Научная статья на тему 'POREY PIYOZINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI'

POREY PIYOZINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

140
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Porey piyozi / sabzavot / nav / duragay / urug‘ unuvchanligi / soxta poya / o‘suv davri / hosildorlik / Leek / vegetable / variety / hybrid / seed germination / false stem / growth period / productivity.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — H O‘ Qurbonov, G‘ Sh Sanayev, M. E. Roziqov

Ushbu maqolada porey piyoziining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga oid ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information on the growth, development and productivity of leeks.

Текст научной работы на тему «POREY PIYOZINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

POREY PIYOZINING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI

H. O'. Qurbonov

Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

G'. Sh. Sanayev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali tadqiqotchi

Ushbu maqolada porey piyoziining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Porey piyozi, sabzavot, nav, duragay, urug' unuvchanligi, soxta poya, o'suv davri, hosildorlik

This article provides information on the growth, development and productivity of leeks.

Keywords: Leek, vegetable, variety, hybrid, seed germination, false stem, growth period, productivity.

Kirish. Hozirgi kunda porey piyozi dunyo mamlakatlarida 0,126 mln. ga maydonga ekilib, 2,1 mln. tonna yalpi hosil etishtiriladi. Porey piyozi ko'p etishtiruvchi mamlakatlar Indoneziya (0,5 mln. t), Turkiya (0,2 mln. t), Belgiya (0,18 mln. t), Fransiya (0,16 mln. t), Xitoyda (0,15 mln. t) kabi mamlakatlar hisoblanadi. Dunyo bo'yicha porey piyozidan olinadigan o'rtacha hosildorlik 16,9 t/ga bo'lib, eng yuqori hosildorlik (38,5-46,2 t/ga) Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy, Shvetsiya va Belgiyada olinadi.

Porey piyozi madaniy ekin sifatida ikki yillik o'simlik. Birinchi yili mayda, uzunchoq, yo'g'onlashgan soxta poyaga tutashgan boshpiyoz va uzun yassi barglar hosil qiladi. Ikkinchi yil piyozboshdan gulpoya chiqarib, yirik gul to'plam urug' beradi.

Porey piyozining tez pishar navlardan Karatanskiy,

M. E. Roziqov

Samarqand davlat universiteti magistr

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Kolambus, Vesta, Xobot slona, Goliaf, Kilima, o'rtapishar

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

navlardan Djolant, Kazimir, Kamus, Tango, Bastion, kech pishar navlardan Elefant, Bandit, Osenniy gigant, Asgeos, Merkuriy hamda Linkoln F1, Chinuk F1, Cheroki F1, Takrima F1 kabi duragaylari tarqalgan.

Bizning tajribalarimizda porey piyozining nav va duragaylarini kompleks o'rganilib, erta hosil olish uchun maqbul ekish muddatlari hamda ekish sxemalari va oziqlanish maydoni aniqlandi.

Tajribada porey piyozining tanlangan 2 ta Linkolin F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarini 3 ta ekish muddatlarida (20 aprel, 1 may (nazorat), 10 may) va 3 ta ekish sxemalarida (70x5 sm, 70x10 sm, 70x15(nazorat) sm) ekib o'rganildi. Natijalar nazorat varianti bilan taqqoslandi. Har bir variant 4 qator, 4 qaytariqda joylashtiriladi. Egat uzunligi 10 m. Har bir delyanka maydoni 28 m Har bir duragay va ekish sxemasi bo'yicha qaytariqlarning maydoni 112 m ni tashkil etdi.

Tadqiqotlarimizda porey piyozining Linkolin F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarini 3 ta ekish muddati ya'ni 20 aprel, 1 may (nazorat), 10 may ekish muddatlarida ko'chatlaridan ekib o'stirilganda o'simlik bo'yi 82,3-86,2 sm ni, soxta poya uzunligi 16,0-16,5 sm ni, soxta poya diametri 3,7-4,0 sm ni tashkil etdi. Ushbu biometrik ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi natija 20 aprel muddatida ekilganda olindi. Tajribalarda o'rganilgan Linkolin F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarida ushbu muddatda ekib o'stirilgan o'simliklar vegetativ qismlarining o'rtacha vazni bo'yi cha ham yuqori natija ko'rsatib, bir dona porey piyozi o'simligi vazni 313,8-341,9 grammni, tovar mahsulot hisoblangan soxta poya vazni 182,2 - 198,3 grammni, bir dona porey piyozining barglar vazni 105,8-110,9 grammni, ildiz vazni esa 25,8-32,7 grammni tashkil etdi.

Porey piyozi ko'chatlarini turli ekish muddatlari bo'yicha hosildorlik ko'rsatkichlari ham tahlil qilinganda ushbu o'rganilgan ikala duragayda variantlararo o'rtacha hosildorlik gektaridan 21,9-25,1 tonnadan iborat bo'ldi.

Hosildorlik ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi natija 20 aprelda ekilgan muddatda olinib o'rtacha gektaridan 23,9-25,1 tonnani tashkil etdi.

Tajriba maqsad va vazifalarini bajarish doirasida porey piyozining davlat reystriga kiritilgan Linkolin F1 va istiqbolli Bolgarskiy F1 duragaylarini turli ekish sxemalarida ham ekib o'stirildi. Bunda porey piyozining ikkala tanlangan duragaylari 70x5 sm, 70x10 sm, 70x15(nazorat) sm sxemalarda ekib o'rganildi. Ekish sxemalari bo'yicha olib borgan tajribalarimiz natijalari shuni ko'rsatdiki o'simlik bo'yi, soxta poya uzunligi, soxta poya diametri, o'simligi vazni, soxta poya vazni, barglar vazni, ildiz vazni bo'yicha ham eng yuqori ko'rsatkich porey piyozining ko'chatlari 70x5 sm sxemada

October 5-6

285

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ekilganda qayd etildi. Ushbu ekish sxemasida gektardan eng yuqori hosildorlikka erishilib o'rtacha 35,7-38,4 tonnani tashkil etdi.

Xulosa. Demak, porey piyozining Linkolin F1 va istiqbolli Bolgarskiy F1 duragaylarini 20 aprel muddatida 70x5 sm sxemada ekish o'simlik bo'yi, soxta poya uzunligi, barglar soni hamda soxta poya diametrining ortishini va yuqori tovar hosil chiqimini ta'minlab, gektaridan 35,7-38,4 tonna sifatli hosil olindi.

REFERENCES

1. Mirsoliev M.M., Boliqulov F.O. Porey piyoz etishtirish. T., 2021.

2. Ostonaqulov T.E. Sabzavot ekinlari biologiyasi va etishtirish texnologiyasi" T., 2007.

3. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev.O.Q. Sabzavotchilik. Darslik. T., 2018.

4. Sanayev S.T., Qurbonov H.U., Sanayev G.Sh., J.Sh.Yusufov. Ekish muddatlari va ekish sxemasining porey piyoz hosildorligiga ta'siri. Ilmiy-amaliy konferensiya. 142-145 betlar. Samarqand., 2022.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.