Научная статья на тему 'XORAZM VOHASI O‘TLOQ-ALLYUVIAL TUPROQLARIDA «XORAZM-127» VA «XORAZM-150» G‘O‘ZA NAVLARINI KO‘CHAT QALINLIGI, OZIQLANTIRISH, SUG‘ORISH ME’YORLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

XORAZM VOHASI O‘TLOQ-ALLYUVIAL TUPROQLARIDA «XORAZM-127» VA «XORAZM-150» G‘O‘ZA NAVLARINI KO‘CHAT QALINLIGI, OZIQLANTIRISH, SUG‘ORISH ME’YORLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

633
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’sish / rivojlanish / ildiz / o’g’it me’yori / texnologiya / nav / sug’orish tartibi / ko’chat qalinligi / g‘o‘za / agrotexnologiya / growth / development / root / the norm of fertilizers / technology / sort / watering regime / seedling thickness / cotton / agrotechnology

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Intizar Ismayilova, Inoyatullo Davlatov, Xilola Torayeva, Sarvinoz Saidova

Paxtachilik bilan shug‘ullanadigan xududlardan biri Xorazm vohasidir. Vohaga Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy, Turkmaniston Respublikasining shimoliy-sharqiy qismlari kiradi. Vohada dehqonchilik asosan Amudaryoning allyuviysida hosil bo‘lgan tuproqlarda olib boriladi. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, bu voha o‘zining iqlimiga ko‘ra (sahro zonasi) Respublikaning boshqa viloyatlaridan (Qoraqalpog‘iston mustasno) tubdan farq qiladi. Bahor kech, kuz barvaqt keladi. SHuning uchun bu vohada paxta etishtirish uchun tezpishar, serhosil, kasallikka chidamli, suv kam iste’mol qiladigan, yuqori chiqimli va sifatli paxta xomashyosi beradigan g‘o‘za navlari kerak. Keyingi paytlarda ushbu talablarga javob beradigan «Xorazm-127», «Xorazm-150» g‘o‘za navlari O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filialida yaratildi. Endigi vazifa bu navlardan yuqori va sifatli paxta xomashyosi etishtirish uchun ularning agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"IMPACT OF PLANT DENSITY, FERTILIZATION AND IRRIGATION TO GROWTH AND DEVELOPMENT OF KHOREZM-127 AND KHOREZM-150 VARIETIES ON MEADOW ALLUVIAL SOILS OF KHOREZM OASIS"

One of the most cotton growing areas is the Khorezm oasis. The oasis includes Khorezm region, the southern part of the Republic Karakalpakstan, the north-eastern part of the Republic Turkmenistan. Farming in the oasis is mainly carried out on soils farmed in the alluvium of the Amudarya. It should be noted that this oasis, due to it's climate (desert zone) radically different from other regions of the Republic (except Karakalpakstan). Spring comes late, autumn comes early. Therefore, cotton growing in this oasis requires fast-ripening, high-yielding, disease -resistant, waterconsuming, high-quality raw cotton varieties. In the near future "Khorezm 127"; "Khorezm 150" cotton varieties that meet these requirements will be created in the Khorezm branch of the Uzbek cotton Research Institute. The next task is to develop their agrotechnology for the cultivation of high-quality raw cotton from these varieties.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASI O‘TLOQ-ALLYUVIAL TUPROQLARIDA «XORAZM-127» VA «XORAZM-150» G‘O‘ZA NAVLARINI KO‘CHAT QALINLIGI, OZIQLANTIRISH, SUG‘ORISH ME’YORLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

XORAZM VOHASI O'TLOQ-ALLYUVIAL TUPROQLARIDA «XORAZM-127» VA «XORAZM-150» G'O'ZA NAVLARINI KO'CHAT QALINLIGI, OZIQLANTIRISH, SUG'ORISH ME'YORLARINING

O'SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Intizar Ismayilova Inoyatullo Davlatov Xilola To'rayeva Sarvinoz Saidova

Urganch davlat Urganch davlat Urganch davlat Urganch davlat

universiteti universiteti universiteti universiteti

ANNOTATSIYA

Paxtachilik bilan shug'ullanadigan xududlardan biri Xorazm vohasidir. Vohaga Xorazm viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasining janubiy, Turkmaniston Respublikasining shimoliy-sharqiy qismlari kiradi. Vohada dehqonchilik asosan Amudaryoning allyuviysida hosil bo'lgan tuproqlarda olib boriladi. SHuni alohida ta'kidlash zarurki, bu voha o'zining iqlimiga ko'ra (sahro zonasi) Respublikaning boshqa viloyatlaridan (Qoraqalpog'iston mustasno) tubdan farq qiladi. Bahor kech, kuz barvaqt keladi. SHuning uchun bu vohada paxta etishtirish uchun tezpishar, serhosil, kasallikka chidamli, suv kam iste'mol qiladigan, yuqori chiqimli va sifatli paxta xomashyosi beradigan g'o'za navlari kerak.

Keyingi paytlarda ushbu talablarga javob beradigan «Xorazm-127», «Xorazm-150» g'o'za navlari O'zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filialida yaratildi. Endigi vazifa bu navlardan yuqori va sifatli paxta xomashyosi etishtirish uchun ularning agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so'zlar: O'sish, rivojlanish, ildiz, o'g'it me'yori, texnologiya, nav, sug'orish tartibi, ko'chat qalinligi, g'o'za, agrotexnologiya.

"IMPACT OF PLANT DENSITY, FERTILIZATION AND IRRIGATION TO GROWTH AND DEVELOPMENT OF KHOREZM-127 AND KHOREZM-150

VARIETIES ON MEADOW ALLUVIAL SOILS OF KHOREZM OASIS"

Intizar Ismailova Inoyatullo Davlatov Hilola Toraeva Sarvinoz Saidova

Urgench state Urgench state Urgench state Urgench state

university university university university

ABSTRACT

One of the most cotton growing areas is the Khorezm oasis. The oasis includes Khorezm region, the southern part of the Republic Karakalpakstan, the north-eastern

part of the Republic Turkmenistan. Farming in the oasis is mainly carried out on soils farmed in the alluvium of the Amudarya. It should be noted that this oasis, due to it's climate (desert zone) radically different from other regions of the Republic (except Karakalpakstan). Spring comes late, autumn comes early. Therefore, cotton growing in this oasis requires fast-ripening, high-yielding, disease -resistant, water- consuming, high-quality raw cotton varieties. In the near future "Khorezm 127"; "Khorezm 150" cotton varieties that meet these requirements will be created in the Khorezm branch of the Uzbek cotton Research Institute. The next task is to develop their agrotechnology for the cultivation of high-quality raw cotton from these varieties.

Keywords: growth, development, root, the norm of fertilizers, technology, sort, watering regime, seedling thickness, cotton, agrotechnology.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga ko'ra 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi III- ustuvor yo'nalishi (Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari) da qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishda kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish ishlariga alohida e'tibor qaratilgan.

Respublikamiz paxtachiligini rivojlantirishda yangi g'o'za navlarini yaratish o'ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda nafaqat Xorazm viloyati, balki respublikamizning barcha mintaqalari paxtachiligida jahon standartlari talabiga javob beradigan raqobatbardosh, ertapishar, serhosil, yuqori sifatli paxta hosili beruvchi yangi navlar va ularga mos agrotexnologiyalarini yaratish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda.

PSU va EAITI Xorazm ITS tomonidan yaratilayotgan g'o'za navlari o'zining tezpisharligi, serhosilligi, sho'rga chidamliligi va tolasining sifati bo'yicha boshqa navlardan ajralib turadi. Bugungi kunda Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi tomonidan yaratilgan g'o'zaning o'rta tolali "Xorazm-127" va "Xorazm-150" navlari viloyatimiz tumanlarida minglab gektar maydonlarga ekilib, yuqori hosil yetishtirilmoqda. Shuni e'tiborga olgan holda, g'o'za navlari ko'chat qalinligi, oziqlantirish, sug'orish me'yorlarining o'sish va rivojlantirishga ta'sirini o'rganish ham dolzarb hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

G'o'zadan yuqori va sifatli hosil olish uchun ko'chat qalinligi gektarda to'liq bo'lishi kerak. G'o'zaning o'sishi va rivojlanishiga, shoxlanishiga tuproqning unumdorligi, zahob chuqurligi, uning sho'rlanganligiga qarab, ko'chat soni har xil bo'lishi mumkin. G'o'za navi va ko'chat qalinligi to'g'risida olimlar shu sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari tashkil bo'lgan paytdan shug'ullanib kelishadi. Har bir yangi va istiqbolli g'o'za navidan yuqori, sifatli hosil olish uchun avvalo uning bir gektardagi meyoriy ko'chat qalinligi ta'minlanishi kerak.

Hattoki, bir ho'jalik xududida ham g'o'zadan yuqori hosil olish uchun uni bir gektardagi soni har xil bo'lishi mumkin. Xorazm viloyatining zahob 0,9-2,4 m chuqurlikda joylashgan tuproqlarida 110-120 ming/ga g'o'za ko'chati qoldirilganda yaxshi natijalarga erishilgan. Namangan viloyatida joylashgan «Qizil-Rovot» ho'jaligida, haydov osti qatlamiga toshlar yaqin bo'lgan tuproqlarda Toshkent-6 g'o'za navidan 150-160 ming, unumli erlarda 110-120 ming ko'chat, 60x10-1, 60x15-1, 60x20-1 tizimlarda qoldirganda paxtadan yuqori hosil olingan.

Mirahmedov S.M., Djabbarov X., Xolxodjaev T. larning yozishlaricha, Toshkent-6 navini 90 sm egat kengligida 148 ming/ga ko'chat qoldirib parvarishlanganda 50,2 s/ga, 60 sm li egatda 106-108 ming/ga ko'chat qoldirib, 250 kg azot, 175 kg fosfor, 125 kg/ga kaliy berib, CHDNSga nisbatan 60-65-60% namlikda sug'orilganda 57,5ss/ga paxta hosili yig'ishtirib olingan. Ushbu ma'lumotlarni YUldashev S.X., Kamolova M. Toshkent viloyatining bo'z tuproqlarida ilmiy ish olib borib tasdiqlashgan.

Och tusli qo'ng'ir tuproqlarda 150 ming/ga ko'chat qoldirib 375 kg azot, 250 kg fosfor, 150 kg/ga kaliy qo'llanilganda yuqori sifatli paxta hosili olingan. Nazirov N. o'zi yaratgan AN-402 g'o'za navini zahob yuza bo'lgan joylarda 75-80 ming/ga, unumdor, zahob chuqur joylashgan erlarda 90-100 ming/ga ko'chat qo'yishni maslahat bergan. Imomaliev A.I. hosilning sifatiga g'o'za tupini joylashtirish tizimi va ekish vaqti ta'sir qilishini yozib, ko'chat soni kam va me'yoridan ortiqcha bo'lganda tolasining sifati buzilishini ta'kidlab o'tgan. U unumdor erlarda 90-100 ming/ga, toshloq, sho'rlangan, qum tuproqlarda 130-150 ming/ga ko'chat bo'lishini tavsiya etadi. Farg'ona viloyatining Uch ko'prik tumanidagi Dehqanov nomli xo'jalikda (o'tloq-soz tuproqlar) Xolxo'jaev T. ishlab chiqarish sharoitida Toshkent-6 g'o'za navi Toshkent-1 naviga nisbatan 2,5-1,4ss/ga qo'shimcha hosil berganini bayon etgan.

Satipov G'.M. AN-402, AN-Bayovut-2, Samarqand-3, Oq-oltin, Qizil-Rovot, Toshkent-1, 175-F, YUlduz, AN-O'zbekiston-4, SHarof-75, Farg'ona-3, Namangan-77, Buxoro-6 va S-4727 g'o'za navlari ustida ilmiy ishlar olib borib, ilmiy asoslangan xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalarini bergan. U Xorazm vohasida AN-402,

AN-Boyovut-2, Samarqand-3, Oq-oltin g'o'za navlarini 60x15-1 ko'chat tizimida joylashtirib, 0-3-1 suv berish tartibida Qizil-Rovot, Toshkent-1 g'o'za navlarini esa 60x20-1 tizimida, 1-3-1 tartibida sug'organda mo'l va sifatli paxta xoaashyosi etishtirish mumkinligini isbotlagan.

Satipov G'.M. ning ma'lumotlariga qaraganda, g'o'zaning «YUlduz» navini o'tloq-allyuvial tuproqlarida 0-3-1 ko'chat tizimida, tuproqning sug'orish oldi namligi CHDNSga nisbatan 60-75-70% bo'lganda sug'orish yaxshi natijalar (40-41ss/ga paxta) berganligini yozgan. Tuproq unumdorligi va g'o'za hosili to'g'risida Nuriddinov A.M., Termiz-24 g'o'za navining hosildorligini oshirishda chilpish muddatlarining ahamiyati (Abduraximov N.N.), Qoraqalpoqiston Respublikasi sharoitida har-xil g'o'za navlarining o'g'it va suvga bo'lgan talabi to'g'risida ilmiy ishlar olib borishgan.

NATIJALAR

Bosh poyaning o'sishi. O'q ildizning yuqori qismi ildiz bo'g'zi orqali asosiy poyaga tutashadi. Etilgan o'simlikda bosh poya 2 qismdan iborat: quyi kalta qismi, bu ildiz bo'g'zi bilan urug'barg joylashgan oraliq bo'lib, urug'barg osti tirsagi deyiladi, yuqori qismiga poyaning urug'barg joylashgan joyidan yuqori qismi kiradi va buni urug'barg ustki qismi deb ataladi. Urug'barg osti tirsagida hech qanday chinbarg va shox bo'lmaydi, poyaning urug'barg ustki qismida esa chinbarg bo'lib, barg qo'ltig'idan shoxlab o'sadi. Tajriba olib borilgan sharoitda g'o'zalarning bo'yi quyidagicha bo'ldi (1- jadval). Nazorat variantida (175-F) ko'chatni 60x15-1 tizimda joylashtirib (haqiqiy ko'chat qalinligi 97,1 ming tup/ga), 0-3-1 tartibda, ya'ni g'o'zani gullaguncha sug'ormay, gullashdan-pishish davrigacha 3 marta, pishish davrida 1 marta sug'orib, 200 kg/ga azot, 120 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliy berib parvarish qilinganda, 1-iyunda uning bo'yi 22,6; 1-iyulda 45,6; 15-iyulda 65,6 va 1-avgustda 98,6 sm ga etgan. SHunday sharoitda, lekin ko'chatni joylashtirish tizimini 60x20-1 ga o'zgartirilganda yuqorida ko'rsatilgan sanalar bo'yicha 175-F nav g'o'zasida bosh poyaning balandligi 25,5; 52,4; 73,0 va 98,0 sm ga teng bo'ldi.

«Xorazm-127» g'o'za navining bo'yi esa yuqorida ko'rsatilgan sharoit va sanalarda, 60x15-1 tizimda (haqiqiy ko'chat qalinligi 98,0 ming tup/ga) nazoratga nisbatan 7,6; 6,4; 6,7; 10,0 sm, 60x20-1 tizimda (haqiqiy ko'chat qalinligi 78,5 ming tup /ga) 5,0; 8,6; 7,5 va 14,0 sm yuqori bo'lgan.

«Xorazm-150» g'o'za navining bo'yi nazorat (175-F) g'uza naviga qaraganda 60x15-1 tizimda (haqiqiy ko'chat qalinligi 97,2 ming tup/ga) 7,4; 7,6; 6,6; 9,8, 60x20-1 tizimda (haqiqiy ko'chat qalinligi 78,3 ming tup/ga) esa 6,7; 2,1; 0,8; 13,0 sm ga baland bo'ldi.

G'o'zaning sug'orish tartibi 1-3-1 ga o'zgartirilganda yuqorida ko'rsatilgan o'g'it metyorlarida (N200, R120, K100) birinchi ko'chat tizimi (60x15-1) da 1-iyunda 175-F g'o'zaning bo'yi 26,7, 1-iyulda 50,0, 15-iyulda 70,8 va 1-avgustda 99,1, 60x20-1 tizim bo'yicha joylashtirilganda 27,8; 56,4; 79,4 va 105,3 sm ni tashkil etdi. «Xorazm-127» g'o'za navining bosh poyasi nazoratga nisbatan birinchi ko'chat tizimida 11,3; 18,0; 16,4; 14,5; 60x20-1 ko'chat qalinligida esa 11,2; 13,2; 9,3 va 10,7 sm ga baland bo'lganligi kuzatildi.

1-jadval.

Xorazm vohasi o'tloq-allyuvial tuprog'ida turli oziqiantiiish va sug'orish tartibida yangi , istiqbolli

g'o'za navlarining bo'yiga o'sishi

Nazariy ko'chat Haqiqiy ko'chat Sug'orish tarti- Mineral o'g'itlar Bosh poya uzunligi, sm

Navlar qalinligi qalinligi, ming tup/ga bi miqdori, kg/ga 1VI 1VII 15VII 1VIII

60x15-1 97,1 22,6 45,6 65,6 98,6

175-F 60x20-1 78,2 25,5 52,4 73,0 98,0

Xorazm-127 60x15-1 98,0 0-3-1 30,2 52,0 72,3 108,6

60x20-1 78,5 30,5 61,0 80,5 112,0

Xorazm-150 60x15-1 97,2 N-200 30,0 53,2 72,2 108,4

60x20-1 78,3 P2O5-120 32,2 54,5 73,8 111,0

175-F 60x15-1 97,2 K-100 26,7 50,0 70,8 99,1

60x20-1 78,1 27,8 56,4 79,4 105,3

Xorazm-127 60x15-1 97,1 1-3-1 38,0 68,0 87,2 113,6

60x20-1 78,3 39,0 69,6 88,7 116,0

Xorazm-150 60x15-1 98,1 33,5 60,0 73,2 113,0

60x20-1 78,0 34,6 66,4 72,1 114,1

175-F 60x15-1 97,4 30,0 50,5 77,4 106,6

60x20-1 78,1 0-3-1 31,5 55,6 78,4 109,5

Xorazm-127 60x15-1 98,2 38,1 62,4 94,3 113,0

60x20-1 78,3 32,1 69,2 95,5 115,5

Xorazm-150 60x15-1 97,0 N-250 P205-150 K-120 37,0 67,6 90,1 111,0

60x20-1 78,0 36,4 68,0 93,0 113,1

175-F 60x15-1 60x20-1 97,0 77,9 37,6 38,5 54,0 59,4 81,0 89,2 110,0 115,0

Xorazm-127 60x15-1 97,4 40,3 73,1 96,5 116,1

60x20-1 78,4 1-3-1 42,3 77,5 97,2 119,3

Xorazm-150 60x15-1 98,0 37,4 69,0 92,0 115,0

60x20-1 77,6 39,0 72,4 95,0 117,3

«Xorazm-150» navida o'sha o'g'it me'yorida , haqiqiy ko'chat qalinligi 98,1 ming tup/ga bo'lganda nazoratga nisbatan bo'yiga o'sishi yuqori ekanligini kuzatamiz. Sanalar bo'yicha g'o'zaning bo'yi birinchi tizimda nazoratga nisbatan 6,8; 10,0; 2,4; 13,9 sm baland o'sganligi ma'lum bo'ldi. Albatta, g'o'zaga beriladigan mineral o'g'itlar me'yorining o'zgarishi uni o'sishiga ham ijobiy ta'sir qiladi. 175 -F g'o'za

navida ko'chat joylashtirish tizimini 60x15-1, 250 kg/ga azot, 150 kg/ga fosfor va 120 kg/ga kaliy berib, uning sug'orish tartibi 0-3-1 bo'lganda yuqorida ko'rsatilgan sanalarga mos holda uning bo'yi 30,0; 50,5; 77,4; 106,6; 60x20-1 tup qalinligida 31,5; 55,6; 78,4 va 109,5 sm ga teng bo'ldi. «Xorazm-127» g'o'za navi esa nazorat (175-F) naviga nisbatan birinchi ko'chat tizimida sanalar bo'yicha bosh poya 8,1; 11,9; 16,9; 6,4 sm; ikkinchi ko'chat tizimida 0,6; 13,6; 17,1 va 6,0 sm ga baland bo'lsa, «Xorazm-150» g'o'za navi o'simligi tizimlar bo'yicha 7,0; 17,1; 12,7; 4,4 va 4,9; 12,4; 14,6; 3,6 sm ga yuqori o'sganligi kuzatildi.

YUqoridagi sharoitlarda g'o'zani 1-3-1 tartibda sug'organimizda birinchi ko'chat tizimida (haqiqiy ko'chat qalinligi 97,0 ming tup/ga) 175 -F g'o'za navining bo'yiga o'sishi sanalarga mos 37,6; 54,0; 81,0; 110,0; ikkinchi ko'chat qalinligida (60x20-1 tizimda) esa 38,5; 59,4; 89,2; 115,0 sm ga teng bo'ldi. «Xorazm-127» g'o'za navida bosh poyaning balandligi esa ko'chat qalinligi (60x15 -1) da sanalar bo'yicha tegishlicha 2,7; 19,1; 15,5; 6,1 sm va ikkinchi tup sonida (60x20-1) 3,8; 18,1; 8,0 va 4,3 sm ga yuqori bo'ldi. «Xorazm-150» navida bosh poya balandligi ikki ko'chat qalinligida ham nazoratga nisbatan yuqori bo'lganligi kuzatildi (1-jadval).

Shoxlanishi. Umuman olganda, g'o'za shoxli va shoxsiz (nolinchi) tipda bo'ladi. SHoxlovchi g'o'zalarning bosh poya barg qo'ltig'idagi kurtaklaridan shox o'sib, rivojlanib boradi. Bunda dastlabki 2-3 ta barg qo'ltig'idagi kurtaklar tinim davrida qolib shoxlamaydi. Ayrim hollardagina bu xildagi kurtaklardan unchalik rivojlanmagan mayda bargli shoxchalar o'sib chiqishi mumkin. G'o'zada o'suv shoxi (monopodiy) va hosil shoxi (simpodiy) chiqadi. O'suv shoxi asosan poyaning quyi qismidan, hosil shoxi o'suv shoxi yuqorisidan, asosiy poyaning keyingi bargcha barg qo'ltig'idan o'sib chiqadi. Bosh poyadan chiqqan o'suv shoxi o'sgan sari, unda xuddi asosiy poyadagi kabi spiral shaklida navbatma-navbat joylashgan barglar paydo bo'ladi. O'suv shoxining barg qo'ltig'idan ikkinchi tartib shoxlar ham chiqishi mumkin, lekin dastlabki 2-3 ta barg qo'ltig'idan asosiy poyadagi kabi shox chiqmaydi, ya'ni tinim holatida qoladi. Bundan keyin bir nechta barg qo'ltig'idan o'suv shoxlar, keyingilaridan esa hosil shoxlar chiqadi. O'suv shoxining eng uchi o'sish kurtagi va barg bilan tugallanadi, kurtak ichida buralib yotgan bargchalar ko'rinmaydi. SHunday qilib, o'suv shoxining rivojlanishi asosiy poyaning rivojlanishiga o'xshashdir. Buning boisi, g'o'zaning o'suv a'zolari bo'lishi asosiy poya bilan o'suv shoxlarining tabiatga bo'lgan ehtiyojlari orasida hech qanday farq yo'qligidir.

Umuman olganda, g'o'za shoxlarining ko'p-oz, kalta-uzun, hosil shoxi va qo'shimcha hosil shoxi bo'lishi tuproqning unumdorligi, qo'llanilgan agrotexnologiya shuningdek, ob-havoga qarab har xil bo'lishi mumkin. Tuproq qancha unumdor bo'lsa, ilmiy asoslangan agrotexnologiya qo'llanilsa, ob-havo yaxshi bo'lsa, (issiqlik va

yorug'lik me'yorda bo'lsa) g'o'zaning shox chiqarishi va hosil elementlari ko'p bo'ladi.

2-jadvalda yangi va istiqbolli g'o'za navlarini shoxlanishiga, ko'chat qalinligi, o'g'it miqdori va sug'orish tizimlarining tabsiri bo'yicha mablumotlar berilgan.

175-F g'o'za navini 60x15-1 tizimda joylashtirib, 200 kg/ga azot, 120 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliy bilan oziqlantirib, 0-3-1 tartibda sug'orilganda 1-iyul sanasiga monopodial shox 1,4; simpodial shoxlar soni 9,6 va umumiy shoxlar 10,0 ta, 15-iyulda mos ravishda 1,4; 10,0; 11,4 va 1-avgustda 1,4; 12,7; 14,1 ta ga etdi; 60x20-1 tizimda ko'chat qoldirilganda esa 1-iyulda mos ravishda 1,4; 10,2; 11,6; 15-iyulda 1,0; 11,2; 12,2 va 1-avgustda 1,2; 13,0; 14,2 tani tashkil etdi.

«Xorazm-127» g'o'za navining o'sish va rivojlanishi 175-F naviga nisbatan jadal bo'ldi. 60x15-1 tup qalinligi tizimida 1-iyulda 175-F navida monopodial shoxda farq bo'lmagani holda, simpodial shoxlar 1,2, 15-iyulda monopodiya shoxi 0,2 taga kamaygan, simpodiyalar 2,0, 1-avgustda monopodiya soni o'zgarmagani holda simpodial shoxlar 1,4 taga oshganligi mablum bo'ldi. Ko'chatni 60x20-1 tizimda qoldirilganda 1-iyulda monopodiyalar 0,2 ga kamaygan, simpodiyalar 1,0, 15-iyulda monopodiya 0,4 ga, simpodiyalar 1,0 ga, 1-avgustda esa monopodiya 0,2, simpodiyalar 1,4 ta ga oshgan.

«Xorazm-150» g'o'zaning shoxlanishi quyidagicha bo'ldi: 60x15-1 ko'chat tizimida 1-iyulda monopodiya shoxi 175-F naviga nisbatan 0,2 ga, simpodial shoxlar 0,7 ga, 15-iyulda monopodiya shoxi 0,2, simpodiya 1,5 ga, 1-avgustda ham monopodiya 0,2, simpodiya soni yana 0,5 ta ga ortgani kuzatildi. SHu g'o'za navini tup zichligi 60x20-1 tizimda parvarishlaganda 1-iyulda monopodiyalar soni 0,2 tani tashkil etib, simpodial shoxlar 0,8 ga, 15-iyulda monopodiya shoxi 0,6, simpodiyalar 1,7, 1-avgustda esa monopodiya shoxi 0,4, simpodial shoxlari 0,3 ta ga oshgani kuzatildi. SHu yuqoridagi ko'chat sonlarini o'g'it miqdorini o'zgartirmay, g'o'zani 13-1 tizimda sug'orilganda, 175-F g'o'za navini 60x15-1 tizimda joylashtirib, 200 kg/ga azot, 120 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliy berib, 1-3-1 tartibida sug'orilganda 1-iyulda monopodial shoxi 1,7, simpodial shoxi 11,0, 15-iyulda monopodiya shoxi 1,7, simpodiya shoxi 12,2 va 1-avgustda 1,8; 13,6 ta ga etgani holda, ikkinchi ko'chat tizimida 1-iyulda 1,8; 11,2; 15-iyulda 1,8; 12,4 va 1-avgustda 1,8; 13,8 taga teng bo'lgan. «Xorazm-127» navida birinchi ko'chat tizimida sanalarga mos monopodial shoxlar 1,8, simpodial 11,2; 1,8; 12,6; 1,8; 14,0; 60x20-1 tizimda esa 1,9; 11,6; 1,9; 13,0; 1,9; 15,0 taga etgan.

«Xorazm-150» navida ham xuddi «Xorazm-127» naviga o'xshab, nazorat (175-F) g'o'za naviga nisbatan ko'proq shoxlanganligi kuzatildi (2-jadval).

Azot miqdorini 250 kg, fosforni 150 kg, kaliyni 120 kg/ga ga ko'targanimizda 60x15-1 ko'chat tizimi, 0-3-1 suv tartibida 175-F nav g'o'zasining shoxlanishi oshganligi kuzatildi. Sanalar bo'yicha monopodial shoxlar 1,6 ta ga teng bo'lgani holda, simpodial shoxlar 10,2; 11,8; 13,0 ga barobar bo'ldi. 60x20-1 tizimda esa bu ko'rsatkichlar 1,7; 1,6; 1,4 va 11,3; 12,0; 14,0 taga etdi.

«Xorazm-127» g'o'za navining birinchi ko'chat tizimida 1-iyulda monopodial shoxi 0,1, simpodial shoxi 1,5, 15-iyulda 1,2 va 1-avgustda 1,3 taga, ikkinchi ko'chat tizimida monopodiya 1,4 ga tushib qolib, simpodial shoxlar 1-iyulda 1,1, 15-iyulda 1,2, 1-avgustda 0,7 taga ko'p bo'ldi. «Xorazm-150» nav g'o'zasida 60x15-1 tizimda monopodiya shoxi 0,1 kamaygani holda, simpodiyalar 0,8; 0,5; 0,4 ga, 60x20-1 tizimda esa monopodiyada o'zgarish yo'q (1,7), simpodiya 0,7; 1,0 ta ga oshgan. Sug'orish 13-1 tartibida amalga oshirilganda monopodial va simpodial shoxlar hamma o'rganilgan g'o'za navlarida oshgan, lekin «Xorazm» navlarida biroz ko'payganligi aniqlandi.

2-jadval

Xorazm vohasi o'tloq-allyuvial tuprog'ida oziqlantirish va sug'orish tartibida yangi, istiqbolli g'o'za

navlarining shoxlanishi

Nazariy Haqiqiy Sug'orish Mineral SHoxlanishi, dona

ko'chat ko'chat tartibi o'g'itlar

Navlar qalinligi qalinligi, miqdori, 1.VII

ming tup/ga kg/ga Monopodial Simpo-dial Jami shoxlar

175-F 60x15-1 60x20-1 97.1 78.2 1,4 1,4 9,6 10,2 10,0 11,6

Xorazm-127 60x15-1 98,0 1,4 10,8 12,2

60x20-1 78,5 0-3-1 1,2 11,2 12,4

Xorazm-150 60x15-1 97,2 1,6 10,3 11,9

60x20-1 78,3 1,6 11,0 12,6

175-F 60x15-1 97,2 N-200 1,7 11,0 12,7

60x20-1 78,1 P2O5-120 1,8 11,2 13,0

Xorazm-127 60x15-1 97,1 K-100 1,8 11,2 13,0

60x20-1 78,3 1-3-1 1,9 11,6 13,5

Xorazm-150 60x15-1 60x20-1 98,1 78,0 1,6 1,6 10,8 11,1 12,4 12,7

175-F 60x15-1 60x20-1 97,4 78,1 1,6 1,7 10,2 11,3 11,8 12,0

Xorazm-127 60x15-1 98,2 1,7 11,7 13,4

60x20-1 78,3 0-3-1 1,4 12,4 13,8

Xorazm-150 60x15-1 60x20-1 97,0 78,0 N-250 P205-150 1,7 1,7 11,0 12,0 12,7 13,7

175-F 60x15-1 97,0 K-120 1,8 11,8 13,6

60x20-1 77,9 1,4 12,6 14,0

Xorazm-127 60x15-1 97,4 1,9 12,4 14,3

60x20-1 78,4 1-3-1 1,9 12,9 14,8

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xorazm-150 60x15-1 98,0 1,7 11,6 13,3

60x20-1 77,6 1,8 12,2 14,0

Nazariy Haqiqiy ko'chat qalinligi, Sug'o-rish tarti- bi Mineral o'g'itlar miqdori, SHoxlanishi, dona

Navlar ko'chat qalinligi 15.VII

ming tup/ga kg/ga Mono- po-Dial Simpo-dial Jami shoxlar

175-F 60x15-1 97,1 1,4 10,0 11,4

60x20-1 78,2 1,0 11,2 12,2

Xorazm-127 60x15-1 98,0 1,2 12,0 13,2

60x20-1 78,5 0-3-1 1,4 12,2 13,6

Xorazm-150 60x15-1 97,2 1,6 11,5 13,1

60x20-1 78,3 N-200 1,6 12,9 14,5

175-F 60x15-1 97,2 R2O5-120 1,7 12,2 13,9

60x20-1 78,1 K-100 1,8 12,4 14,2

Xorazm-127 60x15-1 97,1 1,8 12,6 14,4

60x20-1 78,3 1-3-1 1,9 13,0 14,9

Xorazm-150 60x15-1 98,1 1,6 11,4 13,0

60x20-1 78,0 1,6 12,0 13,6

175-F 60x15-1 97,4 1,6 11,8 13,4

60x20-1 78,1 1,6 12,0 13,6

Xorazm-127 60x15-1 98,2 1,4 13,0 14,4

60x20-1 78,3 0-3-1 1,4 13,2 14,6

Xorazm-150 60x15-1 97,0 1,7 12,3 14,0

60x20-1 78,0 N-250 R205-150 1,6 13,0 14,6

175-F 60x15-1 97,0 K-120 1,8 13,0 14,8

60x20-1 77,9 1,9 12,8 14,7

Xorazm-127 60x15-1 97,4 1,9 13,2 15,1

60x20-1 78,4 1-3-1 1,9 14,0 16,6

Xorazm-150 60x15-1 98,0 1,7 12,6 14,3

60x20-1 77,6 1,7 13,0 14,7

Nazariy Haqiqiy ko'chat qalinligi, Sug'o-rish tarti- bi Mineral o'g'itlar miqdori, SHoxlanishi, dona

Navlar ko'chat qalinligi 1.VIII

ming tup/ga kg/ga Mono- po-dial Simpo-dial Jami shoxlar

60x15-1 97,1 1,4 12,7 14,1

175-F 60x20-1 78,2 1,2 13,0 14,2

Xorazm-127 60x15-1 98,0 1,4 14,1 15,5

60x20-1 78,5 0-3-1 1,4 14,4 15,8

Xorazm-150 60x15-1 97,2 1,6 13,2 14,8

60x20-1 78,3 N-200 1,6 13,3 14,9

175-F 60x15-1 97,2 P2O5-120 1,8 13,6 15,4

60x20-1 78,1 K-100 1,8 13,8 15,6

Xorazm-127 60x15-1 97,1 1,8 14,0 15,8

60x20-1 78,3 1-3-1 1,9 15,0 16,9

Xorazm-150 60x15-1 98,1 1,6 13,2 14,8

60x20-1 78,0 1,6 13,6 15,2

175-F 60x15-1 97,4 1,6 13,0 14,6

60x20-1 78,1 1,4 14,0 15,4

Xorazm-127 60x15-1 98,2 1,6 14,3 15,9

60x20-1 78,3 1,5 14,7 16,2

Xorazm-150 60x15-1 97,0 0-3-1 1,6 13,4 15,0

60x20-1 78,0 N-250 P205-150 K-120 1,6 14,0 16,2

175-F 60x15-1 97,0 1,9 14,1 16,0

60x20-1 77,9 1,9 14,5 16,4

Xorazm-127 60x15-1 97,4 1-3-1 1,9 15,1 17,0

60x20-1 78,4 2,0 15,2 17,2

Xorazm-150 60x15-1 98,0 1,7 15,3 17,0

60x20-1 77,6 1,7 16,4 17,1

MUHOKAMA

Bosh poya balandligi bo'yicha:

a). Bir xil o'g'itlar me'yorlari, sug'orish tartibi, lekin tup soni har xil bo'lganda o'rganilgan g'o'za navlarining bo'yiga o'sishi har xil bo'ldi.

b). Birinchi ko'chat soniga (60x15-1 tizimi) nisbatan ikkinchisida (60x20-1) g'o'za bosh poyasining baland o'sishi kuzatildi.

v) G'o'zaga suv berish tartibining o'zgartirilishi, ya'ni uni gullaguncha bir marta sug'orish bo'yining yanada balandlashishiga olib keldi.

g) O'g'itlar metyorining oshib borishi g'o'zani bosh poyasi baland bo'lishiga sabachi bo'ldi.

d) 175-F nazorat naviga nisbatan «Xorazm-127» va «Xorazm-150» navlari ko'rsatilgan hamma sharoitlarda ham bo'yiga ko'p o'sganligi ma'lum bo'ldi, lekin ikkala «Xorazm» navlarining bosh poya balandligida bir-biridan katta farq kuzatilmadi.

O'simlikning shoxlanishi bo'yicha:

a) Hosil elementlari hosil bo'ladigan g'o'za shoxlarining paydo bo'lishi nazorat, yangi va istiqbolli g'o'zalarda har xil bo'lishi aniqlandi.

b) O'simlikning hosil shoxlari «Xorazm» navlarida 175-F naviga nisbatan ko'proq hosil bo'lishi ma'lum bo'ldi.

v) Eng ko'p shox 60x20-1 ko'chat tizimi, 1-3-1 sug'orish tartibida va har bir gektarga 250 kg azot, 150 kg fosfor va 120 kg kaliy berilgan variantda paydo bo'lganligi kuzatildi.

XULOSA

1. 175-F navi g'o'zaning haqiqiy ko'chat qalinligi 97,1 ming tup/ga bo'lib, 200 kg azot, 120 kg fosfor, 100 kg/ga kaliy berib, 0-3-1 tartibda 4 marta sug'organda, 1-avgustda o'simlikning bo'yi 98,6, ko'chat qalinligi 78,2 ming tup/ga bo'lganda esa

98,0 sm, «Xorazm-127» navida amaldagi ko'chat soni 98,0 ming tup/ga bo'lganda 108,6 sm, ko'chat siyrakroq bo'lganda (78,5 ming tup/ga) esa 112,0 sm ga teng bo'lib, «Xorazm-150» va «Xorazm-127» navlarining o'sishi bir-biriga yaqin bo'ldi. Sug'orish 1-3-1 tartibida amalga oshirilganda o'simliklarning bo'yi yanada jadal o'sgan bo'lsa, eng baland g'o'za 250 kg azot, 150 kg fosfor, 120 kg/ga kaliy yillik me'yorda berilgan variantda, ko'chat 60x20-1 tizimda joylashtirilganda (115,5-119,3 sm) kuzatildi. «Xorazm-127» navining bo'yi boshqa g'o'za navlariga nisbatan baland ekanligi aniqlandi.

2. Eng ko'p hosil shoxlari «Xorazm» navlarida shakllandi. 1.УШ. da hosil shoxlari «Xorazm-127» navi ko'chat qalinligini 78,4 ming tup/ga, azot 250, fosfor 150, kaliy 120 kg/ga me'yorda berib, besh marta sug'orilganda (1-3-1) eng ko'p (17,2 ta), 175-F navida esa kam (16,4 ta) bo'lgan.

REFERENCES

1. Boltaev X, Saidov I. Murakkab kompleks o'g'itlarning iqtisodiy samaradorligi //G'o'za va kuzgi bug'doyning parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish: Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA- MAGATE): Tez. ma'r. -T., 2003. 43-44 b.

2. Botirov SH.CH. Surxon-SHerobod vohasi taqir tuproqlarida Namangan-77, Buxoro-6 va Termiz-31 g'o'za navlarining suv-oziqa meyorlari va sug'orish tartibi. Avtoref. kand. . . . diss. s-x nauk. -Toshkent, 2004. - 16 b.

3. Satipov G'.M. O'simlikshunoslik darsligi. - Toshkent: Mehnat, 1991. -116-180 b.

4. Satipov G'.M. Xorazm vohasida ekilayotgan yangi va istiqbolli g'o'za navlarining agrotexnikasi. Metodik qo'llanma. Urganch, 1995. 12 s.

5. Satipov G'.M. Xorazm vohasida ekilayotgan yangi istiqbolli g'o'za navlaridan yog' chiqishi // O'zbekiston qishloq xo'jaligi j. - 1997. - №1. - 28-29 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.