Научная статья на тему 'SUV ISTЕ’MОLCHILАRI UYUSHMАLАRINI TАSHKIL ETILISHI TАHLILI'

SUV ISTЕ’MОLCHILАRI UYUSHMАLАRINI TАSHKIL ETILISHI TАHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

73
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SIU / tarixi / hujjatlar / tamoyillar. / Water Consumers Association (WCA) / history / documents / principles.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — S. A. Abduraxmonov

Ushbu maqolada suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etilish tarixi, qabul qilingan hujjatlar va ularni amaldagi holati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information about the history of the organization of the water users' association, the adopted documents and their current status.

Текст научной работы на тему «SUV ISTЕ’MОLCHILАRI UYUSHMАLАRINI TАSHKIL ETILISHI TАHLILI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SUV ISTE'MOLCHILARI UYUSHMALARINI TASHKIL ETILISHI

TAHLILI

S. A. Abduraxmonov

TDAUSF magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etilish tarixi, qabul qilingan hujjatlar va ularni amaldagi holati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so'zlar: SIU, tarixi, hujjatlar, tamoyillar.

This article provides information about the history of the organization of the water users' association, the adopted documents and their current status.

Keywords: Water Consumers Association (WCA), history, documents, principles.

Mustаqillikdаn keyin muhim bo'lgаn suv bo'yicha islоhоtlаrdаn biri bu suv iste'molchilari uyishmalarining (SIU) tаshkil etilishi bo'lib, bu 2000 yildan bоshlаb mаmlаkаtimizdа tаshkil etilа boshlandi.

O'zbekiston Rеspublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi qonunida SlUga quyidagicha ta'rif berilgan "yuridik shaxs bo'lgan suv iste'molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o'z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti". Mazkur qonunning 27-moddasiga muvofiq "fermer va dehqon xo'jaliklariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga hamda boshqa suv iste'molchilariga - qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suv ob'ektlaridan tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limi bilan kelishilgan holda suv iste'molchilari uyushmalari tomonidan beriladi" Umuman, suvni taqsimlash, suv bilan bog'liq masalalarni hal qilishda SlUlar muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda dastlabki SlUlar 2000-2002 yillarda tajriba tariqasida tashkil etildi va 2000 yilda birinchi SIU Xorazm viloyatida barpo etildi. Xalqaro donor tashkilotlar, jumladan, Qo'shma Shtatlar Xalqaro

ABSTRACT

Kirish

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Taraqqiyot Agentligi (USAID), Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) va Shveytsariya Rivojlanish va Hamkorlik Agentligi (SDC) O'zbekistonda SIUni rivojlantirishga yordam berganligi ta'kidlab o'tish joiz. Buning natijasida, 2003 yildan 2006 yil boshigacha O'zbekistonda mingdan ziyod SIUlar sobiq shirkat xo'jaligi hududida tashkil etildi.

Samarqand viloyatida SIU 2002 yildan boshlab tashkil etila boshlandi. 2007 yilgacha SIUlar viloyatning barcha tumanlarida tashkil etildi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Samarqand viloyatining Pastdarg'om va Payariq tumanlarida boshqa tumanlarga qaraganda ko'proq SIU mavjud. Viloyatning aksariyat boshqa tumanlarida esa bitta SIU mavjud.

SIU tashkil etilishi tamoyillari

Vang va boshqalar, o'z ishlarida SIU tashkil etilishini jahon banki tomonidan ilgari surilgan besh tamoyilini keltirib o'tadi. Tadqiqot davomida mazkur besh tamoyilga to'xtalib o'tishni joiz deb topdik. Ushbu tamoyillar quyidagilar:

(1) Yetarli va talab darajasida suv taklifining mavjudligi. SIU fermer xo'jaliklariga suv yetkazib berishda infrastruktura yaxshi bo'lgan, suv taklif qilina oladigan joyda tashkil qilinishi kerak;

(2) huquqiy statusga ega bo'lishligi. Ya'ni, SIU fermer xo'jaliklarining o'zlarining tashkiloti bo'lishligi, SIU boshlig'i bevosita a'zolar tomonidan mustaqil saylanishi lozim;

(3) SIU gidravlik chegarada tashkil etilishi ya'ni tashkilotning huquqiy joyi suv yetkazib berish tizimining gedravlik chegarasida bo'lishi kerak;

(4) SIU suv taklif qiluvchilardan shartnoma asosida, o'lchangan suvni qabul qilib olishi kerak;

(5) SIU a'zolardan adolatli teng miqdorda suv yetkazib berish to'lovini yig'ish kerak.

Ushbu tamoyillar asosida Samarqand viloyatida SIUning tashkil topishi o'rganilganda, aksariyat fermerlar SIU haqida ma'lumotga ega emasligi, shuningdek boshqa viloyatlardan farqli ravishda Samarqandda "bitta tumanda bitta SIU" (faqatgina keyinchalik viloyatning Payariq va Pastdarg'om tumanlarida SIU ko'paygan) tizimi asosida SIU tashkil etilganligini kuzatish mumkin. 1-tamoyil. Etarli va talab darajasida suv taklifining mavjudligi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, Samarqand viloyatining deyarli barcha tumanlarida qishloq xo'jalik maydonlarining 50 foizdan ortig'i sug'oriladigan maydon bo'lib, faqatgina Qo'shrabot va Nurobod tumanlarida lalmi maydon ko'proq. Kanal tizimi haqida gapiradigan bo'lsak,

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Jomboy, Ishtixon, Kattaqo'rg'on, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg'om, Paxtachi va Payariq tumanlarning aksariyati 100 km dan ortiq ichki xo'jalik kanallariga ega. Suv ta'minoti holati shuni ko'rsatadiki, viloyatda mavjud jami suvning 10 foizdan ko'prog'i Kattaqo'rg'on, Pastdarg'om va Payariq tumanlariga yetkazilgan. Nurobod va Qo'shrabot tumanlarida sug'orilmaydigan er maydoni ko'proq bo'lgani sababli suv kamroq yetkazilgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, SIU tashkil etilishining 1-tamoyili viloyatda talab darajasida. 2-tamoyil. Huquqiy statusga ega bo 'lishligi.

Ushbu tamoyilga ko'ra "SIU rahbarini uning a'zolari saylashlari kerak" Bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, Samarqand viloyatida suvdan foydalanuvchilarning aksariyati SIU to'g'risida bilishmaydi va ular SIU tuman suv xo'jaligi bo'limi (sobiq "Rayvodxoz") deb bilishadi. SHu nuqtai nazardan ushbu tamoyil bo'yicha viloyatda SIU haqida ist'molchilarga axborotlar ta'minlash ishlarini amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz.

3-tamoyil. SIUgidravlik chegarada tashkil etilishi.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, aksariyat tumanlarda bitta SIU mavjud. Faqat ikkita (Pastdarg'om va Payariq) tumanlarda ko'proq SIU mavjud. YA'ni, suv etkazib berish tizimini boshqa qishloqlar yoki tumanlarning boshqa hududlari bilan bo'lishish mumkin. Boshqacha aytganda, bitta SIU ko'p qishloqlarga, bir qancha hududlarga xizmat ko'rsatadi. Bundan xulosa shuki, SIUlar ushbu tamoyil bo'yicha tashkil etilgan deb ayta olmaymiz. Ammo, boshqa tomondan, har bir gidravlik chegarada SIUda ishlaydigan miroblar bo'lishi kerak.

4-tamoyil. SIU suv taklif qiluvchilardan shartnoma asosida, o'lchangan suvni qabul qilib olishi.

Quyidagi 1-rasmda iste'molchilarga yetkazib berilayotgan suv ko'rsatilgan. 4-tamoyilga ko'ra, suv tumanlarga yetkazib berilgan (1-rasm).

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

500 400 300 200 100 0

III

.1

nl

^ <$> ^ > A* # & & x^" ^ ^

1-rasm. Tumanlar kesimida suv taklifi (2019, mln.m3)

5-tamoyil. SIU a'zolardan adolatli teng miqdorda suv yetkazib berish to'lovini yig 'ish kerak.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har bir tuman suv uchun to'lovni har xil qiymatda yig'ib oladi. Tayloq va Narpay tumanlari boshqa tumanlarga qaraganda suv uchun ko'proq pul to'lagan. Bu tumanlardan farqli ravishda Bulung'ur, Urgut va Jomboy tumanlari bir gektar erga sarflangan suv uchun kamroq haq to'lashgan.

Xulosa

Umuman yuqoridagi tahlillardan aytishimiz mumkinki, SIU normal faoliyat yuritishi uchun uni tavsiya etilgan 5 tamoyil asosida tashkil etish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Shunigdek, Samarqand viloyatida suvdan foydalanuvchilar o'rtasida sezilarli hamkorlik mavjud emas. Shu nuqtai nazardan rasmiy va norasmiy kooperatsiya ishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi» Farmoni, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y. 29-bet. Lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5853-son farmoni. 2019 yil 23-oktyabr. Lex.uz

3. Tadjiyev A (2020). Yer-suv islohotlari va fermer xo'jaliklari o'rtasidagi o'zaro kooperatsiya munosabatlarini baholash. Mongrafiya. -T., Ilm-Ziyo-Zakovat.

May 12-13

95

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Wang, J., Huang, J., Zhang, L., Huang, Q., & Rozelle, S. (2010). Water Governance and Water Use Efficiency: The Five Principles of WUA Management and Performance in China1. JAWRA Journal of the American Water Resources Association, 46(4), 665-685.

5. Yalcin, R., & Mollinga, P. (2010). Water users associations in Uzbekistan: the introduction of a new institutional arrangement for local water management.

6. Zinzani, A. (2015). Hydraulic bureaucracies and irrigation management transfer in Uzbekistan: The case of Samarkand Province. International Journal of Water Resources Development, 32(2), 232-246.

7. Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari.

8. Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi (Zarafshon ITHB) yig'ma ma'lumotlari.

9. Togaymurodov, E., Islomova, R., & Botirov, A. (2016). Theoretical issues of formation of eco-agro tourism in Uzbekistan. Europaische Fachhochschule, (4), 5153.

May 12-13

96

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.