Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
UDK 633.15: 631.674
QISHLOQ XO'JALIK EKINLARINI YETISHTIRISHDA SUG'ORISH SUVINI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYASI
Boymetov Rustam Isayevich
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi,
t.f.d., professor., Abdulxayev Xurshed G'afurovich
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi,
t.f.PhD., katta ilmiy xodim Irgashev Javlonbek Gafurdjanovich IIV Akademiyasi
O'quv-uslubiy boshqarma o'qituvchi-metodisti. (mustaqil tadqiqotchi).
ANNOTATSIYA
Maqolada qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda sug'orish suvini tejamkor agrotexnik usuli, ya'ni uni qator oralariga plyonka bilan to'shalgan egatlardan sug'orish, shuningdek, plyonkato'shagich mashinasini konstruktiv tuzilishi hamda ushbu sug'orish usuliningsamarasi bayon etilgan.
Kalit so'zlar: polietilen plyonka, sug'orish egatlari, plyonkato'shagich mashinasi, plyonka to 'shash, ariqochar, profilli katok, perferator.
ABSTRACT
The article describes the economical agro-technical method of irrigating agricultural crops, ie its irrigation from the fields lined with film between the rows, as well as the design of the film-spreading machine and the effectiveness of this method of irrigation.
Keywords: polyethylene film, irrigation hoses, film spreader, film coating, gutter, profile roller, perforator.
АННОТАЦИЯ
В статье описывается экономичный агротехнический способ полива сельскохозяйственных культур, т. е. его полив с полей, застеленных пленкой в междурядьях, а также конструкция пленкоразбрасывающей машины и эффективность этого способа полива.
Ключевые слова: полиэтиленовая пленка, поливные шланги, пленкораскладчик, пленочное покрытие, желоб, профильный валик, перфоратор.
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
Hozirgi vaqtda g'o'za asosan an'anaviy usulda, ya'ni egatlar orqali sug'oriladi. Bu usulda sug'orish suvi o'qariqlarda bug'lanishi va tuproqning pastki qatlamlariga shimilib ketishi natijasida behuda sarflanadi. G'o'za vegetatsiya davrida mavjud agrotexnologiyalar asosida sug'orilganda suvning bug'lanishi natijasida gektariga 22,5 ming m3 suv bekorga sarf bo'ladi.
Bundan tashqari har bir suvdan keyin qator oralariga kultivatorlar bilan ishlov beriladi, ya'ni nam saqlash uchun tuproq yumshatiladi va sug'orishdan oldin esa egatlar ochiladi. Demak, paxta yetishtirishning mavjud agrotexnologiyasida bir tomondan suv isrof bo'ladi, ikkinchidan, qator oralariga ishlov berish uchun qo'shimcha energiya sarflanadi.
G'o'za qator orasiga polietilen plyonka to'shab sug'orish texnologiyasi sug'orish suviga bo'lgan talabni va energiya xarajatlarini kamaytiradigan hamda tuproq unumdorligini oshirish imkonini beradigan real texnologik va texnik yechimdir.
Tadqiqot uslublari: Qora polietilen plyonka yotqizilgan egatlar orqali sug'orish texnologiyasida tuproqning bir tekis namlanishi, plyonka ostiga quyosh nuri tushmasligi natijasida begona o'tlarning nobud bo'lishi, qator oralariga kultivator bilan ishlov berilmasligi sababli tuproqning zichlamasligi hisobiga g'o'za ildiz tizimining jadal rivojlanishi va paxta hosildorligini oshishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. G'o'za qator oralariga qora polietilen plyonka maxsus plyonkato'shagich mashinasi yordamida amalga oshiriladi.
Plyonka g'o'za qator oralariga oralatib traktorning orqangi g'ildiraklari o'tadigan egatlarga to'shaladi (1-rasm).
1-rasm. Qator oralatib plyonka to'shalgan egatlardan sug'orishda namlikni
tarqalishi
Scientific Journal Impact Factor
Sug'oriladigan paxta maydonlarida qator oralarini qora polietilen plyonka bilan mulchalab sug'orish texnologiyasining agrotexnik samaradorligini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar O'zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (hozirgi PSUEAITI) olimlari tomonidan viloyat filiallari tajriba dalalarida o'tkazilgan [1].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Plyonkato'shagich mashinasi (2-rasm) g'o'za qator oralari 90 sm bo'lgan dalalarning sug'oriladigan egatlariga qora polietilen plyonkani to'shash uchun mo'ljallangan. Fermerlar va mexanizatorlar bu mashinani to'g'ri ishlatish uchun uning texnik tavsiflarini bilib olsalar yaxshi bo'ladi.
Plyonkato'shagich mashinasining konstruksiyasi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash (QXMITI) va O'zbekiston paxtachilik (hozirgi PSUEAITI) ilmiy-tadqiqot institutlari olimlarining dastlabki materiallari va ilmiy asoslangan tavsiyalari asosida "BMKB-Agromash" AJ konstruktorlari tomonidan yaratilgan. Uning sanoat nusxasi ishlab chiqilgan hamda fermer xo'jaliklarida keng dala sinovlaridan o'tkazilgan [4,5]. Hozirgi paytda uning sanoat nusxalarini ko'plab ishlab chiqarish bo'yicha muhandislik-texnologik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Plyonkato'shagich mashinasi 0,9-1,4 sinfga mansub paxtachilik chopiq traktorlariga osib ishlatiladi.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1- osish qurilmasi; 2- rama; 3- tayanch g'ildiraklar; 4, 8- old va orqa sferik disklar (chap va o'ng); 5-ariqocharlar; 6- plyonka ruloni va cheklagichli bobina; 7-plyonka chetini bosish g'ildiraklari (chap va o'ng); 9- profilli katoklar; 10- plyonkani teshadigan g'ildirak (perferator)lar
2-rasm. Sug'oriladigan egatlarga qora plyonkato'shagich mashinaning oldi
318
Scientific Journal Impact Factor
(A) va orqasidan (B) ko'rinishlari
Plyonkato'shagich agregati g'o'za qator oralariga kirgandan keyin, plyonkaning uch qismi egat boshiga qo'lda to'shalib ustida tuproq tortib mahkamlanadi. Undan keyin agrégat harakatlanishi bilan egatlarga plyonka to'shashning texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi (3-rasm):
Plyonkato'shagich ramasining oldiga o'rnatilgan ariqochar (2-rasm, 5) harakati davomida g'o'za egatlarida plyonka to'shash uchun yangi ariqlar ochadi (3 -rasm. A). Shundan keyin g'o'zalar shoxlari yondosh egatlar tomonga maxsus qurilma yordamida egiltiriladi va sferik disklar (2-rasm, 4) marzaning yon tomonlarida plyonka chetlarini mahkamlash uchun ariqchalar ochadi (3-rasm, V). Bir vaqtning o'zida g'o'za shoxlaridan pastroq qilib yo'naltirilgan plyonkani ko'ndalang siljishini cheklaydigan hamda uni yo'naltiradigan qurilmalar va profilli katoklar (2-rasm, 9) vositasida kronshteynga o'rnatilgan bobinalardagi plyonka qator oralariga to'shaladi. Plyonka chetlarini mahkamlash ular ochilgan ariqchalarga g'ildiraklar (2-rasm, 7) yordamida bosib joylashtirish bilan bajariladi (3-rasm, S). Ariqchalarga bosib joylashtirilgan plyonka chetlari marzalardan chap va o'ng disklar yordamida olingan tuproq bilan mahkamlanadi. Ignali g'ildirak (2-rasm, 10) bir vaqtning o'zida egatlarga to'shalgan plyonka simmetriya o'qi bo'ylab suv o'tkazadigan teshiklar hosil qilib ketadi (3-rasm, D).
Sug'orish egatlariga qora polietilen plyonka to'shab sug'orish texnologiyasining sinovlari natijalari tahlili quyidagilarni ko'rsatdi:
- Sirdaryo viloyati filialida paxta hosildorligi nazorat va tajriba uchastkalarida 29,5 va 44,3 s/ga ni (hosildorlik 14,8 s/ga yoki 50,2 foizga oshgan) tashkil etdi, sug'orish suvlari 480 m3/ga (52,7 foiz) tejaldi;
- Jizzax viloyati filialida paxta hosildorligi nazorat va tajriba uchastkalarida 30,6 va 38,3 s/ga ni (hosildorlik 7,7 s/ga yoki 25,2 foizga oshgan) tashkil etdi, sug'orish suvlari 750 m3/ga (25,9 foiz) tejaldi;
- Qashqadaryo viloyati filialida paxta hosildorligi nazorat va tajriba uchastkalarida 33,5 va 40,5 s/ga ni (hosildorlik 7,0 s/ga yoki 20,9 foizga oshgan) tashkil etdi, sug'orish suvlari 1650 m3/ga (48,5 foiz) tejaldi;
Scientific Journal Impact Factor
Scientific Journal Impact Factor
3-rasm. Sug'oriladigan egatlarga qora polietilen plyonkani to'shash texnologik jarayonining bajarilish tartibi
- Andijon viloyati filialida paxta hosildorligi nazorat va tajriba uchastkalarida 30,2 va 36,8 s/ga ni (hosildorlik 6,6 s/ga yoki 21,9 foizga oshgan), sug'orish suvlarining sarfi mos ravishda 5540 va 3324 m3/ga tashkil etdi, umumiy suvning tejalishi 2216 m3/ga yoki 40 foiz;
-Toshkent viloyatining taqqoslash variantlari - nazorat va tajriba uchastkalarida mos ravishda 29,8 va 35,6 s/ga paxta hosildorligi olingan bo'lib, sug'orish egatlari qora plyonka bilan to'shalgan variantda 5,8 s/ga yoki 19,5 foizga oshgan. Bunda esa mos ravishda 7040 va 6280 m3/ga suv sarflandi, sug'orish suvi 760 m3/ga yoki 10,8 foizga tejaldi;
Umuman olganda, beshta ob'ekt bo'yicha paxta hosildorligi o'rtacha 27,5 foizga oshgan, sug'orish suvlar esa 35,6 foizga tejalgan.
Bunday sug'orish texnologiyasi respublikamizning barcha viloyatlarida ishlab chiqarish sinovlaridan o'tdi, uning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlandi. Sinovlar natijalaridan ma'lum bo'ldiki, yangi sug'orish texnologiyasi suv sarfini 30-35 foizga, energiya xarajatlarini 10-15 foizga kamaytirish, paxta hosildorligini esa gektar hisobiga 5-6 sentnerga oshirish imkonini beradi.
Tajriba dalalarida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalarini ko'rsatishicha, plyonkato'shagichni qo'llab sug'orish, an'anaviy usulga nisbatan yuqoridagi iqtisodiy samara bilan birga quyidagi afzalliklarga ham ega:
- tuproqni egat uzunligi bo'yicha bir xil namlanishi ta'minlanadi;
- qator oralariga ishlov berish soni kamayishi hisobiga yonilg'i-moylash materiallari ham iqtisod qilinadi;
- nam va parnik gazlarining fizik bug'lanishi kamayadi;
- dala yuzasini 50 foiz plyonka bilan yopilganligi uchun mineral o'g'itlarni yo'qotilishi kamayadi;
- irrigasion nurlanish qisqaradi;
- g'o'zani sug'orish me'yorlari va suv iste'moli pasayadi;
- g'o'zaning vegetatsiya davrida mulchalangan tuproqning suv-fizik xossalari maqbul darajada bo'lishi ta'minlanadi;
- mulchalangan tuproqda karbonat angidrid va metan gazlarning yuqori konsentratsiyasi paydo bo'lishi hisobiga g'o'zabop ozuqaviy rejim yaxshilanadi;
- g'o'zadan sifatli va yuqori hosil olishga qulay sharoit yaratiladi.
G'o'zani qora polietilen plyonka to'shalgan egatlardan sug'orishga qilingan sarf xarajatlar suv va yonilg'ini tejash, qator oralariga ishlov berishning kamayishi hamda qo'shimcha hosil olish hisobiga o'zini qoplaydi.
Scientific Journal Impact Factor
XULOSA
Ushbu suv tejaydigan progressiv texnologiyani katta maydonlarda keng joriy etish uchun plyonkato'shagich va uni yig'ishtirib oladigan mashinalar kompleksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. G'o'zani suv tejovchi texnologiyalari va sug'orish muddatlarini tenziometr yordamida aniqlash usullari bo'yicha tavsiyalar. O'zPITI, - Toshkent, 2009. - 18 b.
2. Ixtiroga patent O'zR. IAP 04186 "Qator oralariga ishlov beriladigan ekinlarning sug'oriladigan ariqlariga plyonka yopishning mexanizatsiyalash usuli va uning bajaruvchi qurilmasi". / Qoraxonov A, Xadjimuradov A.O., Toliboyev A.E., Bezborodov G.A., Bezborodov A.G., Bezborodov Yu.G. // Rasmiy axborotnoma -2010. -№ 7. -
3. Foydali modelga patent O'zR. FAP 01022 "Sug'orish egatlariga plyonka to'shash uchun qurilma" / Boymetov R.I., Abdulxaev X.G'., Bezborodov G.A., Ibragimov D.A., Damaev Yu.I., Arzimanyans A.G. // Rasmiy axborotnoma - 2015. -№ 8. - B.47-48.