Научная статья на тему 'Вопросы мастерства в профессиональной компетентности педагога'

Вопросы мастерства в профессиональной компетентности педагога Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
108
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
модернизация / профессиональная компетенция / мастерство учителя / мимика / пантомимика / эффективность обучения и воспитания. / modernization / professional competence / teacher skills / mimicry / pantomime / educational effectiveness.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Нафиса Хужайарова

В статье описывается модернизация содержания образования, внедрение педагогических технологий, развитие профессиональной компетентности учителей, достижение высокой эффективности в обучении за счет педагогических навыков.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Issues of mastery in the professional competence of the teacher

The article describes the modernization of the content of education, the introduction of pedagogical technologies, the development of professional competence of teachers, the achievement of high efficiency in teaching due to pedagogical skills.

Текст научной работы на тему «Вопросы мастерства в профессиональной компетентности педагога»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues of mastery in the professional competence of the teacher

Nafisa XUJAYAROVA1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

modernization, professional competence, teacher skills, mimicry, pantomime, educational effectiveness.

The article describes the modernization of the content of education, the introduction of pedagogical technologies, the development of professional competence of teachers, the achievement of high efficiency in teaching due to pedagogical skills.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Pedagogning kasbiy kompetentligida mahorat masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

modernizatsiya, kasbiy kompetensiya, o'qituvchi mahorati, mimika, pantomimika,

ta'lim-tarbiya samaradorligi.

Maqolada ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, pedagogik texnologiyalarni joriy etish, pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, pedagogik mahorat orqali ta'limda yuqori samaradorlikka erishish bayon etilgan.

Вопросы мастерства в профессиональной компетентности педагога

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

модернизация, профессиональная компетенция, мастерство учителя, мимика, пантомимика, эффективность обучения и воспитания.

В статье описывается модернизация содержания образования, внедрение педагогических технологий, развитие профессиональной компетентности учителей, достижение высокой эффективности в обучении за счет педагогических навыков.

1 Lecturer, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan. E-mail: xujayarovanafisa@8190mail.ru.

KIRISH

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi hukumati ta'lim sohasidagi bir qator me'yoriy hujjatlar orqali o'zining ustuvor siyosatini amalga oshirmoqda. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablari asosida uzluksiz ta'limning barcha bosqichlari uchun istiqbolga yo'naltirilgan mazmunini belgilab olib, o'quv-biluv jarayonini sifatli Davlat ta'lim standartlari, modernizatsiyalashgan o'quv dasturlari hamda darsliklar bilan ta'minlanmoqda. Axborot oqimining kuchayishi, rivojlangan mamlakatlar bilan integratsiya jarayonining amalga oshirilayotganligi jamiyat va insonlar hayotidagi o'zgarishlar ta'limning yangi mazmunida o'zining yaqqol ifodasini topmoqda.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni hayotga tadbiq etish davomida zamon talablariga javob beradigan, barcha jabhalarda mamlakatimizni izchil rivojlanishini ta'minlash shart-sharoitlariga mos keladigan butun dunyoda e'tirof etilgan uzluksiz ta'limning tizimi yaratildi.

Mazkur tizimning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur mustahkam moddiy texnika baza shakllantirilib, yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv-uslubiy adabiyotlar ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda esa har qaysi pedagog zamon talablariga javob beradigan, o'z sohasining mutaxasisi, axborot texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan zamon bilan hamnafas raqobatbardosh pedagog kadrlarga ehtiyoj ortmoqda. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning bevosita g'amxo'rligi tufayli tarbiyashunoslik fani milliyligi xar sohada ustuvor bo'lmoqda. Shu aqidalarni o'zida mujassamlashtirgan pedagogika fanining tarmoqlari, ya'ni ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi fanlar tizimi kengayib bormoqda.

ASOSIY QISM

Pedagogika fani taraqqiy etib borish natijasida ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish yo'llarini o'rgatuvchi pedagogikaning bir qancha tarmoqlari yuzaga kela boshladi.

Aynan, bugungi ta'lim jarayonida pedagogning pedagogik maxorati qanday ko'nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik maxorat vositasida o'qituvchi ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Ushbu pedagogik muammolarni, vazifalarni xal etishda ta'lim samaradorligiga erishishda pedagogdan qanday talablarga javob berishi nazarda tutilmoqda. Pedagogda qanday sifatlar shakllangan bo'lishi kerak?

Bugungi kunda xar bir o'qituvchi va tarbiyachi pedagogik bilimlarni rivojlantirishi, boyitishi, chuqurlashtirishi va mustahkamlashi, o'z kasbiy kompetentlikka erishishi va uni izchil ravishda oshirib borishi shart.

Xush, kompetentlik deganda nimani tushunamiz? Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassisda qanday sifatlar mujassam bo'lishi kerak? Avvalo, kompetentlikning o'ziga to'xtalsak.

"Kompetentlik" (ingl. "competence" - "qobiliyat") - faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish.

Kompetentlilik - 1) ma'lum holat xususida to'g'ri mulohaza yuritishga imkon beradigan bilimga ega bo'lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohasidagi saviyasi; 2) pedagogning barcha imkoniyatlardan foydalana olishi, o'ziga va o'z ishiga nisbatan talabchanligi, maktab, oila va mahalla hamkorligini yo'lga qo'ya olish, o'z ishining ustasi

bo'lgan, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o'zini o'zi rivojlantiruvchi hamda o'z qobiliyati va imkoniyatlarini to'la ishga sola biladigan pedagog layoqati [1, 5].

Kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.

Yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda

- kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:

- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi;

- yangi axborotlarni o'zlashtiradi;

- davr talablarini chuqur anglaydi;

- yangi bilimlarni izlab topadi;

- ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi [1, 1].

Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish. Kasbiy (shu jumladan,

pedagogik) kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida ishlash va o'z-o'zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O'z-o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi. O'z ustida ishlash - shaxs yoki mutaxassis tomonidan o'zini ijtimoiy hamda kasbiy jihatdan rivojlantirish, kamolotga erishish yo'lida maqsadli, izchil, tizimli harakatlarning tashkil etishi. Mutaxassisning o'z ustida ishlashi quyidagilarda ko'rinadi:

- kasbiy bilim, ko'nikma, malakani takomillashtirib borish;

- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish;

- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;

- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;

- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;

- ijobiy sifatlarni o'zlashtirish.

Har qanday Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish shu jumladan, pedagogic kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida tinimsiz ishlash va o'z-o'zini rivojlantirish, zamonaviy bilimlarni egallashi, o'zini o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholashi, yuksak pedagogic mahoratga ega bo'lishi orqali aniqlanadi.

Va ular ikki guruhga bo'lib o'rganiladi.

Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish malakalarida (refleksiya) namoyon bo'ladi. Ular:

- ta'lim-tarbiya jarayonida yuz xatti-harakatlarini boshqarishi (mimika, pantomimika);

niiSfipnrp

Uli lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

- ta'lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo'ya ta'sirlarga berilmaslik;

- mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) eganligi;

- nutq maxoratini (nafas olish, ovozni boshqarish. nutq tempi) bilishi va o'z nutqida qo'llay olishi.

Pedagogik maxoratning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:

- o'qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;

- ma'lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;

- ta'lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta'lim-tarbiya bilan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;

- o'quvchilar bilan pedagogic muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishidir.

Taniqli rus pedagogi A.S. Makarenko aytganlaridek "Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni quvnoq yoki jahldor bo'lishi lozim, u o'zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurishi, turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin". XULOSA

Darhaqiqat, pedagogik maxoratning muhim jihatlari - bu avvalo, o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi. Yuksak axloqiy qiyofasi, uning madaniyati, bilimdonligi, his - tuyg'ulari, qanday ohangda gapirishi, o'z sohasini risoladagidek bilishi, ya'ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta'sirchan bayon qilishi, his-tuyg'usini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma'noli qarash rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta'sir o'tkazishi, hozirjavoblik, dars samaradorligini oshirish, tarbiyaviy omillar samaradorligini o'rgatish, psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilar pedagogning bugungi kundagi dolzarb vazifalari qatorida o'rin oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. N. Muslimov, M. Usmonboyeva, D. Sayfurova, A. Turayev. (2015). Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent. - B. 120.

2. Toxtaxodjaeva M.X. (2010). Pedagogika. Darslik. Toshkent. "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti.

3. Muslimov N.A. (2004). Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. Toshkent. Fan.

4. Sayidaxmedov N.S. (2003). Pedagogik maxorat va pedagogik texnologiya. Toshkent.

5. Pedagogika: ensiklopediya. II jild. Tuzuvchilar: jamoa-Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2015. - B. 376. - B. 184.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.