SOTSIOMADANIY QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASIDA MILLIY IDENTIKLIK VA O'ZLIKNI ANGLASHNING AHAMIYATI
Xalima Buyabаyeyna Каdiroya
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti
Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya: Milliy identiklikning dinamik xususiyati muayyan bir etno-regional sotsiomadaniy makonda istiqomat qilayotgan xalq va elatlarda milliy mansublik va o'zlikni anglashga bo'lgan ehtiyojning yuksalishi bilan izohlanadi. Sotsiomadaniy qadriyatlar transformatsiyasida milliy identiklik jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy-siyosiy darajasi, ma'naviy kamolotida hal qiluvchi omillardan biri ekanligiga etibor qaratilgan.
Tayanch so'zlar: Sotsiomadaniy qadriyatlar, ehtiyojlar milliy identiklik, xalq, elat, millat, jamiyat, shaxs milliy mansublik, madaniyat, tarixiy davrlar, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar.
THE SIGNIFICANCE OF NATIONAL IDENTITY AND PERSONALITY IN THE TRANSFORMATION OF SOCIO-CULTURAL VALUES
Khalima Buvabaevna Kadirova
Associate Professor of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
Tashkent, Uzbekistan
Abstract: The dynamic nature of national identity is explained by the rise of the need to understand national belonging and identity among peoples and peoples living in a certain ethno-regional socio-cultural space. In the transformation of socio-cultural values, attention is paid to the fact that national identity is one of the decisive factors in the development of society, its economic and political level, and its spiritual maturity.
Keywords: Sociocultural values, needs, national identity, people, people, nation, society, individual nationality, culture, historical periods, socio-economic formations.
Kirish: Milliy o'zlikni anglash yangi jamiyat va davlatning istiqbolini ta'minlash uchun o'zida kuch va imkoniyatlar mavjud ekanligini, uning o'zi qanday vazifalarni amalga oshirishi, nima ish qilishi lozim va zarurligini ongli ravishda tushunib yetishdan ham iboratdir. Butun jahonda globallashuv va axboratlashuv
April 20, 2024
788
sharoitida milliy identiklikga ehtiyojning ortib borishi, uning muhim omillaridan bo'lgan milliy qadriyatlar integratsiyasi, sotsiomadaniyatga bo'lgan munosabatning o'zgarishi dunyo hamjamiyati tomonidan taraqqiyotning taktik va strategik omili sifatida qaralmoqda.
"Identiklik - bu rivojlanish jarayonida paydo bo'ladi va muayyan yaxlit strukturaga mansublik hissini tuyish, shuningdek, shaxsning aynan ushbu strukturaga tegishli ekanligi va uning tarkibida muayyan aniq ijtimoiy guruhning bir qismi ekanligini anglashni bildiradi. Identiklik vositasida inson o'zi mansub bo'lgan ijtimoiy makondagi sotsiomadaniy ehtiyojlarini qondiradi va u orqali jamiyatda o'z o'rnini topadi" [1, 113-116-b.] Shunday bo'lsada, ayrim holatlarda identiklik milliy rux, xarakter va o'zlikni anglash omillari bilan e'tirof qilinadi.
Jamiyatda yetakchi va ustun hisoblangan sotsiomadaniy identifikatsiya odatda, nafaqat shaxsni, balki sotsiumda istiqomat qilayotgan avlodlarning ham o'zini har tomonlama ijobiy baholashi yoki sotsial muhitga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi bilan bog'liq muianosibliklarni aks ettiradi. U yoki bu identifikatsiyaning ijtimoiy strukturadagi o'rni sotsiomadaniy kontekstning o'zgarishi ta'sirida almashishi mumkin. [2, 2278-3075-b.]
Milliy o'zlikni anglash muammosi bevosita "millat" tushunchasi bilan bog'liq. Millat murakkab etnik birlik hisoblanadi. XX asrning 80-yillari oxirida "millat" tushunchasiga ta'rif berishda bir qator olimlar asarlarida milliy o'zlikni anglash omiliga ustuvorlik berish kuzatila boshlandi. Milliy o'zlikni anglashda muayyan millat vakili o'zining ma'lum bir etnik birlikka, jamoaga tegishli ekanini his qilish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoni millat tushunchasidan ajratgan holda tahlil qilib bo'lmaydi. Chunki millat milliy o'zlikni anglashning obyekti, ya'ni bilish sohasi hisoblanadi.
I.I.Chesnakovaning o'zlikni anglash strukturasida uchta komponentni ajratadi: o'z-o'zini bilish, o'zida emotsional - qadriyatli munosabatlar bo'lishi va shaxs ahloqiy-ma'naviy o'zini boshqarishidan iborat [3, 197-202-b.]
U quyidagi komponentlar orqali namoyon bo'ladi: -birinchi komponentni shaxs o'zi haqidagi bilimlarni o'rganish jarayoni tashkil etadi. Unda o'zining "men"i haqidagi dastlabki tassavvurlar paydo bo'ladi, shundan so'ng jamiyat a'zosi sifatida uning qonun va qoidalarini tushunish va o'ziga nisbatan talab shakllanadi; -ikkinchi komponentda shaxs o'zi haqidagi bilimlarni boyitishi orqali turli darajadagi bilim va emotsional xissiyotlarga ega bo'ladi va o'zining shaxsiga nisbatan talab va ehtiyojlariga mos munosabati va qadriyatlarini bilib olishga erishadi; -uchinchi komponentda o'z shaxsiga xos emotsional qadriyatli bilim va munosabatlarni va o'z-o'zini bilish natijalarini axloqiy-xulqiy yo'nalishga qo'yish tashkil etadi.
789
April 20, 2024
Mazmuni: Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida jamiyat ma'naviy rivojida milliy o'zlikni anglash va etnomadaniyatning o'zaro aloqasini tadqiq etish jarayonida, "millat", "milliy", "milliylik", "etnos", "etnologiya", "etniklik", "identeklik" kabi kategorial tushunchalarning metodologik asoslariga oid bir qator konseptual g'oyalar tahlil etilgan.
Shu bois bu tushunchaning qator adabiyotlarda keltirilgan mazmuni tahlilini keltirishga harakat qilamiz. "Millat", "milliy", "milliylik" kabi tushunchalar tilimizga arab tilidan VIII asrda kirib kelgan. Ushbu tushunchalarning negizida "mil" so'zi yotadi. "Mil" so'zi arab tilida "o'zak", "tub mohiyat", "negiz" ma'nolarini anglatadi. "Millat" tushunchasi esa keng miqyosda qo'llanib, bir necha ma'noni beradi: 1) din, diniy jamoa; 2) ummat, ma'lum dinga e'tiqod qiluvchilar jamoasi; 3) xalq, millat kabi ma'nolarni anglatadi.
"Milliylik" tushunchasi ijtimoiy-siyosiy jihatidan tahlil qilinganda, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti mobaynida ma'lum bir millat, elatning tili, yashash hududi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, psixologik holati va dunyoqarashini o'zida aks ettirgan murakkab voqelik sifatida namoyon bo'ladi.
"Milliylik" tushunchasi ijtimoiy-siyosiy jihatidan tahlil qilinganda, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti mobaynida ma'lum bir millat, elatning tili, yashash hududi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, psixologik holati va dunyoqarashini o'zida aks ettirgan murakkab voqelik sifatida namoyon bo'ladi.
Madaniyat etnogenezda hal qiluvchi o'rin tutadi. Madaniyatsiz biror xalq, millat ijtimoiy-etnik birlik sifatida shakllangan emas. Aynan o'ziga xos madaniyati orqaligina u mavjuddir. Shuning uchun ham xalq, millat shakllanishining tarixi - ular madaniyatining tarixidir. Undan milliy o'zlikni anglash ham chetda qolmaydi. Hatto, aytish mumkinki, milliy o'zlikni anglash xalq etnogenezining ham, milliy-madaniy taraqqiyotning ham asosi va yuksak cho'qqisi sanaladi. Aynan madaniyat va madaniy boyliklar yaratish ishtiyoqi, zaruriyati xalq, millatni o'zini anglashga undaydi, madaniyat orqali u o'zining ijodiy kuchlarini, intellektual va ma'naviy salohiyatini ro'yobga chiqaradi, o'zligini to'la namoyon qiladi. Maqsadi: Madaniyat tushunchasi keng ma'noni anglatib, jamiyat va inson tarixiy tarqqiyotining muayyan bir darajasi, kishilar hayoti va faoliyatining turli ko'rinishlarida, shuningdek, ular yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarda ifodalanadi. "Madaniyat" tushunchasi muayyan tarixiy davrlar, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, masalan, antik madaniyat, sotsialistik madaniyat, shuningdek inson faoliyati yoki turmushining o'ziga xos sohalari, masalan mehnat madaniyati, diniy madaniyat, san'at madaniyati, turmush madaniyatini izohlash uchun qo'llanib kelinadi. Agarda bu so'zni tor ma'noda ishlatadigan bo'lsak bu atamani kishilarning faqat ma'naviy hayoti sohasiga nisbatan mansubligini ko'ramiz.
April 20, 2024
790
"Etnologiya" atamasi, qadimgi yunoncha "etnos" (xalq, elat) va "logos" (so'z, ma'no) so'zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi "xalqshunoslik" deb tarjima qilinadi. Qadimgi davrlarda greklar "etnos" so'zini boshqa g'ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Etnomadaniyat biror xalqning kelib uning madaniyati, turmush tarzi, ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon (davr)larda ravnaq topib hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma'naviy hamda madaniy merosini o'rganishdir.
Zero etnomadaniyat xususda ko'plab olimlar turli xil fikrlar bildirib o'tishgan bo'lsa-da, g'oyaviy, ma'naviy mohiyati saqlanib qolaveradi. "Etno" - yunon so'zi -elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma'lum bir elat yoki xalqqa bo'lgan ishora, ko'rsatuv. [4, 676-688.-b.].
Bu madaniyatni aynan insonshunoslik fanlariga tayangan holda o'rganiladi. Yoshlarning umuminsoniy dunyoqarshlarini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib, yoshlarni istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash vazifasi yotadi. Etnomadaniyat elat, xalqlarning boy va o'lmas tarixini o'rganish, yoshlarga shunday madaniyat, milliy qarashlar bilan muntazam tanishtirib borishi bilan birga, sog'lom dunyoqarash va ilmga bo'lgan ishtiyoqini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga homiylik qiladi. Shu orqali jamiyat keng qatlamlari vakillarini ta'lim-tarbiyani takomillashtirishishiga safarbar etadi.
Metodologiyasi: Etnomadaniyat va unga yaqin bo'lgan yo'nalishlarning alohida o'rganilishi ham bejiz emas. Biror xalqning kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon(davr)larda ravnaq topib, hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma'naviy hamda madaniy merosini o'rganishi ham bu fanning naqadar muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatib beradi. Umuman olganda, har bir xalq, har bir jamiyat, har bir inson hozirgi kungachalik bo'lgan tarixini: goh u ilmiy, goh diniy goh dunyoviy tarixi bo'lsin bilishi zarur. "Yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir" degan edi mustaqil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. Darhaqiqat, bashariyat o'z aqlini tanigan, ruh va vujudning farqini, hayot ma'nosini, ezgulikning mohiyatini anglaganidan buyon ma'naviyat unga doim hamrohdir. Inson ma'naviyat orqali tarixini, bugunini, kelajagini tasavvur qilish, baholash, shu tariqa zarur saboq va xulosalar chiqarish imkoniga ega bo'ladilar.
Akademik Yu.V.Bromley fikriga ko'ra, milliy o'zlikni anglash deganda "o'zi haqida millatga xos barcha tasavvurlarining komil aksida (shu millatga mansublik ham) bilib olingan manfaatlar hamda boshqa millatlar bilan munosabatidagi yo'l -yo'riq va qadriyatli yo'nalish" [5, 31.-b.] ni tushunish kerak.
April 20, 2024
791
Bundan ko'rinadiki, milliy o'zlikni anglash jarayonida asosiy urg'u millat bilan bog'liq barcha tasavvurlar kompleksiga berilgan bo'lib, u o'z o'rnida muayyan millatga xos bo'lgan til, madaniyat, o'tmish ma'naviy-madaniy merosi, urf-odat, an'analar va diniy qadriyatlarni qamrab oladi.
L.M.Drob'shevaning fikricha, milliy o'zlikni anglash ma'naviy ma'rifat hisoblanib, u "ham avtostereotiplar ham hudud, madaniyat, til, tarix, o'tmishdan iborat tasavvurlarini qamrab oladi "shuningdek "o'z xalqining tarixiy va madaniy qadriyatlariga munosabati, eng muhimi - xalqlar faoliyatini rag'batlantiruvchi milliy manfaatlari" dir.
Natijalari: Etnosga mansublik uzoq ijtimoiy-tarixiy davrni o'z ichiga oladi.
Etnik o'z-o'zini anglash, shu jumladan milliy o'zlikni anglashning shakllanishida diniy omilning roli kattadir. Har bir etnos (millat) xalq tarixiy jarayonda muayyan din turlariga e'tiqod qilib kelgan. Ilohiy nazariyalar va ma'naviy madaniyat tarixi shundan dalolat beradiki, barcha ta'limotlar zardushtiylik, dinidan tortib to islom dinigacha bo'lgan hamma diniy ta'limotlar o'z qarashlarini axloqiy normalar orqali targ'ib qilib kelganlar. Din milliy psixologiyani shakllanishiga va xalqlar o'zligini anglashga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. [6, 90-95.-b.] Har bir kishi muayyan etnosga xosligini atash uchun birinchi galda o'zligini anglashi lozim. O'zligini anglash esa o'zi mansub bo'lgan etnik guruhning qaysi etnoijtimoiy guruhga mansubligini idrok etib, bu guruhi boshqa etnoijtimoiy guruhlar bilan taqqoslab, o'zini u guruhga emas, balki til, hudud, din, ijtimoiy madaniy qadriyatlari yaqin bo'lgan guruhga mansubligini anglaydi.
"Milliy identiklik"ning talqinini beradigan bo'lsak, u ma'lum bir hududda istiqomat qiluvchi, tili, urf-odati, udumi, an'ana va qadriyatlarni o'zida mujassamlashtirgan ijtimoiy uyushgan insonlar birlashmasi bilan bog'liq tushunchadir. "Etnografik guruh odatda bir qabila yoki elatning boshqa yerga borib, ikkinchi bir xalq tarkibiga kirib yashayotgan, ammo uning tarkibiga mutlaqo singib ketmay, u bilan birga yashab kelayotgan etnik birlikka aytiladi" [7, 142-150.-b.] Ilmiy manbalarda etnografik guruh "subetnos" sifatida ham kelishi mumkin.
Bugungi kunda kechayotgan dunyoning globallashuvi jarayonlari ijtimoiy fanlarlarda "identiklik" masalasiga berilayotgan o'ziga xos yondashuvlarni atrof-muhitda ro'y berayotgan sotsiomadaniy o'zgarishlar, jumladan dunyo xaritasida yangitdan paydo bo'lgan davlatlarning tasnifi bilan ham aks ettiradi.
O'zlikni anglash to'g'risidagi yondashuvlarning shakllanishi uzoq o'tmishga borib taqaladi Qadimgi yunon faylasufi Fales shunday degan edi: "Eng qiyini -o'zingni anglay olishingdir. O'zligini anglagan shaxs hech qachon to'g'ri yo'ldan adashmaydi. Aksincha unga xizmat qiladi" Insoniyat yaratilibdiki, u o'zligini
792
April 20, 2024
anglashga, o'z qimmatini tiklashga intilib, tabiiy mavjudot sifatida oliy qadriyat ekanligiga tushunishga urunib keladi.
Xulosa sifatida aytiladigan bo'lsak, o'z-o'zini anglashning quyidagi komponentlarini ajratish mumkin: milliy identifikatsiya, milliy stereotiplar, tarixiy o'tmishni birligini tushunib yetish, xududiy va davlat birligi, ma'naviy-moddiy boyliklar. Bular nafaqat o'zlikni anglashni balki milliy o'zlikni anglash imkoniyatini beradi. Milliy o'zlikni anglash strukturali va komponetlarning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayonda kechadi va o'ziga xos turlicha ahamiyat kasb etadi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotida o'z-o'zini anglash yoki milliy o'zlikni anglash jarayonida suveren davlat va uning mafkurasi boshqarish va yo'naltirish xususiyatiga ega bo'ladi. Agar biz tarixga nazar tashlasak dastlab, mifologik va diniy dunyoqarashlar zaminida paydo bo'lgan bosh va asosiy g'oyalar mafkura vositasi ila odamlarni uyg'unlashtirish, o'z-o'zini anglab borish yo'li bilan jamoa, jamiyatda nisbatan barqaror munosabatlarni turish imkoniyati rivojlana borgan. Keyinchalik, milliy so'ngra jahon fanlarining shakllanish va unga asoslangan mafkura jamiyat ma'naviy-madaniy hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, shu jumladan o'zlikni anglashga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Zero, milliy identiklik tizimi demokratik tafakkur salohiyatining namoyon bo'lishida ilgari suriladigan maqsad va vazifalarga bog'liq bo'ladi.
Adabiyotlar
1. КАДИРОВА Х. МИЛЛИЙ ИДЕНТИКЛИКГА ИЖТИМОИЙЛАШУВ, МАДАНИЙ, ТАРИХИЙ МЕРОС ВА ТИЛНИНГ ТАЪСИР ЭТИШ ХУСУСИЯТЛАРИ //UNIVERSITETI XABARLARI, 2022,[1/9] ISSN 2181-7324.
2. Kadirova H., Akhmedova F. Sociological Analysis of the Nation's Identity, the Levels of Feeling the National Identity in Uzbekistan //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN. - С. 2278-3075.
3. Кадырова, Я. Б. YOSHLARDA FUKAROLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ORQALI VATANPARVARLIK VA BAYNALMINALLIK TUYG'ULARINI, RIVOJLANTIRISH/JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. 2023/2/25.B-197-202
4. Kadirova H. The Place Of Karakalpak Ethnoculture In The Integration Of Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 04. - С. 676-688
5. Бромлей Ю.В. Национальные процессы в СССР: в поисках новых подходов.-М.: 1989. - С.31.
793
April 20, 2024
6. Kadirova, Y. (2024). O'ZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLAR MADANIY HAYOTIDAGI ISLOHOTLAR VA MA'NAVIY YUKSALISH OMILLARI. Innovations in Science and Technologies, 1(1), 90-95.
7. Кадирова Х. Б. Миллий идентиклик ва миллий узликни англаш муаммоларини социологик тадкик этиш методологияси //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - 2022. - №. SI-1. 142-150
8. Buvabaevna, K. H. National customs and traditions as a factor of understanding of identity. Social Research (www. tadizhigot. uzsoci) electronic magazine, (5), 69-77.
8.Buvabayevna, K. Y. (2024). Issues of Ensuring Employment of the Population of Surkhandarya Region during the Years of Independence. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 5(1), 173-177.
9. Buvabayevna, K. Y. (2024). Issues of Ensuring Employment of the Population of Surkhandarya Region during the Years of Independence. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 5(1), 173-177.
10. Buvabayevna, K. Y. (2024). THE EFFECT OF INVESTMENTS IN THE YEARS OF INDEPENDENCE ON THE INDUSTRIAL INFRASTRUCTURE OF SURKHANDARYA REGION. International Journal Of History And Political Sciences, 4(01), 50-54.
11. Buvabaevna, K. Y. (2023). JANUBIY VILOYATLAR AHOLISINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BORASIDAGI O'ZGARISHLAR VA INSON QADRINI YUKSALTIRISH OMILLARI. ENG YAXSHIXIZMATLARI UCHUN, 1(6), 686-689.
12. Kadyrova, H. (2017). Social and cultural identity of the Karakalpak people.
In ROLE OF NONMATERIAL FACTORS IN ENSURING THE SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL CONDITION OF A SOCIETY (pp. 69-72).
13. Kadyrova, H. (2016). TRADITIONS OF MORAL EDUCATION IN MODERN FAMILIES KARAKALPAK. SCOPE ACADEMIC HOUSE B&M PUBLISHING, 40.
14.Kadirova, Y. B. (2023). TA'LIM JARAYONIDA O 'QITISHNING INTEGRATIV TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA AMALIYOTIDA QO 'LLASH. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 541-548.
794
April 20, 2024