YOSHLAR BILAN ISHLASHDA AXLOQIY IDENTIKLIKNING NAZARIY-
METODOLOGIK TAXLILI
L.A. Tashaev -
SamDAQU tyutori
https://doi.org/10.24412/2181 -7294-2023 -3 -111 -115
Tadqiqotchilar fikricha, insoniyat hayotining ibtidoiy davrlarida bolalarni tarbiyalashda stixiyali g'oyalar paydo bo'lgan va tarbiya mazmuni turli davrlarda, turli xalq, millat va yelatlarda u yoki bu shaklda bo'lishiga qaramasdan ibtidoiy to'da davridan insoniyat ongli yoki ongsiz ravishda ushbu murakkab va uzluksiz jarayonni amalga oshirib kelmoqda. Shu o'rinda jamiyatda yosh avlodni axloqiy va irodali tarbiyalash dolzarb muommo bo'lib kelgan va doimo shunday bo'lib qoladi.[1]. Yoshlar masalasini o'rganish kishilik jamiyati, ijtimoiy munosabatlar, millatlar va davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki yoshlar masalasi, birinchidan, sivilizatsiya vujudga kelgandan beri mavjud va barcha tarixiy rivojlanish bosqichlarida ular bilan yonmayon keladi. Ikkinchidan, tafakkur tarixida barcha faylasuflar, mutafakkirlar, davlat arboblari, shoiru adiblar farzand, yoshlar masalasiga oid o'z qarashlarini bayon qilganlar. Yoshlar masalasi ularni to'g'ri tarbiyalash, ularga g'amho'rlik qilish buyuk Sharq mutafakkirlarini asarlarida keltirib o'tilgan. Xususan, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham bolalar va yoshlar masalasiga alohida to'xtalib o'tilgan. Oila qurish ostonasida turgan yoshlarning reproduktiv salomatligi birinchi o'rinda turgan. Ayollar homiladorlik davrida ko'p asabiylashmasligi, yuqori kaloriyali ovqatlar istemol qilishi lozimligi uqtirilgan. «Shunday qilingki, xamma kasalliklar bir yo'la nobud bulsin: ajalni yo'qot, jinlar vujudga keltirgan barcha bemorliklarni yo'q qil», [2]. deb qayd yetilgan.
"Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko'ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o'zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo'ylik, halollik, o'z-o'ziga talabchanlikni targ'ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o'quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o'zini olib qochishga undaydi" [3].
Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g'oyalari shaxsni har tomonlama va uyg'un rivojlantirishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XII asrda yashagan islom ta'limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida yerkinlik, insonparvarlik, mehnasevarlik, iymon-etiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o'rinni yegallaydi[4].
Kaykovus 44 bobdan iborat bo'lgan "Qobusnoma" asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o'zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo'pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy etibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas'uliyati katta yekanligi kabi axloqiy masalalarga urg'u beriladi.
Barkamol avlod tarbiyasida jadidlar faoliyatining muhim xususiyati shunda yediki, avvalambor Turkistonni o'rta asrga xos tarqoqlikdan ozod qilish, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo'liga olib chiqish, milliy davlat bunyod yetish, zamonaviy idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish hamda ma'rifatparvarlik kabi masalalar yedi. Bunday g'oyalar avvalambor yosh avlodni milliy, ma'naviy hamda g'oyaviy jipslashtirish, ularni o'lka taqdiriga dahldorlik tuyg'usi bilan yashashga jalb yetish kabilarda aks yetadi. Turkiston jadidchiligidagi asosiy g'oyaviy-nazariy yo'nalish Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho'lponlar tomonidan ilgari surilgan bo'lib, Turkiston xalqi va davlatini qurish, zamonaviy taraqqiyot yo'lidan borishni taklif yetganlar[5]. Mahmudxoja Behbudiy ta'kidlaganidek, "Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig'a tasavvul (vosita) va tashabbus yetmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan
111
zuhur yeta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat yeshigi manzalasida bo'lgan maktabi ibtidoiy ila intiboh va islohot jarchisi bo'lgan milliy matbuot qayratlu yoshlarning harakati maorif parvaronlarini soyasida vujudga keldi".[6]. Mahmudxo'ja Behbudiy yesa "Oyna" jurnalida quyidagicha yozgan: "To'y va ma'raka oqchasidan bolalarni.., talabalarni Makka, Madina, Misr, Istanbulga va Rossiya dorilfunun va dorulsaltanatlarig'a yuborilib, diniy va dunyoviy va zamonaviy odamlar yetishdurmoqg'a sa'y qilinsun. Ma'lumki, Munavvarqori Abdurashidxonov ham bu yo'lda jonbozlik ko'rsatgan. U o'zining "Jamiyati Xayriya" nomli yordam tashkiloti "ilk maktablarni bitirgandan so'ngra Turkiya, O'rinburg, Ufa va Ozarbayjonga yashirin yuborilgan talabalaraga yordam ishlarini boshqarar yedi". [7]. Jadid namoyondalari yoshlarga murojaat ham yetib, ularni oldinga intilishga, zamonaviy bilimlarni yegallashga va umuman, ravnaq yetishga chorlaganlar. Shu o'rinda jadidlarning yoshlarga murojaatiga etibor qilaylik: "Ey, g'ayratlik yoshlar! Bir-biringiz ila
ittifoq yetub, jamiyatlar barpo qilub, ......millat yo'lida xizmat yetingiz. Millat va xalq sizdan
hurmat va yaxshilik talab yetadur, nafsoniyat va g'urur yemas..... muhtaram yoshlar! Zamon
siznikidir. Balki butun sharingiz va millatingiz ila taraqqiy qilursiz".
A.Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta'lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o'qitilgan.
Identiklik fenomenining metodologik ishlanmalari birinchi bo'lib psixologiya sohasida vujudga keldi. Uning tarixi G'arb olimlari Z.Freyd, Ye.Erikson va Ye.From nomlari bilan bog'liq. Z Freydning "Ommaviy psixologiya va inson menligi taxlili" asarida insonning boshqa inson bilan yemotsional ruxiy birlashib ketishi oqibatidagi aynanlik hodisasi haqida fikrlar bor. Z.Freyd asarlaridagi g'oyalar identiklik atrofida shakllanib, u haqidagi tassavurlarni bera boshlagan bo'lsada, identiklik atamasini birinchi bor qo'llashi 1926-yil yahudiylarning Bnay brit jamosi oldida so'zlagan nutqida uchraydi. [8].
Ye. Fromning ijtimoiy identiklik hodisasini kashf yetishi yo'li inson hayotidagi asosiy omillarni belgilashdan boshlanadi, "iqtisodiy tizim hususiyatlari bilan shartlangan hayot tarzi inson harakterini shakllantiruvchi asosiy omilga aylandi, chunki o'z-o'zini saqlashga bo'lgan hukmron yextiyoj o'zi mavjud bo'lgan muhit shartlarini qabul qilishga majbur qiladi. [9]. Shuning uchun ham Fromm identiklik tushunchasini tahlil qilar yekan, u yeng to'g'ri identiklik inson "men"ini legitim tarzda tushinishdir, chunki men so'zi ostida inson o'zini boshqarayotgan va potensional imkoniyatda bo'lgan faoliyatini tushunadi. Shneyder L.B. o'zining Professionalnaya identichnost asarida quyidagi fikrlarni keltirib o'tadi. "Identiklik - ko'p tarmoqli, bir vaqtning o'zida konglamerat xarakter kasb yetib, murakkab tashkiliy tuzilmaga yega bo'lib, ijtimoiy -madaniy hamda individual psixologik funksiyani bajaradi: "Identiklik o'zida mifologik dunyoqarashdan tortib zamonaviy ongni namoyon yetgan, individual kollektiv, sotsiogenetik asoslarni ifodalagan murakkab fenomen, murakkab psixologik reallikdir .[10]. deb ta'kidlaydi.
Ye.S.Shilshteyn o'zining "O'z-o'zini tizimning darajadagi tashkil yetilishi" maqolasida shaxsiyatni o'rganishni "Men kimman?" degan savol bilan cheklashini aytadi hamda mazmunan o'ziga xoslikning keng qatlamini yo'qotish demakdir"[11]. deb ta'kidlaydi. L.M.Drobijeva yesa yetnik identiklikning qo'yidagi komponentlarini keltirib o'tadi:
- o'z xalqiga mansubligini anglash;
- o'z yetnosi manfaatlarining nufuzi;
- o'z madaniyati;
- tili va hududi haqidagi bilimlar [12].
From ijtimoiy identiklikni taxlil yetishda Freyd va Yeriksondan farq qiluvchi yangi tajriba va maqsadga qaratilgan psixoanaliz metodiga tayanadi. Ya'ni, u Freydning inson hulq atvori mohiyztining psixoanalizida biologic motivlarni yemas, ijtimoiy omillarni yetakchi omil sifatida oladi, inson tabiati o'zida uning qiziqishlarini aks yettirib, tashvishlari yesa, madaniyat hosilasidir [13]. T.G.Stefanenko va N.L.Ivanovalarning tomonidan shaxsning quyidagi tarkibiy qismlarini ko'rib chiqamiz: 1. Identifikatsiyaning kognitiv komponenti o'z-o'zini o'zi haqidagi bilimlarni, o'zining va o'z guruhining xususiyatlari haqidagi g'oyalarni, o'ziga xos farqlovchi xususiyatlar
asosida o'zini uning a'zosi sifatida anglashini o'z ichiga oladi. Ushbu komponent doirasida o'zini o'zi tavsiflash, o'zini o'zi identifikatsiyalash, avto- va geterostereotiplarning mazmunini ko'rib chiqish mumkin. 2. Affektiv komponentda ko'proq yoki kamroq ifodalangan guruhga mansublik hissi kiradi; guruh ichidagi favoritizmning jiddiyligi; oqilona yemas, balki hissiy o'zini o'zi hurmat qilish, o'z sifatlarini va o'z guruhini o'z-o'zini idrok yetish.
3. Qadriyatli-motivatsion komponent. Qadriyatli yo'nalganligi birinchi navbatda shaxsiy rejaning toifasi bo'lib, shaxsning ijtimoiy sohadagi xulq-atvorlarini belgilaydi. Ular shaxsning muhim tarkibiy qismi bo'lib, uning hayotida tashkiliy, rahbarlik va boshqaruvchilik rolini o'ynaydi. 4. Xulq-atvor komponenti o'ziga xos xulq-atvor ko'rinishlarida sub'ekt tomonidan identifikatsiyani amalga oshirish faktlarini o'z ichiga oladi. Tadqiqotimizda biz hayotiy rejalarini xulq-atvor komponentiga ma'lum bir xatti-harakatlar bilan bog'liq bo'lgan voqealar yehtimolini sub'ektiv ravishda baholash sifatida ko'rsatiladi. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinadiki, shaxsda ijtimoiy identifikatsiyaning shakllanishi ularda o'ziga nisbatan talablar darajasini ortishi hamda hayot haqidagi rejalarning mazmunini o'zida aks yettiradi. Shuningdek, shaxsda identifikatsiyaning tarkibiy tuzilmalari kognitiv, affektiv, xulq-atvor va qadriyatli-motivatsion sohaning rivojlanganligi bilan taqazolanadi [14].
MDH olimlari P. N.Shixarev identiklik hodisasi haqida quyidagicha fikr bildiradi Tarixni inson faoliyatining faqatgina bir doirasida, iqtisodiyot miqyosida taxlil qilish shuni ko'rsatayapdiki, ishlab chiqarish vositalarining rivoji va murakkablashishi darajasida insoniyat unsiz ravishda uyg'onishning tashqi shakllaridan shaxsning motivatsion yadrosi, qadriyatlar bazasi bo'lgan ichki shakllariga butun imkoniyatni jalb yetgan holda siljib bormoqda [15]. deb ta'kidlab o'tgan. Yadov V.A. Sotsialnaya identichnost asarida quyidagi fikrlarni bildirib o'tadi "Hayotiy me'yor, etiqod, orzu umidlar birlashgan imperativ- identiklik qadriyatmezonlarini, yetnik milliy va diniy qarashlar simbiozlashgan fikrlarni shakllantira boradi. Qadriyat munosabati identiklik asosidagi sterotip fikrlar identiklikguruhlarining ijtimoiy, iqtisodiy va hayotining boshqa sohalarini tizimlashtiruvchi, ularning sifati va darajasini belgilovchi kuchga yegadir [16]. deyilgan
Ijtimoiy identiklik nazariyalarida o'z-o'zini anglashning bir qismi sifatida ijtimoiy identiklik tuzilishi o'z-o'zini anglashning beshta asosiy tarkibiy qismi: yetnik identiklik, akademik qobiliyat, sport, mashhurlik, tana qiyofasi [17]. V.Doyzning fikricha, identifikatsiya tuzilishining barqarorligini ta'minlaydigan yeng muhim tarkibiy qismlardan biri bo'lgan turli sohalarda ramziy o'zaro ta'sirlarni tashkil yetadigan etiqodlar, qadriyatlar deb ataydi Bundan tashqari, adabiyotda shaxsning motivatsion komponentiga kata etibor beriladi. Unga ko'ra, identifikatsiya motivatsiyasining bu turi D.Abrams, R.Braun, Dj.Terner, A.Tesser, A.Teshfel, M.Xogg va boshqalarning [18].asarlarida keltirilgan.
Falsafa fanlari doktori professor Sh.Madaeva o'zining Identiklik antropologiyasi nomli o'quv qo'llanmasida identiklik muammosiga quydagicha fikr bildirib o'tgan: "Identiklik muammosining nazariy asosi hamda uni hal qilishdagi metodologik yondashuv zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlarning yeng murakkab masalalaridan biridir. Chunki identiklik yepistimologik nuqtai nazaridan bir vaqtning o'zida tarixiy retrospektiv, zamonaviy-strategik xarakterga yega bo'lgan muammodir. Uning tarixiy ildizlari har qanday identiklikning birlamchi asosida primordialistik, ya'ni hududiy, iqtisodiy va yetnologik omillar yotganida bo'lsa uning zamonaviy-strategik xarakterga yega yekanligi identiklik sotsiomadaniy paradigmaning o'zgaruvchi va plyuralistik tabiati ta'sirida shakllanayotgani, globallashuv ta'sirida identiklik ko'p qatlamli tuzilma xosil qilayotgani, shuningdek, u kelajakda nafaqat individual yoki milliy, balki, diniy, gender, fuqaroviy identikliklarining asosini belgilab, davlatchilik identikligi strategiyasiga tamal toshi qo'yishi bilan belgilanadi. [19].deb ta'kidlagan"
Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) X.Kadirova fandagi identiklik tushunchasiga quyidagicha izoh beradi: "Identiklik ijtimoiy rivojlanish jarayonida paydo bo'lib, muayyan yaxlik strukturaga daxldorlik hissi bilan bog'liq holda, inson tomonidan o'zining ana shu strukturani bir qismi yekanligi va uning tarkibida muayyan aniq o'ringa yega yekanligini anglashni
bildiradi. Identiklik kishiga o'z yehtiyojlarini qondirish va jamiyatda o'z o'rnini topishga yordam beradi" [20].deb ta'kidlaydi.
B. Norbekova yesa yetnik identiklik bo 'yicha quyidagicha fikr bildirgan: "Psixologik yondashuvning diqqat markazida shaxs yetnik-madaniy xususiyatlar va fazilatlarning tashuvchisi hisoblanadi. Bunda yetnik identiklik shaxs va uning o'zini o'zi anglashi tuzilishining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ifodalandi. Shuning uchun ham ijtimoiy-psixologik yondashuv doirasida shaxs yetnik guruh vakili sifatida qaraladi va yetnik identiklik - ijtimoiy o'ziga xoslikning tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi.." [21]. deb fikr bildirgan. Yuqoridagi Sharq va g'arb olimlari yoshlar bilan ishlashda axloqiy identiklikning nazariy metodologik taxlili asosida
ular ongida axloqiy identiklikning rivojlanishiga salbiy ta'sir qilayotgan omillarni bartaraf yetish uchun tadqiqotimiz davomida quydagicha jadval tuzdik.
1. Jadval.
№ Yoshlar ongida uchrayotgan salbiy jarayonlar Ushbu salbiy holatlarni bartaraf yetish bo'yicha yechim.
1 "G'oyaviy va ma'naviy bo'shliq" Milliy g'oya va milliy qadriyatlarimiz bilan ular ongini to'ldirish
2 Vaqtni to'g'ri taqsimlamaslik Yoshlarning bo'sh vaqtlari va dam olishini mazmunli o'tkazish orqali vaqt byudjetiga asoslangan mentalitetimizga xos turmush tarzi va hayot kechirish madaniyati shakllantirish
3 "Shaxs chegarasiz yerkinligi" Oila va jamiyat oldidagi yuksak ma'suliyatni his qildirish
4 "Egotsentrizm" Ota-ona, qarindosh-urug'larni hurmat qilish, mehr-oqibatni kuchaytirish
5 "Vertual olamning domiga tushishi" Haqiqatga intilish orqali ular ongini rial olamga qaytarish hamda kitob o'qish madaniyatini shakllantirish.
6 "Jamiyat hayotiga bepisandlik" Vatanga daxldorlik tuyg'usini anglatish
7 "Axloqsizlik, bexayolik" Axloqiy mansublikni shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki bugun jahonda yuz berayotgan voqiyalarni, hayotning mazmunini va zarurligini yoshlarga to'g'ri tushintirishda avvalombor ota-onalar, ustoz-murabbiylar mas'uliyatni chuqur his qilishi lozim. Zero, yoshlarimiz bugun qanday qadriyat va madaniyatlar tomon intilmoqda, qanday fikr va o'y-hayollar jarayonida yashamoqda, biz bunga etiborsiz va loqayd qaramasligimiz kerak. Aks holda yeng asosiy kuchimiz va kelajagizmiz bo'lgan yoshlarimiz bilan ko'zlagan maqsadlarimizga yerisholmasligimiz mumkin. Bu yesa odamni o'yga toldiradi. Bu jarayonda hali ko'plab tadqiqotlar va qilinadigan ishlar borligini yeslatadi.
ADABIYOTLAR:
1.N.Koshanova Milliy tarbiyani rivojlantirish-globallashuv sharoitidagi zarurat sifatida nomli maqolasi Multidisciplinary Scientific Journal 2023-yil may 58-59 betlar.
2. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarj.- Toshkent: «Sharq», 2001.-B.152.
3. M.Xajieva. Xoja Ahmad Yassaviyning ma'naviy-tarbiyaviy qarashlari. Avtoreferat. T.: 2004 y.
4. M.Shoxadjyaev. Burxoniddin Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari. Avtoreferat. T.: 2006 y.
5. MyMHHOB, A.ramep. Leading Tendencies in the Development of Cultural and Spiritual Identity of the Peoples of Uzbekistan. 2020, №1, P. 5525-5538
REZYUME:
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida yoshlarda identiklikni rivojlantirish jarayonlari, ulardagi axloqiy mansublikni saqlab qolishning nazariy jixatlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Identiklik, axloqiy mansublik, mansublik, globallashuv, yoshlar, qadriyat, yoshlar ongi, globallashuv jarayonlari.
РЕЗЮМЕ.
В данной статье описаны процессы развития идентичности молодежи в условиях глобализации, а также теоретические аспекты сохранения ее моральной принадлежности.
Ключевые слова: Идентичность, моральная принадлежность, принадлежность, глобализация, молодежь, ценности, молодежное сознание, процессы глобализации.
RESUME:
This article describes the processes of identity development in young people in the context of globalization, and the theoretical aspects of preserving their moral belonging.
Key words: Identity, moral affiliation, affiliation, globalization, youth, value, youth consciousness, globalization processes