Научная статья на тему 'TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIK VA INTELLEKT DINAMIKASI MASALALARI'

TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIK VA INTELLEKT DINAMIKASI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

7
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aql / aqliy qobiliyat / ijtimoiy va hissiy intellekt / empatiya qobiliyati / psixodiagnostika / intellekt dinamikasi. / интеллект / умственная способность / социальный и эмоциональный интеллект / способность к эмпатии / психодиагностика / динамика интеллекта

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sh. D. Usmanova

Maqolada talabaning kasbiy shakllanishi jarayonida intellektual rivojlanish dinamikasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ko'rsatilgan, psixologik va pedagogik yordam ko'rsatadigan, kasbiy shakllanishdagi muammolarni bartaraf etadigan va tizimli xarakterga ega bo'lgan modul ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В стати изложены социально-психологические особенности динамики развития интеллекта в процессе профессионального формирования студента, разработан модуль, который оказывает психолого-педагогическую помощь, устраняет проблемы в профессиональном формировании, имеет систематизированный характер мероприятий

Текст научной работы на тему «TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIK VA INTELLEKT DINAMIKASI MASALALARI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaedUCS

TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIK VA INTELLEKT DINAMIKASI

MASALALARI

Sh. D. Usmanova

O'zMU Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA:

Maqolada talabaning kasbiy shakllanishi jarayonida intellektual rivojlanish dinamikasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ko'rsatilgan, psixologik va pedagogik yordam ko'rsatadigan, kasbiy shakllanishdagi muammolarni bartaraf etadigan va tizimli xarakterga ega bo'lgan modul ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: aql, aqliy qobiliyat, ijtimoiy va hissiy intellekt, empatiya qobiliyati, psixodiagnostika, intellekt dinamikasi.

АННОТАЦИЯ:

В стати изложены социально-психологические особенности динамики развития интеллекта в процессе профессионального формирования студента, разработан модуль, который оказывает психолого-педагогическую помощь, устраняет проблемы в профессиональном формировании, имеет систематизированный характер мероприятий.

Ключевые слова: интеллект, умственная способность, социальный и эмоциональный интеллект, способность к эмпатии, психодиагностика, динамика интеллекта.

ANNOTATION:

The article outlines the socio-psychological features of the dynamics of intelligence development in the process of professional formation of a student, a module has been developed that provides psychological and pedagogical assistance, eliminates problems in professional formation, and has a systematic nature of activities.

Keywords: intelligence, mental ability, social and emotional intelligence, ability to empathize, psychodiagnostics, dynamics of intelligence.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai

112

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MedaeiuiäH

nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" vazifalari belgilangan. Bunday vaziflarni hal etish uchun o'qituvchilar kasbiy tayyorgarligi tizimiga va uni boshqarishga tub o'zgartirish olib kirish ijtimoiy-pedagogik va psixologik izlanishlarning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi[4.16.].

O'zbekistonda psixologlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra, o'qituvchining kasbiy tayyorgarligiga doir muammolarning juda ko'p aspektlari o'rganilgan bo'lsa-da, lekin o'qituvchining milliy-madaniy muhitga xos keng imkoniyatlarini aniqlovchi, uning shaxsiy va kasbiy barkamolligini ta'minlovchi muhim mexanizm pedagog kasbiy tayyorgarligining o'ziga xos psixologik xususiyatlari muammosi o'zining to'liq yechimini kutmoqda. O'qituvchi kasbining psixologik xususiyatlarini o'rganishga zarurat borligini quyidagilar taqozo etadi:

• jahon andozalariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida kasbiy tayyorgarlik jarayoni mazmuni va tizimiga muntazam o'zgartirishlar kiritib borish joizligi;

• haligacha o'qituvchilarning shaxsi va faoliyatida oldingi an'anaviy ta'lim-tarbiya tizimiga xos ba'zi qarashlarning kuzatilayotganligi;

• o'qituvchining shaxsiga kasbiy bilimdonligi mezoni bo'yicha qo'yiladigan talablarning muntazam o'zgarayotganligi;

• o'qituvchining yosh davrlariga xos ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibini, bosqichlarini hamda ularning uzviyligini belgilaydigan psixologik mexanizmlardan to'liq xabardor emasligi;

• axborot hajmining uzluksiz o'sib borishi sharoitida o'quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilari munosabatlariga muntazam o'zgartirishlar kiritib borish ehtiyojining mavjudligi;

• o'quvchining yo'nalganligi yoxud dunyoqarashi bilan o'qituvchilarning shaxsiy va kasbiy yo'nalganligi o'rtasidagi ma'lum tafovutlarning ortib borayotganligi;

• o'qituvchining kasbiy bilimdonligi va amaliy faoliyatida muomala odobi, shuningdek, o'quvchining muallim timsoliga nisbatan munosabatida keskinliklar kuzatilmoqda. Bu esa o'qituvchilar kasbiy tayyorgarligining psixologik xususiyatlari bo'yicha tadqiqot ishlari olib borish taqozo etadi.

O'qitish va tarbiyalash jarayonining bog'liqligi, uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma'naviy saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga, uning vatanparvarlik, obro' va burchni his

113

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

etishga, keng gumanitar va gumanistik tayyorligiga, shuningdek o'quvchilar o'rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning amaliy ko'nikmalariga asoslanadi.

Pedagogning o'quv-tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi. Chunki kim kimni o'qitishi hamda o'rgatishiyu, nimani qanday o'qitishi va o'rgatishi aynan ana shu xususiyatlarga bog'liq[3. 36.]

Ta'lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati psixologik-pedagogik jihatdan o'qitish va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog'liqdir. Pedagog ta'lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta'lim oluvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo'llash mahoratiga ega bo'lishi kerak. Bunda atributlarni o'z o'rnida qo'llanishi aynan o'qituvchi maxoratiga bog'liqdir.

Olg'a siljishni o'quvchi emas, o'qituvchi baholaydi; o'qituvchi o'quvchini yomon yo'ldan qaytarish uchun unga to'g'ridan-to'g'ri emas, balki nimalargadir ishora qilib gapirishi lozim; ma'lum fanni o'rgatadigan o'qituvchi o'quvchilar oldida boshqa fanlar haqida nojo'ya gap aytmasligi kerak; o'qituvchi nimani o'rgatsa, o'zi ham shunga amal qilishi shart. U birinchi galda o'qishning samarasini ifodalaydigan jonli timsoldir.

O'qituvchi ta'lim va tarbiya jarayonida quyidagi prinsiplarga amal qilishi lozim: o'zini-o'zi tashkil etish prinsipi-o'quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishning muntazam shakllanib va takomillashib borish qonuniyatlariga amal qiladi; evolyusiya prinsipi-o'quv-psixologik jarayonining shakl va usullarini doimiy o'zgartirib borishni nazarda tutadi; avtonomlik prinsipi-ustoz va tarbiyalanuvchini ta'lim jarayonida tashabbuskor hamda faol dinamik harakatlarni bajarishga yo'naltiradi; mas'uliyatlilik prinsipi-bu, bilim olish, malaka va ko'nikmalarni egallashda o'zi bajaradigan amallar, xatti-harakatlarni izchil tarzda nazorat qilib borishni taqozo etadi; rolli ishtirok prinsipi - bu, ustoz va ta'lim oluvchidan spesifik funksiyalar bajarishni talab etadi: ustoz o'quvchining o'quv-biluv faoliyatini tashkil etuvchi, boshqaruvchi; talaba esa ijro etuvchi rolini bajaradi; psixologik sifat va samaradorlikni ta'minlash prinsipi - bunda, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining barcha komponentlari muvofiqlashtirilgan yagona mexanizmdek bo'lishi nazarda tutiladi; ya'ni jamoaning barcha a'zolari umumiy maqsadga erishish yo'lida bir-birlariga yordam berib, qiyinchiliklarni birgalikda bartaraf etishga intilishlari va ma'naviy-ruhiy hamkorligini ko'rsatadi.

114

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUmversity^fUzbekista^^^^^^^^^M

A.V. Xutorskiy ta'limda o'qituvchining yetti kompetensiyasini tafsiflaydi. Qadriyat va o'zini anglash - o'qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog'liq ravishda namoyon bo'ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalarni mohiyatini ko'ra oladi va tushunadi bunga o'zini yo'naltiradi, pedagog sifatida o'z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiya-o'qituvchining o'quv va boshqa faoliyatlaridagi o'z-o'zini anglash mexanizmini ta'minlaydi.

Umummadaniy - milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo'lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf-odatlarga hurmat; ijtimoiy ko'nimalarga ega bo'lish. Ilm fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta'sirini angaly olishi va o'quvchi yoshlarga tushuntira olishi.

O'quv va bilish jarayoni - o'qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy fikrlashi. O'quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko'nikmasini tahlil qila olishi. Ma'lumotga ega bo'lish- pedagogik faoliyati, o'z faniga doir ma'lumotlarni egallash ko'nikmasi. Ijtimoiy- foydali mehnat - oilaviy munosabatlar va ma'suliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko'nikmalarga ega bo'lish. O'z ustida ishlashi - jismoniy, ma'naviy, intellektual jihatdan o'z-o'zini rivojlantirib borishi. Xissiyotini boshqarish. Xulosa qilib aytganda, o'qituvchiga xos muloqotchanlik, tashkilotchilik, faoliyatdagi ijobiy motivlar, ziyolilik va qo'llab - quvvatlash komponentlarini shakllantirish xozirgi davr talabidir. O'qituvchidagi zaruriy ijtimoiy ko'nikmalar quyidagilardan iborat bo'lishi lozim: O'z-o'zini namoyon qilish; boshqa odamlar bilan ijtimoiy muloqotda bo'lish; o'z ustida tinimsiz ishlash; tashkilotchilik, ijodiy yondashuv; boshqaruv ko'nikmasiga ega bo'lish; vaziyatni baholash va muammolarni yechish ko'nikmasiga ega bo'lish. [5. 123.]

Kasbiy tayyorgarlik bosqichi o'sib borgani sari ularda zamonaviy pedagog uchun muhim kasbiy va shaxsiy fazilatlarni uyg'un holatda shakllanib boradi. Pedagogik psixologiya fanidan dastur, darslik va o'quv qo'llanmalari tayyorlashda, o'qituvchilarni malakasini oshirishda ularga xos psixologik xususiyatlarini rivojlantirish qoidalari va xulosalariga asoslanishi shart.

REFERENCES:

1. Бабашев, Ф. А. (2018). Технология интеллект-карты в профессиональной компетентности будущих учителей. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (7), 99-101.

2. Усманова, Ш. Д. (2022). ЁШЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИК ВА ИНТЕЛЛЕКТ ДИНАМИКАСИ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАР. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 954-959.

May 2024

115

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

3. Усманова, Ш. Д. (2019). Шахс ижтимоии фаоллиги ривожланишининг психологик механизми. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 27-31.

4. Усманова, Ш. Д. (2021). ПРОБЛЕМЫ ПРОФОРИЕНТАЦИИ В ИССЛЕДОВАНИЯХ ПСИХОЛОГОВ УЗБЕКИСТАНА. Вестник науки и образования, (7-2 (110)), 36-38.

5. Усманова, Ш. Д., & Салохиддинова, Ф. Б. К. (2023). ТАЛАБА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИ ВА ИНТЕЛЛЕКТИ МАСАЛАСИНИНГ ИЖТИМОИЙП-ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU conference 3), 257-265.

6. Усманова, Ш. Д. ТАЛАБА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИДА РИВОЖЛАНТИРИШ ВА ИНТЕЛЛЕК ДИНАМИКАСИ. PSIXOLOGIYA Учредители: Бухарский государственный университет, (1), 157-160.

116

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.