Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGIDA SUVNI TEJOVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI'

QISHLOQ XO’JALIGIDA SUVNI TEJOVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

531
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv taqchilligi / suvtejamkor texnologiyalar / tomchilatib sug’orish / yomg’irlatib sug’orish / yerni lazerli tekislash / yer ostidan tomchilatish / plyonka tashlab sug’orish / plyonka quvurlar orqali sug’orish. / low water / water-saving technologies / drip irrigation / sprinkling irrigation / laser leveling / underground drip irrigation / film irrigation / irrigation through film pipes.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Z S. Shoxo’jaeva

Bugungi kunda qishloq xo’jaligida suv resurslariga bo’lgan talab oshib bormoqda, biroq suvning keskin kamayishi hamda sug’orish tarmoqlarida suvning samarasiz yo’qolib ketishi suvga bo’lgan taklifning oshishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolada qishloq xo’jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni qo’llash orqali suvtejamkorlikka erishishi va texnologiyalardan foydalanish samaradorligi bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Today, the demand for water resources in agriculture is increasing, but a sharp decrease in water and inefficient water losses in irrigation networks lead to an increase in water supply. In this article, proposals have been developed to achieve water saving and efficiency in the use of technologies through the use of innovative water-saving technologies in agriculture.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGIDA SUVNI TEJOVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

QISHLOQ XO'JALIGIDA SUVNI TEJOVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY

YO'NALISHLARI

Z. S. Shoxo'jaeva

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro

markazi doktoranti i.f.n., prof.

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda qishloq xo'jaligida suv resurslariga bo'lgan talab oshib bormoqda, biroq suvning keskin kamayishi hamda sug'orish tarmoqlarida suvning samarasiz yo'qolib ketishi suvga bo'lgan taklifning oshishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolada qishloq xo'jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali suvtejamkorlikka erishishi va texnologiyalardan foydalanish samaradorligi bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: suv taqchilligi, suvtejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug'orish, yomg'irlatib sug'orish, yerni lazerli tekislash, yer ostidan tomchilatish, plyonka tashlab sug'orish, plyonka quvurlar orqali sug'orish.

ABSTRACT

Today, the demand for water resources in agriculture is increasing, but a sharp decrease in water and inefficient water losses in irrigation networks lead to an increase in water supply. In this article, proposals have been developed to achieve water saving and efficiency in the use of technologies through the use of innovative water-saving technologies in agriculture.

Keywords: low water, water-saving technologies, drip irrigation, sprinkling irrigation, laser leveling, underground drip irrigation, film irrigation, irrigation through film pipes.

Kirish. Ma'lumki, jahon tabiiy resurslar instituti (World Resources Institute) va Britaniyaning "Economist Intelligence Unit" tashkiloti tadqiqotlariga ko'ra 2040 yilga borib, suv tanqisligiga eng ko'p uchrashi taxmin qilinayotgan 33 davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O'zbekiston Respublikasi ham borligi eng achinarli ahvol ekanligidan dalolatdir. Bu esa, o'z navbatida, ushbu davrga borib taxminlar qay darajada qaror topishidan qat'i nazar, okean va yirik dengizlardan olisda joylashgan O'zbekiston

May 12-13

51

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

uchun mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga o'tish, bunga ayni paytdan boshlab ustuvorlik berishni talab qiladi.

Shu nuqtai nazardan, suv taqchilligi muammosini oldini olish, iqlim o'zgarishlariga moslashish va qishloq xo'jaligini kafolatlangan suv bilan ta'minlashda suvtejamkor texnologiyalarni qo'llash va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6024-sonli "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni va "Qishloq xo'jaligida suvni tejayjigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-144-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Metodlar. Mavzuni yoritishda monografik tadqiqot, qiyosiy taqqoslash, tizimli yondoshuv va mantiqiy fikrlash usullaridan keng foydalanilgan.

Natijalar. Agrar sohadagi olib borilayotgan islohotlar natijasida suv resurslarini boshqarish va fermer xo'jaliklari o'rtasida suvdan foydalanish borasidagi munosabatlarini takomillashtirish, suvdan oqilona foydalanish, suv xo'jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, suvtejamkor texnologiyalarni qo'llashni rag'batlantirish va sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, iqtisodiyotni barqaror o'sishi, ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanishi va aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda qishloq xo'jaligiga sarflanayotgan suv resurslarini tejash va tejamkorikni ta'minlashda zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llash borasidagi yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etish dolzarb masalalardan sanaladi. Ma'lumki, bugungi kunda suv tejovchi texnologiyalar (STT)ni qo'llash bo'yicha Braziliya (77% maydonga qo'llagan), Ispaniya (73%), Italiya (60%), Janubiy Koreya (60%), AQSh (56%), Saudiya Arabistoni (56%), Frantsiya (41%), Xitoy (41%) yetakchi mamlakatlar hisoblanadi. O'zbekistonda esa bor-yo'g'i 17 foiz yerda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi "Qishloq xo'jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirish mexanizmalarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 4499 - sonli qaroriga asosan 2020 yilda Qashqadaryo viloyatining sug'oriladigan yerlarining 3700 gektar maydonida tomchilatib sug'orish texnologiyasi qo'llanildi. Shundan, 55 ta fermer xo'jaliklaridagi 1458 gektar g'o'za maydonlarida, 2242 gektar bog' va tokzorlarda tomchilatib sug'orish ishlari olib borildi. Bundan tashqari,

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

6 gektar g'alla maydonida yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi joriy qilindi.

Sabzavot va poliz ekin maydonlarining 2432 gektari egatga plyonka tushab sug'orildi. Fermer va klaster tashkilotlari tomonidan 245 komplekt ko'chma egiluvchan quvurlar orqali g'o'za maydonlarini sug'orish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi innovatsion suv tejamkor sug'orish usullari texnologik jihatdan an'anaviy sug'orishdan farq qiladi. Bunga: tomchilatib sug'orish, yomg'irlatib sug'orish, yerni lazerli tekislash, yer ostidan tomchilatish, plyonka tashlab sug'orish, plyonka quvurlar orqali sug'orish, beton va plastmas latoklar yordamida suvni uzatish, tuproqni mulchilash va h.k.

Innovatsion suv tejamkor texnologiyalar va ularning samaradorligi bo'yicha ma'lumotlarni quyidagi 1-jadvalda aks ettiramiz.

1-jadval

Innovatsion suv tejamkor texnologiyalar samaradorligi1

Suvtej amkor texnologiyalar Suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

1 Qator orasini mulchalab sug'orish Qator orasi qora polietilen plyonka bilan mulchalab sug'orish natijasida sug'orish suvlari 25-30% foizga tejaladi, paxta hosildorligi gektariga 5-6 tsentner oshadi, ko'saklarni ochilishi 5-6 kunga tezlashadi va birinchi terim salmog'i 8-10% ga oshishi hamda iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichi gektariga o'rtacha 220-240 ming so'mni tashkil etishi ilmiy asoslangan

2 Sizot suvlari yaqin joylashgan-sho'rlangan yerlar sharoitida egat oralatib sug'orish Egat oralatib sug'orish texnologiyasi bilan g'o'za sug'orilganda suv sarfi 33,5 %ga iqtisod qilinadi, paxta hosildorligi 4,2 % (1,34 tsentner)ga oshadi. Mazkur holatda tuproqning tuz rejimi va paxta hosildorligiga ushbu texnologiyaning salbiy ta'siri bo'lmadi. Demak, sizot suvlari yaqin joylashgan sharoitda egat oralatib sug'orishda g'o'zani ildiz qismini namlantirishda hech qanday muammolarni keltirib chiqarmaydi va ushbu sug'orishni suv tejovchi sug'orish texnologiya sifatida qo'llash mumkin

Manba: Z.S.Shoxo'jaevaning ilmiy tadqiqotlari asosida tuzilgan.

May 12-13

53

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

"Qara ma - qarshi sug'orish" texnologiyasi Egatning ikki tomonidan "qarama-qarshi sug'orish" nishabligi past bo'lgan sug'oriladigan ekin maydonlari uchun tavsiya etiladi. "Qarama-qarshi sug'orish" - bu egatning har ikki tomondan, ya'ni uning boshi va oxiridan bir vaqtda suv yuborib egatlar oralig'ini suv bilan nisbatan tez vaqtda to'ldirishga asoslangan. Bunda suv sarfi 25% iqtisod qilinadi, g'o'za hosildorligi 35-38% (7-8 tsent.)ga oshadi va tuproqning mavsumiy sho'rini yuvish uchun har yili sarflanadigan qariyb 3000-4000 m3/ga miqdordagi suvni tajab qolinishiga, bu esa tuproqning 30 % sh^rlanishi pasayishiga olib keladi

Yomg'i rlatib sug'orish texnologiyasi Yomg'irlatib sug'orilganda asosan tuproq yuqori (0-20 sm) qatlamlari namligining ortishi kuzatiladi. Yomg'irlatib sug'orish vaqtida ekin dalasining 1 gektar maydoni sug'orish uchun odatdagi egatlab sug'orishdagiga nisbatan qariyb 40 % kam suv sarflanadi. Kuzgi bug'doyni yomg'irlatib sug'orilgan dalada kuzgi bug'doy nihollarining soni egatlab sug'orilgandagiga nisbatan qariyib 50 % ga ortiq bo'ladi. Yomg'irlatib sug'orish tizimlarini yirik nasos tizimlaridan suv yetkazib beriladigan hududlarda qo'llash yaxshi samara beradi. Bunda yomg'irlatib sug'orish tizimi yirik nasos tizimining suv yetkazib beruvchi quvurida shakllantirilgan bosimdan foydalanish asosida ishlaydigan qilib quriladi, ya'ni yomg'irlatib sug'orish tizimini ishlashi uchun alohida nasos qurilmasi talab qilinmaydi va u hech qanday energiya xarajatisiz, nasos tizimi quvuridagi bosim hisobiga ishlaydi. Yomg'irlatib sug'orish usuli qo'llanilganda sug'orish jarayoni to'liq mexanizatsiyalashtiriladi hamda suv tekis taqsimlanadi. Bu ayniqsa, sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda yaxshi natija berib, mehnat unumdorligini 3-4 martaga oshiradi. Yomg'irlatib sug'orish usulida suvdan unumli foydalanish imkoni yaratilib, paxta hosildorligi 3-4 ts/ga ga, bug'doy hosildorligi esa 10 ts/ga ga oshganligi aniqlandi.. Sug'orish suvlari esa 35-45% ga tejaldi.

May 12-13

54

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

5 Tomch ilatib sug'orish texnologiyasi Bir gektar g'o'za uchun suv sarfi tomchilatib sug'orishda 1,5-2,5 ming m3 yoki 35-40 foiz suv resurslari tejaladi; mehnat sarfi 2,5-3 marta, yonilg'i mahsulotlari sarfi 80-85 litrga tejaladi; mineral o'g'itlar 40-45 foizga tejaladi, hosildorlik 50-55 foizga yuqori bo'ladi.. 2020 yilda Qashqadaryo viloyatining paxta maydonlarida 15122 gektar yerga tomchilatib sug'orish texnologiyasi o'rnatildi. Shundan 10771 gektariga 12,1 mlrd.so'm subsidiya ajratilgan. Suv resurslari 50 % tejaldi, mineral o'g'itlar 40%, YoMM 45% iqtisod qilindi va paxta hosildorligi 15-20 ts/ga oshdi. 2020 yilda viloyatning bog' va tokzor maydonlarida 2240 gektarga tomchilatib sug'orish uskunalari o'rnatildi. 11,4 mlrd.so'm subsidiya ajratildi.

Sug'ori shning subirrigatsiya usuli Sizot suvlari sathini ko'tarish orqali sug'orish bo'lib, tuproqning o'simlik ildizi joylashgan qatlamiga sizot suvlari tuproq kapillyarlari orqali ko'tariladi. Afzalliklari: daryo suvi iqtisod qilinadi, qo'shimcha suv manbasi sifatida sizot suvlaridan foydalanish imkoni yaratiladi, qator oralari zichlanmaydi, irrigatsiya eroziyasi vujudga kelmaydi, tuproqning havo va ozuqa tartibi yaxshilanadi, atrof-muhit ifloslanmaydi.

Aerozo lli sug'orish usuli Aerozol sug'orish usulida qishloq xo'jaligi ekinlari uchun qulay mikroiqlim sharoiti yaratiladi. Havoning yer usti qatlamining nisbiy namligi oshiriladi, o'simlik yer ustki organlarining harorati 6-12 0S ga pasaytiriladi. Bu usulda sug'orish me'yori 0,8-1,0 m3/ga bo'lib, kunning issiq paytida har ikki soatda amalga oshiriladi va suv maxsus moslamalar yordamida diametri 400-600 mmk (millimetr mikron) bo'lgan mayda tomchilarga aylantirib beriladi. Bu usuldan havosi quruq va issiq shamollar (garmsel) bo'lib turadigan hududlarda bog', sabzavot, yem-xashak texnik ekinlarni sug'orishda foydalaniladi. Aerozol sug'orish usulining avfzalliklari: - o'simliklarda fotosintez jarayonini yaxshilaydi; -ekinlar hosildorligini oshiradi; - yetishtirilayotgan mahsulot sifati yaxshilanadi; - suv sarfi 40-50% ga kamayadi.

May 12-13

55

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Diskret Diskret (pulsar) sug'orishda egatning uzunligi va egatlardagi suv

(pulsar) sarfi doimiy oqim sug'orishiga qaraganda miqdori ko'p bo'ladi. Bunday sug'orish ko'paytirilgan oqimlar egat oralig'i 90 sm bo'lgan chuqurligi 20-25 sm texnologiyasi egatlarda qo'llanilishi mumkin.

Pulsar sug'orish tizimi - respublikamiz qishloq xo'jalik ekinlarini suv bilan ta'minlashda zamonaviy avtomatlashtirilgan, yuqori samaradorlikka ega kompleks sug'orish tizimi hisoblanadi. Ushbu tizimda sug'orish manbasidan fermer xo'jaliklari dalasiga suv yetkazib berishda yaroqlik muddatini o'tab bo'lgan ichki sug'orish tarmoqlarida yo'qotiladigan suvni tejash hamda suv yer osti yopiq quvur tizimi orqali yetkazib berilishi hisobiga 30 foizgacha tejaladi va sug'orish samaradorligi ortadi.Bunda dalada yer osti va ustki quvurlar, gidrant, avtomatik boshqarish tizimi, nazorat o'lchov asboblari o'rnatilib, shuning bilan birga o'qariqlar o'rniga foydalaniladigan egiluvchan quvurlar hisobidan suv hamda suvchilar sonini qisqarishi evaziga ish haqi tejaladi.

Qashqadaryo viloyatining 514,5 ming gektar yerining 49 foiziga yoki 251,3 ming gektariga suv tejovchi texnologiyalar qo'llanilishi rejalashtirilgan bo'lib, bunda:

S 2021 yilda: tomchilatib sug'orish-48168 ga, yomg'irlatib sug'orish-48154 ga, pulsar sug'orish-1000 ga yerga qo'llanildi;

S 2022 yilda: tomchilatib sug'orish-47960 ga, yomg'irlatib sug'orish-25040 ga, pulsar sug'orish-4000 ga ga; 2023 yilda esa tomchilatib sug'orish-49960 ga, yomg'irlatib sug'orish-25040 ga, pulsar sug'orish-2000 ga yerga qo'llanildi.

Suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ko'p xarajat talab etishi bilan birga suv resurslari isrofini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda faqat suv tejamkor texnologiyalarni qo'llash orqali erishish bu bitta yechim hisoblanadi. Biroq, suv resurslarini boshqarishda va suvdan samarali foydalanishni tashkil etishda mirobchilikning sinalgan usullaridan ham samarali foydalanish muhim hisoblanadi.

Qishloq xo'jalik ekin maydonlariga suv uzatuvchi ishchi kanallarning foydali ish koeffitsientini oshirish orqali suvdan samarali foydalanishga erishish mumkin.

Tadqiqot natijalariga ko'ra kanallar ishchi holatini yaxshilashni qisqa muddatli moliyalash masalasini qo'llab- quvvatlash, xo'jalik ichidagi va xo'jaliklararo kichik kanallarni ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish uchun fermer xo'jaliklariga bank kreditlarini jalb qilish hisobiga amalga oshirishni rag'batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabridagi "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-

May 12-13

56

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan 2021 yilda Qashqadaryo viloyatida 50 ming 406 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalari joriy etildi.

Jumladan, 27 ming 601 gektar maydonda tomchilatib sug'orish, 14 ming 105 gektar maydonda yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarini o'rnatish, 8 ming 700 gektar maydonni lazer uskunasi yordamida tekislash ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunga qadar 1 268 ta qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning 30 410 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun quruvchi pudrat korxonalar bilan shartnomalar rasmiylashtirildi, shundan 26 671 gektar maydonda tomchilatib sug'orish, 3 739 gektar maydonda yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi qo'llanildi.

Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste'moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zahiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e'tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Aytish joizki, bu borada O'zbekistonda ham so'nggi yillarda katta ishlarga qo'l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo'yicha jahonning ilg'or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda. Bunga misol tariqasida Qashqadaryo viloyati Qamashi - Mirishkor kanalida suv resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini keltirish mumkin. Bu tizimni joriy etish bo'yicha umumiy qiymati 18,2 milliard so'mga teng bo'lgan Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda Avstraliyaning «Rubikon Water Pty Ltd" kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolandi.

Loyihani amalga oshirish natijasida jami 6,5 ming gektar yerlarning 43 million litrlik suvga bo'lgan ehtiyoji qondiriladi.

Mazkur shartnoma doirasida Qashqadaryo viloyati Qamashi- Mirishkor kanalining 13,8 km uzunlikdagi qismida jami 28 ta avtomatlashtirilgan suvni boshqarish shlyuzlari, ushbu kanaldan foydalanadigan fermer xo'jaliklari uchun o'lchov uskunalari, markazdan masofaviy boshqaruv dasturiy ta'minoti va fermerlar uchun mobil ilovalar joriy etiladi.

Nima uchun birinchi ob'ekt sifatida aynan Qamashi-Mirishkor kanali tanlandi?

Qashqadaryo viloyatida ushbu kanalda suv tanqisligi masalasi dolzarb bo'lib turibdi. Aynan ushbu qaror "Rubicon water" kompaniyasi yechimlarining samaradorligi va afzaliklarini maksimal darajada ko'rsatib beradi. Bundan tashqari, kanalda nasos stantsiyalari kabi boshqa mexanizmlar ham qo'llaniladi. Shu orqali "Rubicon water"

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

kompaniyasi qurilmalar va kompleks dasturiy ta'minot bo'yicha o'z yechimlarini keng qo'llash imkonini ko'rsatib beradi.

Loyiha doirasida kanalning 13,2-kilometrli bo'lagida joylashgan 27 ta ob'ektda gidroinshootlar va 3 ta nasos stantsiyalarida gidroo'lchagichlar o'rnatiladi, 5 ming gektardan ortiq sug'oriladigan yerlar qamrab olinadi.

Loyihani amalga oshirish natijasida kanallarni boshqarish, suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi suv yo'qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to'liq avtomatlashtirishga erishiladi.

Shuningdek, kanalda suv resurslaridan foydalanishning umumiy ko'rsatkichi 70 foizgacha kamayishi, sug'orish uchun suvdan foydalanish samaradorligi 37 foizdan 90 foizga oshishi, suvdan oqilona foydalanish hisobiga 3,8 milliard so'm mablag' tejalishi kutilmoqda.

Hozirda O'zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlari ehtiyojlari uchun yiliga 50-60 kub km suv resurslari ishlatiladi. Mazkur resurslarning taxminan 90 foizi qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun sarflanadi.

Loyihani amalga oshirish natijasida suvni tejash 70 foizga, irrigatsiya kanallaridan suvni ekinlarga yetkazilishi 37 foizdan 90 foizgacha oshishi hamda suvdan oqilona foydalanishni 97 foizgacha yetishi kutilmoqda.

Suv xo'jaligi tarmog'i elementlarini onlayn monitoring qilish va boshqarish uchun yangi avloddagi radioqurilmalar bazasida alohida SCADA telemetriya va teleboshqaruv tizimi tashkil etiladi.

Xulosa. Monografik tadqiqotlar olib borilgan Qashqadaryo viloyatida suv muammosi oxirgi yillarda keskin tus olmoqda, so'nggi yillarda manbalardagi suv miqdorining kamayishi, suv tanqisligiga sabab bo'lmoqda. Natijada, ekin maydonlaridan to'liq foydalanishga salbiy ta'sir qilib, tuproqni sho'rlanish darajasi ortib yerlarning hosildorligi pasaymoqda. Shuningdek, kam suv sarflab mo'l hosil olish yo'llarini aniqlash hudud iqtisodi uchun muhimdir. Suv resurlarining yillik hajmini o'zgarishi bilan mos ravishda qishloq xo'jalik ekin maydonlari ham qisqaradi. Ayniqsa, suv ko'p talab qiladigan ekinlar sholi, bug'doy, paxta va yem-xashak ekin maydonlarini ekishni qisqartirish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanilsa, suv resurslarini tejashga va suv isrofgarchiligi oldini olishga erishiladi. Hamda tejalgan suv hisobidan takroriy ekinlarni yetishtirish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi qondirilib, fermer xo'jaliklarining daromadlarini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, ushbu yo'nalishda bajarilayotgan ishlar ko'lamini yanada kengaytirish

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

va amaliyotga joriy etishni rag'batlantirish maqsdida kredit liniyalari orqali moliyalashtirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, imtiyozlar berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6024-sonli "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni. 10.06.2020

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo'jaligida suvni tejayjigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-144-sonli Qarori. 01.03.2022.

3. ZS Shokhujaeva, HN Mirjamilova. Innovative processes in the water sector and factors influencing their development. Asian Journal of Research in Business Economics and Management. Том 12, №5, Стр. 18-27

4. NS Xushmatov, ZS Shoxo'Jaeva. SUV RESURSLARINING AGRAR TARMOQNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH BILAN O'ZARO BOG'LIQLIGINI BAHOLASH. J.: Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. №3, Стр.1121-1129

5. ZS Shoxo'Jaeva. SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA UNI MAMLAKATIMIZ QISHLOQ XO'JALIGIGA TATQIQ ETISH NATIJALARI. J.: Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. №2, Стр.803-810

6. ЗС Шохужаева. KAШKAДAPË BИЛОЯТИДA СУВ PЕСУPСЛAPИДAH СAМAPAЛИ ФОЙДAЛAHИШHИHГ ДОЛЗAPБ МAСAЛAЛAPИ. Irrigatsiya va Meliоratsiya журнали №3, 2018. Стр. 82-88.

7. ЗС Шохужаева. Экономическая Эффективность Использования Инновационных Ирригационных Технологий. Журнал Экономика и социум. №6-2 (73). Стр.638-642

8. Тухтасин Нурмаматович Иминов. Приоритетные направления повышения эффективности ирригационных и мелиоративных. 2018.03.30, стр. 55-58.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.