bo'ladi. Ayniqsa, bu bo'lajak texnologiya ta'limi o'qituvchilarini mustaqil fikrlashga, kasbiy maxoratini oshirishga, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishda hamda boshqa tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11 -12-son, 295-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son. [1].

2. G.Jabborova, A.Ochilov "O'quvchilarni kasbga yo'naltirish muammolari nega bartaraf bo'lmayapti?" 2019 yil. https://xs.uz/uzkr/post/.

3. Muslimov N.A., Qo'ysinov O.A, Abduraxmonov Sh., Abdullaeva Q.M., Gaipova N.S., "Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining metodik kompetentligini shakllantirish texnologiyalari". Metodik qo'llanma. - T.: 2014 yil. 90-95 betlar [2].

4. Jo'raev A.R.,"Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda dasturlashtirilgan ta'lim vositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari". Zamonaviy fan, ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari. Elektron jurnal. -Urganch. 2019 yil -1son. 120-125 betlar.

5. G.Jabbarova, A.Ochilov "Why the problem of vocational guidance of students is not solved?" 2019. https://xs.uz/uzkr/post/. Muslimov NA, Koysinov OA, Abdurahmonov Sh., Abdullaeva KM, Gaipova NS, "Technologies for the formation of methodological competence of future teachers of vocational education." Methodical manual. - T .: 2014. Pages 90-95.

6. Juraev AR, "Didactic possibilities of using programmed educational tools in the training of future teachers of technology." Current issues of modern science, education and upbringing. Electronic journal. - Urgench. 2019 -1 number. Pages 120125.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.