Научная статья на тему 'TAKRORIY EKINDA SHIRIN MAKKAJO‘XORINING O‘SISHI RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI'

TAKRORIY EKINDA SHIRIN MAKKAJO‘XORINING O‘SISHI RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

146
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shirin makkajo‘xori / takroriy muddat / nav / duragay / sut pishish davri / ro‘vagi / o‘suv davri / o‘simlik bo‘yi / yon poyalar soni / so‘ta soni / so‘ta vazni / hosildorlik. / Sweet corn / replanting period / cultivar / hybrid / milk ripening period / maturity / growth period / plant height / number of side stems / number of cobs / cob weight / yield

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — I. I. Raxmatov, S. T. Sanaev, U. F. Norqulov

Maqolada shirin makkajo‘xori nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, hamda sabzavot so‘tasi hosildorligi ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on the growth, development, and yield of vegetable broth when sweet corn varieties and hybrids are grown as a repeated crop

Текст научной работы на тему «TAKRORIY EKINDA SHIRIN MAKKAJO‘XORINING O‘SISHI RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI»

TAKRORIY EKINDA SHIRIN MAKKAJO'XORINING O'SISHI RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI

I. I. Raxmatov

Buxoro davlat universiteti tadqiqotchi

S. T. Sanaev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali q.x.f.d., professor v.v.b.

U. F. Norqulov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistri

Maqolada shirin makkajo'xori nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida o'stirilganda o'sishi, rivojlanishi, hamda sabzavot so'tasi hosildorligi ta'siri bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Shirin makkajo'xori, takroriy muddat, nav, duragay, sut pishish davri, ro'vagi, o'suv davri, o'simlik bo'yi, yon poyalar soni, so'ta soni, so'ta vazni, hosildorlik.

The article provides information on the growth, development, and yield of vegetable broth when sweet corn varieties and hybrids are grown as a repeated crop.

Keywords: Sweet corn, replanting period, cultivar, hybrid, milk ripening period, maturity, growth period, plant height, number of side stems, number of cobs, cob weight, yield.

Kirish. So'nggi yillarda Respublikamizda asosiy e'tibor ilmiy asoslangan innovatsion agrotexnologiyalarni qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishga joriy etish orqali sug'oriladigan maydonlardan samarali foydalanib, sabzavot ekinlarining hosildorligi, mahsulot sifati va olinadigan iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlarini tubdan oshirishga qaratilgan. Jumladan, bizning ilmiy tadqiqotlarimizda ham mamlakatimizda yangidan ekilib kelinayotgan shirin makkajo'xorini takroriy ekinda oziq-ovqat sifatida etishtirish texnologiyasini takomillashtirish maqsad qilingan. Respublikamizning turli tuproq-iqlim

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

sharoilarida shirin makkajo'xorining maqbul ekish muddati,

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

sxemasi, oziqlanish maydoni, o'g'itlash va sug'orish me'yorlarini aniqlash, tovarbop va serhosil nav va duragaylarini tanlash dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqot uslubi. Tajribalarimizda shirin makkajo'xori nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida turli muddat va sxemalarda o'stirib, ularning o'sishi, rivojlanishi va sabzavot so'ta hosildorligi o'rganildi.

Tadqiqot ob'ekti sifatida shirin makkajo'xorining Mazza, Zamin navlari hamda Megaton F1, Union F1 duragaylari urug'lari, o'simliklari, poyalari, barglari, so'talari xizmat qiladi. Tanlangan nav dugagaylarining urug'lik donlari asosiy ekinlardan bo'shagan erlarga takroriy ekin sifatida yozda 3 ta ekish muddatlari (25.06., 5.07., 15.07) va 6 ta ekish sxemalarida (60x20., 60x25., 60x30., 70x20., 70x25., 70x30) ekib nazorat varianti bilan taqqoslanib o'rganildi. Dala tajribalarida ekilgan 3 muddatning har birida 6 ta ekish sxemasi o'rganildi, bunda nazorat varianti sifatida 60x25sm va 70x20 sm sxemalar tanlandi. Fenologik kuzatuvlar hamda biometrik o'lchovlar amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari. Shirin makkajo'xori nav va duragaylarining unib chiqishi ekish muddatlariga qarab turlicha bo'ldi. 25 iyunda ekilgan muddatda dastlabki unib chiqish 1-3 iyulga, 5 iyulda ekilgan muddatda esa 12-13 iyulga, 15 iyulda ekilgan muddatda esa 22-24 iyulga to'g'ri keldi. YA'ni barcha muddatlarda unib chiqish asosan ekilganning 7-9 chi kuniga to'g'ri keldi. Nisbatan tez unib chiqish yoki fenlogik fazalarning erta hosil bo'lishi Mazza va Zamin navlarida qayd etildi. Bundan tashqari chin barg chiqarish, ro'vaklash, so'talarning sut va mum pishishida ham nav va duragaylararo qonuniyat saqlanib qoldi.

Shirin makkajo'xori navlarining biometrik ko'rsatkichlari tajribada o'rganilib, o'simlik bo'yi Yunion F1 duragayida 218,1-230,4 sm ni, Megaton F1 duragayida 176,2-180,2 sm ni, Zamin navida 161,2-165,7 sm ni, Mazza navida esa 156,1-157,2sm ni tashkil etdi. Tuplanganlik nav va duragaylarda 1-4 donani, tashkil etdi. O'rganilgan nav va duragaylarda bosh poyadagi barglarning soni 9,5 donadan 13,4 donagacha o'zgardi. Bir tupda so'talarning hosil bo'lishi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Zamin navida qayd etildi.

Tajribalarimizda shirin makkajo'xori nav va duragaylarining mahsuldorlik ko'rsatkichlari ekish muddatlari va ekish sxemalariga mos ravishda so'ta vazni, va don chiqimi bo'yicha bir biridan farqlandi.

Tajribada o'rganilgan nav va duragaylar 3 muddat va 6 ta ekish sxemasida o'stirilganda bir dona so'taning vazni nav va duragaylararo 342,2421,1 grammgacha qayd etildi. So'talarning vazni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Yunion F1 va Megaton F1 duragaylarida

October 5-6

237

(410,2-421,1 va 378,3-389,2 gramm) kuzatildi. So'tadan don(ho'l) chiqimi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Zamin navi (67,2-69,9) va Yunion F1 (67,0-69,1) duragaylarda qayd etildi.

Takroriy ekin sifatida etishtirilgan shirin makkajo'xori nav va duragaylarini turli muddat va sxemalarda ekib o'stirilganda bir gektardan sabzavot so'tasi chiqimi 6,3 tonnadan 20,4 tonnagacha o'zgardi. Hosildorlik ekish muddatlari va ekish sxemalari bo'yicha taqqoslanganda yuqori ko'rsatkich 5 iyulda 60x30 va 70x25 sm sxemalarda ekib o'stirilganda qayd etilib gektaridan 11,0-20,4 tonna so'ta hosili olishga erishildi. Eng yuqori hosildorlik ko'rsatkichi Yunion F1, (18,3 -20,4 t/ga), va Megaton F1(18,0- 19,1 t/ga) duragaylarida kuzatildi.

Xulosa. Tajribalarimiz natijalarining tahlili shuni ko'rsatdiki shirin makkajo'xorining Zamin, Mazza, Yunion F1, Megaton F1 kabi nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida 5 iyulda 60x30 yoki 70x25 sm sxemalarda ekib o'stirib, gektaridan 18,0-20,4 tonna sabzavot so'tasi hosili olish mumkin ekan.

REFERENCES

1. Санаев С.Т., Сапарниязов. И.А. Особенности применения гидрогеля при выращивании овощной (сахарной) кукркзы в условиях Каракалпакистана в качестве повторных культур. Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение». -2019.С.37-40.

2. Sanaev S.T., Rakhmatov I. I. Results of evaluation after growing sorts of vegetable (sweet) corn as re-sowing. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference P. 231-234 Liverpool, United Kingdom 28-30 April 2020.

3. Sanaev S.T., Shamsieva Sh.B. Growing Varieties of Vegetable (Sweet) Corn Suitable for Processing. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT) P. 67-70. 2020.

4. Ризаев Ш.Х. Эффективность агротехнических и химических мер борьбы с сорняками на пшеничных полях. Актуальные вопросы современной науки. Научный журнал, Россия. № 1 (13), 2017.23-27 с.

5. Ризаев Ш.Х. Сорные растения зерновых полей и меры борьбы с ними. Актуальные проблемы современной науки. Информационно аналитеческий журнал, Россия. № 2, 2017.149-152 с.

6. Санаев С.Т., Сапарниязов И.А., Хонкулов Х.Х. Возделывание некоторых сортов и гибридов сахарной кукурузы в качестве

овощной культуры. Актуальные проблемы современной

науки №3 (126), 62-65 ст. Москва 2022 г. ISSN 1680-2721.

October 5-6

7. Sanaev S.T., Sapamiyazov I.A. Cultivation of some varieties and hybrids of sweet corn as a vegetable crop. Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Eng-ineering and Technology Edition) ISSN : 1671-5497 E-Publication: Online Open Access Vol: 41 Issue: 06-2022 DOI 10.17605/OSF.IO/9 MVUF.

8. Санаев С.Т., Сапарниязов И.А. Возделывание сортов и гибридов сахарной кукурузы как основной культуры в Каракалпакстане. Овощи России. 2022;(3):5-10. https://doi.org/10.18619/2072-9146-2022-3-5-10 62-65 ст.

9. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.