Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA MUSTAHKAM BILIMLARNI EGALLASH UCHUN ZARUR BO’LGAN PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR'

TA’LIM JARAYONIDA MUSTAHKAM BILIMLARNI EGALLASH UCHUN ZARUR BO’LGAN PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

351
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / faollik / o’qituvchi / tinglovchi / psixologik / xususiyatlar / qobiliyat / xotirada / zo’riqish / assosiativ / differensial / motivasiya / iroda.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jamshid Narziyevich Yadgarov

Ushbu maqola o’zidaO’zbekiston Respublikasi Prezmdenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 30 sentyabr “O’qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlab o’tkazilgan marosimdagi nutqlarida belgilangan vazifalar, ta’lim jarayonida interfaol usullar shuningdek, innovasiyalardan keng foydalanish, rivojlangan xorij davlatlarining oliy o’quv yurtlari va yurtimizdagi ilg’or bilim yurti maskanlari tajribasi asosida ta’lim samaradorligini oshirishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalyotga tadbiq etishga bag’ishlangan psixologik ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni mujassam etgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA MUSTAHKAM BILIMLARNI EGALLASH UCHUN ZARUR BO’LGAN PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-444-447

TA'LIM JARAYONIDA MUSTAHKAM BILIMLARNI EGALLASH UCHUN ZARUR BO'LGAN PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR

Jamshid Narziyevich Yadgarov

O'R QK Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi boshlig'ning o'rinbosari,

podpolkovnik

ANNOTASIYA

Ushbu maqola o'zidaO'zbekiston Respublikasi Prezmdenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 30 sentyabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuniga bag'ishlab o'tkazilgan marosimdagi nutqlarida belgilangan vazifalar, ta'lim jarayonida interfaol usullar shuningdek, innovasiyalardan keng foydalanish, rivojlangan xorij davlatlarining oliy o'quv yurtlari va yurtimizdagi ilg'or bilim yurti maskanlari tajribasi asosida ta'lim samaradorligini oshirishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalyotga tadbiq etishga bag'ishlangan psixologik ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni mujassam etgan.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, faollik, o'qituvchi, tinglovchi, psixologik, xususiyatlar, qobiliyat, xotirada, zo'riqish, assosiativ, differensial, motivasiya, iroda.

KIRISH

Hozirgi zamonaviy ta'lim jarayonlarini hayotda amalga oshiradigan, uni jahon andozalariga mosligini takomillashtiradigan subyektlar-bular alohida shaxslar bo'lib, ularning induvidual hamda guruh muhitidagi faolliklari, munosabatlari tizimi, ustanovkalari, o'z mehnatlariga subyektiv munosabatlari, faoliyatdan qoniqishlari hamda faoliyat samaradorligi haqidagi tasavvurlari, hissiyotlari yetakchi o'rinda turadi. Bu keltirilgan barcha omillar esa, o'z navbatida, ijtimoiy-psixologik ekanligi esa shak-shubhasizdir. Ayniqsa, hozirgi yangi O'zbekistonning ta'lim jarayoniga yangi andozalarni joriy etishni amalga oshirilayotgan sharoitda ta'lim dargohlarining mustaqilligi va o'z mutaxassislik faniga egalik qilish psixologiyasining takomillashuvi, ularni shakl-shamoyillarining ko'payib borishi-bularning barchasi insonning ta'limga yangicha yondoshuv munosabatlarining obyekti va subyekti sifatida ijtimoiy mavqyeini o'zgartirib yubormoqda. Bu o'rinda ayniqsa, mehnat samaradorligi ta'minlovchi omillardan biri bo'lgan odamlarning bir-birlariga ijtimoiy psixologik ta'sir masalasini o'rganish, ta'lim berishni ta'lim oluvchilarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib oddiy munosabatlardagi ta'sirchan va samarali usullarini qo'llashni ham o'qituvchilarga, ham tinglovchilarga o'rgatish muammosini keltirib chiqarish.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-444-447

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakat taqdiri va taraqqiyoti barcha zamonlarda mutafakkirlar, faylasuflar va ularning faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Shuning uchun, Prezident Sh.M.Mirziyoyev o'zining ko'pgiina nutq va ma'ruzalarida o'qituvchi faoliyatiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda:

"Bugun har bir o'qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta'lim va ilm-fan sohasidagi eng so'ngi ijobiy yangiliklarni o'quv jarayoniga tadbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so'z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg'or vakillari bo'lishlari kerak".

Ayni paytda, jamiyatning turli bo'g'inlarida o'qituvchilar oldida o'ziga xos mas'uliyatli vazifalar paydo bo'lmoqdaki, bu muammolarni bajarishda o'qituvchidan bilimdonlik, psixologik savodxonlik talab etilmoqda. Chunki mas'uliyatli o'qituvchilarning intelektual layoqat va qobiliyatlariga ko'ra saralay oladi, ta'lim jarayonida motivasiyaning eng ta'sirchan vositalaridan foydalana oladi, psixologik ta'sirning samarali usullarini qo'llay oladi. Shuningdek, o'qituvchining ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan bilimdonligi mashg'ulot turlarini samarali tashkil etishida, o'quv guruhlarini shakllantirishida, tinglovchilar soni va sifatiga e'tibor berishida, tinglovchilarning dunyoqarashi keng, professional yetuklik masalalarida savodxon bo'lishida namoyon bo'ladi. Bu jihatlarning barchasi esa, o'qituvchi va tinglovchilarning aynan psixologik yetukligining mezonlaridan hisoblanadi. Hozirgi ta'lim sohalaridagi yuksak rivojlanishlar, yangi pedagogik texnalogiyalarni ta'lim tizimiga keng kirib kelishi davrida barcha urunishlar o'qituvchilar uchun bo'lganligi bois ham bu urunishlarning islohotchisi ham, ijrochisi ham aynan o'qituvchilardir. Shuning uchun, yuqori tajriba va malakaga ega bo'lgan o'qituvchilar bor joyda psixologiya qonunlari amalga oshadi. Ta'lim jarayonini erkinlashtirish va yangicha yondashuvni joriy etish masalalari ham faqat o'qituvchilar omili bilan kechar ekan, demak, ta'lim berish jarayonidagi ayrim muammo va kamchiliklarni hal etishda psixologik bilim va tajriba so'zsiz kerakdir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Yangi O'zbekistonni rivojlantirishning tub jihatlaridan hisoblanmish ta'lim sohasiga yangicha qarashlar bilan yoshlardagi tafakkurni shakillantirish bo'lib, bu aynan o'qituvchi mustaqilligining yangi shakllari barqarorlashuvi jarayoniga kelgusi avlodni psixologik jihatdan tayyorlashni ko'zda tutadi.

O'qituvchi shaxsi o'quv jarayonlarining samarali kechishida markaziy figura hamdir. Shuning uchun, o'qituvchidan qator shaxsiy va psixologik bilimdonlik fazilatlari mavjud bo'lishi talab etiladi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 445 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-444-447

Bunday sifatlar majmuiga quyidagi hislatlarni kiritish mumkin.

Birinchidan, o'qituvchi shaxsi tinglovchilardagi ro'y beradigan psixologik holat va ularning har bir tinglovchi uchun ta'sirini his eta olishi kerak. Bu o'rinda o'qituvchida tabiiy ravishda berilgan ichki intuisiyaning bo'lishi maqsadga muvofiqdir, ya'ni fahm va farosatda boshqalardan ajralib turadigan o'qituvchigini yaxshi boshqaruvchi bo'lishi mumkin.

Ikkinchidan, o'qituvchi turli mashg'ulotlarni turlaridan kelib chiqib o'z vaqtida, tinglovchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda qalbiga yo'l topa olishi, tinglovchilarga vazifalarni taqsimlashda usta bo'lish, ularning qobiliyatlari va mas'uliyat ko'rsatkichlarini hisobga olish, qo'yilgan vazifalarni bajarilish sur'atlarini nazorat qila olish kerak.

Uchinchidan, tavakkal qila olish, ya'ni ikkilanish, havotirlanish vaziyatida ham zarurimkoniyatlarni topa bilish, bunda cho'chimaslik, qat'iylik namoyon etish. Masalan, jahon tajribasidan ko'rinadiki, yaponlar har bir sohada boshqaruvining bir xislati shundayki, qabul qilinadigan qarorlar natijasi qanday bo'lishidan qat'i nazar uni sinab ko'rishar ekan. Agar shu jarayonda natija ko'ngildagidek bo'lmasa, o'shani ham natija "ko'rsatkich" sifatida qarar ekanlar. Bu o'rinda juda katta tavakkalchilik jasorati borligi ko'rinadi.

To'rtinchidan, avtoritet, ya'ni obro'-e'tibor sohibi bo'la olish, o'quv jarayoniga munosabati, mas'uliyati, irodaliligi, mashg'ulot turlariga yuqori saviyada tayyorgarligi bilan e'tibor qozonishi kerakdir. Zero, avtoritetli o'qituvchi boshqalarga ataylab taziyq yoki ta'sir etmaydi, so'zi, harakati va munosabati bilan ham tinglovchilarga ta'sir ko'rsataveradi.

Pedagogik ta'lim texnalogiyalarining psixologik-pedagogik takomillashuvi:

-matnni yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o'tish, ya'ni xotirada o'zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o'tish;

-bilimning assosiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga o'tish;

-tinglovchiga yo'naltirilganlikda o'qitishning differensiallangan va individuallashtirilgan dasturlariga o'tish;

-tinglovchining tashqi motivasiyasidan ichki ma'naviy irodani shakillantirish orqali namoyon etadi.

Emosional zo'riqishning namoyon bo'lishi va shakillanishi muddatiga ko'ra uchta darajasini ajratish mumkin. Zo'riqishning psixologik ko'rinishlariga quyidagilar kiradi:

Kuchsizlanishni his etish. Inson pedagogik faoliyati vaqtida ham o'z ish qobiliyati pasayayotganligini sezadi. O'ziga ishonchsizlik ishni kerakli tarzda davom ettira olishga kuchi yetmasligini sezadi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 446 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-444-447

Sensor sohasida buzilish sezgirlikning pasayishi ko'rinishida uzatiladi. Bular faoliyat yuqori darajada qo'llaniluvchi analizatorlarda paydo bo'ladi. Agar inson to'xtovsiz o'qisa, uning ko'zida yozuv qatorlari to'lqinlana boradi.

Xotira va tafakkur buzilishi ham ish bilan bog'liq sohada yuzaga keladi. Fikrlash jarayonlari asosan aqliy ishdan toliqishda buziladi, ammo inson jismoniy ishda aqliy mo'ljal olish va tasavvur qilish pasayishidan arz qilmaydi.

Zo'riqishda qaror qabul qilish o'zini tuta bilish va o'zini nazorat qilish, matonatlilik pasayadi, irodaviy jarayonlar buziladi.

Faollik pasayadi, himoya qiluvchi tormozlanish sifatida uyqu paydo bo'ladi. Zo'riqishning keltirib o'tilgan belgilari uning kuchiga bog'liq ravishda ko'rinadi.

XULOSA

Bu keltirilgan sifatlar nafaqat o'qituvchining, balki tinglovchining shaxs sifatida ta'lim jarayonida samarali ishtirokiga yordam beradi. Shuning uchun har bir kishi bu fazilatlarni o'zida tarkib toptirib borishi zarurdir. Zero, ta'lim berishda erkinlikka amal qilish, ko'zlangan natijani amalga oshirish, ta'lim berish va olish sharoitida ko'rinadigan ijtimoiy, iqtisodiy, o'quv moddiy negizlari va barcha muammolarning hal etilishi inson tafakkuri va shuuri bilan bog'lik ekanligini hamda ta'lim jarayonlarida o'qituvchi va tinglovchilarning psixologik savodxonligi zarur ekanligini doimo yodda tutishimiz kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017.

2. Davletshin M.G., To'ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. - T.: 2002.

3. Azizxo'jayeva N.N. PT va pedagogik mahorat. -T.: TDPU, 2013.

4. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. 1-qism. Ma'ruzalar matni.- T.: TDIU, 2005.

5. G'oziyev E. Umumiy psixologiya. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.