Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
356
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
mafkura / immunitet / globallashuv / tarbiya / g‘oya / ma’naviy tahdid / terrorizm / diniy tahdid / ma’naviyat / mafkuraviy tajovuz. / ideology / immunity / globalization / education / ideology / spiritual threat / terrorism / religious threat / spirituality / ideological aggression.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oybek Rustamovich Ortiqov

Ushbu maqolada globallahuv jarayonida mafkura, mafkuraviy immunitet, manaviyat, manaviy tahdid masalalariga bag‘ishlanib, ularning vujudga kelish sabablari, mazmun mohiyati, dolzarbligi, muammolari, vazifalari, bartaraf etish yo’llari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS FOR THE DEVELOPMENT OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN FUTURE TEACHERS IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION

This article focuses on the issues of ideology, ideological immunity, spirituality, spiritual threat in the process of globalization, their causes, essence, relevance, problems, tasks, and ways to overcome them.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Oybek Rustamovich Ortiqov

Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada globallahuv jarayonida mafkura, mafkuraviy immunitet, manaviyat, manaviy tahdid masalalariga bag'ishlanib, ularning vujudga kelish sabablari, mazmun mohiyati, dolzarbligi, muammolari, vazifalari, bartaraf etish yo'llari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: mafkura, immunitet, globallashuv, tarbiya, g'oya, ma'naviy tahdid, terrorizm, diniy tahdid, ma'naviyat, mafkuraviy tajovuz.

FACTORS FOR THE DEVELOPMENT OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN FUTURE TEACHERS IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION

Oybek Rustamovich Ortikov

Teacher of the Department of Pedagogy, Bukhara State University

ABSTRACT

This article focuses on the issues of ideology, ideological immunity, spirituality, spiritual threat in the process of globalization, their causes, essence, relevance, problems, tasks, and ways to overcome them.

Keywords: ideology, immunity, globalization, education, ideology, spiritual threat, terrorism, religious threat, spirituality, ideological aggression.

KIRISH

Bugungi kunda O'zbekiston jadal rivojlanmoqda. Ajdodlarimizning donishmandlik an'analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat'iy islohotlarni amalga oshirmoqda, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo'lidan bormoqda. Jamiyatda siyosiy faollik ortib borib, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Tashkil qilinayotgan ishlardan ko'zlangan maqsad - "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat1.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarni ham tanqidiy tahlil qilish lozim. Strategiya - bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Maqsadimiz xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat. Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi amalga oshirilayotgan bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning rahnamoliklarida odilona va oqilona siyosat amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda fuqarolarimizning muammolari ijobiy sektorlar kesimida davlat organlarining pastga tushgan holda xalq dardini eshtib, muamolar ijobiy bartaaf etilyapti. Inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda. Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotlar faol tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda. Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib, sud organlarining mustaqilligi ta'minlanmoqda. Ommaviy axborot vositalarining o'rni sezilarli darajada oshib bormoqda. Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning eng muhim yo'nalishi bo'lib qolmoqda. Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Ombudsman instituti joriy etilib, qulay investitsiya muhiti yaratilmoqda. Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan to'la hamohang holda tashkil etilganligini fikrimizning yorqin isbotidur. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududi bo'lishdan manfaatdor. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyoni tashkil etish eng muhim maqsad va vazifadir.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan chetda birorta ham davlat qolmadi, deb to'la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo'lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas.

MUHOKAMA

Mafkura masalalari global bir muammoga aylanib bormoqdaki, undan chetda turaman degan mamlakatlar, uning ko'proq ta'siriga uchrab qolmoqda. Shunday g'ayri

ixtiyoriy ta'sirlar turli xil global muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kelajak avlod tarbiyachlanuvchilarga ilk yoshdan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak degan, savollarga asoslangan holda aytish mumkinki globallashuv jarayonida ijtimoiy tarbiya uzviyligi yo'lga qo'yilsagina har bir ilmi toliblar sog'lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo'ladi. "Mafkuraviy immunitet shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g'oyaviy ta'sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g'oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi" [3]. Bevosita, mafkuraviy immunitet davlat va millatning ma'naviy birligini, sog'lomligini himoya qiluvchi g'oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o'rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini tog'dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo'yish bilan baravar bo'ladi.

Globallashuv o'zi nima? Globallashuv- bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir [4]. XXI-asrning boshlariga kelib mafkuraviy jarayonlarning universallashuvi shu darajaga yetdiki, undan biror kishi chetda qolayotgani yo'q. U butun yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab oldi, dunyodagi barcha odamlar uning ta'siri ostida hayot kechirmoqda.

NATIJA

Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma'naviy-ma'rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g'oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko'rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog'i va boshqa yo'nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to'xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g'oyalarga qarshi xalqimizning or- nomusi, diniy va dunyoviy e'tiqodi, ma'naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o'tashi zarur.

Ma'naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g'oyalar, oqimlar va mafkuralar ma'naviyatimizga vayronkor ta'sir

o'tkazishiga qarshi himoya choralari ko'rishimiz tabiiy. Chetdan o'tkaziladigan mafkuraviy ta'sirga qarshi himoya choralari ko'rishdan avval qanday ta'sirlarni ma'qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma'naviyat yo'qki, u boshqa xalqlar ma'naviyatidan to'la ihotalangan bo'lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy changalzorlarda turmush kechirayotgan qabilalar ham qo'shni qabilalar va zamona ta'sirini o'zida his qilib turadi. Qolaversa, tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma'naviyatidan bahramand bo'lgan xalqlar ma'naviyati yuksakliklarga ko'tarilgandan guvohlik beradi.

Har bir mafkura maq aning ko'zlagan sadi

muayyan g'oyaga ishontirish; •4— •4— uyushtirish;

safarbar etish; ma'naviy-ruhiy rag'batlantirish;

g'oyaviy tarbiyalash; g 'oyaviy immunitetni shakllantirish;

Harakat das turi bo'lish.

O'rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma'naviyati ham Sharq va G'arbni tutashtirgan karvon yo'llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G'arb madaniyatidan bahramand bo'lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G'arb va Sharq ma'naviyatidan bahramand bo'lib ularning ijobiy tomonlarini o'zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho'qqilarga ko'tarildi.

Odamlarni joniga qasd qilish, o'ldirish, tazyiq ostiga olish, aholini vahimaga solish maqsadida qilinadigan, tinch insonlarni garovga olish kabi holatlar va buning ortida siyosiy-diniy yoki fanatik maqsadlarda uyushtirilgan jinoyatlarni terrorizm qatoriga qo'shish o'rinli. Hozirgi kunda terroristlar o'z qabih ishlarini oshirishda odamlarning soddaligi, hayotiy tajribasizligi, muqaddas dinimizga bo'lgan qiziqish va intilishlaridan g'arazli maqsadda foydalanishga harakat qilmoqdalar. Buning uchun «jihod», «shahidlik» haqidagi noto'g'ri talqin yo'lidan boradilar.

Bir aqidaga mukkasidan ketib, boshqa fikrlarni noto'g'ri hisoblab, ularga murosasiz kayfiyatga hamda o'z rahnamolari g'oyasi uchun o'zini qurbon qilish holati aqidaparastlik deb ataladi. Ozini-ozi portlatib «shahidlik» davosini qilayotgan kishilar

diniy aqidaparastlarning nomoyondalaridir. Terroristik guruhlar keyingi paytlarda oz qurbonlari sifatida ayollarni tanlayotganlari ham alohida e'tiborni o'ziga tortadi. Ayol o'z farzandi, oilasi o'zi sevgan kishisi va o'zi muqaddas deb bilgan narsasi uchun jonini berishga tayyor. Qora niyatli kuchlar esa ayoldagi mana shu fidoiylikdan g'arazli maqsadda foydalanishga urinmoqdalar.

Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, XXI asr boshlarida xalqaro jamoatchilikni tashvishga solib qo'ydi. BMT, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ko'plab mintaqaviy, xalqaro, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari, qonunchilik va ijroiya, huquq-targ'ibot organlari uchun muhim muammoga aylandi.

Bugun barchamiz uchun oddiy bir haqiqat ayon bo'lishi kerak: bugun insoniyatga katta tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech kim, hech qaysi davlat chetda qolmasligi tabiiy. Darhaqiqat, bugungi kunda hech kim, hatto eng demokratik va qudratli iqtisodiy, harbiy salohiyatga ega davlat ham xalqaro terrorizm "oldingi" tahdidlaridan o'zining xavfsizligini so'zsiz kafolatli ravishda taminlay olmaydi. Terrorizm milliy davlat chegaralaridan chiqib, tobora kengayib, globallashmoqda. Insoniyat tinchligi va xavfsizligiga rahna solmoqda. Bu hol jahon jamoatchiligining xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan sayi harakatlarini yanada kuchaytirishni taqozo qilmoqda. Mafkuraviy tahdidlarning eng asosiy va ta'sir qiluvchi quroli- bu mafkuraviy immunitet va mafkuraviy havfsizlikdir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, XXI-asrda o'zbek xalqi o'zining fidokorona mehnatlari bilan jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritib, jahondagi eng taraqqiy etgan davlatlar qatoridan joy oldi. Chunki uning sha'nu-sharafmi, or-nomusini, ishonch e'tiqodini ifodalovchi, taraqqiyot yo'lini yorituvchi, ona vatan mustaqilligini mustahkamlash uchun ma'naviy jasorat ko'rsatishga chorlovchi milliy mafkurasi bor. Mamlakatimiz taraqqiyot pillapoyasidan yangi-yangi cho'qqilar sari qadam qo'yar ekan, biz yashayotgan zamon sur'atlari shiddat bilan tezlashib,oldimizda yana qancha muammo va mashaqqatlar paydo bo'lar ekan, tabiiyki ma'naviy hayotimiz ham ana shu sinovlarda toblanib, yuksalib, jamiyatimiz, millatimizning yorug' va sog'lom kelajagini har qanday tahdid va to'fonlardan-davr o'zgarishi bilan ularning ko'rinishi va shakli o'zgarishiga qaramasdan -bezavol saqlash va asrab qolishga qodir bo'lishi zarurdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to' g'risida»gi Qonuni. -T., 2020

2. Mirziyoev SH.M. Yuksak ta'riflarga munosib zamin // Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: «O'zbekiston». 2017-yil.

3. Mirziyoev SH.M. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yulida yanada xamjixat bulib, qat'iy harakat qilaylik // «Xalq so'zi», 2017 16 iyun

4. Ортиков О.Р. Махалла как социально-культурный очаг народа //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 20-23.

5. Олимов Ш. Ш., Сайфуллаева Н.З. Основные принципы развития духовно-нравственного мировоззрения у студентов //Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования. - 2015. - №. 5 (10).

6. Олимов Ш.Ш., Сайфуллаева Н.З. Влияние социального развития на духовно-нравственное воспитание //тренды развития современного общества: управленческие, правовые, экономические и социальные аспекты. - 2014. - С. 186-188.

7. Олимов Ш.Ш. Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в системе образования //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. 31 окт.-3 нояб. 2017 г./Челяб. гос. ин-т культуры; сост. ЕВ Швачко.-Челябинск: ЧГИК, 2017.-394 с. ISBN 978-5-94839-629-3. - 2017.

8. Жураев Б.Т. Гуманизация дидактических отношений между учителем и учащимся в педагогических идеях Востока //VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". - 2018. - С. 120-122.

9. Жураев Б.Т. Памятники Бухары-источник воспитания молодого поколения //Проблемы современной науки и образования. - 2020. - №. 11 (156).

10. Ходжиева М.Ш. Совершенствование аксиологического подхода к педагогической деятельности у будущих учителей //Научный журнал. - 2020. -№. 9 (54).

11. Элибаева Л.С. Повышение активности учащихся начальной школы //Наука, образование и культура. - 2020. - №. 9 (53).

Избуллаева Г.В. Взгляды на духовно-моральное воспитание в произведении Дж.Руми «Маснави» //Молодой ученый. - 2013. - №. 4. - С. 564-566.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.