Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4499
379
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ekologik tuyg'u / ekologik idrok / ekologik tasavvur / ekologik ong / ekologik bilim / ma'lumot / ko'nikma / odatlar / ekologik madaniyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dildora Iskandarovna Tosheva

Ushbu maqolada ekologik xavfsizlik va talabalar uchun ekologik ta'lim mazmuni haqida ma'lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA EKOLOGIK TARBIYANI

SHAKLLANTIRISH MAZMUNI

Dildora Iskandarovna Tosheva

Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ekologik xavfsizlik va talabalar uchun ekologik ta'lim mazmuni haqida ma'lumot berilgan.

Tayanch so'zlar: ekologik tuyg'u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik ong, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, odatlar, ekologik madaniyat.

Kirish. Ekologik xavfsizlik muammosi nafaqat milliy va mintaqaviy, balki butun insoniyatning umumbashariy muammosidir. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob - tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» -deb ta'kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «Yer va er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligidan dalolat beradi. Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. Yer kurrasida insonning farovon yashashi endi ekologik muammolarni yechishga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Asosiy qism. Ekologik muammolaming ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda, aholiga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik savodxonlik va madaniyat ta'lim-tarbiya muassasalari va oilada amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv - tabiat in'omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Maktabda o'quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma'lumotlarni berib borish o'qituvchilarning asosiy vazifasi bo'lmog'i darkor. Atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi ma'lum. Inson bilan tabiat o'rtasidagi muammolarni yechish zaruriyati tug'ildi. O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. Ayniqsa, umumta'lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishish zarur. Ta'lim muassasalarida ekologik tarbiya berish mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: -atrof-muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri; -tabiat va uning ahamiyatini anglash; -tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi; -o'z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o'simliklarni ham parvarishlashga qiziqtirish; -oiladagi, maktabdagi tabiatni, o'simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; -yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish. «Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo'yicha quyidagi tadbirlar belgilangan: "Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ota-bobolarimiz azalazaldan tabiatga yuksak mehr ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chalarni, hovlilarni sarishta qilishgan." Bundan ko'rinadiki, azaldan tabiatga munosabat milliy qadriyatlarimiz bilan uyg'unlashib ketgan. Maktab o'quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: -tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog'lanish; -tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish; -atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash; -tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.

Xulosa. Umuman, maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim-tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa, uning samaradorligi ta'minlanadi: ekologik his-tuyg'u,

ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, malaka, odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolganligi o'quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham, tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko'p darajada foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o'zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o'zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ekologik tarbiyada insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatlari tarbiyalanib, o'quvchilar ongiga yoshligidan singdirib boriladi. Ekologik ta'lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Mamashokirov S. «Ekologik barkarorlik omillari» Tafakkur jurnali, 2005 yil, 1- son.

2. Falsafa tarixi. T.: O'zbekiston Faylasuflari Milliy Jamiyati, - 139 b.

3. Тошева Д. И., Жамолова Г. К. ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 19. -С. 46-51.

4. Тошева Д. И., Очилова М. О. Методология Ходжа Бахоуддина Накшбанда и ее социальное-педагогическая сущность //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 4-4 (91). - С. 17-18.

5. Тошева Д. И., Тошева Д. И. Педагогические условия экологического воспитания на уроках экологии в высшем образовании //Academy. - 2020. - №. 6 (57). - С. 88-89.

6. Тошева Д. И. Обучение учащихся начальных классов рациональному использованию природных ресурсов //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 4-4 (91). - С. 19-20.

7. Tosheva D. I. PLANTS AND THEIR ROLE IN HUMAN HEALTH. - 2021.

8. Tosheva D. I. EKOLOGIK TARBIYALASHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5.

9. Tosheva D. I., Zokirov S. S. O. G. L. OILA HUQUQI //Scientific progress. - 2021. -Т. 2. - №. 8. - С. 490-493.

10. Iskandarovna T. D. Immatcheness is the key to the development of retinopathy of the disabilities //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2019. - Т. 9. - №. 3. - С. 73-76.

11. Абдуллаев К. Ф., Жураев Б. Т. Формирование правильной осанки ребенка в семье //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 21-3 (99). - С. 30-33.

12. Жураев Б. Т. Социально-духовное развитие студентов //Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. - 2019. - С. 22-23.

13. Жураев Б. Т. Деятельность педагога по гуманизации учебно-воспитательного процесса //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

14. Жураев Б. Т. Гуманизация дидактических отношений между учителем и учащимся в педагогических идеях Востока //VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". - 2018. - С. 120-122.

15. ОЛИМОВ Ш. Ш., ХОДЖИЕВА М. Ш. Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе //Молодежь и XXI век-2020. - 2020. - С. 228-231.

16. Олимов Ш. Ш. Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в системе образования //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

17. Олимов Ш. Ш., Сайфуллаева Н. З. Основные принципы развития духовно-нравственного мировоззрения у студентов //Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования. - 2015. - №. 5 (10). - С. 45-51.

18. Olimov S. S. et al. The innovation process is a priority in the development of pedagogical sciences. - 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.