Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI SAZ TUPROQLARDA G‘O‘ZA HOSILDORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI'

SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI SAZ TUPROQLARDA G‘O‘ZA HOSILDORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
227
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘tloqi saz / agrotexnik usullar / g‘o‘za / hosil / mineral o‘g‘it / meadow saz / agricultural practices / cotton / crop / mineral fertilizers

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Турдалиев Авазбек Турдалиевич, Ахунов Акмалжон Акромович

Maqolada sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda g‘o‘za yetishtirish hamda undan yuqori va sifatli hosil olish yo‘llari keltirilgan bo‘lib, sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda barcha agrotexnik jarayonlarga qo‘shimcha ravishda noan’anaviy agrotexnik usullardan foydalanish natijasida g‘o‘zadan yuqori 36,1 – 41,3 s/ga hosil olish, shuningdek, bargdan oziqlantirish jarayonida g‘o‘za, boshoqli va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli xasharotlarga qarshi bardoshliligi ham ortishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE COTTON YIELD ON IRRIGATED MEADOW SAZ SOILS

The article discusses the methods of growing cotton on irrigated meadow soils and obtaining a higher and higher quality crop, on irrigated meadow soils, the yield of cotton is higher than 36.1-41.3 c/ha through the use of all agrotechnical and non-traditional agrotechnical methods together. The use of cotton made it possible to obtain a high yield of 36.1 41.3 c/ha, as well as an increase in the resistance of cotton, cereals and other crops to pests during the foliar feeding period.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI SAZ TUPROQLARDA G‘O‘ZA HOSILDORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI»

SUG'ORILADIGAN O'TLOQI SAZ TUPROQLARDA G'O'ZA HOSILDORLIGINI

OSHIRISH YO'LLARI Турдалиев Авазбек Турдалиевич

b.f.d., FarDU dotsenti Ахунов Акмалжон Акромович

mustaqil izlanuvchi, FarDU https://doi.org/10.5281/zenodo.6643310

Annotatsiya. Maqolada sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda g'o'za yetishtirish hamda undan yuqori va sifatli hosil olish yo'llari keltirilgan bo'lib, sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda barcha agrotexnik jarayonlarga qo'shimcha ravishda noan'anaviy agrotexnik usullardan foydalanish natijasida g'o'zadan yuqori 36,1 - 41,3 s/ga hosil olish, shuningdek, bargdan oziqlantirish jarayonida g'o'za, boshoqli va boshqa qishloq xojaligi ekinlarining zararli xasharotlarga qarshi bardoshliligi ham ortishi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: o'tloqi saz, agrotexnik usullar, g'o'za, hosil, mineral o'g'it.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ УРОЖАЙНОСТИ ХЛОПЧАТНИКА НА ОРОШАЕМЫХ

ЛУГОВЫХ САЗОВЫХ ПОЧВАХ

Аннотация. В статье рассмотрены способы выращивания хлопчатника на орошаемых луговых почвах и получения более высокого и качественного урожая, на орошаемых луговых почвах урожайность хлопчатника выше 36,1-41,3 ц/га за счет применения вместе всех агротехнических и нетрадиционных агротехнических приемов. Использование хлопчатника позволило получить высокую урожайность 36,1 - 41,3 ц/га, а также повышение устойчивости хлопчатника, зерновых и других сельскохозяйственных культур к вредителям в период листового питания.

Ключевые слова: луговые сазовые, агротехнические приемы, хлопчатник, урожай, минеральные удобрения.

WAYS TO INCREASE COTTON YIELD ON IRRIGATED MEADOW SAZ SOILS

Abstract. The article discusses the methods of growing cotton on irrigated meadow soils and obtaining a higher and higher quality crop, on irrigated meadow soils, the yield of cotton is higher than 36.1-41.3 c/ha through the use of all agrotechnical and non-traditional agrotechnical methods together. The use of cotton made it possible to obtain a high yield of 36.1 - 41.3 c/ha, as well as an increase in the resistance of cotton, cereals and other crops to pests during the foliar feeding period.

Key words: meadow saz, agricultural practices, cotton, crop, mineral fertilizers.

KIRISH

Tuproqlarning hosil bo'lishi va rivojlanishi, uzoq vaqt davomida dehqonchilikda foydalanish ta'sirida o'zgarishlarini aniqlash, ularning agroekologik holati va xossa-xususiyatlari, morfogenetik tuzilishi, tuproqlarning sifat jihatdan baholash va unumdorligini belgilash, uning unumdorligiga ta'sir etuvchi salbiy jarayonlarni oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Unumdorlik tuproqning haqiqiy sifat ko'rsatkichi hisoblanib, uni oshirishda boshqa tadbirlar ichida almashlab ekish alohida o'rinda turadi. Juda ko'p tadqiqotlar va keng ko'lamda o'tkazilgan tajribalar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

sug'oriladigan yerlardan samarali foydalanishning birdan bir to'g'ri yo'li beda-g'o'za almashlab ekish sistemasi ekanligini aniqlab berdi.

O'zbekistonda turli tuproq-iqlim sharoitida almashlab ekishning turli tizimlari O'zPITI da 1926 yildan buyon o'rganib kelinmoqda. Jumladan, A.Karimov (1971-1977) va M.Muhammadjonovlarning (1978) tajribalarida, ekishgacha azot bilan boyitilganda o'simlikning o'sishi va rivojlanishi kuchayib, yer usti va yer osti organlari kuchli rivojlanib, hosildorlik 3-4 s/ga ortadi.

L.P.Stepanov (1988) ma'lumotiga ko'ra, pushta hamda jo'yak olinganda tuproq harorati tekis yerga nisbatan 1,0-1,1 °C gacha farq qilgan, natijada unib chiqish davrida 10 kunda 2-19 °C foydali harorat ko'p olgan.

Sug'oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy, fizik-kimyoviy, biogeokimyoviy va boshqa xossa-xususiyatlarini Kamilov O.K. [6], Yuldashev G. [7], Isakov V.Yu. [3, 4], Jabbarov Z.A. [2], Turdaliyev A.T. [1, 8, 9], Mirzayev U.B. [5], Jobborov B.T.,Yusupova M.A., Haydarov M.M. [10, 11] va boshqalar tomonidan o'rganilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

G'o'za hosildorligini orttirish borasida 2017 - 2018 va 2018 - 2019 yillarda dala tajribalari o'tkazildi. Tajriba qo'yish, ularda har xil tadqiqot ishlarini oshirishda O'zPITI (СоюзНИХИ ning «Методика закладки полевых опытов с хлопчатником» Toshkent, 1981 yil) qo'llanmasidan foydalanildi, tajribalar 4 qaytariqda olib borildi, har bir qaytariqning maydoni 240 m2 ga teng.

Tajriba maydonining tuproqlari - sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlardan iborat. Ular mexanik tarkibiga ko'ra yengil va o'rta qumoqli. Sho'rlanish darajasiga ko'ra, tuproqlar kuchsiz sho'rlangan. Sizot suvlarining sathi 1,0-1,5 m chuqurlikda joylashgan, mineralizatsiyasi 1-3 g/l atrofida.

Dala tajribalari quyidagi sxema bo'yicha olib borildi.

1-jadval Tajriba sxemasi

Variant № Mineral o'g'itlarning yillik normasi, kg/ga

N P2O5 K2O

2017 - 2018 yillar

1 - - -

2 150 100 50

3 175 125 75

4 200 150 100

2018 - 2019 yil

1 - - -

2 175 100 50

3 200 125 75

4 265 150 100

TADQIQOT NATIJALARI

Olib borilgan tajribalar sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarning asosiy xossa va xususiyatlarini belgilab, bu tuproqlardan qishloq xo'jaligida samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bunda g'o'za yetishtirishda qo'llaniladigan agrotexnik jarayonlar ma'lum vaqt va meyorlarda bajarildi. Al-Farg'oniy massivida jami 1428 ga yer bo'lib, shundan 1389 ga qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlardir. Bu hududda 32 ta fermer xo'jaliklari faoliyat yuritadi. Ularning tipik joyi deb "Tavakkal-Jo'rabek Mirzaobod" fermer xo'jaligi maydoni tanlab olindi va dala tajribalari olib borildi.

2017 - 2018 va 2018 - 2019 yillarda "Tavakkal-Jo'rabek Mirzaobod" fermer xo'jaligi yer maydoniga g'o'za ekildi va 120 konturdagi 17 ga yer maydonini tipik joyni tanlab tajriba qo'yildi. Tajriba sxemasi va qo'llanilgan agrotexnik jarayonlar quyidagi 1-2 jadvallarda keltirilgan [9].

2-jadval

Tajriba dalasida o'tkazilgan agrotexnik tadbirlar

№ Ish turi O'tkazilgan vaqti O'tkazilgan vaqti

2017-2018 y. 2018-2019 y.

1 G'o'zapoyani yig'ishtirib olish 25.11 18.11

2 Teksilash 29.11 23.11

3 Pluglash 30.11 27.11

4 Yaxob berish 02.02 24.01

5 Ekish oldidan baronalash 10.03 20.03

6 Molalash 16.03 25.03

7 Ekish 20.03 28.03

8 Yaganalash 22.04 16.04

9 Kultivatsiyalar 23.03, 30.03, 07.04, 28.04, 14.05, 25.05, 12.06, 27.06, 19.07, 10.08 04.04, 10.04, 21.04, 28.04, 10.05, 21.05, 07.06, 18.06, 27.06, 09.07, 22.07, 01.08, 15.08

10 Rixleniye 15.04 16.04, 04.05, 29.05

11 Qatqaloqqa qarshi kurash 18.04 12.04

12 O'suv davridagi azotli, fosforli oziqalar 23.04 24.04

13 O'suv davridagi azotli, kaliyli oziqalar 10.05 17.05

14 O'suv davrida bargdan oziqlantirish 28.03, 02.04, 13.04, 10.05 05.04, 09.04, 23.04, 13.05, 21.05

15 Qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash 25.05 21.05

16 Sug'orishlar 28.04, 15.05, 12.07 26.04, 19.05, 15.07

17 O'toqlar o'tkazish 12.06, 17.08 15.06, 16.08

18 Paxta terimlari 02.09, 15.09, 24.09, 08.10 05.09, 10.09, 17.09, 15.10

Sug'oriladigan yerlar sharoitida g'o'zalarni parvarishlashda maxsus agrotadbirlar tuzilishiga rioya etilishi lozim. Jumladan, avvalo, yerlarni ekish mavsumigacha bo'lgan davrda

sho'rdan tozalash lozim. Buning uchun sho'rlanish darajasiga qarab tuproqning sho'ri yuvilishi kerak. Tuproq sho'rdan qancha yaxshi tozalansa, shunchalik yuqori samaraga erishiladi. So'ngra yerga ekishni tayyorlashga kirishiladi. Tuproqni ekishga tayyorlash tadbiri o'z ichiga bir qator ishlarni oladi. Bunga yerni haydash, chizil qilish, desklash va boronalashga kirishadi. Bu ishlar natijasida tuproqning suv-fizik xossalari yaxshilanadi. Natijada tuproqda havo, suv issiqlik va mikroorganizmlarning faoliyati yaxshilanadi. Bundan tashqari kuzgi shudgordan so'ng ko'pchilik hashoratlar kasalliklar va begona o'tlarning urug'lari yo'qoladi.

G'o'za yetishtirishning eng muhim agrotexnik tadbirlaridan yana biri chigit ekish bo'lib, chigitni yaxshi ishlangan yerlari darajasida qizigan va nami yetarli bo'lgan tuproqlarga o'z muddatida ekish nihollarini qiyg'oz undirib olishning garovidir.

Tajriba maydonida qo'shqatorli (60*30 sxemada) ekish seyalkalaridan foydalanib, 2018 yili 120 - 130 ming dona/ga ko'chat qoldirildi. 2019 yilda esa ko'chatlar sonini 130 - 140 ming dona/ga gacha yetkazildi.

G'o'za qator oralariga ishlov berish g'o'zani o'sishi va rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. G'o'zani yaxshi rivojlangan nozik paytida yaxshilab parvarish qilish lozim. Qator oralig'ini ishlashdagi asosiy vositalardan biri kultivatsiya qilishdir. Shuning uchun tajriba uchastkasida o'suv davrida 2018 yilda 10 (shundan 1 martasi rixleniye - 25-30 sm chuqrlilikkacha yumshatish) marta, 2019 yilda 17 (shundan 3 martasi rixleniye) marta sifatli kultivatsiya qilindi.

G'o'zani oziqlantirishdan maqsad, uning hosildorligini oshirishdir. Tajriba maydonida butun o'suv davrida 2 marta mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish o'tkaziladi. Birinchi oziqlantirish o'simlikning 3 - 4 chin bargi paydo bo'lganda 2018 yilda gektariga 100 kg hisobida azotli o'g'it, 100 kg fosforli o'g'it, 2019 yilda gektariga 165 kg hisobida azotli o'g'it, 150 kg/ga fosforli o'g'it berildi.

Ikkinchi oziqlantirish, g'o'zaning gullash davrida o'tkazilib, 2018 yilda gektariga 75 kg azot va 75 kg/ga kaliyli o'g'it solindi. 2019 yilda esa 100 kg/ga azotli va 100 kg/ga kaliyli o'g'it berildi. Fosorli o'g'itlarning 70 % miqdori yerni shudgorlash oldidan berilishi kerak.

Bundan tashqari, tajriba maydonida 2018 yilda 4 marotaba, 2019 yilda 5 marotaba suyuq kompleks ozuqa eritmasi bilan ishlov berildi. Ushbu qo'shimcha ravishda bajarilgan bargdan oziqlantirish usulida g'o'za hosildorligi va sifati sezilarli darajada ortganligiga guvoh bo'ldik.

Suv o'simlik hayoti uchun muhim omillardan biridir. Mo'l paxta hosilini barvaqt yetishtirish uchun amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari ichida g'o'zani o'z vaqtida to'g'ri sug'orish katta ahamiyatga egadir. Sho'rlangan tuproqlar sharoitida tuproq namligi sho'rlanmagan yerlarga nisbatan 25 - 30 % ga yuqori bo'lmog'i lozim.

O'z vaqtida sifatli qilib o'tkazilgan chekanka shona, gul va tugunchalarni to'kilishini kamaytiradi. Har bir tupda to'liq ko'saklar yetishishi va tez pishishi uchun sharoit yaratadi. Chekanka qilish natijasida har bir ko'sak og'irligi oshadi, oqibatda hosildorlik yuqori bo'ladi.

MUHOKAMA

Yil davomida 1-2 marotaba qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash, 3 - 4 marotaba sug'orish va boshqa tadbirlar o'tkazildi. Hosilni aniqlashda unga to'g'ridan-to'g'ri tasir qiladigan omillar, masalan kuzning qanday kelishi, g'o'za bargini to'ktirish, gektardagi ko'chat soni ham katta ahamiyatga ega.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Kutilayotgan hosilga doir ma'lumot to'liq va aniq bo'lishi uchun bu tadbirlarni terim yaqin qolganda o'tkaziladi. Kutilayotgan hosil har bir dala uchun alohida-alohida aniqlanadi. Shunga ko'ra yerlarda hosildorlikni aniqlash ham muhimdir. Tajriba natijalarini hal qiladigan ko'rsatkich hosil hisoblanadi. Tajribada to'rt marotaba qo'l terimi o'tkazildi (3-jadval).

3-jadval

Terimlar bo'yicha hosildorlik, s/ga

Vari-antlar Terimlar soni, s/ga Nazoratga nisbatan qo'shimcha hosil

1 2 3 4 Jami, s/ga

s/ga % s/ga % s/ga % s/ga % s/ga %

2018 yil hosili

1 18,3 76,9 3,8 16 1,1 4,6 0,6 2,5 23,8 -

2 25,0 79,6 4,6 14,6 1,4 4,5 0,4 1,3 31,4 7,6 24,2

3 32,4 89,7 2,9 8,0 0,8 2,2 - - 36,1 12,3 34,1

4 27,3 76,3 6,1 17,0 1,7 4,7 0,7 1,9 35,8 12,0 33,5

2019 yil hosili

1 18,0 74,7 4,2 17,4 1,3 5,4 0,6 2,5 24,1 -

2 27,6 80,1 4,7 13,7 1,6 4,7 0,3 0,9 34,2 10,1 29,5

3 29,8 81,6 5,3 14,5 1,0 2,7 0,4 1,1 36,5 12,4 38,3

4 37,6 91,0 3,4 8,2 0,3 0,7 - - 41,3 17,2 41,6

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, nazoratga nisbatan tajriba variantlarida hosildorlik 7,6-17,2 s/ga ko'p hosil olishga erishildi.

Barcha agrotexnik tadbirlarni to'g'ri qo'llash hisobiga 2018 yilda nazoratga nisbatan 2-variantda 7,6 s/ga, 3-variantda 12,3 s/ga, 4-variantda 12,0 s/ga qo'shimcha hosil olishga erishildi. Bunda e'tibor beradigan bo'lsak, 3-variantda hosilning asosiy qismi, ya'ni 89,7 % 1-terimda terib olingan va 1-navga topshirilgan. 2019 yilda esa 4-variantda nazoratga nisbatan 17,2 s/ga ko'p hosil olingan va hosilning 91,0 % qismi 1-terimda terib olinib, 1-navga topshirilgan.

G'o'za hosildorligini oshirishning asosiy yo'llaridan biri g'o'za ekilgan maydonlarga qo'shimcha ravishda noan'anaviy agrotexnik usullarni qo'llash hisoblanadi. Tadqiqot hududida ana shunday noan'anaviy usullardan ikki yil davomida turli darajada foydalanish natijasida yuqori va sifatli hosil olishga erishildi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini ildizdan oziqlantirilishini kamaytirib, iloji boricha bargdan oziqlantirish usuliga e'tibor qaratilganda tuproqlarning og'ir metallar va radioaktiv elementlar bilan ifloslanishini kamayishiga olib keladi.

Shu maqsadda "Tavakkal Jo'rabek Mirzaobod" fermer xo'jaligi yerlarida qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda bargdan oziqlantirish usuliga e'tiborni kuchaytirib, tumanda birinchilar qatorida yuqori sifatli va mo'l hosil yetishtirishga erishib kelmoqdamiz. E'tiborli jihatlardan yana biri, bargdan oziqlantirish jarayonida g'o'za, boshoqli va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlarining zararli xasharotlarga qarshi bardoshliligi ham ortadi.

XULOSA

Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda g'o'za hosildorligi va sifatini yuqori darajaga yetkazish uchun ekin maydonlarida barcha agrotexnik jarayonlarga qo'shimcha ravishda

noan'anaviy agrotexnik usullardan foydalanish, ya'ni qo'shqatorli ekish sxemada, ko'chat qalinligini 120 - 140 ming/ga gacha yetkazilib, 9-14 marta kultivatsiya, 1-3 marotaba rixleniye hamda ildizdan oziqlantirish meyorini kamaytirib, bargdan oziqlantirishni 4-5 marotaba o'tkazish tavsiya etiladi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Газиев М.А., Турдалиев А.Т. Роль органических и минеральных удобрений в

развитии физиологических групп микроорганизмов в системе севооборота //Современные фундаментальные и прикладные исследования. - 2019. - №. 2. - С. 9-12.

2. Jabbarov Z., Jobborov B., Fakhrutdinova M., Iskhokova Sh., Abdurakhmonov N.,

Zakirova S., Makhammadiev S. (2021). Remediation of the Technogenic Soils. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 4503-4510.

3. Isaqov V., Yusupova M., Jalolov S. Farg'ona vodiysi qumlarining ekologik-geokimyoviy

o'zgarishlari // Geografiya va hayot izlanishlar yechimlar va tadbiqlar. - T. 2012. B. 56-60.

4. Isaqov V.Y., Mirzayev U.B. Markaziy Farg'onada shakllangan arziqli tuproqlarning

xossalari va ularning inson omili ta'sirida o'zgarishi. Toshkent, «Fan», 2009. 228 b.

5. Исаков В.Ю., Мирзаев У.Б., Юсупова М.А. Особенности характеристики почв

песчаных массивов Ферганской долины // Научное обозрение. Биологические науки. - 2020. - № 1. - С. 15-19.

6. Камилов О.К., Исаков В.Ю. Генезис и свойства окарбоначенно-загипсованных почв

Центральной Ферганы. - Т., 1992. -127 с.

7. Turdaliyev A., Yuldashev G. Pedolitli tuproqlar geokimyosi. Monografiya. - T. "FAN". -

2015. - С. 26-48.

8. Турдалиев А.Т., Аскаров К.А., Мирзаев Ф.А.У. Морфологические особенности

орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. №3. С. 56-61.

9. Turdaliyev A., Alijonova M., Mirzayev F. Dehqonchilikda g'o'za hosildorligini oshirish

yo'llari / Farg'ona vodiysi dehqonchiligi istiqbollari, muammolari va yechimlari // Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Farg'ona, 2020, 32-35 b.

10. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. -2021. - № 80-3. - С. 45-47. - DOI 10.18411/trnio-12-2021-121.

11. Хайдаров М.М. Основы применения гуминовых веществ в светлых сероземах //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 8. - С. 87-93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.