Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
SOG'LOM E'TIQOD - KOMILLIK NISHONASI
Mustafayev Ulash Utayevich
Termiz davlat universiteti, falsafa fanlari nomzodi ulashmustafoyev1957@gmail.com
Globallashuv jarayonida va XXI asrning 20-yillarida dunyo mamlakatlarini qamrab olgan pandemiya davrida moddiy va ma'naviy qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni to'g'rilash, aniqrog'i esa tarbiyalash juda ham murakkab kechayotganligi tahlil qilinadi. Sharqda, jumladan Movarounnahrda e'tiqod tarbiyasi davlat rahbarlari ma'ruzalarida, mutafakkir olimlarning ilmiy asarlarida va mahalla-kuy hamda oilalarda ota-onalarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Faqat sobiq Sho 'rolar hukumati davrida bu jarayonga bir tomonlama yondoshib, diniy e'tiqodga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatildi. Dunyoviy e'tiqod ham noto'g'ri talqin etildi. XIV asr mobaynida islom ma 'naviyati dastlabki nozil bo 'lgan paytdan boshlab insonni dunyoviy va diniy e'tiqodda komillikka da'vat etib kelayotganligi hech kimga sir emas. Jamiyatda fuqarolarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash va mehnatsevarlik axloqiy fazilatlarining indikatori bu amaliyot va dunyoqarashdir. Shaxsning amallari va dunyoqarashi ma 'rifat bilan qaror topadi va rivojlanib boradi.
Kalit so'zlar: e'tiqod, komillik,uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi, Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik, indikator.
In the era of globalization and the pandemic that swept the world in the 1920s, it is becoming more and more difficult to correct and, more precisely, to cultivate belief in material and spiritual values. In the East, including in Movarounnahr, religious education has been the focus of parents' speeches, the scholarly works of thinkers, and parents in neighborhoods and families. It was only during the former Soviet government that the process took a one-sided approach, showing disrespect for religious beliefs. Secular beliefs were also misinterpreted. It is no secret that since the first revelation of Islamic spirituality in the fourteenth century, man has been calling for perfection in secular and religious beliefs. This practice and worldview
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
are an indicator of the moral qualities of citizens in the society: loyalty to the Motherland, entrepreneurship, will, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking and diligence. A person's actions and worldview are determined and developed by enlightenment.
Keywords: faith, perfection, the concept of continuous spiritual education, Patriotism, entrepreneurship, willpower, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking, diligence, indicator.
В эпоху глобализации и пандемии, охватившей мир в 2020-е годы, становится все труднее исправлять, а точнее взращивать веру в материальные и духовные ценности. На Востоке, в том числе в Мовароуннахрe, религиозное образование было в центре внимания выступлений родителей, научных трудов мыслителей и родителей по соседству и в семьях. только при бывшем советском правительстве этот процесс носил односторонний характер, демонстрируя неуважение к религиозным убеждениям. Светские верования также были неверно истолкованы. Не секрет, что с момента первого откровения исламской духовности в четырнадцатом веке человек призывал к совершенству в светских и религиозных верованиях. Верность oтечеству, предприимчивость, сила воли, идеологическая неприкосновенность, доброта, ответственность, толерантность, правовая культура, нестандартное мышление и показателем нравственных качеств трудолюбия является эта практика и мировоззрение. Поступки и мировоззрение человека определяются и развиваются просветлением.
Ключевые слова: вера, совершенство, концепция непрерывного духовного образования, Верность Родине, предпринимательство, воля, идейный иммунитет, доброта, ответственность, толерантность, правовая культура, инновационное мышление, трудолюбие, индикатор.
KIRISH (ВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION)
Pandemiya moddiy va ma'naviy qadriyatlarga nisbatan dunyoqarashimizni o'zgartirib yubordi.Tabiat va inson, jamiyat va e'tiqod masalalarida o'zaro uyg'unlikni ta'minlash tobora dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda.Chunki, inson e'tiqodi xoh dunyoviy, xoh diniy bo'lsin uning ijobiy yoki salbiy ta'siri moddiy va ma'naviy qadriyatlarda o'z ta'sirini qoldiradi. E'tiqodi to'g'ri shakllangan va tarbiyalangan jamiyatda inson moddiy va ma'naviy qadriyatlardan o'z turmushida ulardan ziynat sifatida foydalanadi va bid'atga o'ralgan qadriyatlardan xalos bo'lib
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
boraveradi. Lekin, globallashuv va XXI asming 20-yillarida dunyo mamlakatlarini qamrab olgan pandemiya davrida moddiy va ma'naviy qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni to'g'irlash, aniqrog'i esa tarbiyalash juda ham murakkab kechmoqda. O'zbekistonda 2019 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"1 gi qarori jamiyatda sog'lom e'tiqodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin, qachonki unda qo'yilgan axloqiy fazilatlarni shakllantirishga barcha institutlar mas'uliyat bilan yondoshib o'z muassasalaridagi fuqarolarning faoliyati bo'yicha indikatorlarini monitoring qilib borib, turmushida namoyon bo'layotgan bid'atlarga barham berib borish an'anasi mavjud bo'lsa e'tiqod to'g'ri shakllanib boraveradi. Demak, e'tiqodni to'g'ri shakllantirish va tarbiyalashga yangicha tizimli yondoshuv bugun jamiyatda bosh muammo bo'lib turibdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim"2 deb ta'kidladi. Sharqda, jumladan Movarounnahrda e'tiqod tarbiyasi davlat rahbarlari ma'ruzalarida, mutafakkir olimlarning ilmiy asarlarida va mahalla-kuy hamda oilalarda ota-onalarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Faqat sobiq Sho'rolar hukumati davrida bu jarayonga bir tomonlama yondoshib, diniy e'tiqodga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatildi. Dunyoviy e'tiqod ham noto'g'ri talqin etildi. Sovet mafkurasi bugungi MDH mamlakatlari hududlaridagi millatlar negizida "sovet xalqi" shakllanadi va jamiyat rivojlanib borgan sari "din barham topadi"degan soxta aqidani odamlar turmushiga singdirishga 75 yil urindi. Oxir-oqibat esa 75 yillik sovet ateistik e'tiqodi 1991 yilga kelib o'z umrini yashab bo'lganini namoyon qildi.Sog'lom e'tiqod komillik nishonasini germenevtika metodi bilan tushuntirish lozim.
1 KapaHr "y3^yKCH3 MatHaBun Tap6na кoнцепцннcннн TacgnK^am Ba yHH aMama omnpnm nopa TagGnpnapH TyrpHCHga"rH 2019 hh^ 31-geKa6pb BM 1059-coh^h Kapopn.
2 KapaHr "Y36eKHCTOH Pecny6nHKacn npe3ugeHTH fflaBKaT Mnp3HeeBHHHr ooth Ma^ncra Mypo^aaraoMacH" 2020 hh^ 29-gera6pb
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОД / LITERATURE REVIEW)
Abu Nasr Forobiy "Fozil shahar aholisi qarashlari haqida", Aziziddin ibn Muhammad Nasafiy "Komil inson", So'fi Olloyor "Sabotul ojizin", Kaykovus "Qobusnoma", Sa'diy Sheroziy "Guliston" va "Bo'ston", Alisher Navoiy "Nasoyim ul muhabbat", Abdurahmon Jomiy "Bahoriston", Husayn Voiz Koshifiy "Axloqi muhsin", Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq", shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Baxtiyor oila", Usmonxon Alimovning"Oilada farzand tarbiyasi" kabi asarlarida e'tiqod va komillik haqida ibratli nazariy va amaliy ahamiyatga ega fikrlar tahlil etilgan. Prezident Sh.Mirziyoev "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarida komil inson tarbiyasini ma'rifat bilan bog'lab tahlil qiladi va bugun ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish eng muhim masala bo'lib turibdi degan xulosaga keladi.
MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION)
XIV asr mobaynida islom ma'naviyati dastlabki nozil bo'lgan paytdan boshlab insonni dunyoviy va diniy e'tiqodda komillikka da'vat etib kelayotganligi hech kimga sir bo'lmay qoldi.
"Bismillahir rohmanir rohim.
Iqro'' bismi Robbikallaziy xolaq; Xolaqol insaana min 'alaq; Iqro' va Robbukal akrom; Allaziy 'llama bilqolam; 'llamal insaana maa lam ya'lam"3.
Tarjimasi:
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
O'qing (ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz ismi bilan!
(U) insonni laxta qondan yaratdi. O'qing!Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o'rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi. Bu Alloh kalomining mazmun-mohiyatini uzoq yillar ateistik e'tiqod targ'ibotchilari o'zlarining dohiysi nomi bilan bog'lab xalqni chalg'itib keldi. O'zbek xalqi bu
3 Каранг.шайх Абдулазиз Мансур. Куръони Карим маъноларининг таржима ва тавсири. Тошкент 2018.597-бет.
532
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
oyatlarning asl mohiyatini taniqli ulamo shayx Alouddin Mansurning Qur'oni Karim tarjimalarining o'zbekcha izohli tarjimasi orqali barhamand bo'ldi. Taniqli adib O'tkir Hoshimov esa barcha mas'uliyatni zimmasiga bu kitobning izohli o'zbekcha tarjimalarini davriy ravishda "Sharq yulduzi" jurnalida chop ettirib bordi. Bundan 30 yil burun shunday savobli ishlarga qo'l urish hammaning ham qo'lidan kelavermas edi. Shuning uchun ham o'zbek xalqi o'z ulamo olimi shayx Alouddin Mansur va adibi O'tkir Hoshimovni va "Sharq jurnali"ni alohida mehr bilan tilga olinadi. Qur'oni Karim islom olamida eng oliy ma'naviy qadriyat,bu ma'naviy qadriyatda ilm olish, o'qish farz amallaridan biridir. Demak, xalq uchun dunyoviy va diniy ilmlarni o'rganish bu o'z qadriyatlarini bilish, o'rganish majburiy savobli amaldir. O'zbekiston mustaqillikka erishganligining 30 yillik davrini tahlil qilsak, jamiyatda xalqning e'tiqodi, qadriyati va ularga bo'lgan munosabatlarda juda ko'p ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Ayniqsa, 2016-2020 yillarda mamlakatimizda din va e'tiqod, diniy ta'lim muassasalariga munosabat, diniy ulamolar asarlarini o'rganish va xalqqa sodda tilda tavsir qilib tushuntirib berishda ibratli ishlar qilinganligini xalq o'z turmush tarzida sezib ham turibdi. Xalqaro tashkilotlar bu jarayonni e'tirof ham etmoqda. Buning yaqqol mevasi sifatida 2020 yil 7 dekabrda Amerika Qo'shma Shtatatlari O'zbekistonni diniy erkinlik bo'yicha "Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro'yxati"dan chiqardi. Bu din, e'tiqod, qadriyat sohasida O'zbekistonning jasoratli islohotlarining tan olinishidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Yangi O'zbekiston-maktab ostonasidan,ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi"4 degan g'oyani bejizga aytmadi. Diniy ta'lim muassasalari va ota-onalarga bu g'oya juda ulkan mas'uliyat yuklaydi.Chunki, bola tug'ilgandan to 30 yoshgacha bo'lgan davrda uning e'tiqodini va axloqiy fazilatlarini to'g'ri yo'naltirish, ertaga jamiyatga juda katta intellektual kapital olib keladi. Bu esa Movarounnahrda 9-12 va 15-16 asrlarda ro'y bergan birinchi hamda ikkinchi renessans davrining uzviy davomi bo'lib, 20-asr boshlarida jadidchi-ma'rifatparvar imomlarimiz Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov amalga oshirolmay ketgan uchinchi renessansga bizning davrimizda qo'yilgan poydevornining debochasi bo'ladi. Bugun jamiyatda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash va mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirish va tarbiyalash har qachongidan ham ko'p ahamiyat kasb etmoqda.Vatanga sadoqat bu shaxsning o'z tug'ilgan joyini obod etish uchun qiyinchiliklardan qo'rqmay ma'rifat bilan harakat qilishidir. Tadbirkorlik ham insonga xos fazilat bo'lib u hamma vaqt ham namoyon bo'lavermaydi. Ma'rifatli shaxslar o'zlaridagi bu qobiliyatni namoyon qilishga harakat qiladi. Asosiy
4 KapaHr. Y36eKHCTOH Pecny6nHKacn npe3ngeHTH fflaBKaT Mnp3HeeBHHHr O^HH Ma^ncra Mypo^aaraoMacn.2020 hh^ 29 geKa6pb.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
kasbi va mutaxassisligidan tashqari boshqa kasb va mutaxassisHklarni o'rganish va shu orqali qo'shimcha daromad yoki foyda topish hamda turmushining yanada farovonligini ta'minlash jarayonida tadbirkorlik namoyon bo'ladi. Kishining o'z sohasini mukammal bilishi va undan boshqalarning bahramand bo'lishi tadbirkorlikdir. Irodalilik insonning ruhiyati bilan bog'liq bo'lib biron bir ishni yoki harakatni bajarayotganda mustahkam turishini anglatadi. Irodalilik bo'lgandagina kishi tizimli qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. Demak, irodalilik kishining to'g'ri qaror qabul qilishidir.Mafkuraviy immunitet shaxsning jamiyatda har xil zararli mafkuradan himoyalanish qobiliyati bo'lib, bu immunitet hayot mobaynida shakllanadi.Mehr-oqibatlilik jamiyatda kishilarning bir-biri bilan munosabatlaridagi oqibatli va ehsonli muomalalaridir. Ma'suliyatlilik shaxsning jamiyat, davlat, mahalla, oila va kundalik turmushda o'z kasbiy va insoniy vazifalarini anglashdir.Tolerantlik shaxsning dunyoviy va diniy munosabatlarda boshqa shaxslarning e'tiqodi,urf-odati,marosimi va an'analarini hurmat qilishdir.Huquqiy madaniyat shaxsning jamiyat va davlat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy-ma'naviy normalariga amal qilishdir.Innovatsion fikrlash esa kishining o'z kasbiy faoliyatida va maishiy turmushda amalga oshirayotgan ishiga tubdan yangicha ma'rifiy yondoshuvidir. Mehnatsevarlik esa shaxsning maqsadga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, bu jarayonda u o'zining moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondiradi.
NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)
Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning indikatori bu amaliyotdir.Chunki,shaxsning oila, mahalla, mehnat jamoasidagi va jamiyatdagi munosabatlarining normal va normadan og'ish hollari amaliyotda seziladi va namoyon bo'ladi.Agar shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni faol bo'lib e'tiqodlari to'g'ri shakllantirilsa hidoyat yo'lidan boradi.Hidoyat yo'lidan borish esa shaxsning dunyoqarashiga bog'liq.Dunyoqarash ham ma'naviy-axloqiy tarbiyaning ikkinchi indikatoridir.Demak,jamiyatda fuqarolarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash va mehnatsevarlik axloqiy fazilatlarining indikatori bu amaliyot va dunyoqarashdir.Shaxsning amallari va dunyoqarashi ma'rifat bilan qaror topadi va rivojlanib boradi.
XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)
O'n ikki asr ilgari imom Buxoriyning " Dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay"5 va Prezident Sh. Mirziyoyevning "najot maktabda, najot ta'limda, najot bilimda"6 degan fikrlari bir-biriga uyg'un bo'lib jamiyatda sog'lom e'tiqod va
5 Имом ал-Бухорий "Ал-Жомиъ-ас-Сахи^.КБТ.Тошкент-1991
6 Мирзиёев Ш.Мактаб таълимини ривожлантиришга багишланган йигилишдаги нущи.2022 йил 28 январь
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
komillik uchun ma'rifat uning asosiy tayanch nuqtasi ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslanib ruyobga chiqarilmoqda.E'tiqod va komillikning nishonasi ta'lim tizimida qaror topib shakllanadi.Ta'lim va tarbiya uyg'unligi esa ma'naviy axloqiy tarbiya uchun bosh mezon sanaladi. Shuning uchun butun ta'lim tizimida o'qitish metodikasi,o'qishga tavsiya qilinayotgan o'quv adabiyotlari turlarini va o'quvchi-talabalarning bilimlarining indikatori bo'lgan baholash tizimini tanqidiy tahlil etishga ehtiyoj sezilmoqda.Davlatimiz tomonidan ta'lim tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o'quv jarayonining normativ huquqiy asoslarini yaratib berish keng ko'lamli ishlar qilinmoqda.Lekin, muammo joylarda va auditoriya-sinfxonalarda dars mashg'uloti hamda ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash sust ruyobga chiqayotganligini e'tirof etish lozim.Bu jarayon bevosita o'quv jarayonining tayanch nuqtasi bo'lgan o'qituvchi faoliyati va uning dunyoqarashi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda.Ta'lim-tarbiya jarayonining indikatori baholash bo'lsa o'quvchi-talabaga qo'yilgan baho bilimga mos kelayaptimi degan savol barchani o'ylantirishi lozim.Bilim va baho,baho va bilim mutanosib bo'lmas ekan e'tiqod va komillik haqidagi fikrlar faqat nazariya bo'lib qolaveradi.
REFERENCES
1. "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 2019 yil 31-dekabr VM 1059-sonli qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020 yil 29-dekabr
3. shayx Abdulaziz Mansur. Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tavsiri. Toshkent 2018.597-bet.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.2020 yil 29 dekabr.
5. Imom al-Buxoriy "Al-Jomi'-as-Sahih.QBT.Toshkent-1991
6. Mirziyoyev Sh. Maktab ta'limini rivojlantirishga bag'ishlangan yig'ilishdagi nutqi. 2022 yil 28 yanvar
7. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 568-577.
8. Mustafayev, U. U. (2021). TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 218-226.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. Mustafayev, U. U. (2021). OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 313-317.
10. Мустафаев, У. У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ПОЙДЕВОРИ ШАКЛЛАНАЁТГАН ДАВРДА ФАЛСАФИЙ ФАНЛАРНИ У^ИТИШНИ ИСЛОХ ^ИЛИШ ЯНГИ УЗБЕКИСТОН Э^ТИЁЖИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 99-108.