DOSTONNING YARATILISH TARIXI VA ILK MANBALAR ("YUSUF VA
AHMAD" DOSTONI HAQIDA)
Odina Xamidullo qizi Mahamadjonova
Andijon davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola "Yusuf va Ahmad" dostonining yaratilish tarixini o'rganib, uning ilk manbalari haqida ma'lumot yig'ishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: tarixiy, afsonaviy, jang-u jadal, baxshi.
HISTORY OF DOSTON'S CREATION AND EARLY SOURCES (ABOUT THE
EPIC "YUSUF AND AHMAD")
ABSTRACT
This article focuses on the history of the creation of the epic Yusuf and Ahmad and gathers information about its original sources.
Keywords: historical, legendary, fast-paced, good.
Jang-u jadallar, tarixiy yoki afsonaviy janglar ,urushlarda qo'shin va yakka shaxslarning jasoratlarini tasvirlovchi dostonlarga jangnoma (romanik) dostonlar deyiladi. Bunday dostonlar qahramonlik dostonlari ta'sirida shakllangan. Qahramonlik dostonlarida bosh qahramonning faoliyati yakkama-yakka olishuvlarda namoyon bo'lsa, jangnomalarda turli xil urush epizodlarida ko'rsatiladi.
O'sha paytlarda hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan insonlarni xalq orasida tanitish va shunday ishlarni targ'ib qilish maqsadida jangnoma ko'rinishidan foydalanilgan. Shunday harakatlar natijasida "Jangnomayi Sayid Battol G'oziy", "Jangnomayi Abo Muslim" ,"Jangnomayi Amir Hamza" kabi islom dinini zo'rlik bilan targ'ib qilgan shaxslarning nomi bilan bog'liq jangnomalar yuzaga kelgan. "Rustami doston", "Qahramon qotil" , "Hushrang" , "Jangnomayi Jamshid" kabilarni ko'rsatish mumkin.
O'zbek baxshilarining repertuarida bunday dostonlar juda ham ozchilikni tashkil etadi. Urug', qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib borilgan janglarni tasvirlovchi qadimiy jangnomalar ("Shiroq ", "To'maris" kabi) zamonlar o'tishi bilan turli xil sabablarga ko'ra baxshilar repertuaridan tushib qolgan bo'lishi mumkin. Buning o'rniga janglar biror xalqning diniy e'tiqodlarini g'ayri dinlardan himoya qilish yoki o'z dinini o'tkazish tarzida talqin etila boshlangan. Dushmanga qarshi kurashda mardlik, jasorat ko'rsatish, ona vatan daxlsizligi kurashish, vatanparvarlik,
do'stlik kabi g'oyalar kuylangan. "Yusuf va Ahmad" dostoni buning yorqin dalilidir.
"Yusuf bilan Ahmad" dostonida epik qahramonlarning Go'zalshohga qarshi kurashi keng ko'lamda bayon etiladi. Asarda tasvirlangan voqelik talqinining asosiy mantiqiy o'zagini ona yurtning daxlsizligini qahramonona himoya qilish, uni har qanday tashqi kuchlar xurujidan saqlash, vatanni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, janglarda mislsiz jasorat ko'rsatish, ona yurtni jon-dildan sevish, vafodor yorni ardoqlash, oila qo'rg'onini muqaddas deb bilish, xalqlar o'rtasidagi o'zaro do'stlikni qadrlash, boshqaruvda adolat mezoniga amal qilish, hamjihatlik va birodarlikni uluglash g'oyalari ustuvorlik qiladi. Shuning uchun ham har bir baxshi bu dostonni qunt bilan o'rganib, uni turli davra-yig'inlarda jo'shib kuylashga harakat qilgan. Binobarin, "o'zini yetuk dostonchi deb hisoblagan xalq shoiri, baxshisi repertuarida "Yusuf bilan Ahmad" dostonini uchratish mumkin" ligining o'zi ham bu jangnoma dostonlar xalq orasida nechoglik keng shuhrat qozonganligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo turkiy xalqlari, shu jumladan, o'zbek folklorida "Yusuf bilan Ahmad" dostonining o'ziga xos og'zaki versiyasi mavjud bo'lgan. Bu asar xalq orasida "Yusuf-Ahmad", "Yusuf bilan Ahmad", "Yusufbek va Ahmadbek", "Bo'zo'glon" kabi nomlar bilan yuritilgan. Faqat xalqimiz orasida bu nomdagi dostonlar ikki yo'l bilan, ya'ni baxshilar epik repertuaridan o'rin olgan xalq dostoni sifatida bevosita og'zaki ijro orqali hamda qo'lyozmalar va keyinchalik matbaachilik yuzaga kelgach esa toshbosma kitoblar tarzida ommalashib kelgan.
Venger sharqshunosi Herman Vamberi 1867- yilda bosilgan "Chig'atoy tili" darsligi" kitobida "Yusuf va Ahmad" , "Tohir va Zuhra", dostonlaridan parchalar beradi. "Yusuf va Ahmad " dostonining o'zi amalga oshirgan to'la nemischa tarjimasini e'lon qiladi. Bu Yevropada birinchi marta o'zbek eposidan qilingan tarjima edi.
Ma'lumki, xalqimiz hayotida bo'lib o'tgan real tarixiy voqealar, turli davrlardagi ijtimoiy munosabatlar va etnik jarayonlar o'zbek jangnoma dostonlarining yaratilishida muhim rol o'ynagan. Xususan, "Yusuf bilan Ahmad" dostonida tasvirlangan epik voqealar - Isfahon hukmdori Bo'zo'g'lonxonning o'z jiyanlari Yusuf va Ahmad bilan arazlashib, yurtidan quvg'in qilishi va ularning Xorazm xoni Eralixon huzuriga kelishlari, Misr podshosi Go'zalshohning Xorazmga o'z xufyasini yubortirib, Yusuf bilan Ahmadni zindonband etishi, Ashurbek boshchiligidagi qirq yigitning o'z do'stlarini qutqarish maqsadida "yazid'lar bilan jang qilishi, va nihoyat, zindondan xalos bo'lib, o'z yurtiga qaytgan qahramonlarning katta qo'shin to'plab, Go'zalshoh ustiga yurish qilishi voqealari tasvirida XVI asrning boshlarida Xorazm vohasida ro'y bergan tarixiy hodisalar - shoh Ismoil boshchiligidagi safaviylarning bu hududga bostirib kelishi va xorazmliklarning yurt ozodligi uchun olib borgan mardonavor kurashining aks sadosi yangrayotganday bo'ladi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
"Yusuf bilan Ahmad" dostonida Go'zalshoh lashkariga nisbatan "qizilboshlar" atamasi qo'llanilganligini hisobga olgan holda bu asardagi jang lavhalarining talqiniga xorazmliklarning o'z yurtini tashqi bosqinchilar xurujidan himoya qilish maqsadida olib borgan jang-u jadallari bilan aloqador tarixiy faktlar asos bo'lgan, deyish mumkin. Ushbu dostonning qo'lyozma va toshbosma nusxalarini qiyosiy o'rgangan folklorshunos R.Jumaniyozov ham "dostonda XVI asr Xorazm ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlariga doir ko'pgina ma'lumotlar mavjud. Unda o'sha davr ijtimoiy turmushiga xos jihatlar u yoki bu darajada o'z ifodasini topgan"ligini qayd etadi.
Demak, Xorazm vohasi aholisining shoh Ismoil qo'shinlariga qarshi olib borgan kurashi, aka-uka Elbarsxon va Belbarsxon boshchiligidagi o'zbek qavmlarining bu jangda xorazmliklarga yordam berishi, shuningdek, XI asrning oxirida gaznaviylar mag'lubiyatga uchragach, Isfahon va Kirmonga ko'chib ketgan xorazmlik emrelilarning safaviylar davridagi suronli voqealar sababli o'z ona diyori - Xorazmga ko'chib kelishi bilan bogliq voqealar ta'sirida XVI asrning o'rtalarida "Yusuf bilan Ahmad" dostoni sujetining ilk namunasi yuzaga kelgan. Yusuf bilan Ahmadning jang-u jadallari va qahramonona sarguzashtlariga bag'ishlangan o'zbek jangnoma dostonlarining og'zaki variantlari orasida Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan hamda Fozil Yo'ldosh o'glidan yozib olingan namunaning matni hajman nihoyatda kattaligi, an'anaviy epik sujet qurilishining mukammalligi, turkiy xalqlar jangnoma eposiga xos barcha asosiy belgilarni o'zida mujassamlashtirganligi, tasvirlangan voqealar talqinining ko'lamdorligi, baxshilar badiiy mahorati va badihago'ylik iqtidorining o'ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi.
"Yusuf bilan Ahmad" dostonining o'ziga xos xususiyatlari va kelib chiqishi tarixi xususida qiziqarli mulohazalarni bildirgan Herman Vamberi o'zining 1911 yildagi nashriga yozgan so'zboshisida bu doston o'zbek xalqi epik tafakkurining mahsuli o'laroq Xorazmda shakllangan, degan muhim qarashni ilgari surgan. Oradan qariyib 20 yil o'tgach, mazkur doston sujetining yaratilish tarixi va tarqalishi masalasi A.N.Samoylovichning 1929-yilda chop ettirilgan turkman adabiyoti tarixi ocherklarida ancha keng yoritilgan. Olim Yusuf bilan Ahmad sarguzashtlariga bag'ishlangan jangnoma doston sujeti Sharqiy Turkistondan Volga bo'ylarigacha bo'lgan katta hududda tarqalganligini qayd etar ekan, uning sujeti bilan "Kitobi Dadam Qo'rqut"ning "Bomsi Bayrak va Bonu chechak" bo'yi (qismi) orasida yaqinlik mavjudligiga e'tiborni qaratgan ediki, bu keyinchalik folklorshunoslikda "Yusuf bilan Ahmad" dostoni sujetining genezisini qiyosiy-tarixiy jihatdan o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Jadval-2
So'zboshiga doston haqidagi fikrlarini kiritgan ,Xorazmda shakllangan
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
degan fikrni ilgari surgan
A.N.Samaylovich 1229-yil Turkman adabiyoti ocherklarida "Kitobi Dadam Qo'rqut"ning "Bomsi Bayrak va Bonu chechak " qismi orasida yaqinlik bor deb aytgan
Dostonning boshqa Turkman Doston
tillarda chop ettirilgan
versiyalari
Uyg'ur Doston
Qozoq Doston
Qoraqalpoq Doston
Arab I.N.Vinnikov G'ijduvon tjo'gari qishlog'ida yashovchi arablardan shunday nomlangan ertak yozib olgan
O'zbek xalq qahramonlik eposiga doir monumental tadqiqot mualHflari V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlar tomonidan ushbu dostonning janriy mansubiyati belgilangan va "jangnoma doston" sifatida tasniflangan mazkur epik asarning shakllanishiga qahramonlik eposi an'analarining ta'siri atroflicha yoritilgan.
Bundan tashqari, mazkur dostonning turkman, uyg ur, qozoq va qoraqalpoq versiyalari ham chop ettirilgan. 1936, 1938 va 1943- yillarda Buxoro arablari tili va folkloriga doir materiallar to'plagan sharqshunos I.N.Vinnikov esa Gijduvon tumanidagi Jo'gari qishlog'ida yashovchi arablardan "Ahmad-Yusuf" ertagini yozib olgan.
REFERENCES
1. "Юсуф билан А^мад" (узбек халк достони) / Айтувчилар: Мухаммадкул Жонмурод угли Пулкан ва Фозил Йулдош угли; Ёзиб олувчи: Х,оди Зариф. Нашрга тайёрловчи: Б.Саримсоков;mas'ul muharrir To'ra Mirzayev: Tahrir hay'ati : Turob To'la va.boshq.-T.:Adabiyot va san'at nashriyoti,1987.400-bet. (O'zbek xalq og'zaki ijodi . Ko'p tomlik)
2. Жуманиёзов Р. "Юсуф ва Ахмад" достони ва унинг угуз ёдномалари билан муносабати. - Узбек тили ва адабиёти. - 1990. - 3-сон. - Б.46-50.
3. Жуманиёзов Р. "Юсуф ва Ахмад" достонининг вариантлари // Адабий меросга оид тадкикотлар. - Тошкент, 1986.