Научная статья на тему 'YOSHLARDA MILLIY MANFAAT VA O‘ZLIKNI ANGLASH RUHIYATINI TARBIYALASH –TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI'

YOSHLARDA MILLIY MANFAAT VA O‘ZLIKNI ANGLASH RUHIYATINI TARBIYALASH –TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

48
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'zbekiston / mustaqillik / milliy manfaatlar / milliy o'zlikni anglash / milliy tiklanish / yuksalish / yoshlar manfaati / ma‟naviyat / meros / qadriyat / ma'naviy yuksalish / taraqqiyot / strategiya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rustam Ubaydullayevich Mamatqulov

Maqolada jamiyat taraqqiyotida milliy manfaatlar va milliy o'zlikni anglashning ahamiyati, yoshlar ongi va ruhiyatida o„zlikni anglash, yaratuvchilik, ijtimoiy faollikni tarbiyalashda ma‟naviyat, ta‟lim-tarbiyani kuchaytirish omillari ko'rsatilgan. Masala yuzasidan tegishli ilmiy-uslubiy manbalarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MILLIY MANFAAT VA O‘ZLIKNI ANGLASH RUHIYATINI TARBIYALASH –TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

YOSHLARDA MILLIY MANFAAT VA O'ZLIKNI ANGLASH RUHIYATINI TARBIYALASH -TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Rustam Ubaydullayevich Mamatqulov

Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada jamiyat taraqqiyotida milliy manfaatlar va milliy o'zlikni anglashning ahamiyati, yoshlar ongi va ruhiyatida o'zlikni anglash, yaratuvchilik, ijtimoiy faollikni tarbiyalashda ma'naviyat, ta'lim-tarbiyani kuchaytirish omillari ko'rsatilgan. Masala yuzasidan tegishli ilmiy-uslubiy manbalarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, mustaqillik, milliy manfaatlar, milliy o'zlikni anglash, milliy tiklanish, yuksalish, yoshlar manfaati, ma'naviyat, meros, qadriyat, ma'naviy yuksalish, taraqqiyot, strategiya

ВОСПИТАНИЕ У МОЛОДЕЖИ ДУХА НАЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕРЕСА И САМОСОЗНАНИЯ -ВАЖНЫЙ ФАКТОР ПРОГРЕССА

АННОТАЦИЯ

В статье показана значимость национальных интересов и национального самосознания в развитии общества, самосознания в сознании и психике молодежи, факторы духовности, воспитания в воспитании творчества, социальной активности. По этому вопросу обращались к соответствующим научно-методическим источникам.

Ключевые слова: Узбекистан, независимость, национальные интересы, национальное самосознание, национальное возрождение, подъем, интересы молодежи, духовность, наследие, ценность, духовный подъем, прогресс, стратегия

FOSTERING THE SPIRIT OF NATIONAL INTEREST AND SELF-AWARENESS AMONG YOUNG PEOPLE IS AN IMPORTANT FACTOR OF

PROGRESS

ABSTRACT

The article shows the importance of national interests and national identity in the development of society, self-awareness in the minds and psyche of young people,

17-aprel, 2024

583

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

factors of spirituality, education in the education of creativity, social activity. Relevant scientific and methodological sources were consulted on this issue.

Keywords: Uzbekistan, independence, national interests, national identity, national revival, uplift, youth interests, spirituality, heritage, value, spiritual uplift, progress, strategy

O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan so'ng ajdodlarimizdan meros qolgan milliy an'analar, marosimlar, milliy qadriyatlarni -qayta tiklashga kirishdik, asl qiyofasiga keltirishga astoydil kirishdik. Boshqacha aytganda xalqimiz milliy o'zligini anglash jarayoni yaqqol ko'zga tashlandi. Bulardan ko'zlangan maqsad - yoshlarimizni milliy manfaatlar ruhida tarbiyalashdan ham iborat buldi. Bu esa mustaqillikni mustahkamlash va u bilan bog'liq vazifalarni hal etishda o'ta muhim ahamiyatga ega edi. Chunki, hamma davrlarda ham o'z yurti, o'zi mansub bo'lgan millat ehtiyoj va intilishlaridan bebahra qolgan shaxs ham, yurt ham hech qachon gullab-yashnamagan, obod bo'lmagan, taqdiri ayanchli ahvolda qolavergan. Bugungi kunda milliy qadriyatlarimiz, an'ana va udumlarimiz, marosimlarimiz va ajdodlarimizga bo'lgan hurmat anchayin yuksaldi. Sho'rolar davrida noto'g'ri talqin etilgan boy ma'naviy merosimiz asl holiga qaytdi. Boshqacha aytganda milliy o'zlikni anglash jarayoni o'z kuchini ko'rsata boshladi. Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz fuqarolari, shu jumladan, yoshlar ongi va ruhida ma'naviy yuksalishga bo'lgan intilishni yanada jonlantirish dolzarb masalaga aylandi. Jamiyatimiz taraqqiyotiga erishish uchun mamlakatimiz yoshlarini komillik yo'lida, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosga hurmat, milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash yo'lida tarbiyalash muhim o'rin tutadi. Shu ma'noda, mustaqillik yillarida ilgari so'rilgan milliy istiqlol g'oyasining bosh g'oyasi - Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurishga intilish o'zlikni anglash va taraqqiyot bilan bog'liq barcha masalalarga milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan qarash muhim hisoblandi. Milliy manfaat esa o'zligini anglayotgan xalq, millat ma'naviyatini yuksaltirish, yosh avlod ongi va qalbida yaratuvchilik, faollik kabi fazilatlarni tarbiyalash orqali amalga osha boradi. Yoshlar esa jamiyatimizning asosiy hal qiluvchi, yaratuvchi kuchidir. Yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo'lishini, jamiyatimiz hayotida munosib o'rin egallashini ta'minlashdan iborat, ta'lim-tarbiya borasidagi ezgu maqsadni ular ongiga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar manfaatiga qaratilgan shu kabi maqsadlar o'z-o'zidan amalga oshmaydi. Buni voqelikka aylanishi uchun o'zligimizni anglash, yagona maqsadni aks ettiruvchi g'oyani tushunish va uning

17-aprel, 2024

584

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

oppcriunitiesjoReaLizeHumnPoientiaL

atrofida birlashish bugungi kunda ham muhim bo'lib qolmoqda. Bu borada mustaqilligimiz ilk kunlaridan boshlangan o'zlikni anglatuvchi qator milliy-ma'naviy imkoniyatlarga murojaat qilish zarurdir. Milliy - ma'naviy tiklanishdan milliy yuksalish sari qator amaliy isЫar o'z yechimini kutib turibdi. Bulardan eng muhimlari: ayniqsa, globallashuv avjiga chiqqan vaziyatda milliy - ma'naviy meros va madaniyat, tarixiy xotira kabi milliy o'zlikni anglatuvchi omillaTga murojaat qilish va amaliy faoliyatda o'zlikni himoya qilishda unga tayanish hisoblanadi. Chunki o'z o'tmish tarixi va merosidan o'zilib qolgan xalq buguni va kelajagini anglab yetmaydi.Milliy manfaatlarini tushunib yetmaydi,uni himoya eta olmaydi. Boy ma'naviy va madaniy meros esa, ko'nglimizda faxr va iftixor tuyg'ularini paydo qiladi. Demak, milliy o'zlikni anglatuvchi o'tmishga munosabat yoshlarimiz ongi va qalbida faxr va g'urur tuyg'usini jushqinlantiгadi. Natijada, ulami o'ziga xos yoshlarcha intilish va qiziqishlarini ular ehtiyojiga monand holda, milliy manfaatlar ko'zgisida tasavvur etishga undaydi. Yoshlarda o'z manfaatlarini millat manfaatlari bilan uyg'un kurish ehtiyojini kuchaytiradi. Millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ma'naviy - axloqiy hissiyotni tarbiyalaydi. Bugungi barkamol avlod oldida o'z vatani, millati uchun kuyib-yonib yashashi va bilim olishi zarurati shunday bebaho tuyg'uni yanada tarbiyalashni taqoza etmoqda. Bir so'z bilan aytganda ma'naviy yuksalish bugungi kunda ham dolzarb. Ma'naviy yuksalishga erishmoq uchun yoshlarimizda milliy ta'lim va tarbiyani zamonaviy talablar asosida yo'lga qo'yish, bilim, intelektual salohiyatni oshirib borish talab etiladi. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: "Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa, taraqqiyotning kafolatidir."[1] Darhaqiqat, jamiyatning har bir a'zosi, kasb egasi, yoshlar u yoki bu ma'noda yurtimiz rivojiga o'zini daxldor his etishi hal etuvchi omildir.hisoblanadi. Yoshlarni milliy manfaat ruhiyatida tarbiyalashga qaratilgan milliy o'zlikni anglash silsilasida tarixiy xotira, milliy-ma'naviy merosga murojaat kabilardan tashqari, mustaqillik bilan bog'liq bozor munosabatlarini anglash va uning talablariga javob berish ehtiyojlari yangidan - yangi vazifalarni hal qilishni taqoza etmoqda. Bugungi shiddat bilan o'zgarayotgan ijtimoiy real voqeilik barchamizdan ushbu jarayonlarni mazmun - mohiyatini anglash bilan birga, ularning milliy manfaatlarimizga naqadar mos kelishini farqlashni ham zarur etmoqda. Bular qatoriga ayniqsa, yoshlarning hayotda o'z munosib o'rnini topa olishi, bilimli, zamonaviy shaxs bo'lib yetishishi, milliy rivojlanish yo'lida o'z hissasini munosib tarzda qo'sha bilishi, zamonaviy, dunyoviy hamda diniy ilmlarni puxta egallab borishlari, o'z milliy hamda boshqa xalqlar tili, urf - odatlarini qadrlay olishi va unga amal qilishi kabi malaka va salohiyatlar bilan

17-aprel, 2024

585

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

birga, iymon - e'tiqod, ezgulik, halollik, vijdon va diyonat, adolat va haqiqat kabi yuksak axloqiy fazilatlarni yanada qaror toptirib borishlari muhim hisoblanadi. Bu esa, yoshlarimiz qiziqish va intilishlarini anglashi va amalga oshuvi imkoniyatlarini kengaytirish, mustahkamlashda milliy, umuminsoniy muhim ahamiyat kasb etib boradi. Ushbu ma'naviy, axloqiy tamoyil va fazilatlar yosh avlodning shaxsiy ehtiyoj va manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan o'yg'un tarzda ko'rishida madaniy vositasi bo'lib xizmat qiladi. Aks holda yoshlarimiz ruhiyatida o'z "shaxsiy manfaatlariga" qaratilgan egoyizim, xudbinlik, manmanlik, barcha yutuq va muvaffaqiyatlarga yengil - yelpilik bilan erishish kabi qusur va illatlar avj olib boraveradi. Bunday holat esa, jamiyatning milliy yuksalishiga putur yetkazish bilan birga, ular shaxsiy ehtiyojlari va intilishlariga ham zid holatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, ularni ba'zilariga xos bilmsizlik, zo'ravonlik, maqsadlarga erishuvning noqonuniy usul va vositalari kabi qator g'ayriinsoniy holatlar nafaqat yoshlar manfaatlari amalga oshuvini puchga chiqaradi, shu bilan birga ularning jamiyatdan uzoqlashuviga olib keladi, ma'lum darajada milliy taraqqiyotni qiyinlashtiradi. Yosh avlod esa, bugunning ertasi, kelajagimiz davomchilaridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi Farmonda, taraqqiyotning yettita ustuvor yo'nalishida ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish va milliy manfaatlardan kelib chiqib umumbashariy muammolarga yondoshish vazifasi belgilab berildi.[2] Bugungi kunda yurtimizda millat kelajagi uchun qayg'urib yashayotgan barcha insonlar, shu jumladan, ta'lim-tarbiya maskanlaridagi ustoz-murabbiylar oldiga qo'yiladigan eng dolzarb masalalarni hal etishda, O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasidagi vazifalarga murojaat etish talab etiladi. O'zbekiston nafaqat milliy mustaqil davlat maqomiga ega bo'ldi, faoliyat ko'rsata boshladi, shuning bilan birgalikda jahon siyosatida faol ishtirok qilmoqda, mintaqaviy umumsayyoraviy muammolarni hal etishga ham o'zining ta'sirini o'tkazmoqda. Yosh avlod manfaatlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy tamoyillar uyg'unligi masalasiga ham e'tibor berish lozim bo'ladi. Shu jihatdan qaraganda, millatimizning mustaqillik ilk davrlari milliy o'zligini anglashga intilish darajalari bilan bugungi kundagi darajalarini solishtiradigan bo'lsak, bu jarayonning ancha susayotganligini kuzatish mumkin. Buning sabablari turlichadir. Buni suvga chanqab turgan kishi dastlab, ushbu ehtiyojni tezlik bilan qondirishga intilishidan so'nggi holati bilan qiyoslasak bo'ladi. Suvga ehtiyoj qondirildi, endi suvga zaruriyat yo'qdek, go'yoki. Vaholanki suvga ehtiyoj doimiy mavjud bo'lganidek, insonning o'zligini anglab borishi,ma'naviy barkamolligi ham o'zliksiz bo'lib, muntazamlik

17-aprel, 2024

586

Tashkent State University of Economics

^^^^^^pportunitiesJoReaLizeHUmia^POtentiaL

kasb etishi zarur. Milliy ma'naviy, madaniy merosga intilish,uni tiklash borasida ancha ishlar qilindi. Endigi vazifa uni yangi bosqichda yuksaltirish, taraqqiyotda unga tayanish. Yoshlarimizni o'zligini anglashi, milliy manfaatlarini tushunishi va amalga oshirishi jarayoni bir xillik, o'zgarmas takrorlanuvchi hodisa emas. Xalqimiz va uning asosiy qismi - yoshlar ongida milliy - madaniy qadriyatlar tizimi tuzulishida "...a'anaviy, diniy, zamonaviy va ratsionalistik - pragmatik..."[3] jihatlar manfaatlar rivoji va amalga oshuvida muhim belgilovchilik ta'sirga egadir. Aksar holatlarda yoshlar ongida diniy, an'anaviy, zamonaviy, ommaviy qarashlar qorishib ketganligini kuzatish ham mumkin bo'ladi. Ayniqsa, mavjud ehtiyojlar amalga oshuvini ta'minlashning inteluktual-ma'naviy, pragmatik jihatlarni tarbiyalash murakkab hisoblanadi. Endigi vazifa, ayni vaqtda murakkab masala - anglangan, anglanayotgan merosni avaylab - asrash, bu bilan faxrlanish bilan birga, uning boyishiga xalqimiz, yoshlarimiz hissasini oshirish, shu asosda bugun va kelajakdagi turli hayotiy muammolar yechimini berish dolzarb. Yoshlar ma'lum qismi yurt taraqqiyoti bilan bog'liq vazifalarni, mustaqillikni qadr-qimmatini yaxshi anglasada, bir qismi (uyushmagan qismi) to'la tasavvurga ega bo'lmasligi ham mumkin. Bu esa o'z navbatida, tarbiyaviy ishlarda yoshlarimizga mustaqilligimiz qadr-qimmatini ko'tarishda, taraqqiy etgan mamlakatlar tajribalarini yoshlar o'rtasida keng tashviqot qilish, ularda o'z kasbiga muhabbat, xalqiga muruvvatli qilib tarbiyalash, Vatan va millat taqdiri uchun mas'ullik ruhiyatini shakllantirishga e'tiborni kuchaytirish davr talabi.

References

1. Sh.M.Mirziyoyev. Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari. T, O'zbekiston. 2019 yil.5-bet.

2. Sh.M.Mirziyoyev. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yildagi Prezident Farmoni. PF-60

3. S.O.Otamuratov., S.S.Otamuratov. O'zbekistonda ma'naviy - ruhiy tiklanish. "Yangi asr avlodi".T.,2003., 241-bet.

587

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.