Научная статья на тему 'TALABA-YOSHLAR ONGIDA MA’NAVIY BO’SHLIQNI TO‘LDIRISHDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI'

TALABA-YOSHLAR ONGIDA MA’NAVIY BO’SHLIQNI TO‘LDIRISHDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
725
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar va ma’naviyat / milliy ma’naviyat / mafkura / milliy g‘oya / mafkuraning turlari / mafkuraning shakllari / milliy mafkura / milliy istiqlol mafkurasi / milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari / Youth and spirituality / national spirituality / ideology / national idea / types of ideology / forms of ideology / national ideology / ideology of national independence / basic ideas of national independence.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Uralov, Dilshodbek

Maqolada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bugungi kunda talaba-yoshlar ongidagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish, tafakkurida sog‘lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish hamda yoshlarni Vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash muhimligi ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN FULLING THE SPIRITUAL VACATION IN THE MIND OF STUDENTS

The article emphasizes the importance of raising the morale of young people, filling the spiritual gap in the consciousness of students today, forming the foundations of a healthy worldview in their thinking and educating young people in the spirit of love for the Motherland and respect.

Текст научной работы на тему «TALABA-YOSHLAR ONGIDA MA’NAVIY BO’SHLIQNI TO‘LDIRISHDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

TALABA-YOSHLAR ONGIDA MA'NAVIY BO'SHLIQNI TO'LDIRISHDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING

AHAMIYATI

Uralov Dilshodbek

SamVMITF katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, bugungi kunda talaba-yoshlar ongidagi ma'naviy bo'shliqni to'ldirish, tafakkurida sog'lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish hamda yoshlarni Vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash muhimligi ta 'kidlangan.

Kalit so'zlar. Yoshlar va ma'naviyat, milliy ma'naviyat, mafkura, milliy g'oya, mafkuraning turlari, mafkuraning shakllari, milliy mafkura, milliy istiqlol mafkurasi, milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalari.

В статье подчеркивается важность поднятия морального духа молодежи, восполнения духовного пробела в сознании студентов сегодня, формирования основ здорового мировоззрения в их мышлении и воспитания молодежи в духе любви к Родине и уважения.

Ключевые слова. Молодежь и духовность, национальная духовность, идеология, национальная идея, типы идеологии, формы идеологии, национальная идеология, идеология национальной независимости, основные идеи национальной независимости.

The article emphasizes the importance of raising the morale of young people, filling the spiritual gap in the consciousness of students today, forming the foundations of a healthy worldview in their thinking and educating young people in the spirit of love for the Motherland and respect.

Keywords. Youth and spirituality, national spirituality, ideology, national idea, types of ideology, forms of ideology, national ideology, ideology of national independence, basic ideas of national independence.

Ma'lumki, haqiqiy bunyodkor, ijobiy e'tiqod inson ongli faoliyatining g'oyaviy asosini tashkil qiladi. Mafkuraviy immuniteti shakllangan, ongli yoshlarimiz mustaqil davlatimizning ichki va tashqi siyosatining to'g'riligiga ishonadilar, kelajagi buyuk yurtning barpo etilishi yo'lida o'zlarining butun kuch, aql, tajribalarini bu

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

sohaga safarbar qiladilar. Har bir talaba mafkuraviy immuniteti shakllanib, qaror topib, kuchli e'tiqodga ega bo'lgandagina u o'z faoliyatida muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Har bir talaba e'tiqodining xarakteri konkret, real shaxsning yashash sharoitiga, uni o'rab olgan ijtimoiy muhitga, u olgan tarbiyaning xarakteriga, uning dunyoqarashining xususiyatiga, jamoatchilik fikrining ta'siriga, ma'lumotiga, bilim darajasiga, konkret shaxsning hayotiy tajribalari va boshqa omillarga qarab belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillikdan so'ng globallashuv jarayoni kundalik hayotimizga juda tez sur'atlar bilan kirib kela boshladi. Buning asosiy sababi xususida gapirganimizda shuni alohida tan olish kerakki - bugungi kunda har qanday davlatning taraqqiyoti, rivojlanishi nafaqat yaqin qo'shnilar, balki dunyo miqyosida boshqa mintaqa, hududlar bilan shu darajada chambarchas bog'lanib borayaptiki, bunda biror bir davlatning bu jarayondan chetga chiqib turishi hech bir ijobiy natijalarga olib kelmasligini, hayotning o'zi ko'rsatib turganligini tushunish va anglab olish qiyin emas.

O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, "globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir"[1]. Globallashuv jarayonlari yoshlarimiz e'tiqodiga va ma'naviyatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Dunyoda mafkuraviy hamda informatsion xurujlar, turli g'oyaviy, ma'naviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz e'tiqodiniva ma'naviyatini yuksaltirish, tafakkurida sog'lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buni amalga oshirishning eng samarali usuli mafkuraviy tarbiyani to'g'ri tashkil etishdir. Mafkuraviy tarbiya-inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g'oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayon"dir [2]. Bu borada mafkuraviy immunitetni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bir so'z bilan aytganda, milliy qadriyatlar mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va "g'oyaviy infeksiyalar" yo'lida qalqon vazifasini o'taydi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g'oyalar kirib kelishining oldini olish, ularni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o'z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o'rni katta. Mafkuraviy profilaktika g'oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy ishlar mazmunini, bir so'z bilan aytganda, to'g'ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi. Shu boisdan ham vatanga bo'lgan muhabbatni kishi

go'dakligidan talpinib, onaga bo'lgan muhabbatga qiyoslaydi. Mustaqil yurtimiz

963

Scientific Journal Impact Factor

aholisining ko'pchillik qismini yoshlar tashkil qiladi. Bugungi kunda "mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lganlar aholining 67 foizini tashkil etadi [3]. Shu yoshlarni tarbiyalash nafaqat oilaning balki keng jamoatchilikning, ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanadigan barcha ta'lim muassasalarning ham yuksak burchi hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarni, iymonli-e'tiqodli, mafkuraviy immuniteti shakllangan inson qilib tarbiyalash-jamiyatimizning bosh vazifasi hisoblanadi.

Bugungi globallashuv jarayonlari tezlashgan bir paytda iymon-e'tiqodni, mafkuraviy immunitetni to'kin-sochin bo'lgan bozorlardan ham, tanish-bilishlardan ham qarzga olib bo'lmaydi. E'tiqod tarbiyalanadi, mafkuraviy immunitet esa shakllantiriladi. Jamiyatda, inson hayotida e'tiqodning roli juda kattadir. Xalqimiz orasida "e'tiqodsiz kishi-o'zansiz daryodir"[4] degan maqol keng tarqalgan. Chunki har bir inson o'zining ijtimoiy va shaxsiy hayotida, o'z faoliyatida ma'lum qarashlarga, e'tiqodlarga amal qiladi va qilmog'i lozim. E'tiqodsiz inson biron ishni bajarishda mustaqillik va ijodkorlikka ega bo'la olmaydi. E'tiqod - bizning fikrimizcha, kishilar o'z faoliyatlarida chin yurakdan amal qiladigan, qo'llab-quvvatlaydigan ma'lum g'oyalar, qarashlar bo'lib, ular inson ongida u mehnat qilayotgan, yashayotgan sharoitning, vaqtning ta'sirida shakllanadigan dunyoqarashning ma'lum muhim tarkibiy qismidir.

Mana shu omillarning ijobiy yo salbiy, bunyodkor yo vayronkorligiga qarab birovlarning e'tiqodi mustahkam, beqaror yoki omonat bo'lishi mumkin. Olib borilayotgan tarbiyaviy ish tajribalari shundan dalolat beradiki, ularning so'nggisini mustahkam, ijobiy e'tiqodga aylantirish osonroqdir. Ma'lumki, e'tiqod xilma-xil shakllarga ega bo'ladi. Ular jumlasiga "siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, falsafiy, diniy, ilmiy, ekologik, iqtisodiy, demografik, demokratik, g'oyaviy-mafkuraviy e'tiqodlar" [5] kiradi. E'tiqodi mustahkam bo'lmagan insonlar tez-tez o'z e'tiqodini o'zgartirib turishi mumkin. Guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, bugungi globallashgan zamonda bizning yoshlarimiz orasida ham e'tiqodi, iymoni mustahkam bo'lmagan ba'zi bir yoshlar uchrab turadi. Oqibat natijada mana shunday iymoni sust, e'tiqodi mustahkam bo'lmagan yoshlarga mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligiga tahdid solayotgan begona, yot, zararli g'oyalar, harakatlar ta'sir etmoqda. Bunday yoshlarning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'ularini bolaligidanoq boshlab shakllantirmoq lozim. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga, tarixiy xotirasiga va o'zligini anglash masalasiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot

Scientific Journal Impact Factor

olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ziyon -zaxmat yetkazishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yoshlarni ona-Vatanga muhabbat, boy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash uchun ta'bir joiz bo'lsa, avvalo ularning qalbi, ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak. Toki, yoshlar milliy o'zlikni anglashi, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Buning uchun avvalo, barcha ijtimoiy va gumanitar fanlar orqali milliy g'oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishimiz zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi. Toshkent. 2020 yil 29 yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son farmoni "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlari ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida'Toshkent shahri, 2017 yil 5 iyul.

3. "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari" to'g'risidagi qonun. 1991 yil.

4. Umarova.N. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash." Akademiya" nashriyoti. Toshkent 2005. 35-36 betlar.

5. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.,O'zbekiston, 2000, 23-bet.

6. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

7. Jurayev, S. S. O. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

8. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO 'SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

9. Majitov, M. (2020). PROBLEM OF PERSONALITY: ESSENCE, STRUCTURE, AND FEATURES OF FORMATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(1), 162-168.

10. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

11. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

12. Jurayev, S. S. O. G. L. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 12-14.

13. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

14.Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

15.Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

16. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

17. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.