Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHILARNING EKOLOGIK MA’NAVIYATIVA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH'

TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHILARNING EKOLOGIK MA’NAVIYATIVA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / ekologik ma’naviyat / ekologik madaniyat

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ergasheva Gulchexra Mamarejabovna

Hozirgi zamon global ekologik muammolar va ularga qarshi kurashish masalalari o’ta dolzarbdir.Har bir soha mutaxassisi ekologik bilimlardan xabardor bo’lishi,ish faoliyatida unga Amal qilishi,ekologik tadbirlarni amalga oshirishda o’z hissasini qo’shishi lozim. Maqolada ekologik ta’lim-tarbiyanining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadi yo’lida fizika fanini o’qitish jarayonida ekologik ma’naviyatni va madaniyatni shakllantirish, ekologiyaga bog’liq bo’lgan mavzular haqida bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHILARNING EKOLOGIK MA’NAVIYATIVA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH»

TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNING EKOLOGIK MA'NAVIYATI VA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH.

Ergasheva Gulchexra Mamarejabovna

Sirdaryo tuman politexnikumi Fizika fani o'qituvchisi Kasb-hunar ta'limi a'lochisi Telefon: +998(97)5696760 https://doi.org/10.5281/zenodo.14625897

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Yanvar 2025 yil Ma'qullandi: 06- Yanvar 2025 yil Nashr qilindi: 10- Yanvar 2025 yil

KEY WORDS

ekologiya,ekologik ma'naviyat,ekologik madaniyat.

Hozirgi zamon global ekologik muammolar va ularga qarshi kurashish masalalari o'ta dolzarbdir.Har bir soha mutaxassisi ekologik bilimlardan xabardor bo'lishi,ish faoliyatida unga Amal qilishi, ekologik tadbirlarni amalga oshirishda o'z hissasini qo'shishi lozim. Maqolada ekologik ta'lim-tarbiyanining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash maqsadi yo'lida fizika fanini o'qitish jarayonida ekologik ma'naviyatni va madaniyatni shakllantirish, ekologiyaga bog'liq bo'lgan mavzular haqida bayon etilgan.

Yer sayyorasining geologik tarixidan ma'lumki,undagi inson uchun zarur bo'lgan tabiiy resurslar millionlab yillar davomida hali yer yuzasidan insonlar mavjud bo'lmagan davrlarda yaratilgan.Insoniyat esa ona zaminning minglab biologik turlaridan biri sifatida ana shu resurslardan foydalanib,o'z hayot tarzini sayyoraning turli qismlaridan turlicha shakllantira boshlagan.Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o'z aqli zakovati bilan shu inqirozdan holi etuvchi inson ekanligi ma'lum bo'lib qoldi.

Atrof muhitni ifloslanishdan saqlash,tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko'p jihatdan insonlarning ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog'liqdir.

Elologik ma'naviyat va ekologik madaniyatni shakllantirishni oiladan boshlab, bog'cha-yu maktabda,texnikum va oliy o'quv yurtlarida davom ettirish lozim,ya'ni ekologik ta'lim-tarbiyaning uzviyligini va uzluksizligini ta'minlash lozim.

Kasb-hunar texnikumlarida fizika fanini o'qitishda o'quvchilarning ekologik ma'naviyati va madaniyatini shakllantirish orqali ularning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish,mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini oshirish va bu borada huquqiy savodxonligini oshirish mumkin.

*Ekologiya tushunchasi fanga 1-bo'lib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel "Organizmning umumiy morfologiyasi" asarida kiritgan."Ekologiya" -yunoncha so'z bo'lib,u tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro Munosabati degan ma'noni bildiradi.Buyuk sharq allomalari ham ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat,o'simlik va hayvonot dunyosi,tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fiktlarni aytib o'tishgan.

Inson tabiatni o'z maqsadlari yo'lida xizmat qilishga va uning ustidan hukmronlik qilishga

intilib kelmoqda.Fan va texnika rivoji esa bu ta'sirlarning yangidan-yangi yo'nalishlari va ko'rininshlarini vujudga keltirmoqda.Xo'sh qanday yo'nalishlar?

1)Biologik yo'nalishda 2)fizik yo'nalishda 3)kimyoviy yo'nalishda 4)ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishda. (bunga odamlarning sanitariya va gigiyenik madaniyati darajasi,hayot va yashash sharoiti,ovqatlanishi,jismoniy taraqqiyoti,aholining kasallanishi va boshqalar kiradi).

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan ustuvor vazifalarni e'lon qilgandan so'ng,bejizga 2015-yilni "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yili deb atash taklifini kiritmadi. "Har bir qaror, qonun, farmonni yashillikka olib borsak,o'ylaymanki yaxshi bo'ladi", dedi u. Davlat rahbarimiz suv tanqisligi,kelajakda oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini yodga soldi.Shuningdek, "Yashil makon " yo'nalishida "Ona tabiat" ni madh etuvshi qo'shiq,she'rlar,dostonlar va asarlar, filmlar yaratish,ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish orqali unga ijtimoiy muhit yaratish lozimligi ta'kidlandi.

Yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish,ekologik madaniyati va ma'naviyatini shakllantirish va ularni tabiatga ongli munosabatda bo'lish ruhida Tarbiyalash-davrimimzning muhim talabidir.Respublikamizda "Yashil makon" kabi tadbirlar, ko'chat Ekish aksiyalarining tashkil etilishi tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bo'lib,bunday tadbirlar nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali bo'lmay, balki Ilmiy bilish,ijtimoiy sog'lomlashtirish,estetik va ahloqiy tarbiyalash,mafkura uchun ham muhimdir.Shuningdek,ekologik madaniyatni tarkib toptirish omili hamdir. Ekologik madaniyatga ega bo'lish uchun:

1)zamonaviy ekologik bilimlarni chuqur egallash;

2)ahloqiy tarbiyani ekologik tarbiya bilan bog'lash;

3)milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal o'zlashtirish;

4)atrof-muhitni asrashning ko'nikma va malakalarini egallash lozim.

1)uning ijtimoiy faolligi va ongliligi;

2)kerakli ilmiy dunyoqarashga ega ekanligi;

3)tabiatga,atrof-muhitga salbiy,nomunosib ta'sit ko'rsatishlarining oldini olish,uni bartaraf qilishga o'z hissasini qo'shish;

4)tabiat-milliy va umuminsoniy mulk ekanligini his qilishlar.

Fizika Astronomiya fani o'quvchilarga tabiat hodisalari,tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqa,birlik haqida katta hajmdagi bilimlarni beradi.Ba'zi mavzularni o'qitishda hozirgi kunda yuzaga kelgan umumbashariy,mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar,ularni hal etish yo'llari, tabiiy rasurslardan oqilona foydalanish,hayot muhitini har xil ifloslanishlardan asrash haqida batafsil to'xtalishni taqozo etadi.

Quyidagi jadvalda qaysi mavzularda nimalarni bayon etish ko'rsatilgan:

Bo'limning nomi Mavzularda yoritiladigan tushunchalarning qisqacha mazmuni

I.Mexanika. Harakat va uning turlari o'rganilganda: 1)barcha osmon jismlari,atmosferaning hosil bo'lganligi, relefning shakllanishi kabilar to'xtovsiz harakat natijasi ekanligi; 2)Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi natijasida atmosfera, gidrosfera va biosferaning shakllanganligi; 3)Yer planetasining shakllanganligi va unda hayotning paydo bo'lishi haqida. Kosmik tezliklar o'rganilganda: Kosmik raketalar uchirilishining tabiatga ta'siri haqida. Tebranishlar va to'lqinlar o'rganilganda: Shovqinning inson organizmiga ta'siri,shaharlarda katta muammo ekanligi haqida.

II.Molekulyar fizika va termodinamika. Moddaning agregat holatlari o'rganilganda: 1)chuchuk suv va Orol muammosi,qutblarda aysberglarning erishi; 2)tabiiy muhitga zararli moddalarning tarqalishida diffuziya hodisasining roli; 3)zararli changlar va radioaktiv zarralarning yerga tushishi,tuproq erroziyasi vaboshqa salbiy oqibatlar. Issiqlik hodisalari o'rganilganda: 1)inson ta'sirida issiqlik muvozanatining buzilishi; 2)havo namligining yetishmasligi yoki oshib ketishi va inson organizmiga uning ta'siri; 3)shamol ta'sirida bosim o'zgarishining haroratga, namlikka,o'simlik transformatsiyasiga,insonning ruhiy fiziologik holatiga ta'siri haqida. Issiqlik dvigatellari va mashinalari o'rganilgand: 1)yoqilg'ilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni ifloslantirmaslik,tabiiy boyliklarimizdan tejamkorlik bilan oqilona foydalanish; 2)ekologik toza yonilg'I turlari haqida; 3)ekologiyani muhofaza qilish shakllari,uning huquqiy asoslari,bu borada O'zbekistonda olib borilayotgan ishlar, ekologik harakatda yoshlarning o'rni haqida.

III.Elektrodinamika. Elektr maydon bobi o'rganilganda: 1)elektr hodisalarning biosferadagi ta'siri,turli mintaqalarda maydonning o'zgarishi; 2)xalq xo'jaligida suvni tozalash usullari; 3)havoni ifloslantiruvchi qurilmalar,gazlarni tozalovchi filtrlar haqida. Magnit maydon bob o'rganilganda: 1)magnit bo'ronlarining inson organizmiga ta'siri,kuchli biomaydon silkininshlari ta'siri,suvni magnitiseparatorlar yordamida tozalash haqida. Elektromagnit tebranishlar o'rganilgand: Quyosh energiyasidan foydalanishning ekologik afzalliklari haqida. Ilmiy izlanishlar-ekologik muammolar yechimi.

IV.Optika. Elektromagnit to'lqinlar shkalasi: 1)ko'zga ko'rinmaydigan nurlarning tirik organizmga ta'siri; 2)yorug'ik kvantlari ta'sirida ro'y beradigan fotokimyoviy reaksiyalar,fotosintezning sayyoramiz yashil boyligi shakllanishidagi roli haqida.

V.Atom fizikasi. 1)radioaktiv nurlanishlarning biologik ta'sirlari; 2)atom bombasi va atom energetikasining atrof-muhitga ta'siri haqida.

O'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom,sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol toptirish,ularda o'z Vatani,xalqiga mehr-muhabbatni tarbiyalash,o'lkamiz tabiatini muhofaza qilish va uning boyliklarini asrash, ko'paytirish kabi estetik hissiyotlarni tarkib toptirish,ularning tabiat to'g'risidagi bilimlarini boyitishga jiddiy e'tibor qaratish zarur.

Yurtimizdagi tabiiy boyliklardan kelgusi avlodlar ham bahramand bo'lishi bugungi kunda har bir insonnig ularga bo'lgan munosabatda kelib chiqishini yodda tutmog'i lozim. Zero,farzandlarimizni ma'naviy olamini yuksaltirish,ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bilan birga ularga ekologik ta'lim-tarbiya berish,ularda ekologik madaniyatni rivojlantirish,atrof-muhitga javobgarlik tuyg'usini shakllantirish eng dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda.Bu ulkan vazifalarni bajarmoq esa ustoz-murabbiylar zimmasiga yuklatilgandir.

Mamlakatimiz rahbari 2024 yil 12 noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo'lib o'tgan BMT ning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi sammitida COP29 mamlakatlari vakillarini 2025 yil 15 mayda-Xalqaro iqlim kunida Orol bo'yida o'tadigan Raqamli "yashil" tashabbuslar global festivalida ishtirok etishga taklif etishi esa bu yo'lda qo'yilgan ilk sobit qadam deyish mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida so'zlagan nutqi. Qalampir.UZ. 2.EKOLOG.UZ. Dunyo ekologik muammolari. 2024.

3.Igitov F.Ilmiy izlanishlar-global ekologik muammolar yechimi.Yangi Ozbekiston. 2024.

4.Ekologiya. Sh.Otaboyev,Z.Malikov,Sh.Mamadaliyev,M.Mirsovurov. T.2011.

5.Umumiy gigiena va ekologiya. M.A.Azizov. T.2014.

m

INNOVATIV ACADEIVY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.