SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
SURXON VOHASINING TURIZM IMKONIYATLARI
Davlatov Azizbek Abdullajon o'g'li
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili yo'nalishi 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mamlakatimizning eng janubiy viloyati hisoblangan Surxon vohasining turistik imkoniyatlari tahlil qilingan. Vohadagi diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va ulug' zotlarning maqbaralari borasida ma 'lumotlar keltirilib, ularning turizm taraqqiyotidagi ahamiyati borasida xulosalar qilingan.
Kalit so'zlar: Surxon vohasi, ziyoratgohlar, maqbaralar, Al-Hakim at-Termiziy, Iso Termiziy, Sangardak, Fayoztepa, Qirqqiz, Dalvarzintepa.
This article analyzes the tourist opportunities of the Surkhan oasis, which is the southernmost region of our country. Information about the attractions, shrines, shrines and mausoleums of great people in the oasis is given, and conclusions are made about their importance in the development of tourism.
Key words: Surkhan oasis, shrines, mausoleums, Al-Hakim al-Tirmizi, Isa Termizi, Sangardak, Fayoztepa, Kirqqiz, Dalvarzintepa.
So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar, turizm sohasini ham chetlab o'tgani yo'q. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda ushbu serdaromad sohani rivojlantirish, mamlakatimizning turistik imkoniyatlaridan to'liqroq foydalanish, bu borada dunyoning taraqqiy etgan davlatlari tajribalarini amaliyotga qo'llash masalasiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shuningdek, sohaning huquqiy asosini yaratish borasida ham izchil chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Xususan, muhtaram Prezidentimizning "Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish to'g'risida"gi1, O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi2 farmonlarining qabul qilinishi turizm sohasining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar eshigini taqdim etadi.
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentimizning "Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish to'g'risida"gi PF-52-sonli farmoni.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentimizning O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6165-sonli farmoni.
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Surxon vohasi mamlakatimizda qadimiy qadamjolar va ziyoratgohlarga boyligi bilan ajralib turadi. Azal-azaldan bu hudud qadimiy sivilizatsiyalar to'qnashgan, turli dinlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar rivojlangan mintaqa sifatida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston o'rtasidagi savdo-madaniy aloqalarda muhim rol o'ynagan. Vohada bugungi kunga kelib nafaqat islom dini bilan bog'liq bo'lgan ziyoratgohlar, balki buddaviylik diniga aloqador bo'lgan manzilgohlar ham talaygina.
Surxondaryo viloyati haqli ravishda mamlakatimizning turistik imkoniyatlari nihoyatda katta bo'lgan hududlaridan biri sifatida e'tirof etib kelinadi. Surxon vohasi bir qancha yo'nalishlar, jumladan, arxeologik, ziyorat turizmi va ekologik turizm bo'yicha katta istiqbolga ega bo'lib, olimlar bu imkoniyatlarni turizm va geografik nuqtai nazaridan chuqur o'rganish lozimligini, turizm mintaqada istiqbolli soha ekanligini, bu borada xorijiy tajribani o'rganish, uni amaliyotga joriy etish zarurligini ta'kidlaydilar3.
Surxondaryo viloyatida arxeologik va ziyorat turizmiga oid manzilgohlar keng tarqalgan. Termizdan uncha uzoq bo'lmagan joyda qadimiy shahar xarobalari, Fayoztepa, Qoratepa, Sho'rchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa kabi qadimiy manzilgohlar arxeologik turizmning asosiy markazlaridan hisoblanadi. Vohadagi Sulton Saodat, Qirqqiz qal'asi, Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy kabi allomalar maqbaralari esa diniy turizm rivoji uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi4.
Surxondaryo viloyatiga diqqatga sazovor joylarni ko'rish uchun tashrif buyurgan sayyohlar bu yerda ko'plab arxeologik yodgorliklarga ega qadimiy odamlarning manzilgohlarini uchratishlari mumkin. Xususan, janubiy Hisor tog' tizmasini aholi punktlari bilan bog'lovchi Boysuntog' va Ko'hitang tog'laridagi mavjud g'orlar ibtidoiy odamlarning yashash joyi bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, Boysun tog'idagi Amur Temur g'ori ham qadimiy manzilgohlardan biridir. Surxondaryo viloyatining yana bir qadimiy madaniyat yodgorligi Sopollitepa madaniyatidir.
Jahon okeaniga eng yaqin mintaqa - O'zbekistonning janubiy darvozasi hisoblangan Surxon vohasi, xususan uning markazi Termiz shahri mustaqillik yillarida butunlay yangi qiyofa kasb etdi. 2002-yilda shaharning 2500 yilligini nishonlash uchun shaharda bir qator yangi binolar qad rostladi. Jumladan, Termiz temiryo'l vokzali, amfiteatr, arxeologiya muzeyi, san'at maktabi, markaziy stadion, "Alpomish" majmuasi va boshqalar shular jumlasidandir. Surxondaryoga kelgan
3
K.O. Qayumov. O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari. International scientific review. 2020. -B.73-78.
4 Ro'ziyev A.N. Surxondaryo viloyati. -Toshkent: Jayxun, 1996. - B. 78.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
sayyohlarda ayniqsa Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Termiz arxeologiya muzeyi eksponatlari katta taassurot qoldiradi. Muzeyning 9 ta asosiy ko'rgazma zalida Surxondaryo viloyatining miloddan avvalgi 100 ming yillik qadimiy madaniyat yodgorliklarini o'rganish jarayonida topilgan oddiy tosh qurollardan tortib, XX asr boshlarigacha bo'lgan tarixi, madaniyati, etnografiyasiga oid eksponatlar saqlanadi.
Arxeologik qazishmalardan tashqari, Surxon vohasi sayyohlarni qadimiy uylari, urf-odatlari, to'y-hashamlari bilan hayratga soladi. Viloyatda har yili "Boysun bahori" xalqaro folklor-etnografik festivali o'tkaziladi. Mazkur festivalda viloyat tumanlari aholisi o'zlarining betakror o'yinlari, kurash usullari va boshqa san'at namunalarini namoyish etadilar. IX-XV asrlarga oid jahonga mashhur olimlardan biri Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, masjid, maqbara, xonaqoh va qiroatxona vohada madaniyat azaldan naqadar yuksak darajada ekanini bilish imkonini beradi.
Mustaqillik yillarida vohadagi ziyorat turizmining istiqbolli obyektlari rekonstruksiya qilindi. Jumladan, Termiz shahri yaqinida joylashgan Hakim at-Termiziy maqbarasi, Sherobod tumanida joylashgan buyuk muhaddis olim Iso at-Termiziy maqbarasi ta'mirlandi5. Vohaning mahalliy va xorijy sayyohlar eng ko'p tashrif buyuruvchi maskanlaridan biri Sangardak sharsharasi atroflari obodonlashtirilib, sayyohlar uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Shuningdek, 2017-yil 14-fevralda "Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan bo'lib, ushbu markazda vohaning ziyorat turizmi bo'yicha imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish etish maqsadida "Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmi" bo'limi tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu markazda termiziy allomalarning boy ma'naviy merosini jahonga namoyish etish, bu borada xalqchil risolalar tayyorlash amaliyoti ham yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu tadbirlar vohaning turistik jozibadorligi yanada oshishiga xizmat qiladi6.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Surxon vohasida turizm, xususan uning yo'nalishlaridan biri hisoblangan ziyorat turizmi uchun keng imkoniyatlar mavjud bo'lib, ushbu imkoniyatlardan to'laqonli foydalanish xalqaro turizm taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida voha iqtisodiyotining yuksalishiga, xalq farovonligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, bevosita olimlar ishtirokida bir necha yo'nalishlarda turistik marshrutlarni ishlab
5 Abdullayev R. Hakim At-Termiziy. - Toshkent, 2015. - B.4.
6 Qayumov K.O. O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari. International scientific review. 2020. -
XULOSA
B.73-78.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
chiqish, madaniy yodgorliklar va ziyoratgohlar haqida turli tillarda risolalar va kitoblar nashr etish, vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlarning qiziqishini yanada oshirish maqsadida reklama xizmatlarini kengaytirish, viloyatdagi ta'lim muassasalarida turizmni rivojlantirish maqsadida maktab o'quvchilari va talabalar o'rtasida tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarga ekskursiya va sayohatlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ichki ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018-yil 3-fevraldagi 5326-sonli Farmoni.
3. Abdullayev R. Hakim At-Termiziy. - Toshkent, 2015.
4. Qayumov K.O. O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari. International scientific review. 2020. - B.73-78.
5. Ro'ziyev A.N. Surxondaryo viloyati. -T.: Jayxun, 1996.