Научная статья на тему 'Содержание, формы и методы развития социальных компетенций преподавателей по дисциплине «Воспитание»'

Содержание, формы и методы развития социальных компетенций преподавателей по дисциплине «Воспитание» Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
62
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
компетентность / показатель / образование / умение / характеристика / концептуальные требования / нравственное воспитание / социальная компетентность / художественная педагогика / инновационное образование. / competence / indicator / education / skill / feature / conceptual requirements / moral education / social competence / art pedagogy / innovative education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Зулайхо Назарова

В статье анализируются такие вопросы, как общепрофессиональная компетентность в формировании воспитательной деятельности, педагогические особенности ожидаемых результатов от реализации концепции непрерывного нравственного воспитания, состояние сформированности профессиональной компетентности учителей по дисциплине «Воспитание».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Content, forms and methods of development of social competence of lecturers of the subject “Education”

The article analyzes such issues as general professional competence in the formation of educational activities, pedagogical features of the expected results from the implementation of the concept of continuous moral education, the state of formation of professional competence of teachers in the discipline “Education”.

Текст научной работы на тему «Содержание, формы и методы развития социальных компетенций преподавателей по дисциплине «Воспитание»»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Content, forms and methods of development of social competence of lecturers of the subject "Education"

Zulayxo NAZAROVA1

Samarkand Regional Center for Retraining and Advanced Training of Public Education

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2021 Received in revised form 20 May 2021 Accepted 15 June 2021 Available online 15 July 2021

Keywords:

competence,

indicator,

education,

skill,

feature,

conceptual requirements, moral education, social competence, art pedagogy, innovative education.

The article analyzes such issues as general professional competence in the formation of educational activities, pedagogical features of the expected results from the implementation of the concept of continuous moral education, the state of formation of professional competence of teachers in the discipline "Education".

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

"Tarbiya" fani o'qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmun, shakl va metodlari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

kompetensiya,

indikator,

tarbiya,

ko'nikma,

fazilat,

konseptual talablar, ma'naviy tarbiya, ijtimoiy kompetensiya, artpedagogika, innovasion tarbiya.

Mazkur maqolada tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga doir umumkasbiy kompetensiya, "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi" ni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarning pedagogik xususiyatlari, "Tarbiya" fani o'qituvchilari kasbiy kompetensiyasini shakllanishning holati kabi masalalar tahlil qilingan.

1 lecturer, Samarkand Regional Center for Retraining and Advanced Training of Public Education, Samarkand, Uzbekistan.

Содержание, формы и методы развития социальных компетенций преподавателей по дисциплине «Воспитание»

АННОТАЦИЯ_

В статье анализируются такие вопросы, как общепрофессиональная компетентность в формировании воспитательной деятельности, педагогические особенности ожидаемых результатов от реализации концепции непрерывного нравственного воспитания, состояние сформированности профессиональной компетентности учителей по дисциплине «Воспитание».

KIRISH

"Tarbiya" fani o'qituvchilariga qo'yilayotgan konseptual talablar alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur fan orqali o'quvchilarda ma'naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalarni ta'lim mazmuniga keng singdirish, o'quv fanlari doirasidagi ma'naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, muvaffaqiyatga erishishga intilish motivini shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash, bola ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish, kasblar to'g'risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish, vijdonan mehnat qilish ko'nikmalarini o'rgatish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish borasidagi fikrlar o'z aksini topgan.

ASOSIY QISM

"Tarbiya" fani o'qituvchisining ijtimoiy kompetensiyasi ijtimoiy ish shakli bo'lib, u aholi, kasbdoshlar, o'quvchilar va ularning ota onalari bilan olib boriladigan pedagogik mazmundagi ishlarda namoyon bo'ladi. Biz professional "Tarbiya" fani o'qituvchisi bilan intuitiv, ba'zida esa impulsiv ravishda yo'l tutuvchi, shaxsiy tajriba, kasb taqozosiga asoslangan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatayotgan fuqaro, odam o'rtasidagi farq avvalo maqsadni aniq bilish, natijalarni bashorat qilish, nazariy, uslubiy va texnologik tayyorgarlik, doimiy maqsadli ish bilan bog'liqligini, o'z ustida ishlashda namoyon bo'ladi.

Mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarni hamda pedagoglarda ijtimoiy kompetensiya-larni modernizasiyalashtirishning zarurati va mazmun mohiyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsep-siyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chor tadbirlari to'g'risida"gi 1059-sonli qarorida asoslab berildi. Qarorga ko'ra O'zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish talab etilmoqda.

Konsepsiyada Vatanga sadoqat, burch va mas'uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida

Ключевые слова:

компетентность, показатель, образование, умение,

характеристика, концептуальные требования,

нравственное воспитание,

социальная

компетентность,

художественная

педагогика,

инновационное

образование.

amaliy odatlarga aylanmayotgani, buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so'zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo'layotgani, bu esa mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani;

Ayrim o'quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o'zini o'zi o'qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, mas'uliyatlilik fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta'lim sifatiga ham zarar ko'rsatayotgani ta'kidlandi;

Ma'naviy tarbiya sohasida o'qituvchilarning faoliyatini metodik ta'minlovchi o'quv materiallari, shu jumladan, ma'naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo'llanmalar, o'quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emasligi "Tarbiya" fani o'qituvchilarini tayyorlash mazmuni va jarayonini modernizasiyalashni talab qilmoqda.

Ushbu muammolarning ijobiy yechimi o'qituvchilarning ijtimoiy kompetensiya-laridagi muammolarga bevosita bog'liq. Zero tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oliy ta'lim muassasalari va maktabning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu esa Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarorining 2-ilovasida Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasinining II bosqichi qanday amalga oshishi shaxsan o'quvchiga bog'liq bo'lib turibdi. Chunki ma'naviy axloqiy tarbiyaning bosh va yagona, professional hal qiluvchi subyekti - "Tarbiya" fani o'qituvchisidir.

Qaror 2-ilovasining VI bobi "Umumiy o'rta ta'lim tizimida ma'naviy tarbiyani amalga oshirish", deb belgilangan. Unda umumiy o'rta ta'lim tizimida ma'naviy tarbiya jarayonining birinchi davri boshlang'ich sinflarni qamrab olishi belgilab berilgan. Konsepsiya va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari etib:

- 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog'liq vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta xayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalari bilan ta'minlash;

- ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

- tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda go'daklar va bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha asosiy yo'nalishlarni belgilash;

- yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;

- uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o'qituvchi, uzluksiz ta'lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o'zaro samarali hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

- aholining farzand tarbiyasi bo'yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma'naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o'tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;

- ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog'i orqali tarqatilayotgan g'arazli axborotlar, odob-axloqini yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi sog'lom dunyoqarashni shakllantirish;

- uzluksiz ma'naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo'lga

qo'yish kabi bevosita ijtimoiy kompetensiyalar bilan bog'liq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, "Tarbiya" fani o'qituvchisi oldiga ijtimoiy kompetensiyaning kognitiv va operasional komponentlari ishtirokida ta'minlanuvchi masala qo'yildi. Bu - umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlari asosida o'quvchilarda yoshiga mos tayanch ma'naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)lar sifatida Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muayyan ma'naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirish masalasidir.

Biz uchun bunda "Tarbiya" fani o'qituvchilariga qo'yilayotgan quyidagi konseptual talablar alohida ahamiyat kasb etadi. Bular:

• "Tarbiya" fani orqali o'quvchilarda ma'naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalarni ta'lim mazmuniga keng singdirish;

• o'quv fanlari doirasidagi ma'naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo'llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish;

• muvaffaqiyatga erishishga intilish motivini shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash;

• bolaning o'z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish;

• o'zining va atrofdagilarning xulqi, hatti-harakatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka o'rgatish;

• kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga ijtimoiy motivlarning paydo bo'lishi;

• bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma'naviy-axloqiy ko'nikma va malakalarning rivojlanishi;

• o'z xalqi va boshqa xalqlarning an'analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo'lishi;

• ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish;

• xavfsiz hayot ko'nikmalarini mustahkamlash;

• kasblar to'g'risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish;

• vijdonan mehnat qilish ko'nikmalarini o'rgatish, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko'rsatish;

• muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish;

• o'zini-o'zi baholashga o'rgatish;

• faoliyatda o'zini ko'rsatishga intilishni rag'batlantirish;

• tengdoshlari bilan ma'naviy-axloqiy munosabatlar tajribasini boyitish;

• milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

"Tarbiya" fani o'qituvchisining ijtimoiy kompetensiyasi ijtimoiy ish shakli bo'lib, u aholi, kasbdoshlar, o'quvchilar va ularning ota onalari bilan olib boriladigan pedagogik mazmundagi ishlarda namoyon bo'ladi. Biz professional "Tarbiya" fani o'qituvchisi bilan intuitiv, ba'zida esa impulsiv ravishda yo'l tutuvchi, shaxsiy tajriba, kasb taqozosiga asoslangan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatayotgan fuqaro, odam o'rtasidagi farq avvalo maqsadni aniq bilish, natijalarni bashorat qilish, nazariy, uslubiy va texnologik tayyorgarlik, doimiy maqsadli ish bilan bog'liqligini, o'z ustida ishlashda namoyon bo'lishini aniqladik.

Bunda Uzluksiz ma'naviy tarbiya tamoyillari sifatida:

- tarbiya maqsadi va yo'nalishlarining milliy g'oya ro'yobiga yo'naltirilishi;

- ilmiylik (tarbiya tizimining ilmiy asosda tashkil etilishi, amalga oshirilishi, baholanishi, takomillashtira borilishi);

- texnologik ta'minlanganlik (ko'zda tutilgan natijani kafolatli loyihalash va amalga oshirish);

- uzviylik, uzluksizlik (o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma, malakalar negizida yangi bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirib borish, ularning navbatdagi bosqichga asos bo'la olishiga erishish);

- yakka tartibda yondashuv (tarbiyalanuvchilarning yosh, individual xususiyat-larini o'rganish va tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ularga tayanish);

- modernizasiya (tarbiyaviy tizimning muntazam zamonaviylashtira borilishi, tarbiyaning zamon talablariga mosligi);

- kompetensiyaviy yondashuv (shakllantiriladigan tayanch fazilatlar to'g'risida tasavvur va tushunchaga ega bo'lish - ko'nikma - malaka - kompetensiya dinamikasiga erishish);

- ta'lim va tarbiya birligi;

- pedagogik mas'uliyat (ota-ona, uzluksiz ta'lim subyektlari, davlat va jamoat tashkilotlari, pedagoglar tomonidan yoshlar tarbiyasi uchun mas'uliyatga amal qilinishi, pedagogik hamkorlik).

Bu bizga amaliyotga empirik tarzda emas, balki o'quv-tarbiya jarayonining muntazam monitoringidan kelib chiqib yondoshishni, hamkasblar, o'quvchilar va ularning ota onalari bilan pedagogik munosabatlarning eng maqbul variantlarini topa olish malakalarini talab qiladi. Ushbu yo'nalishlardan biri ota onalar bilan hamkorlik bo'lib, "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi"ning "Tarbiya" fani o'qituvchilariga qo'ygan asosiy talablaridan birini tashkil qiladi.

Oila va maktabning tarbiyaviy hamkorligini o'rganish bu jabhada muayyan muammolar mavjudligini ham ko'rsatdi. Buni bir tomondan, "Tarbiya" fani o'qituvchi -larining "Ota-onalar bolalarining o'qishi, tarbiyasi bilan qiziqmayaptilar"; "Ota-onalar majlislarida otalar qatnashmayapti. Faqat ayrim onalargina kelishayapti". "Ota onalar bolalari fanlardan olgan bahoga qiziqishadi, xolos. Ularning ma'naviyati, tarbiyasi, bo'sh vaqti bilan qiziqishmayapti. Bolalari bilan samimiy suhbatlasha olmaydilar..." degan fikrlarida ko'rish mumkin. Ikkinchi tomondan, ota-onalarning: "... Sinf rahbari, o'qituvchilar o'quvchining qalbiga qanday kirishni bilmaydilar. Ularni davomat, bolalarning bilimi, intizomigina qiziqtiradi. Turli tarbiyaviy tadbirlar qilib, o'quvchilarni qiziqtirishni bilishmaydi. O'qituvchilarning ota-onalar, o'quvchilar bilan muomalalari sovuq. Tanqid qilsangiz bolangizga yomon baho qo'yishadi. Ota-onalar yig'ilishlari zerikarli o'tadi. Biror bayram, ish, hashar bo'lsa, chaqirishadi, bo'lmasa - yo'q", degan fikrlari namoyon qilmoqda.

Bunday o'zaro e'tirozlarning mavjudligiga sabab - "Tarbiya" fani o'qituvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarning rivojlanmaganligi ota-onalar orasidagi tarbiyaviy hamkorlik to'laqonli o'rnatilmaganligida namoyon bo'lmoqda. "Tarbiya" fani o'qituvchilari - sinf rahbarlari maktab, oila va mahalla bilan tarbiyaviy hamkorlik o'rnatish va rivojlantirishda katta imkoniyatlarga egalar. Buning uchun ilg'or tajribani o'rganish "Tarbiya" fani o'qituvchilari ijtimoiy kompetensiyasi tarkibiga:

- ota-onalar majlislari kun tartiblariga ma'naviy-ma'rifiy masalalarni kiritish; mazkur yo'nalishning yillik rejasini tuzib, ota-onalar bilan muhokama qilish va unda ota-

onalarning manfaatli ishtirokini ta'minlash; oilalar bilan bevosita; bavosita; og'zaki; yozma; virtual, internet orqali aloqalar o'rnatish;

- ota-onalarni o'zaro, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya manfaatlariga xizmat qiluvchi hamjihatliklariga erishish;

- avlodlararo birlikni mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni tashkil qilish;

- ota-onalar, ayniqsa yosh ota-onalar bilan Oilada qanday qilib yuksak ma'naviy ehtiyojlarni shakllantirish mumkin? O'qish, dars tayyorlash jarayonini qanday tashkil qilish kerak? Bolalar do'stligi, fazilati nima? Bolalarni qanday qilib xushmuomalalikka o'rgatish mumkin? Sinf rahbari bilan oila hamkorligi nimalarni nazarda tutadi? Bolaning qiziqishlarini qanday o'rganish kerak? kabi savollarga javoblar berishga to'g'ri kelmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

HULOSA

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda:

• uzoq yillar davomida to'plangan pedagogik tajribadan foydalangan holda tarbiya amaliyotiga alohida kompetensiyaviy hamda texnologik yondashuv asosida fazilatlarni shakllantirishga e'tibor qaratish;

• tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yangi davr bolalarining dunyoqarashi, ehtiyojlari, qiziqishlariga mos tarbiyaviy ta'sir mexanizmlari ishlab chiqish;

• tarbiya jarayonini individuallashtirish, yosh va pedagogik-psixologik xususiyat-larni hisobga olgan holda shaxsiy yo'nalganlikni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratish;

• tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch fazilatlarni kafolatli loyiha-lashtirish va o'rgatishda oila, maktabgacha ta'lim hamda umumiy o'rta ta'lim muassasa-larining pedagogik imkoniyatlarini to'liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkor-likni yangi darajaga ko'tarish;

• milliy tarbiya an'analari va usullari, qadriyatlar, tarbiyadagi sinergizmdan samarali foydalanish;

• tarbiyaviy ishlarda erkak (ota)larning ta'siridan foydalanish;

• Vatanga sadoqat, mas'uliyat va boshqa fazilatlarni amalda faol singdirish;

• o'quvchilarda o'zini o'zi o'qitishga safarbar qilish, iroda, tirishqoqlik fazilatlari yetarli rivojlantirish;

• tarbiyachi, o'qituvchi va ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish, malaka oshirish kurslarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir modullardan foyda-lanishga e'tibor qarash maqsadga muvofiq.

NATIJA

Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlan-tirishga qaratilgan quyidagi ilmiy metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

• uzluksiz ma'naviy tarbiya jarayonini tashkil etishga tizimli, shaxsiy-faoliyatga yo'naltirilgan, kompetensiyaviy, refleksiv yondashuvlarni kompleks joriy etish;

• ma'naviy tarbiya jarayoniga "kompaniya" tusini bermaslik, uni faoliyatning ichki ehtiyojiga aylanishiga erishish;

• ma'naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

• tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib, voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqib va hayotga tatbiq etish;

níiSrípnrp

Uli lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 6 (2021) / ISSN 2181-1415

• bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg'or yutuqlaridan samarali foydalanish shakllarini o'rganish;

• tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;

• ma'naviy tarbiyani shakllantirish oila, ta'lim muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o'rtasida samarali hamkorlikni o'rnatish;

• ma'naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyilariga asoslanish;

• mahalla mutaxassisi, rahbar xodimlar, tarbiyachilar, ota-onalar, o'qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish, milliy va innovasion tarbiya metod hamda texnologiyalarini o'zlashtirish, artpedagogika va gerontopedagogika imkoniyatlaridan samarali foydalanish shular jumlasidandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO*YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.: "O'zbekiston" - 2017. - B. 29.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: "O'zbekiston", 2017. - B. 488.

3. Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. -T.: Tib-kitob, 2010.

4. Ishmuxammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texno-logiyalar. - T.: Fan va texnologiya, 2010.

5. Колесникова И. А., Борытко H. M., и др. Воспитательная деятельность

педагога. Учебное пособие. M.: Академия, 200б - с. 333.

6. Quronov M. Mafkura, ta'sirchanlik va uslub: Ma'ruza matni / Ma'sul muharrir: A. Boltayev. - T.: "Ma'naviyat", 2000. - B. 12, B. 5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.