O'ZBEKISTONNING MODDIY-MADANIY MEROSI OBYEKTLARINING YUNESKO UMUMJAHON MADANIY MEROSI RO'YXATIGA KIRITILISH TARIXI
BO'RIYEV Alisher
Termiz davlat universiteti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo 'yicha) yo'nalishi
2-bosqich magistranti
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-48-52
Ushbu maqolada O 'zbekistondagi moddiy madaniy meros
obyektlarining YUNESKO ro 'yxatiga kiritilishi tarixi yoritilgan. Bu ANNOTATSIYA so J o JO
borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar borasida xulosalar
keltirilgan.
Kalit so'zlar: YUNESKO, moddiy madaniy meros, ziyoratgohlar, arxeologik manzilgohlar, xalqaro tadqiqotlar.
В данной статье описывается история включения объектов АННОТАЦИЯ материального культурного наследия Узбекистана в список ЮНЕСКО. В связи с этим сделаны выводы о работах, проводимых в нашей стране.
Ключевые слова: ЮНЕСКО, материальное культурное наследие, святыни, археологические памятники, международные исследования.
KIRISH (Introduction)
O'zbekiston o'zining boy va betakror tarixi bilan qadim-qadimdan insoniyat beshiklaridan biri bo'lib kelgan. Bu hududda azaldan turli madaniyatlar to'qnashuvi sodir bo'lib, turli din vakillari o'zaro tinch-totuvlikda istiqomat qilgan. Shuningdek, mamlakatimiz islom dini rivojiga bebaho hissa qo'shgan buyuk alloma va mutafakkirlar yurti, islom arxitekturasining noyob durdonalari joylashgan makondir.
Shu nuqtai nazardan ajdodlarimiz mangu qo'nim topgan muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularni muhofaza qilish, obod qilish, noyob yodgorliklarni ta'mirlash masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biridir. Shundan kelib chiqib, 1993-yil O'zbekiston 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO)ga a'zo bo'ldi. 1994-yil BMT va YUNESKO ko'magida Jahon turizm tashkilotining Ipak yo'li, deb nomlangan xalqaro seminar o'tkazildi.Mustaqillik yillarida, muqaddas qadamjolarda yotgan avliyo va allomalarning faoliyatiga bag'ishlab, YUNESKO rahbarligida xalqaro ahamiyatga
48
www.birunijournal.uz
ega bo'lgan sanalar tashkil etilishi bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar olib borish asosiy vazifa sifatida belgilandi. Buning natijasida, Termizning 2500 yillik, Shahrisabz shahrining 2700 yillik, Qarshining 2700 yillik yubileylari nishonlandi. O'zbekiston Respublikasi YUNESKO tashkilotining teng huquqli a'zosi sifatida Xivadagi Ichanqal'a qo'riqxonasida (1990) hamda Buxoroning tarixiy markazida (1993) joylashgan yodgorliklar, Shahrisabz shahridagi Temur va Temuriylar davri me'moriy yodgorliklari (2001) va Samarqand shahri markazidagi tarixiy yodgorliklar (2002) Xalqaro Jahon Madaniy Merosi Qo'mitasiga 13 ta mashhur yodgorliklar sifatida ro'yxatga olindi. Surxondaryodagi Oq ostona bobo, Hakim Termiziy me'moriy majmualari, Qirqqiz saroyi hamda respublikadagi Arab ota, Ishratxona, Mirsaid Bahrom maqbaralari, Bahouddin, Chor Bakr, Shayx Muxtor Valiy majmualari, shuningdek, Raboti Malik, Jarqo'rg'on va Vobkent minoralari, jahon moddiy yodgorliklari ro'yxatiga kiritilishi uchun arizalar taqdim etildi1.
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
O'zbekistonning har bir hududi tarixiy jarayonlarda ishtirok etgan bo'lsa ham, bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida jami 1321 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud bo'lib, shundan 1043 ta arxeologiya, 210 ta arxitektura, 43 ta monumental, 35 ta diqqatga sazovor joylar mavjud. Birgina Surxondaryoda 561 ta madaniy merosga oid tarixiy yodgorliklar mavjud bo'lib, ularning yosh davri paleolit bosqichidan, to XX asrgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Ulardan 44 tasi arxeologik, 36 tasi arxitektura va muqaddas qadamjolar, 39 tasi monumental va san'at, 42 tasi diqqatga sazovor turistik joylarni tashkil etadi2.
O'zbekistonda 7-8 mingdan ortiq tarixiy obidalar mavjud bo'lib, 200 dan ortig'i YUNESKO ro'yxatida, islom madaniyati obidalarini asrab-avaylash va tarixiy obidalarga boy davlat sifatida O'zbekiston 9-o'rinni egallab turibdi. Madaniy tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan obyektlardan 545 tasi arxitektura, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi san'at va 5500 dan ortig'ini arxeologik obyektlar tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-martdagi "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 265-sonli Qarorining 33-bandida "YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlarning shaharsozlik normalari va
1 Xashimov M. YUNESKO faoliyatida diniy bag'rikenglik tamoyillari (O'zbekiston Respublikasi misolida): Tar. fan. nomz. diss. avtoref. - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2009. - B. 11-13.
2 Alimardonova Z.M. Modern concept of tourism development in Surkhandarya region // Central Asian Journal of innovations on tourism management and finance. Vol:02, Issue:02, Feb 2021. - Pp. 89-99.
49
www.birunijournal.uz
qoidalari talablari maxsus vakolatli organ bilan kelishishi belgilab qo'yildi. Shu jihatdan, "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. 2019-yilning 1-fevralidan 76 mamlakat fuqarolari 30 kunlik muddatga O'zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo'ldi.
Surxondaryo viloyatini YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritish uchun nomzod obyektlar (Xakim Termiziy, Zurmala, Sulton Sodot, Qirqqiz saroyi, Kokildor ota honaqosi, Fayoztepa va Qoratepa buddizm inshooti, Zarautsoy qoyatosh rasmlari, Jarqo'rg'on minora, Oq ostona bobo) ro'yxati shakllantirilib, Madaniyat vazirligiga yuborildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi "Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi PK-4095 sonli Qaroriga ko'ra, viloyatdagi 8 ta turistik obyektlar- Jarqo'rg'on minorasi, Sheroboddagi Xo'jaikon tuz g'ori, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo maqbarasi, Oltinsoy tumanidagi So'fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo'jaipok ziyoratgohlariga olib boruvchi 59 km yo'llar ta'mirlandi.
2020-yilda mazkur sohada koronavirus pandemiyasi bo'lishiga qaramay, vohadagi Madaniy meros va turizmni rivojlantirish bo'limlari tomonidan muhim tadbirlar amalga oshirildi. Qashqadaryoda 2020-yil 8 oy davomida 7100 nafar xorijiy sayyohlar, 48 000 nafardan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu 2019-yilning shu davriga nisbatan anchayin past ko'rsatkichdir. Qashqadaryo viloyati tarixida ilk bor ingliz tilidagi "Inside Kashkadarya" jurnali Amazon.com orqali AQSH va dunyoning boshqa davlatlarida sotuvga qo'yildi. Viloyatning turistik, siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayotini yoritishga mo'ljallangan jurnalning ilk soni Qashqadaryoning turizm salohiyatiga bag'ishlandi. Bunda vohaning ziyorat, eko, etno va ekstremal turizm yo'nalishlari keng ochib berildi3.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martda "Moddiy-madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hudud- lar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi 119-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bo'yicha barcha moddiy va arxeologiya merosi yodgorliklari operativ boshqaruvi bilan Madaniyat boshqarmasiga va Muzey qo'riqxonasiga topshirilgan.
O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida katta turistik salohiyatga ega. O'zbekiston sayyohlik ko'lami va tarixiy joylar ko'pligi bo'yicha dunyodagi yetakchi o'nta mamlakat qatorida turadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz
3 Inside Kashkadarya: Social and Cultural Magazine Kindle Edition, October 20, 2020 by Asror Allayarov (Author https://www.amazon.com/Inside-Kashkadarya-Social-Cultural-Magazine-ebook/dp/B08LMSWZ1P
50
www.birunijournal.uz
shaharlarida joylashgan moddiy va nomoddiy material obyektlari dunyo tarixiy va madaniy merosi BMTning YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Qayd etish joizki, mamlakatimizda tarixiy, madaniy, me'moriy, arxeologik ahamiyatga ega bo'lgan turistlarni jalb qilish mumkin bo'lgan obyektlardan 4000 dan ziyod tarixiy va me'moriy obidalar, turistik obyekt sifatida qamrab olingani 140 ta deb ko'rsatiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar salmog'i katta. Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga O'zbekistondagi 4 ta me'moriy majmua - Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan. Mamlakatimizning YUNESKOga a'zo bo'lgan 1993-yildan boshlab sohaga oid barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qo'shilish choralarini ko'rdi, ularning normalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda.
Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi "Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Qarorning 10-bandiga asosan YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga ko'ra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanishi belgilandi. Ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirishiga oid tartib o'rnatildi. Shuningdek, "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunida VI bobi alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarga oid qator normalar belgilangan. YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga ko'ra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sifatida belgilab qo'yilishi ushbu hududlarning huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi va ularni muhofaza qilishning qonuniy asoslari yaratildi. Rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish yo'lga qo'yildi. Masalan, 2020-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish uchun 11 ta loyiha Umumjahon merosi markaziga yuborilgan. 2020-yil sentyabr oyida Buxoro tarixiy markazida rejalashtirilgan obyektning loyihasi yuzasidan Umumjahon merosi markazining ijobiy xulosasi olindi4.
4 Ruziyeva D.I. Ways of development and promoting of cultural tourism in Uzbekistan // Economics and management: theory and practice: Collection of scientific articles. Vol. 2 - Verlag SWG imex GmbH, Nürnberg, Deutschland, 2014.
- Pp. 99-102.
51
www.birunijournal.uz
XULOSA (Conclusion)
Keyingi paytlarda O'zbekiston hududidagi noyob madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obyektlarini asrashga doir turli xalqaro anjumanlar tashkil qilinmoqda. Mazkur tadbirlar madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish yo'lidagi dolzarb muammolarni ko'rib chiqish, xalqaro tajribani o'rganish, tarixiy-madaniy meros saqlanishini ta'minlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu yo'nalishdagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yo'nalishlarini aniqlash imkonini bermoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)
1. Alimardonova Z.M. Modern concept of tourism development in Surkhandarya region // Central Asian Journal of innovations on tourism management and finance. Vol:02, Issue:02, Feb 2021.
2. Ruziyeva D.I. Ways of development and promoting of cultural tourism in Uzbekistan // Economics and management: theory and practice: Collection of scientific articles. Vol. 2 - Verlag SWG imex GmbH, Nürnberg, Deutschland, 2014.
3. Xashimov M. YUNESKO faoliyatida diniy bag'rikenglik tamoyillari (O'zbekiston Respublikasi misolida): Tar. fan. nomz diss. avtoref. - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2009.
4. Mamatqulov, E. (2022). TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 950-953.
5. Mamatqulov, E. (2022). YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 402-406.
6. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1), 334-337.
7. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.
52
www.birunijournal.uz