Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
O'ZBEKISTONDA INTENSIV USULDA BALIQ YETISHTIRISH HAMDA DAVLAT TOMONIDAN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Abdulaziz Botirali o'g'li Ahtamov
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti Iqtisodiyot (qishloq xo'jaligida) yo'nalishi 2-bosqich bakalavriat talabasi.
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida O'zbekiston hududida intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyalarining ahamiyati, baliqchilik xo'jaliklarini yanada rivojlantirish bo'yicha davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar o'rganilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi(stat.uz) ning yillik statistik to'plam materiallaridan foydalanilgan holda respublikamiz va Samarqanda viloyatida ovlangan baliqlar hajmining dinamikasi tahlil etilgan. Olingan tahlil natijasi asosida intensiv baliqchilikni barqaror rivojlantirish borasida takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar. intensiv, tabiiy norma, tadbirkor, ovlangan baliq, iste'mol, tabiiy suv havza, sun'iy suv havza.
ABSTRACT
In this scientific research, the importance of intensive fish breeding technologies in the territory of Uzbekistan, the reforms carried out by the state on the further development of fisheries are studied. Also, using the materials of the annual statistical collection of the Statistical Agency under the President of the Republic of Uzbekistan (stat.uz), the dynamics of the volume of fish caught in our republic and Samarkand region was analyzed. Based on the results of the analysis, proposals were developed for the sustainable development of intensive fishing.
Keywords. intensive, natural norm, entrepreneur, caught fish, consumer, natural reservoir, artificial reservoir.
Kirish. O'zbekiston agrar sohasini barqaror tizimli rivojlanishiga erishilishi uchun uning barcha tarmoqlarida izchil islohotlar olib borilishi lozim va olib borilmoqda. Ana shunday serhosil sohalardan biri - bu baliqchilikdir. Baliq - inson uchun muhim ozuqa hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi
May 12-13
435
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlashyili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarilishida 2021-yil 20-martgacha "Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida go'sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish" tadbiri rejalashtirilgan. Buni amalga oshirish uchun 6 trln.so'm mablag' ajratilgan. Chora-tadbirlar dasturidan kutilayotgan natija esa, 2021 yilda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirishga qaratilgan 1500 ta yangi loyihalarni ishga tushirish nazarda tutiladi1. Baliq go'shti yuqori biologik qiymatga ega bo'lib, parhez xususiyati afzalliklariga ega bo'lganligi uchun insonlar hayotida yaxshi oziqa hisoblanadi. Shuning uchun baliq mahsulotlarini inson iste'mol qilishi uchun tibbiiy normalar belgilangan. Bu tibbiy normalar O'zbekiston sharoitida har xil yoshidan, holatidan kelib chiqib 9 kg dan 25 kg gacha qilib belgilangan. O'rtacha hozirgi kunda tibbiy normasi O'zbekistonda 11 kg hisoblanadi. Ushbu tibbiy normani ta'minlash maqsadida Respublikamizda oxirgi yillarda baliqchilikni rivojlantirish uchun bir qancha qarorlar qabul qilingan bo'lib, bu borada O'zbekistonda baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni keskin oshishiga sabab bo'ldi. Xususan, 2020-yil 14-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Qishloq xo'jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish" bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida respublikamizda intensiv usulda baliq yetishtirishni rivojlantirish holati past darajadaligi, joriy yilda baliq ishlab chiqarish hajmini 350 ming tonnaga yetkazish bo'yicha keng ko'llamli chora-tadbirlar amalga oshirish borasida ko'rsatmalar berildi2.
Baliqchilik xo'jaliklarida baliq yetishtirishda intensiv texnologiyalarni joriy etish, aholiga intinsiv texnologiyalarda baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar paketini berish, resurslardan samarali foydalanish, xo 'jalik a'zolarining bilim-ko'nikmalarini oshirishga alohida e'tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi(stat.uz) ning 2015-2021-yillar statistik
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6- son, 70-modda.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi "Chorvachilik tarmog'ini davlal quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4576-son qarori, https://lex.uz/docs/
May 12-13
436
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
to'plam materiallaridan foydalanilgan holda respublikamiz va Samarqanda viloyatida ovlangan baliqlar hajmining dinamikasi tahlil qilindi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Yaponiya, G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliyada aholi jon boshiga bir yilda iste'mol qilinadigan baliq go'shti o'rtacha 25-45 kg.ni tashkil etadi. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko'ra, har bir inson bir yilda o'rtacha 1216 kg baliq go'shti iste'mol qilishi lozim. Umuman, dunyoda baliq asosiy oziq-ovqat mahsulot hisoblanadi, dunyoda o'rtacha kishi boshiga baliq iste'moli o'rtacha 22 kg.dan oshgan. Biroq, mamlakatimizda bu ko'rsatkich 2-3 kg.ni tashkil etmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni keskin oshirishga talab mavjud.3
1-jadval
O'zbekiston Respublikasida ovlangan baliq miqdori, tonna
Hududlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
O'zbekiston 59 65 83 90 121 144 171
Respublikasi 851,5 322,1 900,4 984,3 717,0 102,6 933,1
Qoraqalpog'iston 3 4 6 9 12 847,0 14 441,9 12
Respublikasi 410,0 515,0 157,2 856,7 637,3
Andijon 2 2 4 10 11 048,6 17 414,6 20
535,0 088,1 081,0 224,0 178,1
Buxoro 1 2 3 3 5 798,3 7 082,0 10
951,0 812,7 399,7 737,9 877,0
Jizzax 10 11 13 7 10 314,9 13 117,9 13
850,3 197,7 837,6 151,5 687,2
Qashqadaryo 3 3 4 4 5 714,4 5 441,5 5
151,0 952,3 769,6 796,1 323,3
Navoiy 5 7 12 10 11 997,6 12 458,2 12
610,1 669,7 565,9 882,4 769,0
Namangan 2 3 5 5 6 931,6 8 740,2 11
733,0 383,6 218,0 360,0 997,1
Samarqand 1 2 3 4 8 974,1 12 725,1 19
839,0 540,3 435,3 006,1 534,9
' Qaxramonov B.A., Mullaboyev N.R. Intensiv usulda baliq yetishtirish. -T.: 2021, 96 bet
May 12-13
437
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari
jy
Surxondaryo 1 911,0 2 579,9 3 876,0 3 815,9 3 610,8 4 497,2 5 476,9
Sirdaryo 1 822,0 2 279,0 2 222,4 5 375,9 9 994,1 5 551,1 6 434,7
Toshkent 11 557,1 8 171,1 8 155,1 9 867,2 7 896,6 9 726,9 13 239,0
Farg'ona 4 025,0 5 214,1 6 781,6 6 430,3 10 567,6 11 151,7 12 155,7
Xorazm 8 457,0 8 918,6 9 401,0 9 480,3 16 021,4 21 754,3 27 622,9
Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi(stat.uz) ning 2015-2021-yillar statistik to'plam materiallari.
2015-2021-yillarda respublikamiz hamda viloyatlariga to'g'ri keladigan baliq miqdori(tonna) keltirilgan. Respulika va viloyatlarimizga ovlangan baliq miqdori qancha to'g'ri kelishini va qaysi viloyatlarda bu ko'rsatkichlar yuqori va pastligini bilib olishimiz mumkin.
2015-yil ovlangan baliqlar miqdori bo'yicha 1-o'rinni Toshkent viloyati, 2-o'rinni Jizzax viloyati va 3-o'rinni Xorazm viloyati egallab kelgan. 2021-yilda esa 1-o'rinni Xorazm viloyati, 2-o'rinni Andijon viloyati, 3-o'rinni Samarqand viloyati hissasiga to'g'ri kelgan.
Jadvaldagi ma'lumotlarga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, 2015-yil bilan 2021-yilni taqqoslasak, 2021-yil 2015-yilga qaraganda ovlangan baliq miqdori qarib 2-3 barobarga oshganligini ko'rishimiz mumkin.
2020-2021-yillarda «O'zbekbaliqsanoat» uyushmasiga a'zo bo'lgan baliqchilik xo'jaliklari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan baliq hamda O'zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan nasldor ona baliqlar uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratish tartibi to'g'risida Nizom qabul qilingan bo'lib, unda intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi joriy qilishda intensiv sun'iy suv havza texnologiyasi sun'iy suv havzasi 2 gektardan kam bo'lmasligi, o'rtacha chuqurligi 2 metrdan kam bo'lmasligi, 1 gektarida 2-4 dona suv tarkibini kislorod bilan to'ldiruvchi moslama o'rnatilgan bo'lishi, gektaridan 8 tonnadan kam bo'lmagan yuqori tig'izlikda baliq yetishtirish texnologiyasi joriy etish belgilangan.
May 12-13
438
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
1-rasm. Samarqand viloyati 2021 yilda ovlangan baliqlar miqdori (tonna) bo'yicha
ma'lumotlar.
Manba:O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi.
2021-yilda Samarqand viloyatidagi tumanlar bo'yicha ovlangan baliq miqdori bo'yicha eng yuqori o'rinni Kattaqo'rg'on tumani, eng past ko'rsatkichni esa Qo'shrabot tumani egallab turibdi.Bundan tashqari Poyariq va Urgut tumanlarida ham ovlangan baliq miqdori bo'yicha yuqori o'rinlarida ekanligini ko'rishimiz mumkin. Albatta bunday yuqori natijalarga erishish siri, bu shubxasiz yangi texnologiyalarni qo'llash va intensiv usullardan foydalanish samarasidir. Respublikamizda baliqning barcha turlarini turli usullarda, xususan, intensiv asosda yetishtirishni ilmiy asosda o'rganish, yurtimiz sharoitlarida yetishtirish ko'lamini yanada kengaytirish yangi modernizasiyalashtirilgan bosqichga ko'tarilmoqda. Chunki, respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish xususan, baliqchilkini taraqqiy ettirishga astoydil kirishilgan. Shubhasiz, yaqin kelajakda baliqchilik tarmog'iga innovasion yangiliklar, innovasion loyihalar joriy etiladi, baliqchilar nafaqat ichki bozorni, balki tashqi bozorni ham ta'minlashni nazarda tuta boshlaydilar. Albatta, buning uchun ilmiy izlanishlarni davom ettirish, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishimiz zarur bo'ladi.
Xulosalar. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki O'zbekiston Respublikasida 2015-yil ovlangan baliqlar miqdori 59851.5(tonna), 2021-yilga kelib 171933.1(tonna)ga oshgan. 2021-yilga kelib ovlangan baliq miqdori qariyb 3 barobarga oshganini ko'rishimiz mumkin. Ushbu yillar oralig'ida eng yaxshi natijalarga Xorazm, Andijon, Samarqand viloyatlari
May 12-13
439
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
erishgan. Samarqand viloyatida esa baliqchilik eng yaxshi rivojlangan tumanlar Kattaqo'rg'on, Poyariq, Urgut hududlarini ko'rishimiz mumkin. Buni yuqoridagi grafikga qaragan holda bilib olishimiz mumkin. Shuningdek O'zbekistonda hozirgi payt foydalanib kelinayotgan hovuzlarda baliq o'stirish tizimi sharoitni boshqarishning uncha yuqori bo'lmagan darajasi bilan xarakterlanadi (bir qator rivojlangan mamlakatlar tizimi bilan taqqoslanganda). Eng yaxshi baliqchilik xo'jaliklarida baliqchi quyidagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega:
- tubi yaxshi tekislangan maydoni birmuncha katta bo'lgan hovuzlarni to'ldirishni boshqarish;
- hovuzlarga o'stiriladigan, suniy usulda olingan baliq turlarini o'tkazish (garchi bunday baliqlar ro'yxati juda kam bo'lsada: oq do'ngpeshona, karp, ba'zan oq amur va chipor do'ngpeshona);
- xashaki baliq va boshqa organizmlarni yo'qotish elementlaridan foydalanish;
- tabiiy ozuqa bazasining rivojlanishini (ko'pincha plankton) rag'batlantirish;
- baliqlarni qo'shimcha oziqlantirish tizimlarini ishlab chiqish;
-baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida baliq mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar yaratish;
Biz ilmiy izlanishlarimizda shu tomonlariga e'tibor qaratishimiz zarur bo'ladi. Kelajakda bozorlarimizni milliy baliq va baliq mahsulotlari bilan to'yintirish va uni narxini pasaytirish bo'yicha prognozlashtirish masalalarini qarashimiz lozim bo'ladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-yil 6- son, 70-modda.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi "Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4576-son qarori, https://lex.uz/docs/4717189
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi "Chorvachilik tarmog'iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 280-son Qarori, https://lex.uz/docs/4810009
4. Qaxramonov B.A., Mullaboyev N.R. Intensiv usulda baliq yetishtirish. -T.: 2021, 96 bet
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
5.Shepherd C. J., Niall R. Bromage. "Intensive Fish Farming", Wiley-Blackwell. 2017, 420 pages.
6.Niyozov I.N. Baliqlarni oziqlantirish, Toshkent. 2011 yil.
7. Комлацкий В. И., Комлацкий Г. В., Величко В. А. "Рыбоводство", Учебник, Санкт-Петербург, 2020, 200 с.
8. Привезенцев Ю. А., Власов В. А. "Рыбоводство", Учебник для вузов, Россия, Издательство «Мир», 2004, 234 с.
9.Stat.uz- O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qо'mitasi rasmiy sayti.
May 12-13