Научная статья на тему 'SURXONDARYO XALQ DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA ULARNING ETNOGRAFIYASI'

SURXONDARYO XALQ DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA ULARNING ETNOGRAFIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2498
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dostonchilik / baxshi / “noma” / epik tur / Surxondaryo dostonchilik maktabi / xalq og’zaki ijodi va h.k. / Dostonchilik / baxshi / “noma” / epic / Surkhandarya school of epic "Doston" / folklore / etc.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulnoz Baxtiyorovna Lolayeva

Dostonchilik bir necha yuz yildan buyon xalqimizning tom ma’nodagi badiiy merosiga aylangan. Yurtimizda dostonchilik festivali va musobaqalari keng miqyosda o’tkazilishining ham asosiy boisi shundandir balki. Etnik jihatdan doston aytishda har bir viloyatning o’z an’analari mavjud. Xususan, tilimizda Surxondaryo dostonchilik maktabi, Qashqadaryo dostonchilik maktabi va hokazo iboralarning paydo bo’lishi ham bejiz emas. Ushbu maqolada muallif Surxon vohasiga xos bo’lgan dostonchilik uslubi va uning etnografiyasi haqida batafsil bayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SURKHANDARYA TRADITIONS OF FOLK FRIENDSHIP AND THEIR ETHNOGRAPHY

"Doston" has been a real artistic heritage of our people for hundreds of years. This is probably the main reason for the large-scale epic festivals and competitions in our country. Ethnically, each region has its own traditions of telling "Doston". In particular, it is not accidental that in our language there are such expressions as Surkhandarya School of "Doston", Kashkadarya School of "Doston", etc. In this article, the author describes in detail the style of epic "Doston" of the Surkhandarya oasis and its ethnography.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO XALQ DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA ULARNING ETNOGRAFIYASI»

SURXONDARYO XALQ DOSTONCHILIK AN'ANALARI VA ULARNING

ETNOGRAFIYASI

Gulnoz Baxtiyorovna Lolayeva

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani 8-maktab o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Dostonchilik bir necha yuz yildan buyon xalqimizning tom ma'nodagi badiiy merosiga aylangan. Yurtimizda dostonchilik festivali va musobaqalari keng miqyosda o'tkazilishining ham asosiy boisi shundandir balki. Etnik jihatdan doston aytishda har bir viloyatning o'z an'analari mavjud. Xususan, tilimizda Surxondaryo dostonchilik maktabi, Qashqadaryo dostonchilik maktabi va hokazo iboralarning paydo bo'lishi ham bejiz emas. Ushbu maqolada muallif Surxon vohasiga xos bo'lgan dostonchilik uslubi va uning etnografiyasi haqida batafsil bayon qiladi.

Kalit so'zlar: Dostonchilik, baxshi, "noma", epik tur, Surxondaryo dostonchilik maktabi, xalq og'zaki ijodi va h.k.

SURKHANDARYA TRADITIONS OF FOLK FRIENDSHIP AND THEIR

ETHNOGRAPHY

ABSTRACT

"Doston" has been a real artistic heritage of our people for hundreds of years. This is probably the main reason for the large-scale epic festivals and competitions in our country. Ethnically, each region has its own traditions of telling "Doston". In particular, it is not accidental that in our language there are such expressions as Surkhandarya School of "Doston", Kashkadarya School of "Doston", etc. In this article, the author describes in detail the style of epic "Doston" of the Surkhandarya oasis and its ethnography.

Keywords: Dostonchilik, baxshi, "noma", epic, Surkhandarya school of epic "Doston", folklore, etc.

Doston-xalq og'zaki ijodining eng yirik janri bo'lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo'lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. Qahramonlarning sarguzashtlari, o'zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko'lamda tasvirlovchi yirik hajmli liro-epik asar doston deyiladi. Doston davr, tuzumdagi xalq ruhiyatini, xususiyatlarini aks ettiradi. Zamonlar o'tishi bilan ular yangi -yangi mavzular va g'oyaviy mazmun bilan boyib boradi. Dostonlar xalq tomonidan yaratilgach, ijodkor xalq ular orqali o'z maqsadlari, orzu-istaklari, his-tuyg'ularini ifodalaydi. Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga,

avloddan avlodga o'tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo'lganligi bois ularning quyidagi turlari mavjud: qahramonlik dostonlari, romantik - ishqiy-sarguzasht dostonlar, tarixiy dostonlar. Dostonlardagi asosiy qahramonlar qiyofasida insonparvarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, do'stlik, vafodorlik, sadoqat kabi olijanob fazilatlar umumlashtiriladi.

Urug'chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o'tish, Baqtriya, Sug'diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo'lishi, axmoniylarning harbiy-ma'muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-Baqtriya podsholigining vujudga kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo'lgan juda katta tarixiy davrni o'z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo'lgan qadimgi og'zaki muzikali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari, epik qo'shiqlar O'rta Osiyo xalqlarining o'z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo'yoqdor tasvirlari bilan to'la. O'z xalqining ozodligi yo'lida jonini qurbon qilgan cho'pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo'lgan muhabbati to'g'risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan. Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo'lgan muhabbati, tanimagan otasi qo'lida qatl qilingan o'g'li Suxrobning o'limi to'g'risida hikoya qiluvchi qo'shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo'shiqlar tojik xalqining ajoyib dostonida— «Shohnoma»da o'z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to'g'risida afsonalar turkumi yaratildi. Xudolarga sig'inish bilan bog'liq bo'lgan turli xil marosimlarda ham qo'shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto gimnlari (yashtlar)ning o'zi rechitativ tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo'lib aytish mumkin bo'lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo'lgan. Xudolarga sig'inish bilan bog'liq bo'lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo'shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va tunning baravarlashuvi — Navro'z keng tarqalgan edi. O'rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi o'lish va tirilish haqidagi ma'lumotlar bilan bog'lashga bo'lgan intilishlarini ham ko'rsatib o'tganlar.

O'zbek xalqining musiqa merosida dostonlar maxsus tarmoqni tashkil etadi. Ular mavzu jihatdan rang-barang bo'lib, mazmunlarining umumiyligiga binoan ma'lum turkumlarga birlashadi. Masalan, «Go'ro'g'li» dostonlar turkumi qirqdan ortiq to'la tugallangan hamda mustaqil ijro etiladigan ishqiy-romantik dostonlardan iborat bo'lib, ularda didaktik mavzu ham alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonda «Alpomish», «Avazxon», «Kuntug'mish», «Ravshan», «Oshiq G'arib» va boshqa ko'pgina dostonlar keng tarqalgan. Dostonlarni avloddan-avlodga og'zaki an'anada yetkazib kelayotgan hamda o'z shoirona va musiqa ijrochilik qobiliyatlari bilan har bir doston ijrosiga yangicha tus bag'ishlab kelayotgan shaxslar xalq orasida baxshi (yoki shoir) deb nom

olgan ma'lum maktab sohibi bo'lmish dongdor ustoz namoyandalardir. Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil Yo'ldosh o'g'li, Po'lkan shoir, Abdulla shoir va boshqalar ana shunday doston ijrochilaridan edi. O'zbek dostonlari boshqa ko'pgina xalqlardagi kabi faqat epik she'riy asargina bo'lmasdan, ularda nasr ham muhim o'rin tutadi. Syujet rivojida voqealarning borishini tasvirlovchi nasriy, ya'ni proza qismi janglar mazmuni, tabiat go'zalliklari, u yoki bu obrazning alohida e'tiborga loyiq fazilatlarini tasvirlovchi poetik qism bilan almashinib turadi. Dostonlar ijro etilganda nasriy (proza) qismi, odatda, hikoya tarzida ma'lum artistik mahorat bilan aytiladi va ba'zan rechitativ tarzida kuylanishi ham mumkin. Ammo she'riy bo'limlari doimo kuylanib ijro etiladi va bu yerda baxshi (yoki shoir)ning ustaligi ishlatiladigan bir necha kuyning har birini mantiqiy rivojga mos keltirishida ham ko'rinadi. Bu, ayniqsa, hozirgi kunda ham doston aytib kelayotgan Qashqadaryo va Surxondaryoning yirik baxshilari va ular maktabiga sodiq yosh iste'dodlar ijrosida yorqin ko'rinadi.

Doston voqealarining bosqichma-bosqich, salobatli bayon etilishi jarayonida so'zli va sof cholg'u kuylar katta o'rin tutadi. Shuningdek, uning ijrosi davomida muntazam ravishda aytiluvchi har-xil mazmundagi qo'shiqsimon namunalar "noma" deb yuritiladi. Nomalar dostonchi tomonidan do'mbira cholg'usi jo'rligida yo'g'on, bo'g'iq tabiatli, shu boisdan "ichki" deb ataluvchi ovozda ijro etiladi. Har bir doston o'nlab turlicha holat va kayfiyatlarni ifodalovchi noma va kuylardan tuziladi. Ijrochi muayyan voqelik vaziyatidan kelib chiqib, o'z ijro bisotida bor musiqiy namunalarni tanlab, o'rinli ishlatadi. Doston tarkibidagi aksariyat kuy va nomalar kichik hajmli, oddiy tuzilmali shaklu-shamoyillardan iboratdir. Ularda foydalanilgan musiqiy tovushlar ko'lami, vazn-usullari jihatdan biroz chegaralangandek tuyulishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, doston ijrochisining badihago'ylik mahorati orqali bunday qadimiy musiqiy namunalarning rango-rangligi, ta'sirchan va ifodaviyligi ta'minlanadi. «Doston» so'zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif va maqtov ma'nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u, xalq og'zaki ijodida yirik hajmli epik asardir. Doston o'zbek folklorining keng tarqalgan yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma'naviy-maishiy qiyofasi, siyosiy qarashlari, axloqiy estetik tarbiya, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan chambarchas bog'liqdir. Asriy kurashlar va ideallar mavzusi g'oyaviy mazmunni, voqelikning mohiyatini belgilaydi.

Surxondaryo dostonchiligining ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Markaziy Osiyo hududida, ilk madaniyat o'chog'i bo'lmish bu diyorda dostonchilik an'analari miloddan avvalgi VI-V asrdayoq keng taraqqiy topganligiga oid ayrim ma'lumotlar mavjud. Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida eng keng tarqalgan tarixiy, bahodirlik, ishqiy dostonlardan "Alpomish", "Avazxon", "Rustamxon", "Go'r o'g'li" va boshqalarni tilga olish mumkin. Ushbu voha dostonchiligi juda qadimiy, ayni paytda hozirga qadar yaxshi saqlangan mahalliy udum va an'analariga ega. U o'ziga xos adabiy-nasriy, she'riy, shuningdek, musiqiy-ijodkorlik xislatlar bilan ta'riflanadi.

Milodiy VII-VIII asrlarda islom dini kirib kelishi bilan Movarounnahrda musulmonchilik urf-odatlariga moslashgan dostonchilik hamda shu tarzda bizgacha yetib kelgan uslublar joriy etila boshlagan. Shariat asoslarini targ'ibot qiluvchi islom dini, xususan Qur'oni Karim negizida har xil qissalar doston va dostonsifat nomalar yaratilib keng tarqaldi. Masalan: «Me'rojnoma», «Bobo Ravshan», «Payg'ambarlar hikoyati», «Sultonboyning me'roji», "Juxud o'g'lon», «Yusuf va Zulayxo», «Kiyiknoma» kabilar musiqiy jihatdan boy dostonlar.

Turlicha mazmundagi doston nomalari ancha rivojlangan va tugal musiqiy shakllarga ega. Nomalarning ayrimlarini terma, qo'shiq, boshqalarini esa xalq ashula janrlariga qiyoslash mumkin. E'tiborli tomonlaridan biri shundaki, dostonlar tarkibidagi nomalarning aksariyati tinglovchilar orasida juda mashhur bo'lib ketgan. Zero ularni nafaqat bevosita doston ko'rinishida, balki ko'p san'atkor va havaskor xonandalar tomonidan erkin, alohida-alohida ham kuylash Surxondaryoda odatga aylangan. Ushbu vohada o'nlab turli mavzularga bag'ishlangan katta-kichik dostonlar juda keng tarqalgan. Bulardan eng mashhurlari, jumladan, "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Avazxon", "Boziryon", "Xirmondali", "Yusuf va Zulayho", "Rustamxon" va boshqalardir. Baxshilar va doston kuylash tartibi. Xalq og'zaki ijodining yuksak professional san'at turi doston va dostonchilikning paydo bo'lishi taraqqiyoti baxshilar nomi bilan bog'liqdir. Xalq ommasi madaniy-siyosiy hayotida ulkan o'rin tutgan baxshilar, mehnatkash xalq o'rtasida juda kata hurmat va e'tiborga sazovor bo'lganlar. Olimlarimizning yozishicha: «baxshi» mo'g'ulcha «baxsha», «bag'sha» so'zlaridan olingan bo'lib «ustoz» "ma'rifatchi" degan ma'nolarni anglatadi. O'zbeklarda baxshi keng ma'noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga o'tkazuvchi san'atkordir. Xalq orasida baxshi so'zi turli xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo'llangan. Doston aytuvchilar O'zbekistonning har yerida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo Qashqadaryoda yuzboshi, Janubiy Tojikiston o'zbeklari orasida sohi, sozanda, Farg'ona vodiysida sanovchi, ayrim joylarda jirov, jirchi, oqin, oxun deb ataladi.

O'zbeklarda xalq dostonchilarini shoir deb ham atashadi. Og'zaki nutqda shoir arabcha so'z bo'lib, adabiyot vakili, she'riy asar ijodkori, ko'chma ma'noda hozirjavob, shirinsuxan shaxsga nisbatan ham qo'llaniladi. Xalq ijodida epik asar ijodkori va yangi doston yaratuvchilar- baxshilarni shoir deyishadi. Xorazmda doston kuylovchilarni baxshi deb kelganlar. «Baxshiy» so'zi fors tilidagi «baxshidon» so'ziga yaqin bo'lib, «Baxshidon» so'zini o'zbekchaga o'girganda «bag'ishlamoq» «in'om qilmoq» ma'nolarini bildiradi va Xorazmda baxshilar ijodiga mos keladi. Xaqiqatdan ham, baxshilar bir voqeaga bag'ishlangan dostonlarni yoddan o'z boshidan kechirganday qilib san'atkorlik bilan ijro qilib kelganlar. O'zbek xalq dostonlarining tarixiy-madaniy ahamiyati tengsizdir. Dostonchilik san'ati xalqimizning o'ziga xos badiiy tarixidir. Unda xalqimizning asrlar bo'yi qilgan orzu-umidlari, porloq kelajagi xaqidagi o'y-

fikrlari mujassamlashgan. Demak, doston va dostonchilikdan maqsad xalqning kayfiyati va ruhiyatini kuylash, shu ruh va kayfiyatga mos ajdodlar sabog'i orqali baxshi bilan yuzma-yuz turgan tinglovchilar doirasining ko'nglini ko'tarish, ularda yanada ezgulik va olijanoblik tuyg'usini kuchaytirishdir. Xalq dostonlari milliy iftixor va o'z-o'zini anglash, vatanparvarlik tuyg'ularini tarbiyalashda muhim g'oyaviy estetik vazifani o'taydi.

REFERENCES

1. Jo'raev M., Shomusarov Sh. O'zbek mifologiyasi va arab folklori. -T.:«Fan», 2001.

2. X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov. O'zbek xalq og'zaki ijodi.-T.: O'qituvchi, 1980.

3. O'zbek adabiyot tarixi. 5 tomlik 1 tom. eng qadimgi davrlardan XV asrning II yarmigacha. -T.: Fan, 1978, 328 b.

4. E.Musurmonov. O'zbek folklori materiallarini to'plashga oid metodik tavsiyalar. -S.: SamDU, 2005.

5. O'zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. -T.: Fan, 2003, 332 b.

6. Bulbul taronalari. Ergash Jumanbulbul o'g'lining doston va termalari. 5tomlik. -I.: Fan, 1971-1973.

7. Fozil Yo'ldosh o'g'li. Tanlangan asarlar. -T.: O'zdavnashr, 1949.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.