Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1087-1091
OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINING KASBIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI
Aziza Farxadovna Xamrayeva
JDPI o'qituvchi Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Oliy ta'lim muassasasida kasbiy pedagogik tayyorgarlik tizimining formal tuzilmasi o'qituvchilar, ta'lim vositalari, talabalar hamda o'qitish texnologiyalari majmuasidan iborat bo'ladi.Ushbu maqolada pedagoglarning kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning axamiyati xaqida so'z borgan.
Kalit so'zlar: kasbiy pedagogik tayyorgarlik, ijodkorlik, izlanuvchanlik,fidoiylik , kasbiy kompetentlik, pedagog, o'qitish texnologiyalari, kasbiy-pedagogik faoliyati.
ABSTRACT
The formal structure of the system of professional pedagogical training in higher education consists of a set of teachers, teaching aids, students and teaching technologies. This article discusses the importance of developing the professional competence of teachers.
Keywords: professional pedagogical training, creativity, inquisitiveness, dedication, professional competence, pedagogue, teaching technologies, professional pedagogical activity.
KIRISH
Jahon talablariga mos keluvchi raqobatbardosh,malakali kadrlar tayyorlashga,kelajak avlodni yuksak ma'naviyatga , ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan o'zgarishlarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, milliy qadriyatlarimiznning mohiyatini chuqur anglab yetadigan barkamol shaxslarni tarbiyalash yoTida faoliyat olib boruvchi o'qituvchi ijodkorlik, izlanuvchanlik,fidoiylik naminalarini ko'rsatishi lozim. Shuningdek o'qituvchida ham mahorat va san'at bo'lishi kerakki, u o'quvchilarni o'ziga jalb eta olishi,darsini qiziqarli qilib o'tishi va o'quvchiga bilim va tarbiya bera olishi kerak. Hozirgi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri o'quvchilarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan turli tipdagi malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1087-1091
mustaqil o'rgatish, mustaqil ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, kozda tutilmagan noaniq,yani , muammoli vaziyatlar vujudga kelganda ish beradigan malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarni kundalik turmushi jarayonida qo'llay oladigan xususiyatlarni egallashni tarbiyalashdan iboratdir . O' quvchilarda bu xususiyatlarni tarbiyalashda, ayniqsa,ona tili va adabiyat faniga oid bilim, konikma va malakalarning dars jarayonida singdirish bilan birgalikda ularda kompetensiyalarni ham shakllantirilishi lozim.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA
Oliy ta'lim muassasasida kasbiy pedagogik tayyorgarlik tizimining formal tuzilmasi o'qituvchilar, ta'lim vositalari, talabalar hamda o'qitish texnologiyalari majmuasidan iborat bo'ladi. Oliy ta'lim muassasasida o'qituvchilarni kasbiy pedagogik kompetentligini shakllantirish quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi: bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishning asosiy maqsadi davlat ta'lim standartlariga muvofiq mazkur, ya'ni gumanitar soha pedagogika ta'limi yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan muayyan fan g'oyalariga ko'ra yetuk, malakali kadrlarni tayyorlashdir. Davlat ta'lim standartida bitiruvchi o'zining kasbiy-pedagogik faoliyatida o'qituvchilik, tarbiyachilik, o'quv-metodik ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot vazifalarida faoliyat olib borishi ko'zda tutilgan. Malakali mutaxassisni tayyorlashda, ya'ni tayanch, kasbiy-pedagogik xamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda ta'lim mazmuni (DTS va o'quv reja, dasturlar), shakli, metodi, vositalari (darsliklar, elektron axborot ta'lim resurslari va boshqa didaktik materiallar, o'quv va metodik qo'llanmalar, laboratoriya jihozlari va hokazolar) va talim texnologiyalari (ta'lim metodlari, tashkiliy shakllari va boshqalar)dan foydalanib o'quv-tarbiya jarayoni tashkil etiladi hamda kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish va auditoriyada ideal sharoitda olingan nazariy bilimlar hamda amaliy ko'nikmalarni real sharoitda tajribadan o'tkazish maqsadida malakaviy amaliyot tashkil etiladi. Pedagogik fanlarni o'rganish jarayonida (faol, kontekstli ta'limning turli shakllarida) va tadqiqot ishi natijalariga ko'ra talabalarning refleksiv amaliyoti faktlar, material, ta'lim jarayonida o'zaro faoliyat jarayoniga nisbatan emotsional hissiy-qadriyat va baholash munosabatlarini aniqlash maqsadida tashkil etiladi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1087-1091
NATIJALAR
Kasbiy kompetentlikning tabiatini nazariy tahlil qilish, uning mazmunini modellashtirish, oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi kontseptsiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan gipotezani xar tomonlama asoslashga ytish imkonini beradi. Eksperimental nuqtai nazardan, gipotetik jihatdan oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi texnologiyasi uni loyihalash va amalga oshirishning asosida quyidagilar qo'yilgan bo'lsa, samarali bo'ladi:
- talabalar va amalda ishlaydigan xodimlarning pedagogik fanlarni o'rganish jarayonida sifat etaloni asosida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning o'zini baholash va refleksiv tashxisining mazmunga mos tegishli adekvat shakllari;
- maqsadlar shajarasini daraxtini qurish mantig'ida pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik asoslarini amalga oshirish orqali boshqaruvning darajalari, maqsad orientirlari (strategik, taktik, operatsion), bosqichlari va va motivatsion dasturli-maqsadli boshqaruv dasturlarini boshqarish va amalga oshirishning o'zaro aloqasi.
Shu maqsadda oldimizda quyidagi vazifalarni hal qilish vazifasi turibdi:
- eksperimental dastur ishlab chi?ish;
- oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi ishlab chiqilgan texnologiyasi samaradorligini tekshirish uchun maxsus tashkil etilgan empirik tadqiqot o'tkazish;
- olingan eksperimental ma'lumotlarning haqqoniyligini, erishilgan natijalarning ishonchliligini va qo'llanilgan usullarning validligini asoslash.
MUHOKAMA
Pedagog barcha vaziyatlarda ham o'z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi
uchun doimiy ravishda o'z bilim va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalari, ilg'or xorijiy pedagogik tajribalar, metod va usullarni
muntazam o'rganib, pedagogik kasbiy bilim va ko'nikmalar hamda shaxsiy sifatlarga
ega bo'ladi va uning amaliy faoliyati davomida zarur kompetensiyalari rivojlanadi .
Har qanday ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning metodologiyasi tanlab olinadigan
g'oyalar, nazariya va yondashuvlar asosida o'rganiladigan hodisa va jarayon
mohiyati talqin qilinishida o'z ifodasini topadi, obyekt to'g'risidagi tasavvurlar
modellashtiriladi, uni samarali rivojlantirishning mexanizmlari, vosita va pedagogik
shart-sharoitlari aniqlanadi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1089 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 10 \ 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1087-1091
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan aloxida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki xar bir mustakil yuna- lish buyicha integrativ bilimlar va xarakatlarning o'z lashtiri- lishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muxim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lu-motlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi xolatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:
- murakkab j arayonlarda va noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda; -kutilmagan vaziyatda xarakat rejasiga ega bo'la olishda Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis eng avvalo:
- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi xamda yangi axborotlarni uzlashtiradi;
- davr talablarini chukur anglaydi va yangi bilimlarni izlab topadi;
- ularni kayta ishlaydi va uz amaliy faoliyatida samarali qo'llay oladi ;
XULOSA
Zamonaviy ta'limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o'z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Ta'lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadindesak mubolag'a bo'lmaydi.
REFERENCES
1. Axmedjanov M.M., Xo'jaev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat- Buxoro Davlat universiteti, 2014
2. Zimnyaya I.A.Klyuchevie kompetensii -novaya paradigma re-zultata obrazovaniya // Visshee obrazovanie segodny
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1087-1091
3. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - Toshkent, 2015. - 120 bet.75
4. Azizxodjaeva N.N. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. - 52 b.
5. Tolipov O'.Q. Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari / Monografiya. - T.: Fan, 2004.B -73-80.