3-SHO'BA: MEVA-SABZAVOTEKINLARINIINTENSIVTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YETISHTIRISHNING AFZALLIKLARI
KUNGABOQARNING KALTA POYALI NAV NAMUNALARINI TANLASH
B. M. Eshonqulov
TDAUSF O'simlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedra dotsenti
O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi vazirligidan ma'lum qilishlaricha, aholining qishloq xo'jaligi mahsulotlari, jumladan, o'simlik yog'iga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadida kungaboqar, soya, kunjut, zig'ir, yeryong'oq, maxsar yetishtirish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2008 yil 20 oktyabrdagi "Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni k o'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni aholini yog'-moy mahsulotlari bilan ta'minlash va turini ko'paytirishda dasturilamal bo'layotir.
Aholiga o'simlik yog'ini barqaror yetkazib berish maqsadida 2022-yilda respublika bo'yicha 1 mln 34 ming gektar maydonga chigit va 266 ming gektar maydonga moyli ekinlar ekilishi rejalashtirilgan. Ushbu ko'rsatkich 2021-yilga nisbatan 32% ga hamda 2020-yilga nisbatan 2,6 baravar ko'p. Shuningdek, joriy yil chigitdan 2 mln 138 ming tonna paxta xom-ashyosi va moyli ekinlardan 366 ming tonna (2021-yilga nisbatan 13% va 2020-yilga nisbatan 3,5 baravar ko'p) mahsulot yetishtirilishi kutilmoqda.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifasi: Ilmiy ishining oldiga qo'yilgan asosiy maqsad Zarafshon vodiysi sug'oriladigan yerlar sharoitlarida kungaboqardan yuqori hosil va sifatli urug'lik olishni ta'minlaydigan bir butun va kungaboqarning tezpishar, urug'ida moy miqdori ko'p kalta poyali nav namunalarini tanlash o'stirish sharoiti, ekish muddati, sxemasi, oziqlantirish me'yori, sug'orish rejimi kabilarning birgalikdagi ta'siri mujassamlashgan tejamkor yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni ilmiy asoslash istiqbolli va maxalliy sharoitga mos navlarni yuqori reproduksiyali sara urug'ini yetishtirishning takomillashgan usulini joriy etish, yangi, tezpishar, kalta poyali,
A. B. Xayitov
TDAUSF doktaranti
urug'ida moy chiqimi yuqori bo'lgan, qurg'oqchilikka, kasallik va
October 5-6
zararkunandalarga bardoshli navlarni tanlashdan iborat (Луков, Хайитов et al. 2020).
Bu maqsadga erishish uchun quyidigi vazifalar bajarish rejalashtirilgan : .
- Moyli kungaboqar navlarini o'stirish texnologiyasi va urug'chiligiga oid masalalarni nazariy jixatdan asoslash.
- Kungaboqar nav namunalari va duragaylarini teshpisharligi, o'suv organlarining shakllanishi va mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha baholash.
-Tezpishar, past bo'yli, urug'ida moy miqdori ko'p, kasalliklarga bardoshli, serhosil nav va duragaylarni tanlash.
- O'zbekistonning suv bilan ta'minlanishi turlicha bo'lgan Zarafshon vodiysi tuproq va iqlim sharoitlarida kungaboqarni turli maqsadlarda asosiy va takroriy ekin sifatida o'stirish mumkinligini o'rganish va ilmiy asoslash.
.- Sug'oriladigan yerlarda ertagi va kechki muddatlarda ang'izga takroriy ekin sifatida ekilgan kungaboqarning o'sish, rivojlanishiga asosiy texnoligik elementlar ekish muddati, usuli, o'g'itlash va sug'orish me'yorlarining birgalikdagi ta'sirini o'rganish .
- kungaboqar urug'i yetishtirishning turli usullarini qiyosiy baxolash:
- Qo'shimcha changlatishni kungaboqar urug'chiligidagi roliga baxo berish va uni issiq eng qulay usulini aniqlash:
- Moyli kungaboqarni yangi texnologiyada yetishtirishni iqtisodiy samaradorlikka ta'sirini aniqlash.
- Moyli kungaboqarni urug'lik uchun o'stirish agrotexnologiyaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Tadqiqot uslubi. Ilmiy tadqiqot ishlari «Методика полевого опыта» (1985), «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (2007), O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi Vazirligi, O'zbekiston qishloq xo'jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining uslubiy qo'llanmalari asosida o'tkaziladi (1995-2000). Dala tajribalarimizda navlar 2 xil variantda joylashtirilgan.
Tajribalarimizda o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi davrida qo'yidagi kuzatish, hisoblash va analizlar o'tkaziladi:
- bahorgi va yozgi muddatlarda etishtirilganda navlarning o'suv davri davomiyligini aniqlash Davlat nav sinashi komissiyasi uslubida anaqlanadi;
- navlarning biometrik ko'rsatkichlari IKX, 1967, 1989) uslubi bo'yicha olib boriladi;
- o'simliklarning yaqqol holdagi kasalliklari bilan zararlanish darajasi vizual usulda, yashirin holdagi viruslar bilan
kasallanishi serologik va immunoferment analizlar yordamida,
October 5-6
zararlanish yesa ko'zchalar indeksasiyasi usulida aniqlanadi (M.,1972, 1974);
- o'simliklar mahsuldorligi alohida tuplardagi hosilni o'lchash bilan, hosildorlik va hosil strukturasi esa delyankadagi hosilni gektar hisobiga aniqlash usulida baholanadi seleksiya va birlamchi urug'chilikda qo'llaniladigan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi (NIIKX, 1967, 1989);- olingan natijalarning ishonchlilik darajasi va navlarning hosildorlik ko'rsatgichlari dispersion usulda qayta ishlanadi (Dospexov, 1985).
Kungaboqar morfobilogik xususiyatlari va undan foydalanish bo'yicha, moyli, chaqiladgan va oraliq kungaboqar guruhlariga bo'linadi. Moyli kungaboqar asosan o'simlik moyini ishlab chiqarish maqsadida o'stiriladi. Yangi nav yoki duragaylarga qo'yiladigan asosiy talab, uning yuqori va sifatli hosilli bo'lishidir. Kungaboqar hosilining sifati nafaqat tovar hosil va urug„ hosil miqdori hamda urug'dagi saqlanadigan moy miqdoriga, balki moy tarkibdagi oson eriydigan linol va olein moy kislotalarning miqdoriga bog'liq. Moy tarkibida moy kislotalardan olein kislotasining miqdori qancha ko„p bo'lsa uning sifati shuncha yaxshi yoki bu moy zaytun moyiga shuncha uxshash bo'ladi. Biz o'rgangan kungaboqar nav namunalarining moyida linol va olein moy kislotalarning miqdori 75-80% ni tashkil etadi va andoza talablariga to'liq javob beradi.
Ilmiy tadqiqot ishlarida faydalanilgan nav va namunalar "Qishloq xo'jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki" ilmiy tatqiqod istitutidan olib kelingan.
№ Genbank ro'yxatga olish raqamlari Namuna nomlari Kelib chiqishi
1. NC 9841 Nomsiz Fransiya
2. NC 33673 Almesson Fransiya
3. NC 13186 Заря Rossiya
4. NC 30836 Donjose Turkiya
5. NC 33674 Pomor Fransiya
6. NC 13184 Смена Rossiya
7. NC 9844 AS 508 Turkiya
8. NC 13181 Nomsiz Turkiya
9. NC 33675 Philya Fransiya
10. NC 13183 AS 506 Turkiya
11. NC 9837 Coril Avstriya
© © ©
October 5-61 Republican Scientific and Practical Conference
©
ф<
190
12. NC 13182 AS 503 Turkiya
13. NC 9846 Monitov Fransiya
14. NC 30834 Gorix Fransiya
15. NC 9847 Саратовский ранний Rossiya
16. NC 9845 Monage Fransiya
17. NC 33417 Talxe Fransiya
18. NC 13185 Армовировский 9345 Rossiya
19. NC 9855 Mahalliy O'zbekiston
20. NC 9838 Karakabey Turkiya
21. NC 9859 Родник Rossiya
22. Namuna(ko'k) Mahalliy ajratilgan namuna
23 Serbarg Mahalliy ajratilgan namuna
24 Ilm F1 Samarqand
25 Kalta poya Mahalliy ajratilgan namuna
26 Qora mag'iz samarqand
27 NC Labud
28 Anyuta
29 Adozi
Bizning 2022 yil o'kazilgan ilmiy tadqiqotlarimiz natijalari ko'ra barcha nav namunalar 8-10 kunda unib chiqdi.
Ekishdan oldin yer tekislandi. Yer haydashdan oldin go'ng (20 t/ga), azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar kungaboqar o'simligiga umumiy berish meyyorida solindi. Ekishda maxsus yasalgan markorlardan foydalanildi. Ekish sxemasi 70x20 va 70x25 sxemalarda ekildi. Bunda gektariga 70x20 sxemada ekiganda 71,4 ming tup, 70x25 sxemada ekilganda 57,1 ming tup o'simlik ekildi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Tashkent agrar universiteti Samarqad filiali axborot maslaxat markazida asosiy ekin sifatida ekilgan kungaboqar nav namunalarining
hosildorligi.
Namunalar
ЛГп Nav va namunalar ekilish O'simlik Barglar soni, Xosildorlik,
№ nomlari muddati bo'yi, sm dona sentner/ga
1. Nomsiz 11.04.2022 155 28 32,3
2. Almesson 11.04.2022 152 27 33,1
© © ©
October 5-61 Republican Scientific and Practical Conference
©
ф<
191
3. Заря 11.04.2022 144 24 34,8
4. Donjose 11.04.2022 77,5 16 29,4
5. Pomor 11.04.2022 118,1 26 36,6
6. Смена 11.04.2022 134,8 27,2 33,6
7. AS 508 11.04.2022 116,6 27,5 36,7
8. Nomsiz 11.04.2022 131,25 26,25 34,4
9. Philya 11.04.2022 151 27 32,2
10. AS 506 11.04.2022 157,75 25,75 34,8
11. Coril 11.04.2022 128,8 29,8 33,9
12. AS 503 11.04.2022 157,3 30,7 33,2
13. Monitov 11.04.2022 167,1 31 31,6
14. Gorix 11.04.2022 162,5 30,4 33,4
15. Саратовский ранний 11.04.2022 131,6 26,4 29,6
16. Monage 11.04.2022 147 28,8 32,7
17. Talxe 11.04.2022 142,8 31,6 34,1
18. Армовировский 9345 11.04.2022 125,8 29,8 31,0
19. Mahalliy 11.04.2022 118,86 27 29,8
20. Karakabey 11.04.2022 213,3 32 28,5
21. Родник 11.04.2022 126 31 30,8
22. Namuna(ko'k) 11.04.2022 146,3 33 32,1
23. Serbarg 11.04.2022 147,7 29,5 33
24. Ilm Fi 11.04.2022 142,5 29,6 36,2
25. Kalta poya 11.04.2022 123,1 24 29,6
26. Qora mag'iz 11.04.2022 169 35 36,6
27. NC Labud 11.04.2022 150,5 34,1 34,1
28. Anyuta 11.04.2022 133,2 27,2 32,8
29. Adozi 11.04.2022 96 21,4 33,7
Ilmiy tadqiqot ishlarimizda o'rganilgan ma'lumotlar ko'rsatishicha "Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali axborot maslaxat markazi" yerlarida asosiy ekin sifatida ekilib o'stirilgan kungaboqar nav namunalarining hosildorligi 28,5 ga/s dan 36,7 ga/s.ni tashkil etdi. Tajribada eng ko„p hosil 36,7 ga/s AS 508 namunasidan hamda 36,6 ga/s Qoramagiz va Pomor namunasidan yetishtirildi. Kuzatishlar natijasida eng kam
October 5-6
192
hosildorlik Karakabey namunasidan 28,5 ga/s hosil yetishtildi. (2-jadval)
Tadqiqotlar natijasiga ko'ra kungaboqar nav namunalaridan o'simlik bo'yi 77,5 sm dan 213,3 sm ni tashkil qildi. Kungaboqar nav va namunalari ichidan eng kalta poyasi Donjose namunasi 77,5 smni tashkil etdi. Eng uzun namuna esa Turkiyadan keltirilgan Karakabey namunasi bo'lib 213,3 smni tashkil etdi.
REFERENCES
1. Луков, М., et al. (2020). "Влияние сортовой очистки на качество семян подсолнечика выращиваемых при различных схемах посева the influence of varienal cleaning sunflower seeds in different planting system of growin" ББК 65.2 с56: 216.
2. Atabayeva X. N. - «O'simlikshunoslik». Toshkent. «Mexnat».2000
3. Amanova A., Rustamov A. - «Kungaboqarning sermoyli navlari». O'zbekiston q-x jurnali № 5. 2004. 24 bet
4. Amanova A., Rustamov A. - «Moyli ekinlar jahon kolleksiyasini o'rganish byicha uslubiy qo'llanma»Toshkent "Bioekoson" 2010
5. Lukov M.Q. Xayitov A. «Kungaboqar va uning iqtisodiy samaradorligi» Toshkent AGRO iqtisodiyot jurnal 2018.
October 5-6