DOI 10.5281/zenodo.11176949
Ishankulova K.
Guliston davlat universiteti katta o'qituvchisi
Shermuxammedova M.
III-bosqich Ekologiya ta'lim yo'nalishi talabasi
Nurmaxamadov A.
III-bosqich Ekologiya ta'lim yo'nalishi talabasi
Qurbonov I.
IV-bosqich Geografiya ta'lim yo'nalishi talabasi
ZAMONAVIY JAMIYAT TARAQQIYOTIDA EKOLOGIK MADANIYAT TUSHUNChASI VA UNING TUTGAN O'RNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Ekologik madaniyatning mohiyati, xususiyatlari uni yoshlar o 'rtasida rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlarta 'kidlab o 'tiladi.
Kalit so'zlar: Ekologik madaniyat, o'rta maktab o'quvchilari, ekologik antropologiya, ishchiyoshlar, ko'ngillilar.
Ishankulova K. senior teacher Gulistan State University Shermukhammedova M.
III stage student of ecology education Nurmakhamadov A.
III stage student of ecology education
Kurbanov I.
IV stage student of geography education
THE CONCEPT OF ECOLOGICAL CULTURE AND ITS ROLE IN THE DEVELOPMENT OF MODERN SOCIETY
Annotation. This article deals with the problem of the formation of the ecological culture of modern youth. The concept of ecological culture, the essence of ecoculture, the features of its development among young people, as well as the measures that need to be taken to increase the ecological culture and consciousness of young people, have been studied.
Keywords: ecological culture, values, Ecological anthropology, working youth, volunteering.
Kirish. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida insoniyatning texnogen sivilizatsiyasidan noosfera davriga o'tishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu bo'lsa o'z navbatida V.I. Vernadskiy ta'biri bilan aytganda, biosfera rivojlanishida inson aqliy salohiyati ahamiyatining kuchayishi bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayon insonning yerdagi hayotini saqlab qolishga intilishi bilan o'zaro qarama-qarshi birligida aks etadi. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, ko'pchilik xorijiy olimlarning fikriga ko'ra, bundan buyon yadroviy falokat insoniyatni halokatga yetaklovchi yagona havf sifatida qaralmayapti, aksincha insoniyatning yer yuzidan yo'q bo'lib ketishiga yetaklovchi asosiy omil sifatida insonning tabiatni o'ziga bo'ysundirishi yo'lidagi odamzod manfaatiga zid bo'lgan hatti-harakatlari, tabiat qonunlaridagi muvozanatning buzilishiga olib kelgan ilmiy-texnik taraqqiyotning vayronkor oqibatlari natijasida yuzaga kelgan global ekologik muammolar oldinga chiqmoqda. BMTning inson muhiti bo'yicha birinchi Jahon konferensiyasi 1972-yilda Stokgolmda universal yondashuvlarni shakllantirish va xalqaro ekologik infratuzilmani yaratishning boshlanishi bo'lib, xalqaro ekologik siyosatning asosiy tamoyillari e'lon qilindi. Aynan shu konferensiyadan so'ng "Inson va biosfera", "Jahon iqlim dasturi" va "Xalqaro geosfera-biosfera dasturi" kabi yirik jahon ekologik dasturlarini amalga oshirish boshlandi, atrof-muhit holati to'g'risida muntazam ma'ruzalar chop etila boshlandi, keng qamrovli Global tizim faoliyat ko'rsata boshladi [5]. Bu bo'lsa nafaqat insoniyat uchun havf tug'idrmoqda, balki butun tirik olamning yer yuzidan yo'qolib ketishi havfini yaratmoqda. Misol uchun, N.N. Moiseev ekologik muammolarni hal qilishga bo'lgan an'anaviy yondashuvlarni keskin tanqid ostiga oladi. Uningcha, dunyo hamjamiyati yaqinlashib kelayotgan xatarni ob'ektiv baholay olmayapti. Ushbu anglashmovchilikning qanchalik ahamiyatli ekanligini 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan konferentsiya natijalari ko'rsatib berdi. Ushbu konferentsiyada asosiy masala sifatida insoniyat nafaqat ayrim biologik turlarni saqlab qolish bilan shug'ullanmasdan, balki ekotizimlarni asrashga ham diqqatini qaratmog'i darkor va buning uchun demografik siyosatni yuritishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish lozim degan fikr ilgari surilgan [1].
Bu esa o'z navbatida inson tomonidan olib boriladigan barcha ilmiy tadqiqotlarning asosiga jamiyat va tabiatning o'zaro hamjihatlikda rivojlanishini olish lozim va yagona planetar jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning yangi strukturasini ishlab chiqish va ijtimoiy qadriyatlar tuzilmasini qayta ko'rib chiqmoq darkor. Bunday yondashuv o'z navbatida insoniyat ekologik madaniyatini tashkil qiluvchi asoslarni yangicha yondashuv asosida tahlil qilish va uni shaxs qadriyatlariga singdirishninng yangi shart-sharoitlarda ostida takomillashtirishni talab etadi.
Asosiy qism. Ekologiya va madaniyat o'rtasida bevosita aloqa mavjuddir: ekologiyaning holati jamiyat madaniyatining rivojlanganlik darajasini aks ettiradi. Shu sababli ham insonlarning tabiatdan foydalanish madaniyatini o'zgartirmay turib, atrof-muhit, ekologiyadagi ijobiy o'zgarishlarga erishib
bo'lmaydi. Aynan madaniyat inson faoliyatini hayotning biosferaviy va ijtimoiy qonuniyatlariga moslashtirishi mumkin.
Madaniyat bu inson borlig'ining shunday jabhasiki uning asosida umuinsoniy - hayot mazmunini belgilovchi qadriyatlar yotadi va bu qadriyatlar o'z navbatida absolyut hisoblangan, umrboqiy qadriyatlar, boshqacha qilib aytganda umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Ushbu qadriyatlarni shaxsga singdirish bo'lsa ta'lim va tarbiyaning ustuvor vazifasidir. Tarbiya madaniyatni avloddan avlodga o'tkazishda hamda har bir shaxsning madaniy tajribasini shakllantirishda ishtirok etadi.
Ekologik holatning yomonlashuvi, yoshu-qarining, ularning faoliyati qanchalik tabiatga zarar yetkazishi haqida fikr qilmagan holda, imkon qadar tez fursatlarda foyda olishga intilishi, huquqiy me'yorlarni bilmaslik va ularga amal qilmaslik, yoshlar o'rtasida zo'ravonlikning ortib borishi va boshqalar umumiy madaniyatning va, shu jumladan, ezgulikka intilish, boshqalar dardiga befarq bo'lmaslik, o'z-o'zini chegaralash va mushohada yuritish kabi qadriyatlarga asoslangan ekologik madaniyatning qanchalik past darajada ekanligini ko'rsatadi[2].
Hozirgi paytda insoniyat tobora soni ortib borayotgan ekologik muammolar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatga oid ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi davrda jamiyat barqaror rivojlanishini falsafasining asosini ekologik madaniyatni shakllantirish tashkil qiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ta'lim va tarbiyani yo'lga qo'yish ekologik madaniyatni insoniyatning barqaror rivojlanishini harakatga keltiruvchi va uning kelajagini belgilovchi yetakchi kuchga aylantiruvchi yechimlardan biridir.
Ekologik madaniyatli insonni boshqalardan farqi shundaki, u o'z ichki olami va tashqi olam bilan uyg'unlikka erisha oladi. Bolalik davrlarida bu hislatlar maxsus bilimlar orqali, ya'ni hissiy-emotsional tarbiya va ekologik faoliyatga oid amaliy mashg'ulotlar yordamida shakllantiriladi. Insonning oilada ko'rgan tarbiyasi undagi ekologik madaniyatning shakllanishiga beqiyos ta'sir o'tkazadi. Zero, qadimdan halqimizda "qush uyasida ko'rganini qiladi" degan naql mavjud bo'lib, bu bevosita farzandning ekologik madaniyati shakllanishida ham ahamiyatga ega. Ota-ona va oiladagi navqiron insonlarning tabiiy resurslar, suv, havo, tuproq, oziq-ovqat va h.k.larning inson hayotida tutgan o'rni, ularni qadrlash va toza-ozoda tutish kerakligi haqidagi tarbiyaviy pand-nasihatlari bolalarda ongsiz ravishda ushbu resurslarga bo'lgan ezgu munosabatini, ularning umri davomida asosiy postulat vazifasini o'tovchi ekologik madaniyatning amaliy in'ikosi sifatida qoladi.
Ekologik madaniyat bu umumiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib, insonning tabiiy muhit bilan aloqaga kirishiuvchi tafakkuri va faoliyatida aks etadi.
Falsafada madaniyatga insonning ijtimoiy me'yorlar, ma'naviy qadriyatlar tizimida hayotiy faoliyatini tashkillashtirish va rivojlanishining hamda moddiy va
ma'naviy mehnat mahsullarida aks ettiriluvchi o'ziga xos usuli sifatida qaraladi. Bu faoliyat insonning insonlarning tabiatga, bir-biriga va o'z-o'ziga munosabatida namoyon bo'ladi.
Madaniyat va faoliyat birgalikda dialektik birlikni tashkil qiladi. Faoliyat madaniyatni yaratadi va unga hayot baxsh etadi. Madaniyat bo'lsa, ushbu faoliyatni tashkillashtiradi va nazorat qiladi, uni amalga oshirish usullariga, samaradorligiga va uni takomillashtirishning taxminiy yo'lllari va yondashuvlarga aniqlik kiritadi.
Madaniyat bu faoliyatning, uning sifati va samaradorligini belgilovchi o'ziga xos mezonidir. Faoliyatning sifat ko'rsatkichi tariqasida madaniyat tafakkur va hatti-harakat usuli bo'lgan holda o'z ichiga faoliyat va uning natijalariga bo'lgan munosabatni, ya'ni foliyatga nisbatan qadriyatlarga asoslangan me'yoriy munosabatni mujassamlashtiradi. Madaniyatning tabiat, jamiyat va shaxs bilan aloqasi o'z ichida faoliyatga asoslangan va qadriyatlarga asoslangan aspektlari mavjud [1].
Shunday qilib, madaniyat ma'lum bir aspekt doirasida insonning ijtimoiy faoliyatini tavsiflaydi, ushbu faoliyatning insonning shaxs sifatida shakllanishi, kamol topishi va uning asosini tashkil qiluvchi kuchlarning, ya'ni jamiyat tomonidan tashkil toptirilgan sub'ektiv imkoniyat va ehtiyojlar ko'rinishidagi ijtimoiy sifatlarining taraqqiy etishi va yuzaga chiqishi qanchalik qo'l kelishiga aniqlik kiritadi. Keltirilgan madaniyat ta'riflarida va uning o'ziga xos jihatlari muhokamasida madaniyatni tabiat bilan qarama-qarshilikda ta'riflash kuzatiladi. Zero, inson madaniyatining namoyon bo'lishi inson tafakkuri mahsullarining tabiat va atrof-muhitda qoldirgan izida aks etadi. Biroq inson madaniy ko'nikmalarni faqatgina tabiiy muhitga ta'sir o'tkazish va sun'iy muhit yaratish bilangina rivojlantirmagan. Aksincha, inson o'z mavjudligining butun tarixi davomida u yoki bu tabiiy muhitda istiqomat qilgan holda undan ko'p narsalarni o'rgangan.
Bugungi kunda yuksak madaniyat va ekologik madaniyatning yaqqol namoyon bo'lishi ularning ijtimoiylik va tabiiylikdan farqlanish darajasida emas balki ularning hamohangligida deb qaralmoqda. Bu hamohanglik orqali tabiat kishining insoniy borlig'iga aylanuvchi, tabiatni asrash bo'lsa jamiyat va odamni tur sifatida saqlanib qolishiga imkon yaratuvchi tabiiy ijtimoiy tizimni tashkil qiluvchi, tabiatdagi va jamiyatdagi muvozoanatga erishish imkonini beradi.
Ekologik madaniyatning mazkur tahlil doirasida shuni ta'kidlab o'tish kerakki, umumiy madaniyatdan ekologik madaniyatni ajratib ko'rsatish ilmiy xarakterga ega. Aslida madaniyat bo'linmas va bir butun hodisadir.
Madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan ekologik madaniyat ma'lum bir jamiyat madaniyatining komponenti sanalib, o'z ichiga insonning tabiatga ta'siri, tabiatni ma'naviy-moddiy o'zlashtirish vositalari (bilim, dunyoqarash, madaniy an'analar, qadriyatlar va h.k.) majmuidir.
Shuni narsani qayd etish kerakki, ekologik madaniyat tushunchasi ilmiy doiralarga nisbatan yaqin o'tmishda kirib kelgan va shu sababli hali hanuz
ekologik madaniyat tushunchasining umumiy qabul qilingan ta'rifi va tavsifi mavjud emas. Quyida ekologik madaniyatning asl mohiyatini, bizningcha, imkon qadar to'g'ri aks ettiruvchi ta'riflarini keltiramiz.
B.T.Lixachevga ko'ra ekologik madaniyatning mazmun-mohiyatini ekologik taraqqiy etgan ong, emotsional-psixik holat va utilitar amaliy faoliyatning yakdilligi va birligida aks etadi.
V.K. Nazarov fikricha ekologik madaniyat orqali insoniyat tabiat va atrof-muhitga shunday ta'sir o'tkazadiki, ushbu ta'sir orqali insonning yuqori sifatli hayot tarziga bo'lgan ehtiyoji qondiriladi va mos ekologik ong, tafakkur, xulq -atvor orqali avloddan avlodga tabiatga oqilona munosabatda bo'lish g'oyalarini o'tkazib boradi.
Rus olimi Yu.I.Zelesskaya ekologik madaniyat shakllanishida ta'lim va tarbiyaning ahamiyatiga urg'u berar ekan unga ma'lum bir maqsadni ko'zda tutuvchi ekologik ta'lim va tarbiya mahsuli sifatida ta'rif beradi va shaxsda ekologik madaniyatning mavjudligini uning ekologik tarbiyalanganlik darajasi bilan bog'laydi.
V.A. Sitarov va V.V. Pustovoytov ekologik madaniyatni inson faoliyatining axloqiy-madaniy jabhasi sifatida ta'riflab, ushbu jabha insonning tabiat bilan o'zaro munosabatini belgilaydi hamda o'z ichiga o'zaro bog'liq bo'lgan unsurlarni: ekologik ong, ekologik munosabat va ekologik faoliyatni oladi. Bunda asosiy unsur sifatida ekologik madaniyatni ijtimoiy ong va, xususan, shaxs darajasida rivojlantirishga mas'ul bo'lgan ekologk institutlar chiqadi.
Ushbu ta'rifga faqatgina bir shart bilan qo'shilish mumkin, ya'ni ekologik madaniyat inson hayotining faqatgina axloqiy-ma'naviy jabhasini qamrab olibgina qolmay balki uning amaliy jihatlarini ham o'z ichiga olishi lozim.
Shunday qilib, zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ekologik madaniyatning ikki aspekti: moddiy (insoniyatning tabiat bilan o'zaro munosabatga kirishishining barcha shakllari) va ma'naviy (ekologik bilim, ko'nikma, malaka va qarashlar) ajratiladi.
Ayrim mualliflar ekologiya, ekologik madaniyat va madaniyatga bag'ishlangan ishlari orqali ekotizimning insoniyat rivojida tutgan o'rni, insonning ekotizim taraqqiyotida tutgan o'rnini izohlab o'tishgan va insonning tabiat bilan o'zaro munosabati amalda qanday namoyon bo'lishini tushunirib berishgan.
Ekologik antropologiya nuqtai nazaridan yondashuvchi olimlar fikriga ko'ra, inson ekotizimning ajralmas qismi hisoblanadi va insonning ekotizimga nisbatan munosabati, uning atrofmuhit va ekotizimni tushunishi uning o'zining rivojlanishiga ta'sir o'tkazadi. Shuningdek, mualliflar ekologik madaniyat, atrofmuhit bo'yicha voqiflik va atrof-muhit ekologik degradatsiyasi keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan havf-xatarlarni muhokama qilishadi.
Biologik-antropologiya nuqtai nazaridan frantsiyalik antropolog olim Jorj Olive inson va tabiat o'rtasidagi munosabatni muhokma qilar ekan madaniy atrof-muhitni odamlar va tabiat, odamlar va jamiyat hamda odamlar va odamlar
o'rtasidagi munosabatlarni o'z ichiga oluvchi madaniy kenglik ekanligini isbotlashga urinadi. Olivega ko'ra ekologik madaniyatga insonning tabiatdagi roli yoki tabiatning inson hayotidagi o'rni sifatida qaralishi mumkin. A.Bleyk o'z ishida insonning tabiat bilan o'zaro munosabatiga ekologik antropologiya nuqtai nazaridan baho beradi.
Ko'plab tadqiqotchilar ekologik madaniyat haqidagi bazaviy qarashlarini keltiradi. Ularga ko'ra insoniyatning barqaror rivojlanishi uchun insonlarda ekologik madaniyatni rivojlantirish global ekologik muammolarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu mualliflar o'z ishida insonning tabiat bilan o'zaro munosabati tarixini tizimli ravishda o'rganish orqali ushbu munosabatning barqaror rivojlanishga qanchalik ta'sir o'tkazishini isbotlashga urinadi. Shu bilan birga ushbu tadqiqotchilar inson va tabiat o'rtasidagi munosabat yo'nalishi, munosabatdan ko'zlangan maqsadlar nimadan iborat bo'lishi kerakligini ko'rsatib o'tishadi[3].
Turli davrlarda olimlar tomonidan ekologik madaniyat nazariyalari haqida qarashlar shakllantirilgan va ekologik madaniyatning jamiyat barqaror taraqqiyotida tutgan o'rni va ahamiyati haqidagi qarashlar keltirilgan. Ba'zi mualliflar ekologik madaniyat muammosini nazariy jihatlarini iqtisodiy rivojlanish muammolarida inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatning tutgan o'rni nuqtai nazaridan tadqiq qilishgan.
Madaniyat kontsepti turli nuqtai nazarlardan o'rganilishi mumkin. Hozirgi paytda "madaniyat" tushunchasining 400 ga yaqin definitsiyasi mavjud bo'lib, har bir madaniyatni ta'riflashga bo'lgan intilish ortida ma'lum bir ratsional nuqtai nazar yotadi. Shu jihatdan, madaniyat tushunchasiga turli aspektlarni inobatga oluvchi to'liq, yakdil ta'rif ishlab chiqilmagan. Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda "madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi mobaynida inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy qadriyatlar majmui bo'lib, ijtimoiy rivojlanish maxsulidir".
Tilimizdagi "madaniyat" so'zining etimologiyasiga e'tibor beradigan bo'lsak, "madaniyat" (arabcha - madinalik, shaharlik, ta'lim-tarbiya ko'rgan) asl ma'nosi tabiat bilan va insonlarning o'zaro munosabatida namoyon bo'luvchi inson faoliyatining o'ziga xos usulini anglatishini ko'rishimiz mumkin. Madaniyat so'zi dastlabki ma'nolarida odamzodning tabiatga ta'sirini, masalan, yerga ishlov berishini, unga o'z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'zgartirish kiritishi ifodalagan bo'lsa, keyinchalik madaniyat so'zi tarbiyalash, o'qitish ma'nolarini kasb eta boshlagan. Keyingi davrlarda madaniyat deganda insoniyat tamadduniga oid faoliyat turlari va ularning natijalari tushunila boshlagan.
Rus va boshqa ko'plab g'arbiy tillarga qaraydigan bo'lsak madaniyat so'zi "kultura" (rus.), "culture" (ingl.), "culturae" (fra.) so'zlari bilan ifodalanadi. "Culture" so'zining (lotincha - o'stirish, kultvatsiyalash) ma'nosi ham birinchi navbatda yerga ishlov berish, unga insonning o'z manfaati yo'lida foydalanish uchun o'zgartirish kiritishi ma'nolarini anglatganini ko'rishimiz mumkin. Ikkala holatda ham anglashinadiki, "madaniyat" va "kultura" so'zlari etimologik
jihatdan bir-biriga juda yaqin ma'noga ega. Ya'ni insonning bevosita tabiatga ta'sir o'tkazishi va unga o'z manfaatini ko'zlagan holda o'zgartirish kiritishini anglatadi. G'arbda "kultura" so'zining insoniyat tsivilizatsiyasining intellektual hususiyati ma'nosida qo'llana boshlashi 19-asrga borib taqaladi [1]
Ekologiya so'zining etimologiyasiga qaralsa, Grekcha "oikos" so'zidan olingan bo'lib, uy, qo'rg'on, barcha mavjudotlar istiqomat qiladigan joy va shuningdek insonni o'rab turgan atrofmuhit ma'onsini beradi. Ekologik muhit deganda tabiiy atrof-muhit ham anglashinib, barcha tirik mavjudotlar yashovchi muhit va barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi sharoitlar tushuniladi. Ekologik muhit noorganik elementlar (havo, tuproq, suv, resurslar va b.), organik elementlar (mikroorganizmlar, hayvonlar, o'simliklar va b.) va odamzodni o'z ichiga oladi. Ekologik muhitda elementlar bir-biri bilan doimiy o'zaro munosabatda bo'lib, ular o'rtasidagi munosabat dialektik xarakterga ega va ekologiyaning asosiy qoidalarini tashkil qiluvchi qonuniyatlar asosida kechadi. Ushbu ekotizimda insonlar tug'iladi, yashab qoladi va rivojlanadi va faqat insongina, boshqa tirik jonzotlardan farqli ravishda, ushbu ekotizimga uning elementlarini bir joydan boshqasiga ko'chirish, bir shakldan boshqasiga o'tkazish va ularning umuman izsiz yo'qolib ketishi darajasigacha ta'sir o'tkaza olishi mumkin[1]
Madaniyat tabiatdan farq qilmaydi aksincha tabiatdan ajralmagan holda mavjuddir. Agar madaniyat insonning ijtimoiy rivojlanishi darajasi mahsuli bo'lsa, inson tabiat mahsuli va ijtimoiy aloqalarning dinamik sub'ektidir. Tabiat insoniyat rivojining boshlang'ich nuqtasi va rivojlanishini harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Tabiat nafaqat yashash uchun foydalanish mumkin bo'lgan mahsulot bo'libgina qolmay, balki inson madaniy faoliyatining asosiy vositasi va sharti hamdir. Inson va tabiat o'rtasidagi birlik mahalliy o'ziga xoslikni, tarix va hattoki ma'lum ijtimoiy tashqi ko'rinishni aks ettiruvchi madaniy yoshni yaratadi.
Xulosa. Shunday qilib, madaniyat bu birinchi o'rinda inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatdir. Tabiat insoniyat yaralishining nafaqat boshlang'ich nuqtasi, balki u yashab qolishi uchun zarur bo'lgan muhit, shart -sharoit hamdir. Tabiatsiz inson o'zining jismoniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababdan odamlar iste'mol uchun mahsulot yaratish maqsadida birlashganda ular ushbu mahsulotga madaniy ma'no ham baxsh etadilar.
Bundan anglash mumkinki, ekologik madaniyat inson faoliyati davomida uning tabiat bilan o'zaro munosabatida namoyon bo'ladi. O'zining ko'p asrlik hayoti davomida insoniyat taraqqiy etmagan ekologik madaniyat bilan yashashga, ekologik axloq va ekologiyani asrab-avaylashga yo'naltirilgan faoliyatsiz yashashga o'rganib qoldi.
Yana shu narsa alohida e'tibor berish kerakki, ekologik madaniyat ekologik ong va hulq-atvorning barchasini qamrab olmaydi, aksincha yillar davomida ildiz
otgan olomonga xos bo'lgan ekologik ong va hatti-harakatlami o'z ichiga olib kelgan.
Ekologik madaniyatning ma'naviy asl mohiyatida, boshlanishida ekologik ong yotadi. Ekologik madaniyat jamiyat, ijtimoiy guruh, shaxs ekologik ongi taraqqiy etishining ma'lum bir darajasida 2 xil shaklda ro'yobga chiqadi: 1) g'oyalar, iedallar, qarashlar, tasavvur, maqsad, qadriyat, me'yyor, an'ana, namuna va stereotiplarni o'z ichiga oluvchi nazariy bilimlar; 2) o'z ichiga his -tuyg'u, emotsiyalar, qarash, ko'rsatmalarni oluvchi va nazariy hamda kundalik ongni oluvchi ongning ijtimoiy-psixologik unsurlari[3]
Ekologik ong atamasi odatda «inson - tabiat», tizimidagi, tabiatning o'zida kechuvchi hamda insonning tabiat bilan o'zaro munosabatga kirishishga mos strategiya va texnologiyalari majmuini anglatadi. Ekologik ong va uning shakllanishi ekologik madaniyatning ijtimoiy-psixologik aspektini tashkil qiladi.
Shunday qilib, antropologik faoliyatga ekologik imperativ tomonidan ilgari suriluvchi qat'iy cheklovlarga amal qilishni orqali ekologik xalokatning oldini olishga, jamiyat va tabiat o'rtasidagi hamjihat taraqqiy etish sari va noosfera davriga o'tish mumkin. Buni yangi ekotsentrik ekologik madaniyatsiz - yangi dunyoni anglashning yangi ekotsentrik yondashuvisiz hamda inson faoliyatining yangi tabiat uchun zararsiz usul va vositalarisiz - yangi axloq, ma'naviyatsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Mavjud ideallar va qadriyatlar, ya'ni gumanizm, demokratiya, erkinlik va tenglik singarilar yangicha mazmun, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish tamoyillari bilan mazmunan boytilmog'i lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Айдаров Е.В., Худойкулов Х.Ж. Экологическое воспитание школьников // Высшая школа научной исследований Москва. ИССН 2409- 1677. Феврал 2019.
2. Духонина Е. А., УСОВА Н. В. Формирование экологической культуры младших школьников в процессе освоения основ конструкторской деятельности //Интеграция науки и образования в XXI веке: Психология, Педагогика, Дефектология.
3. Залесская Ю.И. Управление процессом формирования экологической культуры личности // Юраванне ы адукацьи. - 2008. - №4.
4. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo'ljallangan rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari "Harakatlar strategiyasi"- T.: "O'zbekiston". 2017.
5. Tovbayev, G. Z. (2022). GLOBAL EKOLOGIK MUAMMONI HAL QILISH YO 'LLARI. Экономика и социум, (5-2 (92)), 279-283.