SOTSIOMADANIY IDENTIKLIKNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Xudayarov
Tayanch doktorant, Namangan davlat universiteti, Namangan, Ozbekiston
ANNOTATSIYA
Zamonaviy ijtimoiy jarayonlarning o'ziga xos dinamikasi, ommaviy migratsiya chegaralarining tobora ortib ketishiga, hatto chegaralarning deyarli yo'q bo'lib ketishiga olib kelmoqda. Turli jamiyatlarga, ijtimoiy guruhlarga xos bo'lgan qarashlar, qadriyatlar va xatti-harakatlar va madaniyatlararo muloqotlarda, etnomadaniy intgratsiya jarayonlari vujudga kelmoqda. Ushbu maqolada etnomadaniy identiklik, psixologik moslashuv jarayonining nazariy mohiyati, qiyosiy tahlili hamda milliy o'zlikni anglashning etnososiol jihatlari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: Identiklik, Etnik identiklik, Etno sosiologiya, Milliy identiklik, sosium.
THEORETICAL FOUNDATIONS OF SOCIO - CULTURAL IDENTITY
I. I. Khudayarov
basic doctoral student, (PhD) Namangan State University , Namangan, Uzbekistan
ABSTRACT
The inherent dynamics of modern social processes leads to the ever-increasing boundaries of mass migration, even the near-extinction of the boundaries. In views, values and behaviors and intercultural interactions characteristic of different societies, social groups, processes of ethnomathean intgrassiation are emerging. This article examines ethnomathean identity, the theoretical essence of the psychological adaptation process, comparative analysis, and ethnosocial aspects of national identity awareness.
Keywords: identity, ethnic identity, ethno sociology, national identity, sosium.
Kirish. Bugungi shiddat bilan rivojlannib borayotgan globallashuv va intgratsiyalashuv jarayonlarida jamiyatdagi kishilar o'rtasida o'zaro madaniyatlararo muloqotlarning ortishiga, migratsiya jarayonlarining butun majmuasining rivojlanishiga ob'yektiv ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa, halqlar va millatlar o'rtasidagi etnomadaniy munosabatlarni vujudga keltirmoqda.
Jamiyatlar o'rtasidagi o'zgarishlar mamlakat ichidagi, mamlakatlararo etnik migratsiya muammolarini aktuallashtirmoqda. Uning mohiyati sotsiologik jihatdan "etnik hususiyatlarni o'zida biriktirgan axoli guruhlarining harakti" [1, - B.42] sifatida belgilanadi.
April 20, 2024
725
Aynan shu ta'rif shuni ko'rsatadiki, etnik migratsiya natijasida muhojirlarni qabul qiluvchi hududlarning jamiyat tuzilishlarini o'zgartiradi. Bu o'z navbatida ijtimoiy keskinlik va ko'plab nizolarni keltirib chiqaradi. Ushbu jarayonlar o'z navbatida har bir jamiyat vakillarining uruf-odati, milliy qadriyatlari va etnomadaniy hususiyatlarini asrash qolish kabi muammolarni vujudga keltiradi, bu esa, "Etnik identiklik" va "Milliy identiklik"ni anglashga bo'lgan zaruriyatni keltirib chiqaradi.
Asosiy qism. "Etnik identiklik" bugungi kunda zamonaviy sotsiologyaning asosiy tushunchalaridan biridir. Shuningdek u, etnologiya, falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya va boshqa fanlarda keng qo'llanilgan. Lekin hozirgi kunga qadar ilmiy jihatdan aniq tarifiga ega emas.
"Identiklik (identifikatsiya) (ingliz tili (identity), lotincha (identus) - aynanlik, mansublik, o'xshashlik) atamasi - shaxs tomonidan o'zining qaysi sotsial guruhga mansubligi hamda shu sotsial guruh doirasida ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, maishiy, ahloqiy stereotiplarga amal qilinishi"ni [2, - B. 41-42] ifodalaydi. Tadqiqotlar doirasida "Identiklik", "Etno identiklik", "Milliy edentiklik" kabi tushunchalar o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab o'zining nazariy va metodologik asoslariga ega bo'lib kelmoqda
[13].
Zigmund Freyd tomonidan identiklik atamasini tushuncha sifatida birinchi bor qo'llanilgan va ushbu tushuncha ortida olim, etnik identiklikni nazarda tutgan [3] edi. "Identiklik - milliy, etnik, kasbiy, hududiy, diniy-konfessional, gender va boshqa turlarga bo'linib, ushbu turlar o'z qamrovidagi insonlarni iqtisodiy, siyosiy, maishiy, ma'naviy, madaniy, mental jihatdan hayot tarzida ma'lum stereotiplar hosil qilishi, fikrlash, xulq-atvor, psixologik holatlar o'xshashligi natijasida ijtimoiy guruh yoki qatlamlarni yaratish bilan xarakterlidir" [4, - B. 28] deb takidlaydi.
Yana bir tarifga ko'ra, etnik identiklik - ijtimoiy va milliy o'ziga xoslikning elementlaridan biri bo'lib, ko'plab etnik guruhlarga nisbatan ijtimoiy makonda shaxsning o'z-o'zini anglashining kognitiv-emosional jarayonining natijasidir [5, - B. 41]. Bu nafaqat xabardorlik, balki o'zining etnik jamoaga mansubligini idrok etish, tushunish, baholash hamdir.
Amerikalik psixolog A. Maslou o'z-o'zini anglash inson tabiati va falsafaning yoki inson tabiatini o'rganadigan har qanday fanning "ajralmas sharti" [6] ekanligini ta'kidlagan edi. Erik Erikson esa, identiklikni "Odam tomonidan o'zining 'Men"ining yaxlit qiyofasini turli xil ijtimoiy aloqalar birligida qabul qilishga asoslangan uzluksiz o'z-o'zini anglash hissi" [7, - B. 59] deb talqin etgan.
Ma'lum bir migrant etnik vakillarining ijtimoiy tajribasi, bir vaqtning o'zida yangi sharoitlarda o'ziga xoslikni shakllantirishi natijasida ikkita tendensiyasini keltirib chiqaradi: yetnoaffiliativ munosabatlarning kuchayishi va mintaqaviy o'ziga xos munosabatning paydo bo'lishi bilan bir qatorda mezbon jamiyatga ijtimoiy-madaniy integratsiyani vujudga
April 20, 2024
726
keltiradi. Etnik o'ziga xoslikning yetuk darajasi esa, sotsializatsiya jarayonida olingan askriptiv darajasini emas, balki qurilgan tasnifga mos keladi va asosan shaxsning ijtimoiy-madaniy yo'nalishi bilan belgilanadi.
Etno sotsiologiya mustaqil bilim sohasi sifatida faqat o'tgan asrning ikkinchi yarmida sotsiologiya va ijtimoiy antropologiya sohasidagi ulkan nazariy yutuqlar - M. Veber, Ye. Dyurkgeym, M. Moss, K. Levi-Strauss, R. Darendorff, P. Sorokin va boshqalarning asarlarida keng tadqiq etildi.
1980-yillardagi tadqiqotlar etnik kelib chiqishga nazariy va uslubiy yondashuvlar asosida shakllantirishga imkon bergan (P.Van den Berge, Ye.Gellner, D.Horovis) bo'lsa, 1990-yillar etnik konfliktologiya muammolari, nizolarni hal qilish va oldini olish kabi yo'llarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratildi [8].
Vundt «millat» va «xalq» tushunchalarini tenglashtirgan holda etnopsixologiyaning tadqiqot ob'yektini til, folklor va urf-odatlarning ahloq kurtaklari bilan birga o'rganishni ta'kidladi. U «til xalq ruhida yashaydigan tasavvurlar, qonunlar va ularning aloqadorligini umumiy shaklda qamrab oladi. Afsonalar esa, tasavvurlarning ilk mazmunini o'zaro bir-biriga hissiy aloqadorlik va ulug'vorlik ruhida namoyon etadi, urf-odatlarda mavjud tasavvur va ulug'vorlikdagi ifodaning umumiy yo'nalishlari aks ettiriladi» [9, - B. 2] -deb izoh beradi.
Ma'lumki, insonlar ma'lum bir hududda dunyoga keladi va o'ziga hos etnik birlik, urf-odatlar va milliy qadriyatlar tizimida shakllanadi. Identiklik rivojlanish jarayonida vujudga keladi va shakllanadi [12].
"Milliy identiklik" ta'limoti P.Alter nazariyasiga ko'ra, mavjud komponentlarni madaniy-milliy identiklik va fuqaroviy, siyosiy monandlikka ajratadi. Unga ko'ra, madaniy-milliy identiklik asosini - an'analar, urf-odatlar, diniy e'tiqod, til umumiyligi qamrab oladi. Fuqaroviy va siyosiy identiklikning shakllarini esa, sosiumda istiqomat qilayotgan aholi qatlamining siyosiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan integrallashtiruvchi omil, ya'ni jamoaviy identiklik tashkil etadi [10, - B. 80-90].
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, globallashuv va intgratsiyalashuv davrida kishilar o'rtasidagi etnomadaniy va etnosotsiol munosabatlarning qo'yidagi hususiyatlarga e'tibor qaratish zarur.
Migrantlarning o'ziga hoslikka ta'siri bir nechta omillarda ko'rinadi: yani, "Muhojirlarning migrasiya jarayoniga tayyorgarligi, intgratsiyalashuv jarayoni hamda dominant xalqning tili va etnomadaniy hususiyatlariga moslashuvini"da o'z ifodasini topadi.
"Migratsiya dinamikasi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida uning muammolarini yanada chuqur o'rganish, ularni maqbul hal yetish shakllari va usullarini izlash kabilar nazarda tutadi" [11, - B. 3]
727
April 20, 2024
Bugungi kunda diasporalar faoliyatiga e'tibor qaratish va rivojlantirish orqali, xalqlarning urf-odati, qadriyatlari va milliy o'zligini anglashga bo'lgan baynalmilal markazlar faoliyatini oshirish hamda migrantlar o'rtasida vujudga keladigan etnomadaniy, etnososiol va etnolingvistik muommolarni hal etish.
REFERENCES:
1. Хоперская Л.Л., Харченко В.А. Локальные межэтнические конфликты на Юге России: 2000-2005 гг. Ростов н/Д: Изд-во ЮНС РАН, 2005. С. 42. 3
2. Madayeva Sh.O. Identiklik antropologiyasi. Toshkent, "Noshir", 2015. - B. 41-42.
3. Ostresov V. Freyd i «Bnay - brit» //http://www.realisti.ru/main/nauka?id=456/2013//
4. Madayeva Sh.O. Identiklik antropologiyasi. Toshkent, 'Noshir", 2015. - B. 28.
5. Стефаненко Т. Г. Индивидуальные стратегии конструирования этнической идентичности // Идентичность и толерантность / под ред. ИИ. М. Лебедевой. М. : Изд-во ИЕА РАН,2002. С. 41.
6. Маслоу А. Мотивация и личность. //http://www.bim-bad.ru/docs/maslow_motivation_
7. Эриксон Э. Идентичность: юность и кризис. М.: Прогресс, 1996. С. 59.
8. Ye. Azar, J. Aleksandr, J. Coakley, M. Rabi, J. Richardson, M. Ross, J. Rothman, T. Saati, J. Toland, va Rossiyada V. A. Avksentiyev, G. S. Vitkovskaya, L. S. Gatagova, G. S. Denisova, A. B. Dmitriyev, A. G. Zdravomyslov, M. O. P.
9. Вундт В. Фантазия как основа исскуства. -СПб:. 1914. -С.2.
10. Каранг: Степаненко О.А. Поиск идентичности как константа немецкой культуры. // Журнал: Вестник Ленинградского гос.унив. им. А.С.Пушкина. 2013. № 7. - С. 8090
11. Проблемы миграции на Юге России: опыт социологического исследования.-Ростов н/Д: Изд-во РГПУ, 2003. С. 3.
12. Алимухамедова Н., Сабирова У. Миллий идентикликгининг ижтимоий-фaлcaфий жихдттари //Журнал социальных исследований. - 2022. - N°. SI-2.
13. Kalanov K., Sabirova U. Ijtimoiy Antropologiya //Toshkent "Go To Print. - 2020. - С. 74.
728
April 20, 2024