Научная статья на тему 'Содержание и современные подходы к развитию аксиологического отношения к духовно-образовательной деятельности будущих преподавателей'

Содержание и современные подходы к развитию аксиологического отношения к духовно-образовательной деятельности будущих преподавателей Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
55
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
духовно-просветительская деятельность / ценностная установка / ученик / будущий учитель / государственный образовательный стандарт / общественные науки / подход. / spiritual-educational activity / axiological attitude / student / future teacher / state educational standard / social sciences / approach.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Гулноза Рахматуллаева

В статье обсуждается необходимость развития аксиологического подхода к духовно-просветительской деятельности у будущих учителей, содержание и различные подходы к трансляции ценностей через социальные и гуманитарные науки в международной практике, а также духовность у будущих учителей. развития аксиологического подхода к рифовой деятельности.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Content and modern approaches for the development of an axiological approach to spiritual and educational activities in future teachers

This article discusses the need to develop an axiological approach to spiritual and enlightenment activities in future teachers, the content and different approaches to the transmission of values through social sciences and humanities in international practice, as well as spirituality in future teachers the stages of development of the axiological approach to reef activity are considered.

Текст научной работы на тему «Содержание и современные подходы к развитию аксиологического отношения к духовно-образовательной деятельности будущих преподавателей»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Content and modern approaches for the development of an axiological approach to spiritual and educational activities in future teachers

Gulnoza RAKHMATULLAEVA1

Andijan State university

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021 Received in revised form 20 August 2021 Accepted 15 September 2021 Available online 11 October 2021

Keywords:

spiritual-educational

activity,

axiological attitude,

student,

future teacher,

state educational standard,

social sciences,

approach.

This article discusses the need to develop an axiological approach to spiritual and enlightenment activities in future teachers, the content and different approaches to the transmission of values through social sciences and humanities in international practice, as well as spirituality in future teachers the stages of development of the axiological approach to reef activity are considered.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish mazmuni va zamonaviy yondashuvlar

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

ma'naviy-ma'rifiy faoliyat, aksiologik munosabat, talaba,

bo'lajak o'qituvchi, davlat ta'lim standarti, ijtimoiy-gumanitar fanlar, yondashuv.

Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirishning zaruriyati, mazmuni va xalqaro tajribalarda ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali qadriyatlarni yetkazishning turli yondashuvlari, shuningdek bo'lg'usi o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish bosqichlari xususida fikr yuritiladi.

1 Basic doctoral student, Andijan State university, Andijan, Uzbekistan.

Содержание и современные подходы к развитию аксиологического отношения к духовно-образовательной деятельности будущих преподавателей

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat bo'lajak o'qituvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar mazmuniga ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning mazmuni, shakl va usullari singdirilgan. Ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali talabalarning intellektual madaniyati rivojlantiriladi, jamiyat haqida ilmiy-innovatsion fikrlash qobiliyatlari shakllantiriladi. Oliy ta'lim muas-sasalari Davlat ta'lim standartlariga asosan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishdan ko'zlangan amaliy maqsad - talabalar olgan bilimlarini amalda qo'llay olishga o'rgatish, ya'ni talabalarda kasbiy kompetensiyalar rivojlanishini ta'minlashdan iboratdir.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorgarlik ishlarini bir fan yoki fanlar majmuasiga bog'liq ravishda amalga oshirib bo'lmaydi. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning ko'p qirraliligi uning mazmuniga bir qator talablarni qo'yadi. Bunday talablarning dastlabkisi bo'lajak o'qituvchining shaxsiy sifatlari hisoblanadi. Talabalarda kasbiy faoliyatga xos shaxsiy sifatlarning rivojlanishi - pedagogik ta'limning ilk kunlaridanoq boshlanadigan jarayon. Talabalar dastlab mutaxassislik fanlari orqali davlat va jamiyatning bo'lajak o'qituvchi shaxsiga qo'yilgan talablarini o'rganib boradilar. Pedagoglik kasbi bo'lajak o'qituvchilarga shunday talab va vazifalarni qo'yadiki, birinchi navbatda faoliyat ob'ekti bo'lgan, oliy qadriyat hisoblangan o'quvchi shaxsiga bo'lgan munosabatda o'z aksini topishi lozim. Buning uchun esa talabalarda chinakam insonparvarlik, inson tabiati haqida asosli bilimlar, ularning hayotga, ijtimoiy muhitga va borliqqa nisbatan pozitsiyalariga baho bera olish darajasida tajriba orttirishi fanlar, fanlararo va oliy ta'lim muassasidan tashqari egallanayotgan bilimlar, kuzatishlar, tajriba va xulosalar negizida shakllanadi. Ta'lim beruvchining shaxsiyati, kelib chiqishi, irqi, dini, mansubligiga qaramasdan Davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim va tarbiya berishi, o'quvchi shaxsini insoniyatning kelajagi sifatida hurmat qilishi ijtimoiy talab sifatida qaraladi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat o'sib kelyotgan yoshlar hayotining tuzilishi, ko'rinishi va kelgusi bosqichlarini rejalashtirishga ta'sir ko'rsatadi, hayotiy strategiyalar belgilashda yordam beradi, "O'zi anglab yetib, hayotini tashkil etishga"ga yordam beradi. Bu esa bo'lajak o'qituvchidan mas'uliyatlilikni talab etadi. Shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat natijasi sifatida o'quvchilarda komil inson sifatlarining shakllanib borishi hisoblansa, bo'lajak o'qituvchi faoliyatining ta'sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo'ladigan muomala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruxiy holati, kayfiyatiga

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

духовно-просветительская деятельность, ценностная установка, ученик,

будущий учитель, государственный образовательный стандарт,

общественные науки,

В статье обсуждается необходимость развития аксиологического подхода к духовно-просветительской деятельности у будущих учителей, содержание и различные подходы к трансляции ценностей через социальные и гуманитарные науки в международной практике, а также духовность у будущих учителей. развития аксиологического подхода к рифовой деятельности.

подход.

bog'liqdir. Muomala odobi o'z tabiati, mohiyatiga ko'ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo'ladi. Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma'naviy, umuminsoniy va milliy-axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o'rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorgarlik - davlat va jamiyat talablariga mos keluvchi ma'naviy-ma'rifiy sohaga doir bilimlarni, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o'ziga xos ko'rinishi sifatida izohlanadi. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorgarlik aniq maqsadlar va rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Talabalarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorgarlikning shakllanishi dastlab faoliyatga doir tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid professional bilim, malaka va ko'nikmalarning o'zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etishning samaradorligi uchta omilga bog'liq: talabaning faoliyat yuzasidan bilim va ko'nikmalari, faoliyatning turli jarayonlarini tashkil qila olishi va faoliyat natijalarini baholay olishi. Talabalarda faoliyat yuzasidan bilimlar shakllanganligining amaliy natijasi sifatida ularda umuminsoniy, milliy darajadagi ma'naviy-madaniy hayotga oid me'yorlar, qoidalar va qadriyatlarning fikr-mulohaza, munosabatlarining doirasi kengayishida aks etadi. Talabalarning jamiyatdagi me'yorlar tizimiga rioya qilishi ularda qadriyatlarga nisbatan ijobiy munosabat shakllanganligining hosilasidir. Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-axloqiy me'yorlarga rioya qilishi va bu xususidagi mulohazalarining ilmiy asoslangan va namunaviy xarakterga ega bo'lishi oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining mahsuli, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat-ning ta'sirchanligi sifatida ko'riladi.

Aksiologik munosabat shakllanishi bir necha bosqichli jarayon hisoblanib, o'z tarkibiga bilish, anglab yetish, tushunish, tahlil qilish, solishtirish va amalda sinab ko'rishni oladi. Bu esa ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etishda maqsadli guruhlar uchun ta'sirchan, interfaol, ehtiyoj va qiziqishlarga asoslangan usullarni qo'llashni talab etadi. Talabalar shaxslararo munosabatlarni, ijtimoiy-axloqiy me'yorlarni kuzatishi, pedagogik jihatdan tahlil qilib borishi - pedagogik jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu borada tadqiqot o'tkazgan shveysariyalik olim Brunold, uni "Inson tabiati haqidagi bilim" deb ta'riflab, odamlarning xulq-atvorini to'g'ri baholash, tan olish va hukm qilish, ular qanday fikrlashi va qanday harakat qilishini oldindan bilish qobiliyati sifatida tavsiflaydi. Bu qobiliyatning muhim omillari sifatida hayotiy tajriba, sezgi, aql va donolikni ko'rsatib o'tadi. Inson tabiati haqidagi bilim tug'ma emas, u odamlar bilan tez-tez muloqot qilish va turli odamlar bilan tajriba orttirish orqali shakllanishini ta'kidlab o'tadi. Inson tabiati haqidagi bilimlardan odamlarni to'g'ri hukm qilish, ularni rag'batlantirish, boshqalarga yaxshi maslahat berish, chuqurroq munosabatlarga kirish va hokazolarni ishlatish mumkin. "Inson tabiati haqidagi bilimlar"ni tekshirish uchun bo'lg'usi o'qituvchilar uchun Big Five, Mers-Briggs-Tipeindikator kabi testlar tavsiya etilgan.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash murakkab jarayon bo'lib, uni oqilona amalga oshirish bo'lg'usi pedagog kadrning kasbiy yetukligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ma'lumki, muayyan yo'nalish va mutaxassislik bo'yicha kadr tayyorlash - to'plangan tajriba, ilmiy izlanishlar asosida tartibga tushirilgan ta'lim standartlari, shuningdek, uni huquqiy jihatdan ta'minlovchi me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar tizimi asosida amalga oshiriladi.

"Uzoqni ko'zlash" kadrlar tayyorlashning asosiy komponenti, uni faoliyat davomida maqsadga muvofiq qo'llash yana bir komponenti hisoblanadi. Bu komponentlar uzviy bog'langan jarayonlar bo'lib, biri strategik mohiyat, ikkinchisi esa taktik mohiyat kasb etadi. Talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashda strategiya va taktika tushun-chalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Strategiya so'zi boshqaruv, istiqbolni rejalashtirish san'ati degan tushunchani o'zida aks ettirsa, taktika so'zi strategiyani amalga oshirish usuli, tarzi ma'nosini bildirib, ko'zlangan maqsadni konkret sharoitlarda amalga oshirishda qo'llanadigan prinsiplar, yondashuvlar va usullarni qamrab oladi.

Oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini belgilash va konkret sharoitlarda uni amalga oshirishni ilmiy jihatdan asos-lashda, jumladan, u bilan bog'liq ilmiy qarashlarni shakllantirish, asoslash hamda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoni modullarida foydalanish maqsadga muvofiq.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatda strategiya terminidan bevosita oliy ta'lim muassasasi istiqbolini ko'zlab ishlab chiqilgan metodologik, me'yoriy hujjatlar, ta'lim resurslarini qamrab olinishida qo'llaniladi. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat strategiyasi oliy ta'lim muassasalari talabalarining ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqiladigan va ta'lim jarayoniga joriy etiladigan bosh metodologiyadir. Taktika ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish usulidir. Oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning ta'limiy-tashkiliy hujjatlari yaratiladi. Mazkur hujjatlarni konkret sharoitga tatbiq etish, faqatgina tatbiq etib qolmay, sifatli kadr tayyorlashga qaratilgan innovatsiya va ijodiy ishlanmalarni o'quv jarayonida qo'llash, bunda standart va nostandart metod hamda texnologiyalardan foydalanish, tashkilotchilikda mualliflik pozitsiyalariga ega bo'lish, umumlashtirib aytganda, strategiyaning muvaffaqiyatini ta'minlashga qaratilgan xususiy yondashuvlarni amalga oshirish taktikadir. Taktika strategiyaning hayotiy mazmuni hisoblanadi. Bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashda barcha qonuniy-me'yoriy hujjatlar, Davlat ta'lim standartlari strategik maqsadni aniqlasa, oliy ta'lim muassasalarining amalga oshirishga oid bo'lgan me'yoriy hujjatlari taktik ahamiyatga egadir.

Talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash muhim bo'lgan yana ikki komponentlar - nazariy bilimlarni egallash va ularni tadbiq etish, amaliyotga joriy etishdan iborat. Bu strategik reja bo'lib, har ikki bosqich o'ziga xos taktikani bildiradi, ya'ni nazariy bilimlar egallanib bo'lingach, amaliyotga joriy etadi. Oliy ta'lim muassasasini yakunlagach, pedagog sifatida yosh avlod ma'naviyati va ma'rifati uchun mas'ul bo'lib, faoliyat ko'rsatish uchun nazariy tayyor bo'lsa ham, amaliy jihatdan uni to'laqonli uddalay olmayotganligi rasmiy va norasmiy ravishda aytib kelinmoqda. Buning uchun esa ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash taktikasini ishlab chiqish lozim bo'ladi. Bu taktik reja o'z navbatida rejani amalga oshirish mexanizmlarini ham o'z ichiga olishi kerak. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashda aksar talabalar passiv kuzatuvchi bo'lib qolishi kuzatildi. Shuni ta'kidlash joizki, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir nazariy bilimlar va amaliyotni uyg'un tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu taktik rejani amalga oshirmaslik pirovard natijada bo'lg'usi o'qituvchining sifatiga ham salbiy ta'sir o'tkazadi.

Xalqaro tajribalarda ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali qadriyatlarni yetkazishning quyidagi yondashuvlari mavjud:

1. Qadriyatlarni yetkazishning romantik yondashuvi.

Romantik yondashuv shaxs tushunchasiga asoslanib, unga ko'ra "Yaxshilik" har doim insonga xos bo'lib, "Yomonlik" faqat ijtimoiy ta'sir orqali qo'shiladi. Romantik yondashuvda qadriyatlar - bu shaxsga o'z-o'zini rivojlantirishda yordam berish deb tushunilib, bunda shaxsda "Uxlab yotgan kuchlar" faqat "Qulay sharoitlar", yaxshi "Ruhiy oziqlanish" muhiti va g'amho'r tarbiya orqali amalga oshirilishi mumkin. Romantik yondashuvda ta'lim beruvchining ta'lim oluvchilarga qadriyatlarni yetkazishida cheklovlar mavjud bo'lib, uning vazifasi faqat ta'lim olish jarayonini ta'lim oluvchilarga osonlashtirish va ularda qadriyatlar tizimini rivojlanish uchun qulay muhitni ta'minlashdan iborat bo'ladi.

2. Qadriyatlarni yetkazishning texnologik yondashuvi.

Ijtimoiy qadriyatlar, jamiyatdagi me'yorlar va tartib-qoidalar ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchiga klassik ta'lim konsepsiyasiga asoslangan holda aniq, uzviy va uzluksiz tarzda yetkaziladi. Texnologik yondashuv qadriyatlarni "To'g'ridan-to'g'ri o'qitish"ni va shu asosda ta'lim-tarbiya jarayonida qadriyatlarning yetkazilganligini baholash va kuzatish imkonini beradi. Bu yondashuv, ma'lum bir qadriyatlar yoki me'yorlarni aniq o'rgatish borasida, davlat ta'lim standartlarida o'z aksini topadi. Umuman olganda, bu yondashuv jahonda keng tarqalgan yondashuv bo'lib, jamiyat huquqiy tizimi bilan mutanosiblikka ega. Jamiyatda shaxslarni ijtimoiy qadriyatlar, me'yorlar va tartib-qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligini tushuntirish ham mazkur yondashuvda o'z ifodasini topadi.

3. Qadriyatlarni yetkazishning rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan yondashuv.

Axloqiy tarbiyaning rivojlanishi yoki progressiv yondashuvi L. Kolberg tomonidan asos solingan. L.Kolbergning axloqiy-psixologik rivojlanish nazariyasida "Aniq axloqiy nizolarni hal qilishda shaxs keyingi yuqori axloqiy bosqichga olib keladigan o'quv jarayonidan o'tadi" degan taxminga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, adolat prinsipi axloqiy ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishda elementar xususiyat bo'lib, ular odatda dilemma deb ataladi. Progressiv axloqiy ta'lim usullari "Realistik nutq" yoki "Alohida modeldan o'rganish"ni o'z ichiga oladi.

4. Qadriyatlarni yetkazishning o'rnakka asoslangan yondashuvi.

O'rnakka asoslangan yondashuvga ko'ra, ta'lim beruvchi ta'lim oluvchiga nafaqat to'g'ridan-to'g'ri pedagogik faoliyat orqali, balki ta'lim-tarbiya jarayonida o'zining xatti-harakatlari, shaxsiy fazilatlari, ichki madaniyati, pozitsiyalari va munosabatlari orqali "Namuna, andoza" sifatida ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilar "Namuna, andoza"ni talqin qiladi va idrok etadi

Kuzatish va tahlillarimiz asosida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida yuqorida ko'rsatilgan qadriyatlarni yetkazish yondashuvlaridan birinchi yondashuvdan tashqari barchasi ahamiyatli va tadbiq etilganligini ko'rishimiz mumkin. Qadriyatlarni yetkazishning o'rnakka asoslangan yondashuvi mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tadqiqotimizda bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashda "Namuna, andoza" darajasiga yetkazishda ularning shaxsiy rivojlanganligini pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilish zarurati, birinchidan ilmiy tadqiqot mazmunining dolzarbligi, ikkinchidan mazkur yo'nalishda yetarli ilmiy tahlillar mavjud emasligida nomoyon bo'ladi. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish jarayonida, avvalambor bo'lg'usi o'qituvchining shaxs sifatida kamolotga erishganligi, pedagog kasbiy identining rivojlanishi maqsadli yo'naltirilganligi, jamiyatning pedagog faoliyatiga qo'ygan talablarini qabul qilishi, mazkur talablarni bajarish uchun shaxs sifatida "Namuna, andoza" bo'la olishi katta ahamiyatga ega masala sifatida qaraladi.

Tadqiqotchilar Blankenburg J., Schersoi talabalardagi qiziqishni ikki guruhga ajratadi: hozirgi va kelgusi qiziqishlarni tizimlash va kelgusi qiziqishlarning rivojlanishini ta'limning maqsadi sifatida ko'rish.

1-jadval

Bo'lajak o'qituvchilarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish

bosqichlari

Bosqichlari Mazmuni Metod va usullari

Motivatsion Talabalarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga qiziqish va ehtiyojni rivojlantirish SWOT tahlili, Aqliy Hujum, Debat, Klaster, Munozara, Jamoaviy o'yinlar, Ekskursiya

Kognitiv Talabalarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatning analitik, prognostik, texnologik malakalar majmuini tarkib toptirish Muzokara, Debat, Fleshmob, Britaniya Parlamentining debat shakli, Uch bosqichli intervyu, Qaror qabul qilish, Erotematika, Zig-Zag, Impuls-referat, Karusel suhbat, Kelajak konferensiyasi

Faoliyatga doir Talabalarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish, ularning jamiyat ijtimoiy-ma'naviy hayoti uchun zarur bo'lgan bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi hamda shaxsiy-kasbiy faoliyat doirasini loyihalash Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir o'quv loyihalari, ijtimoiy tahlil, ijtimoiy so'rovnoma o'tkazish, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yuzasidan refleksiv hisobot, aysberg modeli, "sabab-muammo-oqibat" tahlili

Yuqoridagi jadvalda keltirilgan bosqichlardan kelib chiqqan holda, talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash, ularda mazkur faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish amaliyotga yo'naltirilgan to'liq faoliyat shakllarini o'z ichiga oladi. Birinchidan, faoliyatga tayyorgarlik jarayonida muloqot san'atining kasbiy va shaxsiy faoliyatidagi o'rni, muloqotning shaxs ijtimoiy maqomi belgisi sifatida qaralashini ilmiy jihatdan anglab yetadi. Bo'lajak pedagog faoliyatida ham ta'lim oluvchilarga keltirgan samarali faoliyat sifatida ularda hayotga, voqea-hodisalar, o'ziga nisbatan o'zgarayotgan va rivojlanayotgan munosabat ijobiylashuvi jarayonini keltirib o'tish mumkin. Mazkur jarayonlar negizida muloqot asosiy o'rinni egallaydi. Ikkinchidan, oliy ta'lim muassa-salarida talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash jarayonida qo'llanilayotgan ta'lim metodlari faqat ta'limiy maqsadda tadbiq etilishi bilan chegaralanmaydi, balki faoliyat doirasidagi turli vaziyatlar, hodisalar, muammolar, shuningdek faoliyatni tashkil etish jarayonlarida metodlardan integrativ yoki ularning ba'zi elementlarini qo'llash uchun konseptual jihatdan tayyorlanishga yordam beradi. Uchinchidan, faoliyatga tayyorlash bosqichlarining amalga oshirilishi talabalarning ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni jamiyatdagi mikrotizimdan makro tizimga harakatlantiruvchi, tadbiq etiluvchi loyihalar, g'oyalar, amaliy yo'nalishlar va faoliyatga doir muammolar yechimini topishga bo'lgan harakatga aylanishga yo'naltirish. Misol tariqasida, bo'lajak o'qituvchining bir maktabda o'tkazgan ma'naviy-marifiy faoliyati doirasidagi loyihasi viloyat, respublika doirasida yoyilishi, joriy etilishi uning oliy ta'lim muassasasida faoliyatga tayyorgarlik jarayonining hosilasi sifatida qaraladi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatda xalqaro me'yorlar va umume'tirof etilgan tushun-chalarni bilish va amaliyotda qo'llash umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishga asos bo'ladi. Bular jumlasiga demokratik tamoyillar, diniy bag'rikenglik, tolerantlik, turli madaniyatlarga hurmat va boshqalarni keltirib o'tish mumkin. YUNESKO Bosh Assambleyasining 1995-yil 16-noyabrda bo'lib o'tgan XXVIII - sessiyasida "Bag'rikenglik bo'lmasa, tinchlik bo'lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo'lmaydi" shiori ostida "Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi" qabul qilingan edi, 1997-yili BMTning Bosh Assambliyasida esa mazkur Deklaratsiya qabul qilingan kun "Xalqaro diniy bag'rikenglik kuni" deb e'lon qilingan. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag'rikenglik, dinlararo totuvlik, o'zaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun yo'nalgan tamoyillarni tadbiq etadi. Misol tariqasida, bag'rikenglikka zid tushuncha "Mutaassiblik"ni keltirish mumkin. Umumiy ma'noda "Mutaassiblik" bu bir g'oyanint to'g'riligiga qattiq ishonish va undan o'zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat mazmunining to'g'ri va o'z vaqtida tashkil etilmasligi fenomenining xavfli jihatlarida namoyon bo'ladi va borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va xatto terrorizmga aylanadi.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashda o'quv jarayonida, darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda qo'llaniladigan ta'lim metodlari aksiologik munosabatlarni rivojlantirish bosqichlarida muhim ahamiyatga ega. Bulardan ba'zi birlarini keltirib o'tamiz. Suhbat axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi ta'lim va tarbiya metod-laridan biri bo'lib, suhbatda boshlovchi va tinglovchilarning bir xil tarzda ishtirokini talab etadi. Suhbat jarayonida ikki tomonlama muloqot kuzatilib, bu jarayonda tinglovchilar boshlovchi savollariga ham javob berishadi, ham o'zlari unga o'z savollari bilan murojaat ham etishadi, o'z fikrlarini bildirishadi. Ilmiy-ommabop ma'ruzalarning ilmiy bilim shakli sifatidagi eng asosiy maqsadi - mavjud ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy muammolar mohiyatini ochib berish, ularni hal etish bo'yicha faoliyatning ehtimoliy usullarini ko'rsatib berishdan iboratdir. Shu sababli ilmiy-ommabop ma'ruzalar yetarlicha tayyorgarlik va bilimga ega auditoriya bo'lishini nazarda tutadi.

Bo'lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda aynan ma'naviy meros - xalq pedago-gikasining ta'lim-tarbiyaga oid asosiy g'oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlariga asosiy e'tiborni qaratish zarur.

Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalari Davlat ta'lim standartlari kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan. Mazkur didaktik yondashuvni ma'naviy-ma'rifiy faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz, quyidagi xulosaviy fikrlarni shakllanishiga asos bo'ldi:

1. Kompetensiyaviy yondashuv talabaning bilim, ko'nikmalarini aynan noma'lum vaziyatlarda qo'llashi bilan xarakterlansagina ma'lum sohaga oid kompetensiya rivojlanayotganini kuzata olamiz. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat esa doimiy ravishda yangi vaziyatlar, loyihalar va davlat ijtimoiy buyurtmalari bilan tavsiflanadi. Bu holatda bo'lajak o'qituvchilarning bilim va ko'nikmalari yetarli bo'lmaydi balki mavjud vaziyat, resurs va imkoniyatlardan foydalangan holda qaror qabul qilish, kompetensiyaviy yondashuvni va shaxsiy rivojlanganlikni talab etadi.

2. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat doirasidagi barcha ishlar ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi, samaradorligi nafaqat ma'lum bir mavzuga yoki muammoga oid bilimlarni yetkazishni, balki ta'lim oluvchilarda ijobiy munosabatlarni shakllanishi, shu orqali shaxsiy rivojlanishga erishishga yo'naltiriladi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilar amaliy xarakterga ega g'oyalar ishlab chiqishi maqsadga muvofiq.

3. Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini modernizatsiyalashning o'ziga xos jihati talabalarda kasbiy tayyorgarlikning faqat umumiy parametrlarini shakllantirish bilan emas, ko'zlangan maqsad va vazifalarni aniq prognoz qila olish, pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli yo'lga qo'yishning maqbul yo'llarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish malakalarini rivojlantirishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. Betti Readon. Bag'rikenglik: tinchlik sari olg'a qadam. - YuNESKO, 2005.

2. Diniy bag'rikenglik va mutaassiblik: (yuz savolga-yuz javob) / Mas'ul muharrir O.Yusupov. -T.: Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013.

3. Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi. - T.: Fan va texnologiya, 2015. - B 5-6.

4. Brunold G. Handbuch der Menschenkenntnis: Mutmaßungen aus 2.500 Jahren. Galinani, Berlin 2018. - P. 231.

5. Blankenburg J., Scheersoi A. Interesse und Interessenentwicklung. In: Krüger D., Parchmann I., Schecker H. (eds) Theorien in der naturwissenschaftsdidaktischen Forschung. Springer, Berlin, Heidelberg, 2018. - P. 64.

6. Mägdefrau J. Erziehung in Schule und Unterricht. In L. Haag S. Rahm H.J. Apel & W. Sacher (Hrsg.), Studienbuch Schulpädagogik. Bad Heilbrunn: Klinkhardt. 2013. -PP. 345-265.

7. Multrus U. Werteerziehung in der Schule - Ein Überblick über aktuelle Konzepte. In Bayerisches Staatsministerium für Unterricht und Kultus (Hrsg.), Werte machen Stark. Praxishandbuch zur Werteerziehung (S. 22-36). Augsburg: Brigg., 2008. - PP. 22-36.

8. Oser F., Scarlett G., Bucher A. Relegious and spiritual development throughout the lifespan. In W. Domon & R.M. Lerner (Eds.), Handbook of Child Psychology. New York; John Wiley & Sons, 2014. - PP. 942-948.

9. Oser F. Acht Strategien der Wert- und Moralerziehung. In W. Edelstein, F. Oser & P. Schuster (Hrsg.), Moralische Erziehung in der Schule. Entwicklungspsychologie und pädagogische Praxis (S. 63-89). Weinheim: Beltz, 2001. - PP. 63-89.

10. Standop J. Werte in der Schule grundlegende Konzepte und Handlungsansätze (2. Aufl.). Weinheim: Beltz. 2016. - P. 89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.