Научная статья на тему 'TALABALAR O‘RTASIDA GENDER MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH.'

TALABALAR O‘RTASIDA GENDER MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH. Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
13
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender / gender madaniyat / stereotiplar / institutsional / transmissiya / huquqlar / shaxs / poststrukturalistik / dekonstruksiya. / gender / gender culture / stereotypes / institutional / transmission / rights / personality / poststructuralist / deconstruction.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jabborova, D.

Mazkur maqolada Oliy ta‘lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko‘nikmalarni, shu jumladan tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, moslashuvchanlik shuningdek mustaqil va hamkorlikda ishlashga o‘rgatish gender kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy ta’lim tizimiga gender madaniyatni tatbiq etish va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu esa, talabalarda gender madaniyati sifatini tarkib toptirish maqsadida ma‘naviy-ma‘rifiy muhitni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishni taqozo etadi. Gender tenglikni ta‘minlashda qonuniylik, demokratiya, ochiqlik va shaffoflik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro bir birini tushunish tamoyillari muhim rol o‘ynaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING TECHNOLOGIES FOR FORMING GENDER CULTURE AMONG STUDENTS.

This article argues that in higher education institutions, in addition to professional knowledge and skills, it is very important to teach students important life skills, including analytical and critical thinking skills, problem-solving, interpersonal communication skills, flexibility, as well as independent and collaborative work, to form gender competence. This requires the development of effective mechanisms for implementing gender culture in the higher education system and managing it. This requires the development of a spiritual and educational environment based on national values ​​​​in order to instill the quality of gender culture in students. The principles of legality, democracy, openness and transparency, equal rights of women and men, non-discrimination on the basis of gender, and mutual understanding play an important role in ensuring gender equality.

Текст научной работы на тему «TALABALAR O‘RTASIDA GENDER MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH.»

TALABALAR O'RTASIDA GENDER MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH.

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14544933

Jabborova D.

Alfraganus University nodavlat oliy ta'lim tashkiloti 2-kurs magistri

Annotasiya: Mazkur maqolada Oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va ko 'nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko 'nikmalarni, shu jumladan tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, shaxslararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, moslashuvchanlik shuningdek mustaqil va hamkorlikda ishlashga o'rgatish gender kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy ta'lim tizimiga gender madaniyatni tatbiq etish va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu esa, talabalarda gender madaniyati sifatini tarkib toptirish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy muhitni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishni taqozo etadi. Gender tenglikni ta'minlashda qonuniylik, demokratiya, ochiqlik va shaffoflik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo 'yicha kamsitishga yo 'l qo 'ymaslik, o 'zaro bir birini tushunish tamoyillari muhim rol o'ynaydi.

Kalit so'zlar: gender, gender madaniyat, stereotiplar, institutsional, transmissiya, huquqlar, shaxs, poststrukturalistik, dekonstruksiya.

KIRISH

Oliy tа'lim tizimigа gender yоndаshuvni tаtbiq etish tа'lim jаrаyоnining barcha tarkibiy qismlari, ya'ni tarbiyaviy, ta'limiy (ta'lim mazmuni) va metodik (o'qitish metodlari, o'quv jarayonini tashkil etish, pedagogik hamkorlik) jihatlarini, shuningdek, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini, ta'lim tizimini boshqarishni gender masalalariga ta'sirchanligini oshirishni ko'zda tutadi. Ta'lim ijtimoiy munosabatlarning muhim omili hisoblanadi. Ta'lim o'g'il va qizlarning qobiliyatlarini rivojlantirish, ayol va erkaklarga davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy xayotida ishtirok etishlari uchun Ta'limdagi gender tengligini tahlil qilishda turli hil o'lchovlarni ajratib olish mumkin. YUNESKO gender tengligiga erishish bo'yicha quyidagi Doiraviy dasturni qo'llashni tavsiya qiladi (Gender Equality Framework):

• ta'lim olishda tenglik deganda yigit va qizlarga rasmiy va norasmiy ta'limga kirish uchun teng imkoniyatlar yaratish tushuniladi;

• o'quv jarayonidagi tenglik yigit va qizlar o'quv jarayonída adolatli baho va e'tibor olishi, ya'ni ular o'g'il va qiz bolalarni o'qitishning turli hil usullari bilan bog'liq bo'lgan maqbul kelishmovchiliklarni inobatga olib tuzilgan bir hil o'quv dasturlari orqali shug'ullanishini nazarda tutadi;

• ta'lim natijalaridagi tenglik yigit va qizlarning ta'lim natijalaridagi baholari ularning individual iste'dodi va say-harakatlariga asoslanadi deganidir. Muvaffaqiyatga erishishning adolatli imkoniyatlarini ta'minlash uchun ta'lim muddati, akademik malaka va diplomlari jinsiy mansublikka qarab farqlanishi mumkin emas;

• tashqi natijalardagi tenglik bu ayol va erkakning maqomi ularning tovar va resurslarni qo'lga kiritishda, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyatda ishtirok etish va foyda olishda o'z hissasini qo'shishdagi qobiliyati tengligidir. Misol uchun bu teng malaka va tajribaga ega bo'lgan ayol va erkaklarning martaba o'sishi, mehnatga bir hil haq to'lanishi tushuniladi. Gender tengsizligini namoyon bo'lishini ta'lim tizimi boshqaruvi va tuzilishini tahlil qilish, o'qituvchilarning munosabati va amaliyoti, o'quv materiallari va o'quv dasturlarining tarkibi orqali ham aniqlash mumkin. Ta'limda gender tengligi ijtimoiylashuv jarayonini ta'minlash hamda me'yor va tushunchalarni yetkazishda, shu jumladan gender tengligi to'g'risidagi sifatli bilim olishdan teng foydalanishni anglatadi. Jamiyatda gender tengligini ta'minlashga qaratilgan sifatli ta'lim bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda, o'quv dasturlarida, o'quv adabiyotida, ta'lim jarayonida, talaba va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlarda gender tengsizlik masalalariga ta'sir qilish va hal qilishga qaratilgan. Genderga ta'sirchan amaliyotlarni va kamsitmaslik tamoyillarini qo'llashni ta'minlovchi malakali kadrlarni tayyorlash ta'lim tizimiga genderga oid bilimlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Tadqiqotni olib borish davomida biz o'qitish jarayonidagi gender yondashuvni yuzaga chiqarish maqsadida pedagogning ilmiy, uslubiy va nazariy jihatdan tayyorgarligini hamda bu jarayonni amalga oshirishda bir qancha talablarga amal etishini maqsadga muvofiq deb hisobladik. Zotan, pedagogning eng birinchi vazifasi bu - bolada munosabatlarni to'g'ri shakllantirishdir. Zero bu davrda o'smir yoshdagi qizlarda yetakchi axloqiy qadriyatlar, odob, hayotga munosabat, tushunchalar, dunyoqarash, shartli odatga aylanuvchi qoidalar shakllanadi.1 Birgina misol Oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarining jinsi bo'yicha ulushi (o'quv yili boshiga,%) Ko'rsatkichlar Oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarining jinsi bo'yicha ma'lumotlarga ko'ra, 2010-2011-yilda jami ayollar 36%, erkaklar 64%ni tashkil qilgan bo'lsa, 2022-2023-yilda ayollar 48,8%, erkaklar 51,2%ni tashkil qiladi. Shuningdek, bakalavriyat

1 Bayjonov.F.B. Oilada gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari.Toshken,.2023.B-64-65.

bosqchiga o'qishga qabul qilingan 2010-2011-yillarda ayollar 36,2%, erkaklar63,8% bo'lib, 2022-2023-yilda ayollar 48,7%, erkaklar 51,3%ni tashkil qiladi. Oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning jinsi bo'yicha ulushi (o'quv yili boshiga,%) Ko'rsatkichlar Oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar 2010-2011-yilda jami ayollar 38,5%, erkaklar 61,5%ni tashkil qilgan bo'lsa, 2022-2023-yilga kelib, ayollar 47,5%, erkaklar 52,5%ni tashkil qiladi. Shuningdek, 2010-2011-yilda bakalavriat bosqchida tahsil olayotgan ayollar 38,6%, erkaklar 61,4% bo'lib, 2022-2023-yilda ayollar 47,3%, erkaklar 52,7%ni tashkil qiladi. 2010-2011-yilda magistraturada tahsil olayotgan ayollar 35,8%, erkaklar 64,2% bo'lsa,2022-2023-yilda ayollar 52,8%, erkaklar 47,2% ekanligi aniqlangan. 2 O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6012-sonli va 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi, 2021-yil 16-dekabrdagi "Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasining 2020-yil va 2021-yilning o'tgan davridagi faoliyati to'g'risidagi hisoboti haqida"gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosiga muayyan darajada xizmat qiladi. Qayd etilishicha, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng darajada davlat va jamiyat boshqaruviga oid dolzarb masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki yetarlicha ta'minlanmayapti, ularni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarga jalb qilish holati sustligicha qolmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad, xotin-qizlarning ta'lim olishiga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fandagi salohiyatiga e'tibor qaratish va qo'llab-quvvatlashdan iborat hisoblanadi. O'zbekistonda oliy o'quv yurtiga 2020-2021 o'quv yili kunduzgi ta'lim uchun kirgan xotin-qizlar 260 ming kishini, erkaklar 311,5 ming kishini tashkil etgan. Ushbu tavofutni bir nechta sabablar keltirib chiqarmoqda: -xotin-qizlarning ta'lim yo'nalishi ko'pincha ota-onalar tomonidan belgilanishi; -oilada oliy ta'lim olish imkoniyati avvalo o'g'il bolalarga berilishi (ayniqsa, to'lov asosidagi o'qish bo'lsa); -jamiyatda saqlanib qolgan stereotiplar tufayli qizlar faqat oilaviy hayotda asqotishi mumkin bo'lgan ijtimoiy kasblarni egallashga intilishi; -ota-onalar qizlari uydan uzoqda ta'lim olishini istamasligi; -hududlarda oliy ta'lim muassasasilari va ilmiy tadqiqot institutlarning bir xil joylashmaganligi; -ayollarning erkaklarga nisbatan erta turmush qurishi, farzand ko'rish va voyaga yetkazish vazifasi

2 stat.uz.

hisoblanadi.3 Shuning uchun prezidentimiz tashabbuslari bilan ayol va qizlarimizni bilim olishlari uchun ko'pgina qonun va qarorlar ishlab chiqilgan.Ulardan bin qizlarimizga foizsiz ta'lim kreditlarini berilishi,magstratura bosqichida ta'lim olish uchun ayol va qizlarimizga grantlar ajratilganligini misol qilsak bo'ladi. Bu esa respublikamizda ayollarni bilim olib,jamiyatda o'z o'rinlarini topishda yordam beradi.Bundan tashqari, ta'limni individual ehtiyojlarga moslashtirish, ta'lim mazmunini yangilash va o'qituvchilar malakasini oshirish va ularning bozorga chiqarilishini oshirish uchun o'qituvchilar malakasini oshirish institutlarining malakasini oshirish bo'yicha doimiy ishlar olib borilmoqda. Bu sa'y-harakatlar Prezident Sh. Mirziyoyev milliy ta'lim tizimini takomillashtirish, yetim va ota-ona qo'llab-quvvatlashidan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan. Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan 2022 yilgi farmon ushbu tadqiqotning asosiy tamoyillariga sodiqligini ta'kidlaydi. Gender tengligi so'nggi bir necha yil va o'n yilliklar davomida uzoq yo'lni bosib o'tdi. Yuqori darajadagi ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lgan ayollar soni ko'paydi, rahbarlik lavozimlarini egallagan ayollar ko'paydi va ayollar huquqlari sezilarli darajada oshdi. Ammo hali ko'p ish qilish kerak, chunki ayollar zo'ravonlik va kamsitishlarga duch kelishda davom etmoqda. O'rtacha, ayollar erkaklarnikiga qaraganda kamroq maosh oladi va ta'lim olish imkoniyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, oliy ta'lim muassasalari o'zgarishlarning muhim agentiga aylanishi mumkin. Ular o'zlarining talaba qizlari ariza, qabul va akademik ko'rsatkichlar bo'yicha teng imkoniyatga ega bo'lishini ta'minlashlari mumkin. Ular gender va gender tengligi va teng vakillikni targ'ib qiluvchi o'quv dasturlarini o'rgatishlari mumkin. O'z tadqiqotlari orqali ular ayollar qanday kamsitilgani kabi tengsizliklarni aniqlashlari va ma'lumotlar to'plamlari ayollar nuqtai nazarini o'z ichiga olishiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bundan tashqari, universitetlar va kollejlar ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan targ'ibot loyihalarida ishtirok etish orqali butun jamiyatdagi gender tengsizligini bartaraf etishga yordam berishi mumkin. Oliy o'quv yurtlari ko'p jihatdan gender tengligi yo'lida ijobiy kuchga aylandi. Biroq, o'zlarining muhim ta'sir doirasi va ta'siri tufayli, bu institutlar o'z kampuslaridan tashqari va o'z jamoalarida gender tengligini targ'ib qilishda ancha kengroq rol o'ynaydi. Talabalarda gender madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari turli xil imkoniyatlar va muammolarni taklif etadi. Bu asoslar o'quvchilarda gender me'yorlari, rollari va o'ziga xosliklariga nisbatan tushuncha va munosabatlarini shakllantirishda hal

3 N.M. Egamberdiyeva. Ta'lim tizimida gender tengligini ta'minlash masalalari (2023) https://doi.org/10.5281/zenodo.1011172

qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida ushbu ta'lim faoliyatiga xos bo'lgan imkoniyatlar va muammolar haqida ma'lumot berilgan . Imkoniyatlar:

• Gender tengligini targ'ib qilish: O'qituvchilar an'anaviy gender stereotiplariga qarshi chiqish va jinsidan qat'i nazar, barcha talabalar uchun teng imkoniyatlarni rag'batlantirish imkoniyatiga ega. Bu har bir o'quvchi o'zini qadrli va hurmatli his qiladigan inklyuziv maktab muhitiga olib kelishi mumkin.

• Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish: Gender tadqiqotlarini o'quv dasturiga kiritish orqali talabalar gender normalari va stereotiplarini tahlil qilish va shubha ostiga olishda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin. Ushbu intellektual faollik ko'proq o'ylangan, ochiq fikrli talabalar jamoasini rivojlantirishi mumkin.

• Talabalarni kuchaytirish: Gender masalalari bo'yicha o'rgatish talabalarga gender bilan bog'liq o'z tajribalari va kuzatishlarini tushunish va ifodalash uchun til va tushunchalar bilan ta'minlash orqali ularni kuchaytirishi mumkin. Ushbu vakolat maktab jamoasida va undan tashqarida targ'ibot va faollikka olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, talabalarda gender madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik izlanish ham ajoyib imkoniyatlarni, ham muhim vazifalarni taqdim etadi. O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar va pedagogik strategiyalar gender tengligi va yaxlit ta'limga ilg'or yondashuvni namoyish etadi, muammolarni hal qilish doimiy fidoyilik, innovatsiyalar va pedagoglar, siyosatchilar va jamoatchilik hamkorligini talab qiladi. Bu to'siqlarni muvaffaqiyatli engib o'tish bilimli, hamdard va inklyuziv kelajak avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Bayjonov F.B. Oilada o'spirinlarda gender tengligi masalalari // Xalqta'limi vazirligi, Maktab va hayot Ilmiy-metodik jurnal. - Toshkent, 2021. - №3. -B.17-19 (13.00.00; №4).

2. stat.uz.

3. N.M. Egamberdiyeva. Ta'lim tizimida gender tengligini ta'minlash masalalari (2023) https://doi.org/10.5281/zenodo.1011172

4. "Gender tenligi:g'oyadan qonunga qadar"uslubiy qullanma M.Xoliqova,G.Ishanxanova,Sh.Po'latova,Toshkeht,2021-B.9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.