Научная статья на тему 'KАSBGА YO’NАLTІRІSH ISHLARINING INNOVATSION JIHATLARI'

KАSBGА YO’NАLTІRІSH ISHLARINING INNOVATSION JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasb tanlash / kasbiy shakllanish / kasbiy o‘zlikni anglash. / выбор профессии / профессиональное становление / профессиональное самосознание.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mahbuba Sayfuddinovna Rashidova, Baxtiyor Zokirjonovich Yulchiyev

Ushbu maqolada bugungi kunda davlatimiz diqqat markazida turgan maktab o’quvchisining kelajakdagi kasbini to‘g‘ri tanlashi, mustaqil qarorlar qabul qilishi uchun ta'lim muassasalaridagi maktab psixologi hamda o‘qituvchining vazifalari yoritilgan. Aynan maktabda shaxsning kasbiy rivojlanishi va muvaffaqiyatli kasb tanlash poydevori shakllanishi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье раскрыты задачи школьных психологов и педагогов образовательных учреждений по правильному выбору будущей профессии школьника, который сегодня находится в центре внимания нашей страны, и принятию самостоятельных решений. Именно в школе дается информация о профессиональном развитии человека и формировании фундамента для успешного выбора профессии.

Текст научной работы на тему «KАSBGА YO’NАLTІRІSH ISHLARINING INNOVATSION JIHATLARI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaeiHi

KASBGA YO'NALTIRISH ISHLARINING INNOVATSION JIHATLARI

Mahbuba Sayfuddinovna Rashidova

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tuman 32 - umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Baxtiyor Zokirjonovich Yulchiyev

Sirdaryo tuman, 39- umumta'lim maktabi jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada bugungi kunda davlatimiz diqqat markazida turgan maktab o'quvchisining kelajakdagi kasbini to'g'ri tanlashi, mustaqil qarorlar qabul qilishi uchun ta'lim muassasalaridagi maktab psixologi hamda o 'qituvchining vazifalari yoritilgan. Aynan maktabda shaxsning kasbiy rivojlanishi va muvaffaqiyatli kasb tanlash poydevori shakllanishi haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kasb tanlash, kasbiy shakllanish, kasbiy o 'zlikni anglash.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье раскрыты задачи школьных психологов и педагогов образовательных учреждений по правильному выбору будущей профессии школьника, который сегодня находится в центре внимания нашей страны, и принятию самостоятельных решений. Именно в школе дается информация о профессиональном развитии человека и формировании фундамента для успешного выбора профессии.

Ключевые слова: выбор профессии, профессиональное становление, профессиональное самосознание.

ANNOTATION:

In this article, the tasks of school psychologists and teachers in educational institutions are explained in order to make the right choice of the future profession of the school student, who is in the center of attention of our country today, and make independent decisions. It is in the school that information is provided about the professional development of a person and the formation of the foundation for a successful career choice.

Keywords: choosing a profession, professional formation, professional self-awareness.

325

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

Kirish. Bugungi kunda davlatimiz diqqat markazida turgan maktab o'quvchisining kelajakdagi kasbini to'g'ri tanlashi jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egadir. Zamonaviy jamiyat mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, ularni muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirish uchun javobgar bo'la oladigan, doimiy o'zgarib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy muhitda o'zini anglashga tayyor bo'ladigan mutaxassislarga juda muhtoj.Shu sababli ta'lim muassasalarida o'quvchilarni kasbga yo'naltirish masalalari tobora kuchayib bormoqda. Aynan maktabda shaxsning kasbiy rivojlanishi va muvaffaqiyatli kasb tanlash poydevori shakllanadi[5; 7].

Davlatimiz rahbari tomonidan maktab ta'limi sohasida qisqa vaqt ichida amalga oshirilayotgan tub islohatlar o'zgarishlar tahsinga sazovordir. Bugungi kunda islohatlar natijasida ertaga jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo'shish uchun o'quvchi -yoshlarimizning nafaqat ma'naviy- intelektual saviyasi, balki chuqur bilim hamda kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Yosh avlodni o'zini to'liq idrok etgan holda raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishishi uchun maktab jamoasi oldidagi mas'uliyat yanada oshdi. Shu munosabat bilan maktab jamoasi o'quvchilarga ilm fan asoslarini singdirish bilan birga ularda umuminsoniy axloqiy fazilatlarni shakllantirib,zamon talablariga mos kasblarni ongli ravishda tanlashlari uchun barcha kuch -g'ayratini ayamasligi lozim.

Kasb tanlash jarayonida yoshlarda sodir bo'ladigan o'ziga xos jarayonlar bu undagi jismoniy va ruhiy o'zgarishlarda, o'zidagi o'zgarishlar asosida o'zini katta inson bo'lib borayotganini bilib borishi, atrofdagilami unga nisbatan kattalardek munosabati va shu kabi jarayonlar insonni endi o'z hayotini qurish uchun kasb tanlashiga olib keladi. Kasb tanlash uchun esa unga bilim va malakalar juda zarurdir. Kasb tanlayotgan inson o'zining psixologik jarayonlarini va psixologik xususiyatlarini boshqarishi va ulardan foydalanishi zarur bo'ladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, kasbiy shakllanishining nazariy asoslari o'quvchilarning mehnatga va kasb tanlashga munosabatini V.G. Aseeva, E.F. Zeera, E.A. Klimova, N.S. Pryajnikov va boshqalar o'rgangan[4; 6].

Tadqiqotchilardan M.L. Vaynshteyn, P.A. Shafira kasbiy va shaxsiy o'zini o'zi anglash, shuningdek, kasbga yo'naltirish asoslari va professional tanlovga yondashuvlarni tasvirlaydi. Yetarli miqdordagi asarlar shaxsning psixologik tayyorgarligini ta'kidlaydi. E.Yu. Raikova kasbga yo'naltirish masalalari bo'yicha maslahatlarga psixologik tayyorlik: professional, ijodiy, shaxsiy tarkibiy qismlarni aniqlaydi[6].

O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda o'qituvchi va maktab psixologining o'mi va ahamiyati juda kattadir. O'qituvchi o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda o'quvchining iste'dodi, qobiliyati, imkoniyatlarini o'rganib borib o'z maslahatlarini berib boradi. Yoshlarga beriladigan kasbiy maslahatlar o'qituvchi, psixolog va medik

May 2024

326

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

- vrachlar tomonidan berib boriladi. Maktab o'quvchilarini mustaqil qobiliyatlariga yarasha kasbni to'g'ri tanlashiga erishish uchun maktab o'qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi yetarli bo'lishi hamda maktab psixologi har bir o'quvchi bilan individual yondashishi maqsad sari borish uchun to'g'ri qadam hisoblanadi. O'qituvchining kasbiy maslahatlari asosan psixologik xususiyatlardan kelib chiqadi. O'qituvchi kasbga yo'naltirishning muhim shakli bu kasbiy maslahat hisoblanib - bunda o'quvchini psixologik - pedagogik va meditsinaga oid tomonlari o'rganilishini, shular orqali ularni kasbga yo'naltirilishini bilib olishi uchun zamin bo'ladi.

Kasbiy maslahatni o'qituvchi tomonidan berilishi bu yoshlarni aniq kasb tanlashlariga yordam beradi. Kasbiy maslahat berayotgan o'qituvchi kasb tanlovchilami qobiliyatlarini, qiziqishlarini, iqtidorlarini, intilishlarini hisobga olgan holda va shuningdek ulami kasb tanlashlarini rag'batlantirish orqali kerakli bo'lgan natijalami olishi mumkin bo'ladi. Agarda kasb tanlovchilami qiziqishlari va intilishlari bo'lsa-yu, ulardagi jismoniy sog'liq va psixologik xususiyatlar shu kasbga loyiq bo'lmasa u holda kasbga yo'naltiruvchi shaxs kasb tanlovchini ehtiyotlik bilan diqqatini boshqa kasblarga qaratish orqali ularni o'zlarining layoqatlariga mos kasblarga qaratishlari lozim bo'ladi. Kasbiy maslahat insonni kasb tanlashiga psixologik yordam beruvchi yo'nalish bo'lib, kasbiy faoliyatni rejalash uchun, shuningdek kasbiy hayotdagi qiyinchiliklami yengish uchun qaratilgan kasbiy psixologiyani tarmog'idir. Kasbiy maslahat insonni yoshiga qarab, jismoniy va individual psixologik xususiyatlariga qarab, uning umumiy va kasbiy qiziqishlariga qarab, intilishi, maqsadi va qobiliyatlariga qarab beriladi. O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda uchta asosiy vazifa ajratiladi:

> ma'lumot beruvchi,

> diagnostika qiluvchi,

> oldindan (prognoz) aytib beruvchi.

Kasbiy maslahatni ma'lumot beruvchi vazifasi o'quvchiga aniq mutaxassislik haqida va kasb haqida ma'lumotlarni yetkazib berish va maslahatlar berish hisoblanadi.

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ishonch, mehr va insonparvarlik tuyg'ulariga asoslangan bo'lsa, shundagina o'qituvchi o'quvchida bo'layotgan ichki kechinmalari, intilishlari, qiziqishlaridan xabardor bo'lib boradi. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida bo'lib turadigan samimiy suhbat jarayonlari, kasbga yo'llash faoliyatida katta tutrki bo'ladi. Bu psixologiyada "suhbat" metodi deb yuritiladi.

Yuqori sinf o'quvchilari ko'proq mustaqillikka intiladilar, o'zlari barcha muammolarni hal qila olaman degan fikrda bo'ladilar. Shuning uchun ba'zi bir

May 2024

327

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

kamchiliklarga yo'l qoyishlari mumkin. Ayniqsa ichki va tashqi motivlar kurashi aynan shu davrda kuchayishi sababli ulardan ayrimlari biroz jizzaki va qo'polroq bo'lib qolishlarimumkin. Kasbtanlovchida iroda kuchi bo'lgandagina u biror bir kasbga intiladi, shu kasbni qaysidir unga yoqqan tomonini bilishga harakat qilib borib o'z ustida ishlab borishini kuzatish mumkin bo'ladi. Inson uchun irodani psixologik jarayon sifatida o'rni juda kattadir. Irodasi bo'lmagan inson biror bir oddiy ishni bajarishda ham qiynaladi. Shuning uchun kasb tanlayotgan o'quvchi qandaydir o'zi uchun yoqadigan kasbni tanlashi, o'z ustida ishlashi, o'zini mustaqil fikri bo'lishi kabi masalalarni iroda kuchiga tayanib ish ko'radi. Busiz unda ikkilanishlar, qaror qabul qila olmaslik, sabr - toqat kabi ko'plab irodaviy xususiyatlami buzilishi yuz beradi. Insondagi iroda kuchi uni ma'lum bir bilimlarni, malakalami, ko'nikmalami shakllanishi va mustahkamlanishiga olib keladi. Ko'rinib turibdiki, insonning irodasi va uni mustahkamlanib borishi shaxsni shakllanishini, ma'lum bir obro' va e'tiborga sazovor bo'lishiga olib keladi. Buning uchun esa kasb tanlovchi o'z irodasini mustahkamlab borishga e'tibor berishi juda zarurdir.

Kasbga yo'naltirishda o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklari, ularning o'qishiga ta'sir etuvchi oilaviy omillarni o'rganish maktab jamoasining vazifalaridan hisoblanadi.

Maktab psixologlari o'quvchilarni kasbga yo'naltirishda:

• o'quvchining qobiliyati, qiziqishi, layoqati, iste'dodi, iqtidorini;

• aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini;

• psixik rivojlanish saviyasini;

• shaxslararo munosabatini kuzatish va tahlil qilish orqali tavsiya berishi lozim. O'quvchilarni ta'lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, kasbiy so'rovnomalar, suhbatlar, kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlari, fanni o'zlashtirishdagi moyilliklarini aniqlash orqali ularni ongli ravishda kelajak kasblarini to'g'ri tanlashiga ko'maklashish mumkin. Bu amaliyotlar davrida albatta, maktab jamoasi hamda ota-ona bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Xulosa. Maqsadimiz har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat ekan, qanday kasbni tanlashidan qat'iy nazar, o'quvchilarning o'quv muassasasidagi barcha fanlarni to'liq o'zlashtirishlariga erishish muhim vazifadir. Chunki hozir ham har qanday kasb uni tanlagan kishidan atroflicha bilimdon bo'lishni talab qilmoqda. Garchi inson qobiliyatining doirasi har qancha keng bo'lsada, yuksak samaraga, yetuklikka erishish uchun o'z faoliyat doirasini ma'lum bir sohaga moslab, chegaralab olmog'i lozim. Chunki kishilar o'zlariga muvofiq faoliyat turini tanlamay va shunga binoan o'z faoliyat darajasini chegaralab olmay turib, biror sohada yuqori ko'rsatkichga erisha olmaydilar. Xulosa qilib aytish mumkinki, o'quvchilarni kasbga

328

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ionalUniver^^

yo'naltirish, kasb tanlashga tayyorlik muammosini yechishda psixologik diagnostika va pedagogik texnika orqali samarali va sifatli hal qilish mumkin.

REFERENCES:

1. Асташевский Б.С., Суворова Н.В. Мотивы выбора профессии современными выпускниками. // Молодёжь Сибири - науке России: Материалы международной научно-практической конференции. Красноярск, 20 16. С. 1315

2. Сапожникова, Т.Н. Готовность к жизненному самоопределению, как результат профильной подготовки старшеклассников. Системогенез учебной и профессиональной деятнльности: Материалы III Всероссийской научно практической конференции. Ярославль: Канцлер, 2010. С. 242-244

3. Суворова Н.В., Романенко К.В. Особенности профессиональной готовности детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей // Теоретические и практические проблемы развития современного общества: Материалы IX Международной дистанционной научно-практической конференции. Красноярск, 2015. С. 228-234.

4. Ш. Д.Усманова ва бошкалар. Касбий психология.- Т.: Зиёнур. 2020йил.

5. Усманова, Ш. Д. (2022). ЁШЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИК ВА ИНТЕЛЛЕКТ ДИНАМИКАСИ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАР. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 954-959.

6. Усманова, Ш. Д. (2021). ПРОБЛЕМЫ ПРОФОРИЕНТАЦИИ В ИССЛЕДОВАНИЯХ ПСИХОЛОГОВ УЗБЕКИСТАНА. Вестник науки и образования, (7-2 (110)), 36-38.

7. Усманова, Ш. Д., & Салохиддинова, Ф. Б. К (2023). ТАЛАБА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИ ВА ИНТЕЛЛЕКТИ МАСАЛАСИНИНГ ИЖТИМОИЙП-ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU conference 3), 257-265.

329

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.