Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MOHIYATI'

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
982
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / yoshlarga oid davlat siyosati / iqtidorli yoshlar / ma’naviy barkamollik / uchinchi Renessans. / New Uzbekistan / state youth policy / talented youth / spiritual improvement / the third Renaissance.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Asadova, Nilufar Yorqinovna

Maqolada yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirishning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni ochib berilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g‘oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e’tibor qaratilgan. Yangi O‘zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashning ma’naviy, huquqiy asoslari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATE POLICY RELATING TO YOUTH AND ITS IMPORTANCE IN THE CONTEXT OF THE NEW UZBEKISTAN

The article analyzes the main directions of the state youth policy in the new Uzbekistan. The role of increasing the legal culture of society in the upbringing of young people is revealed. Particular attention is paid to the historical and philosophical interpretation of the idea of a perfect person in the works of thinkers. The spiritual and legal foundations of the upbringing of a harmoniously developed generation in the conditions of the new Uzbekistan are revealed.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MOHIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MOHIYATI

Asadova Nilufar Yorqinovna

Buxoro davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada yangi О 'zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari tahШ qШngan. Jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirishning yoshlar tarbiyasidagi о 'гт осЫЬ Ьегй^ап. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g 'oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida е'^Ьог qaratilgan. Yangi О 'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashning ma'naviy, huquqiy asoslari осЫЬ berilgan.

КаШ so'zlar. Yangi O'zbekiston, yoshlarga oid davlat siyosati, iqtidorli yoshlar, та 'naviy ЬагкатоШк, исЫпсЫ Renessans.

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА В ОТНОШЕНИИ МОЛОДЕЖИ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ В КОНТЕКСТЕ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Асадова Нилуфар Ёркиновна

Студентка Бухарского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются основные направления государственной молодежной политики в новом Узбекистане. Выявлена роль повышения правовой культуры общества в воспитании молодежи. Особое внимание уделяется историко-философской трактовке идеи совершенного человека в трудах мыслителей. Раскрывается духовно-правовые основы воспитания гармонично развитого поколения в условиях нового Узбекистана.

Ключевые слова. Новый Узбекистан, государственная молодежная политика, талантливая молодежь, духовное совершенствование, третье Возрождение.

STATE POLICY RELATING TO YOUTH AND ITS IMPORTANCE IN THE CONTEXT OF THE NEW UZBEKISTAN

The article analyzes the main directions of the state youth policy in the new Uzbekistan. The role of increasing the legal culture of society in the upbringing of

788

Asadova Nilufar Yorkinovna

Student of Bukhara State University

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

young people is revealed. Particular attention is paid to the historical and philosophical interpretation of the idea of a perfect person in the works of thinkers. The spiritual and legal foundations of the upbringing of a harmoniously developed generation in the conditions of the new Uzbekistan are revealed.

Keywords. New Uzbekistan, state youth policy, talented youth, spiritual improvement, the third Renaissance.

Yangi O'zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarda mustaqil faoliyat, yangi davrga mos keladigan ijtimoiy-ma'naviy xislatlarni, xususan, globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etadigan milliy o'zlikni anglashning nazariy-metodologik va amaliy asosini tashkil qiladi. Uning shu yo'nalishdagi mohiyati siyosatshunoslik fanlari doktori S.A.Jo'raevning yoshlar davlat siyosatining ta'rifida ochib berilgan: «Yoshlar siyosati bu jismonan va ruhan sog'lom milliy-etnik genofondni saqlash, qayta ishlab chiqarish, rivojlantirishga, intellektuallashtirish, ijtimoiylashtirish darajasini yaxshilash hisobiga uning salohiyati va mobilligini oshirishga, har bir yoshni faol jamiyat a'zosi, uyg'un rivojlangan shaxs sifatida yetishib chiqish jarayonlarini rag'batlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma'naviy shart-sharoitlar majmuini yaratish sari maqsadli yo'nalish olgan davlat va jamiyat, partiyalar va harakatlarning alohida siyosiy yo'lidir» [4].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

O'rta asr Sharq mutafakkirlarining asarlari, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida qabul qilingan huquqiy normativ hujjatlar tadqiqot uchun nazariy-metodologik manba, ko'rsatma bo'lib xizmat qiladi.

Tadqiqotda ilmiy bilishning dialektik, tarixiylik, mantiqiylik, analiz va sintez, kompleks yondashuv kabi usullariga tayanildi.

NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasida so'zlagan nutqida "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat" [2], deb ta'kidlagan edi.

Ta'kidlash joizki, Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati ham aynan yoshlar masalasi bilan bog'liq

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

bo'lgan, 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonun [1] edi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish; yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo'lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish; iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijodiy va intelektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish; yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish; voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish; barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yoshlar siyosatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.

Iste'dodli yoshlarni aniqlash, ularni tarbiyalash masalasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi yurtimizda o'rnak olsa arzigulik tajriba to'planishiga imkon berdi. Shu o'rinda ta'idlash joizki, iste'dodli yoshlarni izlash va ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri yoshlarning iste'dod va qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilganligi ayniqsa, ahamiyatga molikdir. Ta'kidlash joizki, ta'lim, fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, san'at, sport, tadbirkorli sohalaridagi iste'dodli va iqtidorli yoshlarni rahbatlantirib borish, ularning turli sog'lom tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash vazifalari bu tashkilotning mazkur yo'nalishdagi dolzarb vazifalaridan biri qilib belgilangan.

Yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi, ma'naviy va ruhiy barkamollik kabi fazilatlari va ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga salmoqli ta'sir ko'rsatmoqda. Aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayotdan rozi bo'lib yashashga erishish bugungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko'rsatkich hisoblanadi.

Alloma Abdulla Avloniy "Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? degan savolga "Birinchi - uy tarbiyasi. Bu vazifa ona zimmasidadir. Ikkinchi - maktab va madrasa

Scientific Journal Impact Factor

tarbiyasi. Ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur" deb javob berganlar. Bu so'zlar zamirida barchaning farzand tarbiyasiga mas'ulligi ko'rinib turibdi.

Yoshlar masalasini o'rganish kishilik jamiyati, ijtimoiy munosabatlar, millatlar va davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki yoshlar masalasi, birinchidan, sivilizatsiya vujudga kelgandan beri mavjud va barcha tarixiy rivojlanish bosqichlarida ular bilan yonma-yon keladi. Ikkinchidan, tafakkur tarixida barcha faylasuflar, mutafakkirlar, davlat arboblari, shoiru adiblar farzand, yoshlar masalasiga oid o'z qarashlarini bayon qilganlar.

Qadimgi Arabiston yarim orolida VII asrgacha - «johiliya davri»da [6], hatto qiz bolaning tug'ilishi ota uchun baxtsizlik alomati bo'lsa, o'g'il bolaning tug'ilishi esa, alohida baxtning belgisi qilib ko'rsatilgan. Hikoya qilishlaricha, Umar ibn al-Xattob (r.a.) quyidagilarni e'tirof etgan: «Musulmonlikdan avvalgi ikki narsani eslaymanki, birini eslab yig'layman, birini eslab kulaman. Ushbu narsaga yig'layman. Bir kun qizimni, jajji qizchamni, jigarpora qizchamni shu o'z qo'llarim bilan qabr qazib ko'mdim. Men qizim uchun o'z qo'llarim bilan chuqur qazir ekanman, u mening soqolimga sachragan tuproqlarni jajji qo'llari ila silab olardi. Qachon buni eslasam doimo yig'layman. Insoniyatning qanday qorong'u davrlarida yashaganini tushunib, tinmay ko'z yosh to'kishdan o'zimni tiyaman» [7]. Islom ayollarga rahm-shafqat, mehr ko'rsatish bilan uning maqomini ko'tardi va uning baxtli hayoti uchun muqaddas qonunlarni joriy etdi. Ushbu qonunlarning bajarilishi Qur'on oyatlari va Payg'ambarimiz (s.a.v.) Hadislari orqali mustahkamlandi.

Tadqiqotchi N.J.Yusupova o'zining "Islomda ayol huquqlari" asarida ta'kidlaganidek, ayol masalasiga oid Qur'oni karimda 309 oyat mavjud bo'lib, shundan 161 oyat Makkada va 148 oyat Madinada nozil bo'lgan [5].

Insondagi komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligini anglashidadir. Shu ma'noda, ulug' yunon faylasufi Suqrotning "O'zligingni angla" degan da'vati ham insonning o'z nasl-nasabini, hayot mazmunini, kishining kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyat va majburiyatini anglashga qaratilgan chaqiriqdir. Har qanday jamiyatda komillikning eng asosiy ko'rsatkichi insonning ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, insonparvarlik g'oyalariga munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon bo'ladi.

Shuni ta'kidlash joizki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirishni o'ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo'lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy manfaatni o'ylash, yengil yo'llar bilan to'la-to'kis hayotga intilish hissi namoyon bo'lmoqda. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar orasida ma'naviy cheklanganlik, dunyoqarashning

Scientific Journal Impact Factor

torligi, milliy odob me'yorlariga rioya qilmaslik, so'z va ish orasidagi tafovut, milliy g'ururning sustligi, shu kabi "ommaviy madaniyat"ning boshqa noxush ko'rinishlari uchrab turadiki, ularni birgalashib bartaraf qilish lozim.

Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g'oyalari ustivordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g'oyalar umuminsoniy manfaatlar, bashariyatning asriy orzusi bo'lgan yorug' kelajak uchun xizmat qiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston yoshlari forumida ta'kidlab o'tganidek, "Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo'l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g'ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o'z oldimizga ulkan marralar qo'yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo'lg'usi Renessansning eng muhim bo'g'inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo'shadilar" [3].

Ma'lumki, "milliy o'z-o'zini anglash - har bir millat (elat)ning o'z-o'zini real sub'ekt, muayyan moddiy va ma'naviy boyliklarning egasi, yagona til, urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy o'z-o'zini anglash deyiladi" [8].

Mafkuraviy immunitet - bu, sodda qilib aytganda, insonning o'z istak-orzu, maqsad-intilishlariga mutlaqo zid, yot, zararli, begona mafkuraviy tahdidlarga qarshilik ko'rsata olish salohiyati. "Mafkuraviy immunitet - falsafa: qomusiy lug'atida -ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg'unchi xarakterdagi g'oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo'l keladi" deyiladi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog'cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo'lga qo'yilsagina har bir millat sog'lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo'ladi. Immunitet esa, o'z navbatida, odamni to'g'ri yo'ldan "ozish"dan, turli yo'llarga adashib, keyin pushaymon bo'lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa-parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo'linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet -davlat va millatning ma'naviy birligi, ma'naviy sog'lomligini himoya qiluvchi g'oyaviy qalqon vazifasini bajaradi.

Scientific Journal Impact Factor

Mafkuraviy immunitet o'z-o'zidan namoyon bo'lmaydi. Uning namoyon bo'lishi uchun ichki yoki tashqi g'oyaviy, fikriy ta'sir bo'lishi kerak [9-16].

Al Forobiyning fikricha, "...fozil jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o'rni, ya'ni kim bo'lishidan qat'iy nazar «fozil kishi», «fozil inson» o'z davlatining barcha qonun- qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o'z kasbining ustasi, lozim bo'lganda Vatan uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir biriga hurmatda bo'ladi.

Ota-ona va farzand, ustozu- shogird o'rtasida Sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo'ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o'zi bobolarning ma'naviy darajasi naqadar yuksak bo'lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko'p asrlik me'roslarni o'rganish natijasida vujudga kelishini ta'kidlash joiz.

Davlatning qudratini belgilaydigan qator omillardan biri, shubhasiz, ma'nan yetuk, jismonan sog'lom, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Shu ma'noda, bugungi kunda mamlakatimizda sog'lom avlodni tarbiyalash naqadar muhim, mas'uliyatli vazifa ekani barchamizga ayon. Yoshlarga, bolalarga e'tibor, darhaqiqat, kelajakka qo'yilgan sarmoyadir. Vaholanki, kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy-demokratik davlat qurish farzandlarimizning faol ishtiroki, qo'llab-quvvatlashi orqaligina to'laqonli amalga oshar ekan, ma'naviyati yuksak, chuqur bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo'lgan o'g'il-qizlarni tarbiyalash buyuk kelajagimizni ham ta'minlashiga shubha yo'q.

Biz ajdodlarimiz Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar bo'lganligi, shuningdek, ularning asarlari jahon fani va madaniyatida munosib o'rin egallaganligi bilan cheksiz faxrlanishga haqlimiz. Shu bilan birga bizning beqiyos ma'naviy boyligimiz insoniyat tomonidan to'plangan eng ilg'or bilim va tajribalar bilan hamohanglikda rivojlanishini xohlaymiz. Aynan shunday qarash va yondashuv bizni doimo oldinga harakat qilishimiz uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. 2016 hhh 14 ceffraôpgarH «Ëmnapra ong gaBnaT cnëcara TyrpHCHga»rH ^OHyH / https://lex.uz/docs/3026246

2. Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacn npe3HgeHTH ffl.Mnp3HëeB EMTHHHr 72-ceccHacnga cy3naraH HyT^H // https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистан ёшлари форумидаги маърузаси // https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-yoshlari-forumida-sozlagan-nutqi_197662

4. Жураев С.А. Особенности формирования государственной молодежной политики Республики Узбекистан в переходный период: теория и практика. А-р.дисс...док.политол.н..-Т., 1994. -С.17.

5. Юсупова Н.Ж. Исломда аёл хукуклари. Тошкент: Узбекистан Республикаси Ички ишлар вазирлиги академияси, 2006

6. Хдсанов А. ^адимги Арабистон ва илк ислом. Жохилия асри. Т.: Тошкент ислом университети, 2001. Б. 11

7. Х,икматлар хазинаси. Т.: Еафур Гулом, 1993. Б.69

8. Фалсафа: комусий лугат: (Тузувчи ва масъул мухаррир К.Назаров). -Т.: "Шарк" нашриёт-матбуот акциядорлик компанияси Бош тахририяти, 2004, 160-бет.

9. Khajieva, I., Khujaniyazova, G., Kenjaeva, K., & Jumaniyozov, F. (2020). Foreign language competenceformation of the future teacher of vocational education in the information and educational environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365.

10. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of rights in Uzbekistan. Международный журнал гуманитарных и естественных наук, (5-2).

11. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).

12. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУКДРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАЩ ФАЛСАФАСИ ТАЛ^ИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).

13. Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фукаролик институтларининг урни. Scientific progress, 1(6), 957-961.

14. Кенжаева, Х. (2021). Миллий маънавий меросимизда таълим-тарбия масалалари. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.

15. Кенжаева, Х. П., & Каримова, Л. М. (2019). ТАРИХИЙ ХОТИРА-ХАЛК МАЪНАВИЯТИНИНГ ТАРКИБИЙ ^ИСМИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ,, 1(3).

16. Xajieva Iroda, Babadjanova Umida, Kenjayeva Khurshida, Adambaeva Feruza. The importance of spiritual values in the upbringing of the harmoniously developed person in teaching and learning process. International Journal of Advanced Science and Technology. 29(5). P. 1496-1499

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.