Научная статья на тему 'ZAMONAVIY MAKTAB O’QITUVCHISI SHAXSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ZAMONAVIY MAKTAB O’QITUVCHISI SHAXSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3981
260
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy o„qituvchi / psixologiya / pedagogik mahorat / pedagogik muloqot ijodkor / notiq / tashabbuskor

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilbar Ruzmatovna Ismailova

Ushbu maqolada zamonaviy pedagog shaxsi va uning obrazi, o„qituvchi shaxsiga qo„yiladigan talablar, uning psixologik xususiyatlari va hozirgi zamon o„qituvchisi qanday bo„lishi kerakligi yoritib berilgan. Pedagogik mahorat o„qituvchi sifatining muhim tarkibiy qism, o‟quvchi bilan ishlash texnikasi kabi masalalar ham yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY MAKTAB O’QITUVCHISI SHAXSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

ZAMONAVIY MAKTAB O'QITUVCHISI SHAXSINING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Dilbar Ruzmatovna Ismailova

CHDPI magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy pedagog shaxsi va uning obrazi, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar, uning psixologik xususiyatlari va hozirgi zamon o'qituvchisi qanday bo'lishi kerakligi yoritib berilgan. Pedagogik mahorat o'qituvchi sifatining muhim tarkibiy qism, o'quvchi bilan ishlash texnikasi kabi masalalar ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy o'qituvchi, psixologiya, pedagogik mahorat, pedagogik muloqot ijodkor, notiq, tashabbuskor.

KIRISH

Zamonaviy o'qituvchi qanday bo'lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo'yicha ko'plab pedagog va psixolog olimlar o'z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an'ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida shakllantirish uchun metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo'ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo'yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.

XXI asrga kelib o'qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o'zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o'qituvchidan yuksak mahoratni, o'tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo'lishni talab qiladi.

Hozirgi zamon o'qituvchisi o'z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo'nalishlari bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo'lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va masuliyatlar o'qituvchilardan talab qilinadi:

- O'qituvchi eng avvalo masuliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyatva ma'rifat targ'ibotchisidir.

- O'qituvchi tabiatan o'quvchilarni seva olishi, o'z mehrini, his-tuyg'ularini har lahzada o'quvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi, ularning ham mehriga,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

hurmatiga sazovor bo'lishi kerak.

- O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o'quvchilarga to'g'ri, asosli ma'lumotlarni doimiy bera olishi lozim.

- Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo'lib borishi talab etiladi.

O'qituvchining o'rni va uning vazifalari, o'sib kelayotgan yosh avaodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODOLOGIYA

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g'ri hal qilish vazifasi o'qituvchiga bog'liqdir.

Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O'qituvchi -sinfdagi o'quv jarayoni tashkilotchisidir. O'qituvchi o'quvchilar uchun dars paytida, qo'shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir, ko'pchilik o'qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo'lib hisoblanadilar.

Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O'qituvchi maktabning pedagog jamoa a'zosi sifatida maktab hayoti faoliyatini uyutirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o'qituvchilari va sinf rahbarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o'qituvchi o'quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida maruzalar o'qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ'ibotchisi hamdir, vazifalarning shu qadar ko'pligi uchun ham jamiyatning o'qituvchilar oldiga qo'yadigan talablari tushunarlidir.

Zamonaviy o'qituvchi modeli- o'qituvchining shaxsiy sifatlari, kasbiy kompetentligi va mahoratning individual uslubining mustahkam uyg'unligini ifoda etib, bunda yagona ta'lim muhitida natijaviylik, faoliyat va muloqatning qulayliligi ta'minlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

biridir.

Jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablardan eng muhim o'qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog'liq xislatlariga qaratilgan.

O'qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:

- o'qituvchining o'z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o'z yurti, ona tili, o'z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g'oyasida yashashidan iboratdir;

- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma'naviy pokligi, ma'naviyat va ma'rifat buyicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;

- o'zini qo'lga ola bilish, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.

Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilardir:

- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z vatani tabiatga va oilasiga bo'lgan muhabbati;

- keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;

- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologayasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;

- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi, sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;

- ta'limda tarbiya metodikasini egallashi;

- o'z ishiga ijodiy yondashishi;

- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;

- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktikaga ega bo'lishi;

- o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi;

- O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zlashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.

- O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

- O'qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta'lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

bo'lmog'i lozim.

- O'qituvchi ijodkor, ta'lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

- O'qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o'zlashtirib borishi shart.

Ushbu nazariy ma'lumotlarga hamohang tarzda zamonaviy o'qituvchi kasbiy faolligini tadqiq etishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish uchun "Bo'lg'usi o'qituvchining kasbiy-shaxsiy sifatlarini o'rganish" anketasidan foydalandik. Tadqiqotimizning aniqlovchi bosqich tajribalarida pedagog va psixolog olimlarning zamonaviy maktab o'qituvchisining eng muhim xislatlariga bag'ishlagan mezonlari yordamida ishlab chiqilgan "Bo'lg'usi o'qituvchining kasbiy-shaxsiy sifatlarini o'rganish" anketasi yordamida, ularning kasbiy tayyorgarlik jarayonidagi shaxsga xos xislatlari hamda kasbiy bilimlarini o'rganishga erishildi. Ularning tahliliga quyida alohida to'xtab o'tiladi. Har bir band bo'yicha ajratilgan sifatlarning rang ko'rsatkichlari, xususiyatlarning chastotalari asosida korrelyatsion munosabatlari mutaxassislar tayyorlash jarayonida ishtirok etgan pedagoglar va talabalarning munosabatlari asosida tahlil etiladi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Zamonaviy o'qituvchi shaxsiy xislatlarining

kasbiy tayyorgarlik jarayonida shakllanishi ahamiyatini o'rganish natijalari

№ Xncnaraap O'qituvchilar Talabalar t

X m X m

1 O'z vataniga, xalqiga sodiqlik, bolalarni sevishlik 1,77 1,610 2,35 0,831 2,129

2 Amaliy-psixologik savodxonlik 2,67 1.30 2,82 1.78 0,438

3 Mehnatsevarlik va ijodkorlik 2,45 1,41 3,25 1,8 -2,856**

4 Jamoat ishlarida faollik 3,10 1,75 2,40 1,21 3,618***

5 Mehribonlik, dilkashlik, odamiylik 2,77 1,77 3,87 1,78 -3,376***

6 Kamtarlik, samimiylik 3,02 1,83 3,30 1,82 -0,776

7 Qat'iylik, dadillik va mustahkam xarakterga ega bo'lishlik 2,55 1,19 2,65 1,84 -0,344

8 O'z bilimi va mahoratini izchil oshirishga intilishlik 3,97 2,16 2,67 1,40 3,134**

**p<0,01; *** p<0,001 Izoh: X-o 'rta arifmetik qiymat; m-standart og 'ish; t-styudent mezoni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

O'qituvchi va talabalar tomonidan o'qituvchini kasbiy tayyorgarlik jarayonida shaxsiy xislatlarni kamol toptirishning ahamiyatini o'rganish natijalarining ko'rsatishicha, o'z vataniga, xalqiga sodiqlik, bolalarni sevishlik; amaliy-psixologik savodxonlik; mehnatsevarlik va ijodkorlik; jamoat ishlarida faollik; mehribonlik, dilkashlik, odamiylik; kamtarlik, samimiylik; qat'iylik, dadillik va mustahkam xarakterga ega bo'lishlik; o'z bilimi va mahoratini izchil oshirishga intilishlik kabi sifatlarning barchasi tekshiriluvchilar tomonidan sakkiz darajali rang ko'rsatkichlari bo'yicha o'rtacha uch darajali ahamiyatga egaligi qayd etilgan.

Natijalardan ko'rinadiki, kasbiy tayyorgarlik uchun zarur psixologik ko'rsatkichlarni tahliliga qadar, o'qituvchi va talabalar shaxsiy xislatlari kasbiy tayyorgarlik uchun muhim ekanligini ko'rsatishda yanglishmaganlar, deyish mumkin. Bu o'rinda o'qituvchilar bilan talabalarning o'qituvchi uchun "o'z vataniga, xalqiga sodiqlik, bolalarni sevishlik" xislati (1,77 va 2,35), "amaliy-psixologik savodxonlik" (2,67 va 2,82); "kamtarlik, samimiylik" (3,02 va 3,30), "qat'iylik, dadillik va mustahkam xarakterga ega bo'lishlik" (2,55 va 2,65) xislatlari o'rtasida farqlar kuzatilmadi. O'qituvchi va talabalar o'qituvchilarning mazkur shaxsiy xislatlarini shakllantirish ahamiyatini nisbiy tenglikda anglaganlar, deyish mumkin.

O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o'zida aks ettirishi kerak: turli sheva so'zlardan holi bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o'qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi; hikmatli so'zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko'chirma gaplardan o'rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so'zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o'zga millatlarga xos so'zlarni noo'rin qo'llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o'rni bo'lmagan vaziyatlarda rasmiy so'zlardan foydalanish) kabi norasmiy so'zlardan holi bo'lishi.

- O'qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, zamonaviy pedagog yuksak madaniyatli, notiq, o'quvchilarni sevuvchi, mehribon, ijodkor, o'z fanini chuqur biluvchi, psixolog, zamonaviy texnikalardan foydalana oluvchi, qobiliyatli shaxs bo'lishi kerak. O'qituvchi bola qalbining injeneridir.

O'qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim: • shaxsni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo'lgan muxabbati;

• kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo 'lishi;

• yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigienasidan o 'z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

• o'z kasbi bo'yicha jahon fanida erishilayotgan so'nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lib borishi;

• ta'lim-tarbiya metodikasidan ko'nikma va malakalarini oshirib borishi;

• o'z kasbiga ijodiy yondashishi;

• pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi;

• o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi1.

Har bir o'qituvchi ana shu talablarga to'la javob bera oladigan bo'lishiga intilishi shart.

O'qituvchi jamiyat tomondan talablar bilan bir qatorda o'z faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma'muriyati, hamkasblari, o'quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.

O'qituvchining o'z ishidan nimanidir ko'rayotganligining o'ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kuzatish, garchand jamiyat tomonidan o'qituvchiga qo'yiladigan talablarga kelsada, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha xalq ta'limi bo'limlari va maktab direktorlari o'qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta'limi bo'limlarining mudirlari o'quvchidan birinchi navbatda o'z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o'zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o'qituvchiga qo'yiladigan bunday talablarni uchinchi o'ringa qo'yadilar. Shu bilan birga xalq ta'limi bo'limlarining mudirlari o'qituvchilarning o'quvchilar va ota-onalar, maktab bilan qanday muloqotda bo'lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e'tibor bermaydilar, maktab direktorlari esa bunday xislatlarni o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar ichida birinchi o'ringa qo'yadilar.

O'qituvchi shaxsining axloqiy sifatlari.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'qituvchilik kasbi eng qiyin, lekin shuning bilan birga faxrli va olijanob kasblardan biridir.

O'qituvchi o'quvchilarni maktab programmalarida tutilgan ilmiy bilimlar sistemasi Bilan qurollantiradi, ularning dunyoqarashini shakllantiradi, xotira, diqqat va xayolini rivojlantiradi, ijodiy fikr yuritishga o'rgatadi, hissiyot va irodasini tarbiyalaydi, qobiliyatlarini rivojlantiradi, xarakterini shakllantiradi.

O'qituvchi o'zining barcha ta'lim tarbiyaviy ishlarini rejali ravishda, uni asosiy maqsad -«o'zida ma'naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o'zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamni tarbiyalash» maqsadiga kun sayin bo'ysundirgan holda olib boradi.

O'qituvchi o'quvchi shaxsining shakllanishi fakat darslarda va sinfdan tashqari mashg'ulotlardagina boshqarib qolmaydi. O'qituvchi o'zining shaxsiy namunasi, tashqi qiyofasi va xatti-harakati bilan o'zining ichki ma'naviy sifatlari bilan ba'zan o'zi sezmagan holda o'quvchilarga ta'sir ko'rsatadi. Ularning ideali bo'lib qoladi. Kishi ko'pincha o'zi eng yaxshi ko'rgan o'qituvchisining ta'siri ostida o'z hayot yo'lini tanlab oladi.

N. D. Levitov o'zining bolalar psixologiyasi pedagogik psixologiya qo'llanmasida muhim pedagogik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltiradi.

1. O'qituvchilarga bilim berish qobiliyati, bunga avvalo, materialni aniq, qisqa va qiziqarli bayon qilish yo'li bilan erishiladi.

2. O'quvchini tushunish.

3. Tafakkurning mustaqilligi va ijodiyligi.

4. Hozirjavoblik yoki tez va aniq fahmlash.

5. Vaqtni aniq rejalashtirish va undan to'g'ri foydalanish, o'quvchilarni doimo nazorat qilish, sinf faollarini ajrata olish va uyushtirish, sinf jamoasining jipslashtirish ko'nikmalarida ifodalanadigan tashkilotchilik qobiliyatlari.

XULOSA

Hozirgi zamon o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi va uning shaxsiy hamda kasbiy kamolotiga (psixologiyasiga) yuksak talablar qo'yadi:

a) mamlakatimiz ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining barcha bosqich-larida o'qituvchining shaxsi yuksak ijtimoiy mavqega ega bo'lib, xalqning etnik ongi va tafakkuri namunasi sifatida e'zozlangan. Zamonaviy o'qituvchi ham ana shunday yuksak ijtimoiy mavqeni egallashi nazarda tutilgan.

b) ilmiy psixologiyaning tahlillariga ko'ra ta'lim va tarbiya shakli, mazmuni va mohiyatiga binoan milliy-etnik hodisa bo'lib, xalqning ongi, qarashlari, qadriyatlarini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-327-334

o'zida mujassamlashtiradi. Tabiiyki, har bir xalqning etnopsixologiyasi va millatga xos idealini o'qituvchi o'z millatining ta'limi va tarbiyasi orqali ro'yobga chiqarishga yo ' naltirgan bo 'ladi.

v) hozirgi zamon o'qituvchisi kasbiy faoliyatga moslashuvining samarali kechishi zamonaviy o'qitish metodlarining o'ziga xos xususiyatlarini mukammal egallaganligi, amaldagi ta'lim va tarbiya tamoyillariga qat'iy rioya qilishi, zamonaviy o'qituvchi uchun zarur bo'lgan kasbiy bilim, shaxsiy hamda kasbiy xislatlarni o'zida mujassamlashtirganligi va undan kasbiy faoliyatida oqilona foydalana olishi bilan belgilanadi.

g) Zamonaviy o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi jarayonida, o'qituvchi egallashi zarur bo'lgan psixologik-pedagogik tarbiyaviy ta'sirlarning majmui mazkur etnik jamoaga xos axloqiy, ijtimoiy-huquqiy va ishlab chiqarish mehnati me'yorlarining evolyusiyasiga mos tushishi hamda tarbiyalanuvchilarning mazkur psixologik-pedagogik ta'sirlarga moslasha olish imkoniyatlarini ham e'tiborga olishi zarur.

REFERENCES

1. Bajovich L. Lichnost i yeye formirovaniya v detskim vozraste. M.:2018

2. Vigotskiy L.S. Izbranno'y psixologicheskiy issledovaniye. M.:2016

3. Gonobolin F.N. Kniga ob uchitele. M. 2015.

4. Petrovskiy A.V. Sotsiolnaya psxologiya. M.: 2017.

5. Krutetskiy V.A. Psixologiya obucheniya i vospitaniya shkolnikov. M.: 2009.

6. Vigotskiy L.S. Pedagogicheskaya psixologiya. M.,2011y.

7. Byutner. Kak jit s agressivno'm detmi. M., 1991y

8. Obuxova L.F. Detskaya psixologiya. M., 1985y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.