Tovus aytadiki: «Havoreylar Iso ibn Maryamga : Ey Rosululloh! Bugun yer yuzida sizga uxshagan kishi bormi,deb so'rashdi. U bunga shunday dedi:»Kimni nutqi zikr,sukuti fikr va nazari ibrat bo'lsa, albatta u menga uxshabdi.
XULOSA
Ayrim kishilarning tafakkuri ozining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan ,mu&aqilligi,samaraligi va tezligi turli holatda turlicha namoyon bo'ladi. Bular tafakkur sifatini tashkil qiluvchi belgilaridir. Bu belgilar tafakkurni individual xususiyatlari hamdir. Tafakkur mazmundorligi (boyligi va chuqurligi odamning faoliyatiga,bilimiga va tajribasiga odamda xayolning qay darajada rivojlanganiga va odamda qiziqish,havaslarning borligiga bog'liqdir.
Tafakkur nafsni poklaydigan va axloqni saqlaydigan eng muhim omillardan biridir. Tafakkur «fikr «ozagidan olingan bo'lib bir narsa haqida chuqur fikr yuritish ma'nosini anglatadi. ALLOHning kitobida tafakkur qilishga on yettida oyatda targ'ib qilingan.
ALLOH taolo «Oli Imron» surasida:
«Albatta,osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashishida aql egalari uchun belgilar bor. Ular ALLOHni tik turgan,otirgan va yonboshlagan xollarida eslaydigan,osmonlaru yerlarining yering yaratilishini tafakkur qiladiganlardir»degan (190-191 oyatlar). Ushbu oyati Karimlardan ko'rinib turibdiki, Allohni biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa va komil sifatlarini tola anglab yetish uchun zikr va tafakkur qilish lozim ekan. Tafakkur qilmaganlar esa,ongsiz hayvonlarga uxshab yuraveradilar.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Zufarova M.E.. Umumiy psixologiya.-T.: 2016
2. Xaydorov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya, -T.: 2016.
TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA MASOFAVIY O'QITIShNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Sultonova D.G'.
Sirg'ali tibbiyot kolleji, o'qituvchi.
Annotatsiya:Mazkur ishda ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar va masofaviy o'qitishning psixologik jihatlari, ta'lim samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kabi vositalaridan unumli foydalanish hamda ular orqali ta'lim jarayoni unumdorligini oshirish haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Ta'lim, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, masofaviy ta'lim, Harakatlar ürategiyasi.
Bizga ma'lumki, hozirgi biz yashab turgan XXI asrning ko'p qirrali zamonaviy texnologiyalari bilan barchamizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bunday sharoitda iqtisodiy soha tarmoqlari bilan bir qatorda boshqa ko'plab sohalar o'z ish faoliyatida ushbu texnologiyalardan unumli foydalanish yo'llarini
izlayotganligi bejiz emas albatda. Yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha sifatida dunyo miqyosida ta'lim sifatini oshirish va unga yangi raqamli texnologiyalarni kiritish hamda masofaviy ta'limni yuqori bosqichga olib chiqishga doir ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ta'lim sohasini rivojlantirishga doir qarorlar va ularni amalga oshirish bilan bog'liq ishlarni yurtimiz yoshlari uchun ham juda muhim ekanligini zamonning o'zi isbotlab turibdi.
O'zbeki&on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 - yillarda O'zbeki&on Respublikasini rivojlantirishning beshta u&uvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar &rategiyasi " da keltirib o'tilgan qator yo'nalishlari doirasining to'rtinchi ya'ni " Ijtimoiy sohani rivojlantirishning u&uvor yo'nalishlari "ning to'rtinchi bandida ham ta'lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Chunonchi, komputer texnikasi va o'quv-uslubiy qo'llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mu&ahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko'rish kabi muhim ko'rsatmalar berilgan. Bunga yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surildi. Ushbu besh tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o'rtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shu o'rinda Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi fikrini keltirib o'tmoqchimiz: " Tarbiya - Pedagogika, ya'ni bola tarbiyasining fani demakdur. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o'rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o'sdurmakdir"1.
Aytib o'tilgan fikrlar zamiridan kelib chiqqan holatda o'rta ta'lim maktablarida o'quv jarayonining samaraliligini oshirishda raqamli texnologiyalardan unumli foydalangan holda masofaviy ta'limgajoriy etish kun tartibida turgan muhim masalalardan hisoblanadi. Bizga ma'lumki 2020 - yilning boshlaridan boshlab dunyo miqyosida korona virus infeksiyasi keng yoyila boshlandi. Bu holat bizning mamlakatimizni ham chetlab o'tmaganligi sir emas. Bunday qaltis vaziyatda dunyoning ko'pgina mamlakatlari qatorida O'zbeki&onda ham pandemiya sharoitida aholini har tomonlama ehtiyojlarini ta'minlash bilan bog'liq chora-tadbirlar tashkillashtirildi. Bu kabi tadbirlar Xalq ta'limi tizimini ham chetlab o'tgani yo'q albatda. Ta'lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda umum o'rta ta'lim maktablarida masofaviy o'qitish tizimi joriy etildi. Onlayn maktab platformasi orqali o'quvchilarga sifatli ta'lim berish va ularning bo'sh vaqtlarinini mazmunli tashkil etish bilan bog'liq ishlarda chet e'l ta'lim tizimidagi yutuqlar bilan birga o'zimizning milliy qadryatlarimizga asoslangan milliy ta'lim uslublaridan unumli foydalanib kelinmoqda.
Albatda har bir ishda bo'lgani kabi masofadan ta'lim berish va ta'lim olish jarayonida ham ma'lum bir qiyinchilik tomonlari bor ekanligini e'tirof etish joiz. Bu qiyinchiliklarga avvalambor uyda ta'lim oluvchi o'quvchilarning korantin davrida o'z uylarida maktabdagi sharoitlarini to'liq his qila olmasliklari, ma'lum bir vaqtgacha ularning o'qish va o'zlashtirishi uchun ota-onalarning masulligi hamda masofaviy
1 A.Avloniy. "Turkiy Guli&on yohud ahloq".O'qituvchi nashriyoti,Toshkent-1992.B-2.
ta'limning hali aksar o'quvchilar uchun yangiligi o'quvchilar, ularning yaqinlari uchun ham da^lab biroz noqulayliklar tug'dirganligi sir emas. Masofaviy ta'limdagi bu kabi noqulayliklarga duch kelmaslik uchun avvalambor raqamli texnogiyalardan unumli foydalanish yo'llarini o'rganish, ulardan iloji boricha samarali foydalanish yo'l-yo'riqlarini tashkillashtirishni joriy etish va berilayotgan axborotlar hajmi hamda sifati nazoratini olib borish kabi ishlardan iborat. Yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, masofaviy ta'lim faqatgina bilim berish manbayi bo'lib qolmasdan balki o'quvchilar tarbiyasi va ularning kelajakdagi kasbiy layoqatlarini shakllantirish manbayi bo'lib xizmat qilishi lozim.
Bu jarayonda maktab o'quvchilari, ota-onalar, maktab rahbariyati, o'qituvchilari va maktabning amaliyotchi psixologlarining o'zaro bir-birlari bilan olib boradigan hamkorlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Nega deganda maktabdagi ta'lim berish jarayonidan ko'zlangan asosiy maqsad ham unib o'sib kelayotgan yosh avlodni kelajakda sog'lom e'tiqodli va barkamol etib tarbiyalash, ma'lum bir kasbni egallab hayotda o'z o'rnini topishiga ko'maklashishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida korona virus pandemiyasi davom etib turgan sharoitda ayniqsa axborot texnologiyasi sohasi vakillariga bo'lgan ta'lab yanada oshganligi sir emas. Negaki barcha yuqorida biz ta'kidlab o'tgan raqamli texnologiya va masofaviy ta'lim bilan bog'liq ishlarni tashkillashtirishda bu soha vakillarining o'rni katta albatda. Shu o'rinda axborot texnologiyasi deganda nimani tushinishimiz kerakligini quyidagi ta'rif orqali bilib olishimiz mumkin. Hayotimizning juda ko'p sohalarida va inson faoliyatida axborotlarni qayta ishlash bilan bog'liq har xil amallarni bajaradigan muayyan texnik va da^uriy vositalar majmuasi axborot texnologiyasi deyiladi.
Hozirda biz juda shiddat bilan yangilanib borayotgan zamonda yashamoqdamiz va shu sababli bu kabi ta'sirlar inson sog'ligi hamda ruhiyatiga ta'sir etmasdan qolmaydi. Bunga o'xshash hodisalar maktab yoshidagi o'quvchilarda ham vaqti-vaqti bilan ko'zga tashlanib turadi. Misol tariqasida biz uchun foydali bo'lgan aloqa vositalaridan noto'g'ri foydalanish natijasida telefon yoki shunga o'xshash qurilmalarga nisbatan qaramlikning yuzaga kelishi ehtimoli yo'q emas. Natijada esa inson bosh miyasida sodir bo'ladigan salbiy ta'sirlar oqibatida turli ko'rinishdagi somatik va ruhiy o'zgarishlarga olib kelishini ilm-fan isbotlab kelmoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish borasida o'rta ta'lim maktablarida o'z faoliyatlarini olib borayotgan amaliyotchi psixolog sifatida quyida maslahatlarini keltirib o'tishimiz mumkin bo'ladi. Bular:
Kundalik ish rejalarini tuzish ko'nikmalarini o'quvchi yoshlarga bolaligidan boshlab sekin-a^a shakllantirish zarur;
O'quvchilar bo'sh vaqtlarini unumli tashkillashtirish;
Oila a'zolari va atrofdagi insonlar bilan muloqot ko'nikmalarini shakllantirish;
Ota-onalarning farzandlari bilan shug'ullanish uchun vaqt topishlari zarurligi;
Yoshligidan boshlab farzanlarimizni milliy ruhda tarbiya qilish va ularga o'tmish ajdodlarimiz me'rosi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish;
O'quvchilarni qiziqishi doirasidagi kasbiy layoqatini aniqlagan holda ma'lum bir kasb turiga yoshlik chog'idan boshlab yo'naltirish.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktab o'quvchilarining sifatli va zarur bilimlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashda raqamli texnologiyalarning xizmatini yanada oshirish va bu texnologiyalardan masofaviy ta'lim jarayonida unumli foydalanish zamon talabiga aylanib ulgurdi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish barobarida yosh avlodning sog'lom e'tiqodini shakllantiruvchi tarbiya metodlaridan foydalanish lozimligi begungi kunning ham e'tiborga molik jabhalaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Avloniy A. "Turkiy Guli^on yohud ahloq".O'qituvchi nashriyoti,Toshkent-1992.B-2.
2. Safarov T.S. va boshq."Informatika va axborot texnologiyalari"-O'zbeki&on milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti,Toshkent-2006.B-37.
3. www.kun.uz
BO'LG'USI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Umarova M.Kh.
TDPU named after Nizami Associate Professor of the «Pedagogy» Department, Ph.D.
Ibrogimova D.A.
Matter of the 2nd year.
Annotatsiya: Mazkur maqolada bo'lg'usipedagog kadrlarni tayyorlashda kasbiy xususiyatlarni shakllantirish ittiqbollari masalalari yoritilgan. Maqolaning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, pedagog jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o'zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo'lgan kelajak yoshlarni topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag'ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o'z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi.
Kalit so'zlar: Bo'lg'usi pedagog kadrlar, pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyat maqsadi, bo'ekti va vositasi, kasbiy bilim, pedagogik teknika, pedagogik vaziyat, pedagogik topshiriq.
Аннотация: В данной статье описаны перспективы формирования профессиональных характеристик при подготовке будущих педагогических кадров. Основное содержание и суть статьи заключается в том, что педагог является доверенным лицом общества, потому что общество доверяет ему будущую молодежь, которая является его самым ценным богатством, надеждой, доверием и будущим. Эта благородная и сложная профессия требует от каждого, кто посвящает ей свою жизнь, постоянного творчества, исследовательской работы, большой щедрости, любви к детям и безграничной преданности своей профессии.