Научная статья на тему 'ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA OILANING BOLA TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI'

ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA OILANING BOLA TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamonaviy pedagogika / oila / ota-ona / bola / ta’lim / tarbiya / pedagogika. / Современная педагогика / cемья / pодители / ребенок / образование / воспитание / педагогика.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jamol Komilovich Jurakulov, G‘olib Ravshanovich Tulishov

Zamonaviy pedagogikani rivojlanish jarayonida oiladagi bola tarbiyasi muhum ahamiyatga egaligi bilan bog‘liq jihatlari, komil inson namunasini tarbiyalashda zamonaviy pedagogikanini oilada bola tarbiyasi bilan bog‘liqlik jihatlari haqida fikir mulohaza yuritamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В ходе развития современной педагогики мы рассмотрим аспекты, связанные со значением воспитания ребенка в семье, аспекты современной педагогики, связанные с воспитанием ребенка в семье в воспитании идеальной модели человека

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA OILANING BOLA TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA OILANING BOLA TARBIYASIDA

TUTGAN O'RNI

Jamol Komilovich Jurakulov

Renessans ta'lim universiteti "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi dotsenti, PhD

G'olib Ravshanovich Tulishov

O'zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA:

Zamonaviy pedagogikani rivojlanish jarayonida oiladagi bola tarbiyasi muhum ahamiyatga egaligi bilan bog'liq jihatlari, komil inson namunasini tarbiyalashda zamonaviy pedagogikanini oilada bola tarbiyasi bilan bog'liqlik jihatlari haqida fikir mulohaza yuritamiz.

Kalit so'zlar: Zamonaviy pedagogika, oila, ota-ona, bola, ta'lim, tarbiya, pedagogika.

АННОТАЦИЯ:

В ходе развития современной педагогики мы рассмотрим аспекты, связанные со значением воспитания ребенка в семье, аспекты современной педагогики, связанные с воспитанием ребенка в семье в воспитании идеальной модели человека.

Ключевые слова: Современная педагогика, семья, родители, ребенок, образование, воспитание, педагогика.

ANNOTATION:

In the course of the development of modern pedagogy, we will consider the aspects related to the importance of child education in the family, the aspects of modern pedagogy related to child education in the family in raising a perfect human model.

Keywords: Modern pedagogy, family, parents, child, education, upbringing, pedagogy.

Oddiy qilib aytganda, farzandlarimizga bolalik paytidan "yaxshi" va "yomon", "mumkin" va "mumkin emas" degan tushunchalar o'rtasidagi farqni o'rgatishimiz, o'zimiz esa ularga doim shaxsiy namuna bo'lishimiz kerak.

O'z.Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoev

May 2024

297

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

Zamonaviy pedagogikani rivojlanish jarayonida oiladagi bola tarbiyasi juda muhim ahamiyatga ega. Oilada bolaning taraqqiyoti, o'qishga qiziqishi, ijodiy qobiliyatlari va ijtimoiy tushunchalari oila tarbiyasiga bog'liq bo 'ladi. Bola tarbiyasi davlatning, oilaning va madaniyatning o'zaro ta'siriga bog'liqdir. Oilada bolaning yangi pedagogik texnologiyalar va usullar orqali masofaviy ta'lim olishi, ijodiy fikrlashni rivojlantirish, insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va jamoatda muvaffaqiyatli bo 'lish uchun zarur bo 'lgan xususiyatlarini oshirish muhimdir. Oiladagi bola tarbiyasi, ota-onaning bolaga qarashini, uning o 'z-o 'zini tanishuvini va o 'zini rivojlantirishini ta'minlashni o 'z ichiga oladi.

Bu jarayon oiladagi ota-onalar, maktab va jamoatning birgalikda ishlashini talab qiladi. Ota-onalar bolaga yaxshi namoyon bo 'lish, uning qiziqligiga qaraganda maslahatlar berish, uning yaratuvchanlik va fikrlashini rivojlantirishga yordam bermaslikda muammolar tug'ilishi mumkin. Maktab va jamoat esa bolaga sifatli ta'lim berish, ijodiy faoliyatlar uchun imkoniyatlar yaratish va uning ijtimoiy integratsiyasiga yordam berish lozim. Bu jarayonlar birgalikda bolar rivojlanishini ta'minlaydi va uning istiqbollari uchun muhim asosdir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila - kishilar hayotining eng muhim qismi, fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Bu muqaddas maskanda inson dunyoga keladi, aynan mana shu yerda u ma'naviy va axloqiy jihatdan kamol topadi. Oilaning ta'rifi quyidagicha: O-odob, I-ilm, L-lutf, A-ahillik, qachon oila baxtli va namunali bo'ladi, qachonki oilada odob, ilm, lutf, ahillik muhiti, o'sha oila ibratli oilalardan bo'ladi. [1] Demak, oila halovati juda ulug' ne'mat sanalishi bejiz yemas, shu ma'noda oila hayotining baxt-saodati, bolalar kelajagining er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi muomalariga e'tibor berilishi kerak. Oiladagi bolalarning yuksak ma'naviy muhitni tashkil etishda oila-a'zolarining, ayniqsa, er va xotinning o'zaro murosa-madoraga borishi, g'azabi kelganda uni yengishi bolalarga shirin so'zli bo'lishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni ko'chaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.

Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta'minlash, sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. [2]

Zamonaviy pedagogika, o'quv jarayonlarini va ta'lim usullarini yangilash, o'quvchilarning o'zlarini rivojlantirish va ma'lumotlarni o'rganish bo'yicha yangi texnologiyalardan foydalanish, ijtimoiy va psixologik qarashlarni hisobga olgan yangi pedagogik modellarga asoslangan muasirlashtirilgan ta'lim tizimidir. Bu

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^atjonalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Media^dUii

pedagogik yaklaqalar, o'quvchilarning faoliyatlarini mustahkamlash, ularning o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo'llash, ijtimoiy muammolarga yechim topish uchun yaratuvchanlik va fikrlashlarini rivojlantirishni maqsad qiladi. Zamonaviy pedagogika, traditsion ta'lim usullaridan farqli ravishda o'quvchilarning o'zlarini tanishuvlarini va o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo'llashga e'tibor qaratadi. Bu pedagogik model o'quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, muammolarga yechim topishga yordam berish, ijtimoiy integratsiyani ta'minlash va ularni ma'naviy rivojlanishiga qiziqishni ko'rsatadi.

Asosiysi oilada va mahallada ta'lim-tarbiya berib bolani odobiga ota-ona masulyati hamda bobo va buvilarimizning tarbiya berishi bolalarimiz odob va axloqi, ko'cha-kuyda yurish turishi, mahallada va jamoat joylarda o'zini tutishi, bolaning saviyasini oilada olgan tarbiyasini ko'rsatib beradi. Jamiyatimiz va mahallalarimizda ma'naviyat-ma'rifat bilan bog'liq amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqimiz uchun yosh avlod xisoblanmish bolalarimizga farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz xar bir soxa vakilining kundalik maqsadiga aylanmog'i kerak. Prezidentmiz 2020 yil 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazdi. Ushbu yo'nalishda rejalashtirilgan chora-tadbirlardan biri-mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish. U mahalladan tortib respublika darajasigacha 40 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 18 fevral kuni "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonni imzoladi.[3]

Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!" Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. [4] Yurtboshimiz tomonidan takidlangan so'zlar zamirida yuksak darajadagi ta'lim va tarbiyaning uyg'unligini taminlashda xar birimizning ro'limiz beqiyos darajada bo'lishi kerakligini anglashimiz qiyin emas. Oilada muxut yaxshi bo'lsa, tartib intizom yaxshi bo'lsa bola xam yaxshi tarbiyalanadi. Ota onasiga etiborli bo'lib voyaga yetadi, oilasini qadrlaydi, yaqinlariga bo'lgan ishonch ko'payib bola ruxiyati ko'tarinki bo'lib barcha bilimlarni a'lo darajada o'zlashtiradi, bu esa olia nufuzini oshirib qolmasdan balki mahalla ko'yni ham oilaga bo'lgan hurmat etiborini oshirishga sababchi bo'ladi.

O'zingiz ayting, joylarda odamlarning dardu tashvishlarini, oila va mahalladagi ahvolni kim hammadan ko'ra ko'proq biladi, kim hammadan yaxshiroq his qiladi?

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^atjonalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Media^dUii

Albatta, hurmatli va mehribon ayollarimiz emasmi?[5] Oiladagi barcha mas'uliyatli vazifalar bilan birga bola tarbiyasi ham barchamiz uchun qadrli va aziz bo'lgan ayollarimiz onalarmiz, oplarimiz, singillarimiz zimmasidaligi barchamizga ayondir. Ushbu mashaqqatli va nozik bo'lgan oilada bola tarbiyalashdek ish zimmasida bo'lgan ayollarimizga bugungi kunda davlatimiz va prezidentimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Tarbiya-bu millat kelajagini taqdirini belgilovchi asosiy omil desak mubolag'a bo'lmaydi. Birkuni xalifa Ma'mun odob bilan so'zlayotgan bir boladan so'radi: "Kimning o'g'lisan?" deb so'radi. Bola: "Odobning o'g'liman", deb javob berdi. Bu javobni eshitgan Ma'mun: "Qanday chiroyli otang bor ekan-a", deb taxsin o'qidi.[6] Sharqona tarbiya biz uchun doimo qadrli bo'lib ajdodarimizdan bizga meros bo'lib kelayotganligining o'zi qadimdan bizning zaminimizda oilada bola tarbiyasiga etiborning naqadar katta bo'lganligini tarixiy manbalardan ko'rishimiz mumkin. O'tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga etibor qaratsak bolalar tarbiyasini davlat siyosati darajasiga olib chiqganligini ko'rishimiz mumkin. Biz "Tarbiya go'daklikdan boshlanadi", degan hikmatli so'zga amal qilib, ta'lim-tarbiya sohasidagi o'zgarishlarni uning eng quyi bosqichi - maktabgacha ta'lim tizimidan boshladik. Qiyoslash uchun faqat bitta misol keltirmoqchiman. So'nggi ikki yilda yurtimizda bolalar bog'chalari soni 1 ming 400 taga ortib, 6 ming 367 taga yetdi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan xususiy maktabgacha ta'lim maskanlari so'nggi bir yilda ikki barobar ko'paydi va 568 tani tashkil etmoqda. Yana mingta shunday bog'cha ochish bo'yicha amaliy ishlar boshlangan. [7] Ushbu ishlarning olib borilishi davlatimiz tomonidan muntazam nazorati, kelajagimiz bo'lgan bolalarga etiborning nazorati kabi qaralishi taraqqiyot kafolatidir. Bunga misol qilib prizidentimiz takidlaganidek "O'tgan ikki yillik tajribamiz va joylarda axoli bilan olib borayotgan muloqatlarimizdan kelibchiqib, "Bog'chaga borgan bolaning onasi bilan bog'chaga bormagan bolaning onasi o'rtasida ham katta farq bor". Chunki xarkuni tarbiyachilar, pedagog mutaxassislar, psixologlar, tibbiyot xodimlari bilan muloqatda bo'lib, bolasidagi ijobiy o'zgarishlarni ko'rib, onalarning xam bilimi, hayotiy tajribasi, madaniy saviyasi oshadi. Bolalar bilan birga ular ham ijtimoiy-ma'naviy tarbiya muhitiga, jamiyatga yaqinlashadi, faollashadi. Shularning barchasini hisobga olib, biz maktabgacha ta'lim sohasiga ulkan etibor bermoqdamiz" Biz yaqin 4-5 yilda yurtimizdagi bog'cha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olish vazifasini o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Bu-bizning ayollarimiz, bolalarimiz oldidagi qarzimiz. Kerak bo'lsa, kelajakoldidagi muqaddas vazifamiz va biz uni albatta ado etamiz.[8]

Darxaqiqat bugun zamon shiddat bilan o'zgarmoqda, xalqimiz, davlatimiz, millatimizning buguni va yertasi bo'lgan bolalarimiz kelajagi taraqqiyot bilan

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

bog'lansa, ta'lim tarbiyani bola dunyoga kelishidan oldin boshlasak, dunyoga kelgan bolani tarbiya qilib ta'lim maskaniga yo'llasak maqsadga muvofiq bo'lgani kabi ushbu jarayonlarda oila va mahalla xamkorlikda birgalikda bajariladi. Hech shubhasiz, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni o'z vaqtida hal etishda, boshqaruv samarasini oshirishda opa-singillarimizning o'rni va ta'siri juda katta. Shuning uchun biz xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini oshirish, ularga turli mas'ul vazifalarni ishonib topshirishga qaratilgan siyosatni yanada faol davom ettiramiz.[9] Shuning bilan adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, tadqiqotlar yordamida oilada muxitning yaxshiligi ota-onaning bola salomatligiga va tarbiyasiga etibori muxumligi o'rganilgan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki oilada bolaning jismoniy faollikka va o'qishiga hamda bola ruxiyatiga etiborli bo'lish, mahalla, maktabgacha ta'lim va maktablar xamkorligi muxum xisoblanadi. Bundan tashqari tadqiqotlarda oila bilan ta'lim muassasalari birgalikda bola tarbiyasiga psixalagik motivatsiya berib borilishi o'zaro bog'liqligi yaxshi o'rganilmagan. Shundan kelib chiqib, oila, mahalla, ta'lim muassasalari, polikilinikalar, shifokorlar, psixologlar hamkorlikda samarali ishlarni tashkil etish, bolalarni davolash paytida ilg'or psixologik diagnostika va yangi texnologiyalardan foydalanish qoidalariga rioya qilishni hamda nazariy va empirik tadqiqotlar asosida tavsiyalar ishlab chiqishni vazifa qilib qo'ylishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Zamonaviy pedagogika, bilimni amaliyotga o'tkazish, o'quvchilarning ish faoliyatlarini mustahkamlash, ijodiy guruh ishlari va proyektlar orqali o'rganishni rag'batlantirish va o'quvchilar orasidagi munosabatlarni rivojlantirishga e'tibor qaratadi. Xulosamiz so'ngida zamonaviy pedagogika, o'quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga e'tibor qaratadi va ularning o'zlarini tanishuvlarini rivojlantirish uchun texnologiyalardan foydalanadi. Bu pedagogik model, o'quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rag'batlantirish, ularni jamoatda muvaffaqiyatli bo'lmaslikka tayyorlash va ularning istiqbollariga qaratilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradi.

REFERENCES:

1. Азимова, З. Э. (2018). Тарбиявий ишлар тизимини интеграл диагностик асосда такомиллаштириш (Олий таълим мисолида). Дисс. автореферати.

2. Ergashevna, A. Z., & Ummataliyevich, A. K. Socio-philosophical Problems Of Preparing Young People For Marriage And Family Relationships. JournalNX, 7(06), 361-364.

3. Saidova, N. (2022). Abdulla Avloniy asarlarida ta'lim va tarbiyaga oid qarashlar. Science and Education, 3(2), 562-567.

301

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

4. Nodira Bahodir Qizi Saidova (2023). ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO'LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA'LIMGA JALB ETISH XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 5 (NUU conference 3), 144-150.

5. XaMpoKynoBa, m. 3., & TynnrnoB, r. P. (2023). OHHA-H^THMOHH 3KO^OrHK TAPEHfl CYELEKTH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 291-296.

6. XaMpoKynoBa, m. 3., & TynnrnoB, F. P. (2022). AE^YPAYO OHTPAT ACAP^APH^A H^THMOHH TAPEHtf MACA^A^APHHHHr EPHTHHHmH. ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O 'RNI, 2(24), 123-126.

302

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.