Научная статья на тему 'TALABALARNI IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI'

TALABALARNI IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
53
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim texnologiyasi / axborot texnologiyalari / kompyuter texnologiyasi / texnologik innovatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F. Olimova

Mazkur maqolada hozirgi paytda eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan raqamli ta’lim texnologiyalarining oʻquv jarayoniga joriy etish istiqbollari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha pedagogning kasbiy mahorati, zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanishning asosiy pedagogik maqsadlarini bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI»

TALABALARNI IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

YO'LLARI

F. Olimova

TDPU

mu&aqil tadqiqotchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada hozirgi paytda eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan raqamli ta'lim texnologiyalarining o'quv jarayoniga joriy etish i^iqbollari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha pedagogning kasbiy mahorati, zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanishning asosiy pedagogik maqsadlarini bay on etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim texnologiyasi, axborot texnologiyalari, kompyuter texnologiyasi, texnologik innovatsiya.

Резюме. В статье описаны перспективы внедрения цифровых образовательных технологий в образовательный процесс, что является одним из наиболее актуальных вопросов на сегодняшний день, профессионализм учителей в области информatsiонно-коммуникatsiонных технологий, основные педагогические задачи использования современных информatsiонных технологий.

Ключевые слова: образовательные технологии, информatsiонные технологии, компьютерные технологии, технологические инновatsiи.

Abftrakt. The article describes the prospects for the introduction of digital educational technologies in the educational process, which is one of the mo& pressing issues today, the professionalism of teachers in the field of information and communication technologies, the main pedagogical tasks of using modern information technologies.

Key words: educational technologies, information technologies, computer technologies, technological innovations.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni nazarda tutgan holda, oliy ta'lim muassasalarining asosiy vazifalari sifatida, talabalarning fanlar asoslari bo'yicha mu^ahkam bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda bilim olish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmalarini shakllantirish kabi yo'nalishlarni belgilab berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan yangiliklar, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xalqimizning yashash va mehnat qilish sharoitining yaxshilanishi, umuman olganda, erishilgan moddiy va ma'naviy salohiyat erkinligi mamlakat mu^aqilligining tuhfasi bo'lib, erkin mehnat qilish va yashash, mu^aqil fikrlash, e'tiqod va so'z erkinligi, diniy bag'rikenglik, ijodiy faollik, umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarning hurmat

qilinishi va qadrlanishi, kuchli ijtimoiy himoya hamda bularning huquqiy asoslarining yaratilishi yoshlarni mu&aqillik, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini ob'ektiv baholashga o'rgatish yo'nalishida o'ziga xos vazifalar yuklaydi.

Bular, o'z navbatida, oliy ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayonlarida talabalarda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish, ko'proq erkin va innovatsion fikrlashga o'rgatish, ularning sub'ektivligini oshirish, mu&aqil ta'lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mu&aqil olgan ma'lumotlarini o'rganish asosida ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va ishonchli axborotlar bilan ta'minlash, talabalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda axborotlar almashinuviga alohida e'tibor qaratish va raqamli texnokogiyalarda samarali foydalanish zaruriyatini belgilaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta'lim sifatini va samaradorligini oshirish yo'nalishlarida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun zaruriy va yetarli shart-sharoitlarni yaratib berilishi oliy o'quv yurtlari rahbarlari va professor-o'qituvchilariga ham o'ziga xos mas'uliyat yuklaydi.

Talabalarni Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga AK va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish muhim o'rin tutadi. Talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish - bu, birinchi navbatda, faoliyatga ijodiy munosabatni rivojlantirish bilan uzviy bog'liqdir. Ijodkorlik mehnatga ijodiy munosabat jarayoni bilan integrativ yo'naltirilgan bo'lib, talabalarni shaxsiy va kasbiy sifatlarni tarkib toptiradi, bunda qat'iyatlilik, kreativlik, kognitivlik, tashabbuskorlik, mu&aqillik kabi fazilatlar tarkib topib boradi. Shu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishiga erishish, ularning o'z qobiliyati va i&e'dodini ro'yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat", - degan fikrlari o'rinlidir [1].

Shuningdek, talabalarni ijodkorlik foliyatini rivojlantirish vositalarini izlash muammosi ta'lim muassasi o'quvchilarining ijodkorligini rivojlantirish bilan bevosita bog'liq bo'lib, bu jamiyatning rivojlanish sur'atlarining tezlashishi bilan belgilanadi. Axborotlashuv asrida talabalarni ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion imkoniyatlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo'lib bunda asosiy vazifa o'qituvchilar zimmasiga tushmoqda. Bunday muhim vazifani zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini mukammal egallagan, o'z u&ida doimiy ishlaydigan, bilim, ko'nikma va malakalarini takomillashtiruvchi, ishiga kreativ yondashuvchi o'qituvchigina hal eta oladi.

Ta'lim va tarbiya jarayonlari o'z-o'zidan talabani rivojlantirmasdan turib ijodiy faoliyatni tarkib toptirishi qiyin kechadi.Talabalarning ijodkorlik faoliyatiga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va malakalarining rivojlanishi uchun uning faoliyatini to'g'ri tashkil etish va kreativ yondashish zrurligini belgilaydi. O'quv materialini su& idrok etish jarayonida talabalarda ijodiy rivojlanish u qadar sodir bo'lmaydi. Masalan: ijodiy faoliyatni tarkib toptirish uchun yetarli bilim, ko'nikma va malakani egallasagina unga samarali yondasha oladi, kerakli ma'lumotlarni o'zi eslab qolmasa, ulardan ijodiy faoliyatda yetarli foydalana olmaydi, unda hech qanday ijodiy yondashish ko'nikmasi

shakllanmay qolishi tabiiy hol bo'lib qoladi. Bu o'rinda o'quvchi va talabaning o'z harakatlari, intilishlari, o'z u^ida muntazam ishlari natijasida ular kelajakda ijodkorlik faoliyatini shakllanish va rivojlantirish imkonini qo'lga kirita oladi.

Zamonaviy talablar asosida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga ijodiy yondashuvini ta'minlashda AKT va raqamli texnlogiyalardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki, raqamli texnologiyalar foydalanuvchi manfaatlari uchun axborotlarni yig'ish, tahrirlash, saqlash, tarqatish va foydalanish maqsadlarida birlashtirilgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlari va da^uriytexnik vositalar to'plamidan iboratligi bilan ahamiyatli sanaladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan raqamli texnologiyalarni ta'lim vositalarining bir qator ko'rsatkichlari bo'yicha turlarga ajratish maqsadga muvofiq sanaladi.Chunonchi:

1. Pedagogik masalalari bo'yicha:

a) tayanch tayyorgarlikni ta'minlovchi vositalar: elektron darsliklar, ta'lim tizimlari, bilimlarini

nazorat qilish tizimlari;

b)amaliy tayyorgarlik vositalari: masalalar to'plamlari, raqamli texnologiyalar, virtual

kon^ruktorlar;

d) yordamchi vositalar: adabiyotlar, rivojlantiruvchi kompyuter o'yinlari, multimediyali video

darslar;

2. Ta'lim jarayonini tashkil qilish bo'yicha:

a) axborot-ta'lim resurslari;

b) interfaol;

Yuqorida ilgari surilgan fikrlarni inkor etmagan holda aytadigan bo'lsak, raqamli texnologiyalarni qo'llash talabalarning qiziqishlarini oshirishga va ijodiy faoliyatga motivatsion yondashuvni shakllantirishga yordam beradi, chunki talabalarning individual ta'lim imkoniyatlarini va ehtiyojlarini maksimal hisobga olish, o'quv mashg'ulotlari mazmuni, shakllarini tanlash keng imkoniyatlari, ularning ijodiy imkoniyatlarini ochib berish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirishlariga yordam beradi. Raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan raqamli o'quv resurslarini, individual te^lar masofaviy darslarni tashkil etishda foydalanilishi mumkin.

Raqamli ta'lim nafaqat raqamli ta'lim vositalari orqali o'quv jarayonini davom ettirish, balki ta'lim sifatini va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishga qaratilgan faoliyat turi sanaladi. Demak, o'quv jarayoniga raqamli ta'limni joriy qilinishi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari tarbiya fani o'qituvchisining innovatsion faoliyatini asosiy mexanizmlaridan biri sanaladi. Raqamli ta'lim pedagogga ma'lumotni boshqarish, undan foydalanish, shuningdek, inson faoliyatining barcha sohalarida bilimlarni tarqatish imkoniyatini beradi. Shunga ko'ra, zamonaviy axborot jamiyatida pedagogning kompyuter, aloqa texnologiyalaridan, shu jumladan radio, televizor, zamonaviy mobil qurilmalar, gadjetlar, interaktiv uskunalar, podka^ing, Criming va kengaytirilgan reallik

texnologiyalari, veb-xizmatlar, mobil ilovalar va boshqalardan foydalangan holda keng ko'lamli kasbiy, kognitiv, hordiq chiqarish, maishiy va boshqa vazifalarni hal qilish qobiliyati alohida o'rin tutadi.

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha pedagogning kasbiy mahorati quyidagilarni o'z ichiga oladi:

a) ta'lim tizimining global axborot jarayonlariga jalb qilinishi to'g'risida xabardorlik;

b) deyarli cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga va ushbu ma'lumotlarni tahliliy qayta ishlashga

samarali kirish usullarini o'zlashtirishga tayyorlik;

d) innovatsion pedagogik natijalarni olish uchun zamonaviy axborot muhitida pedagogik g'oyalarni shakllantirishga imkon beradigan shaxsiy ijodiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga intilish, shuningdek, o'ziga xos axborot muhitini yaratish;

e) ilmiy va ijtimoiy tajribani birgalikda rivojlantirishga, axborotning o'zaro ta'sirining barcha subyektlari bilan birgalikda aks ettirish va o'z-o'zini aks ettirishga tayyorligi;

f) ma'lumotlarni olish, tanlash, saqlash, takrorlash, taqdim etish, uzatish va integratsiya qilish kasbiy madaniyatni o'zlashtirish;

g) doimiy o'zgarib turadigan axborot jamiyatida, uzluksiz ta'lim sharoitida kasbiy o'sishning muhim yo'nalishi sifatida zamonaviy interfaol telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlik;

h) axborot va ta'lim muhitini modellashtirish va loyihalashtirish va o'z kasbiy faoliyati natijalarini bashorat qilish qobiliyati.

Bugungi sharoitda global axborot va raqamli ta'lim makoniga kirishga yo'naltirilgan yangi ta'lim tizimi ishlab chiqilmoqda.Mazkur jarayon zamonaviy texnik imkoniyatlarga mos keladigan va talabaning axborot jamiyatiga barkamol kirishiga hissa qo'shishi kerak bo'lgan ta'lim texnologiyalari tarkibiga tuzatishlar kiritish bilan bog'liq pedagogik nazariya hamda o'quv jarayonidagi sezilarli o'zgarishlar bilan birga keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: "O'zbekifton", 2017. -488 bet.

2. O'zbeki^on Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"gi. 2017-yil 20-aprel, PQ-2909-son qarori.

3. Sh.S.Shodmonova, G.N.Ibragimova, F.O.Mirzaeva. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik - T.: SANO-STANDART, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.