Научная статья на тему 'MAKTAB O‟QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG‟USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI'

MAKTAB O‟QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG‟USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3194
340
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intellektual shakllanishi / jismoniy va axloqiy rivojlanishi / Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi / fuqarolik-vatanparvarlik / Intellectual formation / physical and moral development / the purpose of patriotic education / civic patriotism

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azamat Ruzvonovich Raxmonov

O‟quvchilarni milliy Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash bugungi “Yangi O‟zbekiston-yangicha dunyoqarash” davlat siyosati asosida amalaga oshirilishi hozirgi zamon o‟qituvchilariga ulkan vazifalarni yuklamoqda. Ayniqsa vazifalarni amalga oshirilishida Vatanparvarlik tuyg‟usini shakllantirishning asosiy vositalari haqida maqolada fikr yuritildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN TOOLS OF FORMATION OF NATIONAL PATRIOTISM IN SCHOOL STUDENTS

Educating students in the spirit of national patriotism on the basis of today's state policy "New Uzbekistan a new worldview" imposes great challenges on modern teachers. In particular, the article focused on the main tools for the formation of a sense of patriotism in the implementation of tasks

Текст научной работы на тему «MAKTAB O‟QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG‟USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI»

MAKTAB O'QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI

Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

a.raxmonov@cspi.uz

ANNOTATSIYA

O'quvchilarni milliy Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash bugungi "Yangi O'zbekiston-yangicha dunyoqarash" davlat siyosati asosida amalaga oshirilishi hozirgi zamon o'qituvchilariga ulkan vazifalarni yuklamoqda. Ayniqsa vazifalarni amalga oshirilishida Vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishning asosiy vositalari haqida maqolada fikr yuritildi.

Kalit so'zlar: Intellektual shakllanishi, jismoniy va axloqiy rivojlanishi, Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi, fuqarolik-vatanparvarlik.

MAIN TOOLS OF FORMATION OF NATIONAL PATRIOTISM IN

SCHOOL STUDENTS

ABSTRACT

Educating students in the spirit of national patriotism on the basis of today's state policy "New Uzbekistan - a new worldview" imposes great challenges on modern teachers. In particular, the article focused on the main tools for the formation of a sense of patriotism in the implementation of tasks.

Keywords: Intellectual formation, physical and moral development, the purpose of patriotic education, civic patriotism.

KIRISH

Oquvchilarni tarbiyalash odatda ko'p qirrali jarayonlardan biri hisoblanadi. Shu singari ta'limni ustuvor yo'nalishlari asosan bolalarning jismoniy va axloqiy rivojlanishi; intellektual shakllanishi; shaxsiy madaniyati va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish; huquqiy va vatanparvarlikni yuksaltirish; estetik va mehnat tarbiyasini amalaga oshirish; o'quvchilarda mustaqil hayotiy rejalarini shakllantirish, oilaviy hayotga tayyorgarliknni olib boorish zaruriyatidir. Pedagogik faoliyatda vazifalarni bajarish uchun maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda turli usullari

qo'llaniladi: Mashg'ulotlam olib borishda vatanparvarlik ta'limi asosan turli shakllarni o'z ichiga oladi;

sinf majlisi

Ota-onalar majlisi

davra suxbatlari

Turli ekskursiyalar

O'quvc

nilarda

Vatanparvarlik

tuyg'usini shakllantirish

Kitobxonlik mashg'uloti

Axborot komunikatsiya ^xnologiyasi bilan ishlash

sinf o'quvchilari o'rtasida viktorina va KVNlar

bayramtadbirlari

1-rasm ilova;

- Sinf majlisi sinf o'quvchilari o'rtasida ko'riladigan asosiy masalalar belgilab olinadi va sinf ishini rejalashtiriladi;

- Ota onalar majlisi ota-onalarni o'z farzandlari haqida va shu kabi barcha masalar rejalashtiriladi, muhokama etiladi;

- Turli ekskursiyalar o'quvchilar bilan yurtimizning tarixiy joylariga sayoxat uyushtiriladi;

- Bayram tadbirlari o'quvchilar tomonidan davlatimizning muxim sanalarida belgilangan bayramlar va shu singari tadbirlarni uyushtirib boriladi;

- Davra suhbatlari o'quvchilar uchun asosan suxbatmavzulari rejalashtiriladi va yurtimizda faoliyat olib boryotgan kasb egalari yokim mahallalardan kishilar chaqiriladi;

- Faoliyatlarda raqobat o'quvchilarda o'quv faoliyati va jamoatchilik harakatlarida o'zaro faollikni qo'llab-quvatlab boriladi;

- Sinf o'quvchilari o'rtasida o'zaro viktorina va KVNlar o'quvchilar tomonidan bilimlari yanada mustaxkamlanadi va o'zaro baxs amalga oshadi;

-Kitobxonlik mashg'uloti o'quvchilarda kitobsevarlik hissiy ko'nikmasini oshirishga e'tibor qaratiladi;

- Axborot komunikatsiya texnologiyasi bilan ishlashda o'quvchilar komputer texnologiyalarini boshqarish qatorida ko'nikma malakalarga ega bo'ladi.

Unutmaslik kerak odatda har qanday maktabda bolalarning darsdan tashqari mashg'ulotlarini, shu jumladan bo'sh vaqtlarini tashkil etish o'qituvchilar uchun juda muhim faoliyat sohasi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Bolalarga darslardan tashqari qo'shimcha darslar tashkil qilish, ular bilan ko'proq erkin muhitda muloqot qilish ularning rivojlanishi va o'qishi uchun juda zarur hisoblanadi. Bu esa o'qituvchining o'zi uchun juda muhim, chunki bolalar bilan yaqinroq tanishishga, yaxshi munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi, o'qituvchilarning o'quvchilar uchun kutilmagan jozibador muloqatiga aylanadi. Bu o'qituvchining ishiga bo'lgan ehtiyojini, uning ijtimoiy ahamiyatini va dolzarbligini his qildiradi.

Bolalar bilan maktab tarbiyaviy ishlarining shakliga nisbatan erkin faoliyat asosida tashkil etishning aniq usuli, kattalar uchun pedagogik jihatdan mos keladigan rahbarlik bilan belgilanishi mumkin. Ta'lim amaliyotida mehnatning xilma-xil shakllari mavjud, ularni tasniflash bir oz qiyin. Shu bilan birga, biz tarbiyaviy ishning ustunligini va asosiy tarkibiy qismini ta'kidlab, tarbiyaviy ish shakllarini soddalashtirishga harakat qilamiz. Maktab o'quvchilarida vatanparvarlik asoslarini o'rgatishda o'qituvchilar turli metod va usullardan foydalanadilar. Ammo tarbiyaviy ahamiyatning ta'lim shakli bu o'yin texnologiyasidir . Yosh o'quvchilar o'yinlari oddiygina xatti-harakatlarning ijtimoiy shaklini taqlid qilishga qaratilgan. Bir tomondan, bolaning biologik tabiati butunlay o'yinda namoyon bo'ladi, boshqa tomondan-ijtimoiy moslashishga tayyorlik kuzatiladi. O'yinda kattalar hayotidan xulq-atvor normalari o'qitiladi, qadriyatlar ishlab chiqiladi. Tarbiyalash usullarini qo'llashda "tarbiyaviy muammolarni hal qilish yoki "bolalarning hayotini, faoliyatlarini, munosabatlarini, muloqotini, faoliyatini rag'batlantiruvchi va xulq-atvorni tartibga solishga ko'maklashadigan kattalar va bolalar o'rtasidagi pedagogik jihatdan mos keladigan o'zaro hamkorlikning ijtimoiy usullari etib belgilash mumkin. Bolani vatanparvarlik hisi bilan tarbiyalashning individual shakllari orasida mustaqil tadqiqotlar (uy vazifasi) aloxida ajralib turadi. Masalan, bolalarga yozuvchilarining Vatan tarixidagi jangarilar, ekspluatatorlar, jasoratlii va shon-sharaflar haqidagi asar epizodlarini o'qish qiziqarli hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hissiy tajribalar ham shu singari har qanday aqliy jarayonga ta'sir ko'rsatadi va ularning birlashishi uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ichki emotsiyalar aqliy

hayotning tizimi hisoblanib faoliyatning eng funktsional psixologik tizimini shakllantirish omilidir. Aniq harakatlar bilan belgilanadigan hissiy baholashlar asosida bolalarning shaxsiy sifatida empatiya shakllanib boradi. Bolani vatanparvarlik bilan tarbiyalashning individual shakllari asosan oilada amalga oshiriladi. Bu muayyan bosqichida hal qiluvchi rol o'ynaydigan sifati ham oilada amalaga oshadi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilarning oilalari bilan yaqin aloqani o'rnatishi, ota-onalar esa bolalarni vatanparvarlik bilan tarbiyalash jarayoniga jalb qilinishi kerak. Shunday qilib, o'quvchilarda vatanparvarlik ishining muvaffaqiyati asosan o'qituvchilarning axloqiy va psixologik ko'rinishiga, ularning pedagogik va kasbiy tayyorgarligiga, o'z vazifalariga munosabatiga, ota-onalari bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyatiga bog'liq. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'z nutqlarining birida shunday dedi: "Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo'lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo'lsa, baxtli bo'lsa, vatan tinch bo'ladi. O'sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko'rish hammamizga nasib etsin!»". Bugungi kunda davlatimiz raxbarining ushbu eng muhim ustuvor masalasi barchani diqqat-e'tiboridadir. Asosan bolalarning huquqi bilan bog'liq davlat qonunchiligi ham takomillashtirilmoqda. Shunga qaramay,bu yo'lda hali ko'p ishlar qilinmoqda. Birinchidan, keng miqyosda talab qilinadigan ishda jamoat, ko'ngillilar, ko'ngilli tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarining kuchli imkoniyatlaridan to'liq foydalanish ham zarur. Faqat mana shunday faol va faol qo'llab-quvvatlashga tayanib, biz aniq natijalarga erishamiz.

Vatanparvarlik haqida fikr yuritadigan bo'lsak- bu Vatanga muhabbat, o'z vataniga sadoqat, uning manfaati va xizmatiga tayyorlik, kezi kelganda o'zini qurbon qilish, uni turli yovuz kuchlardan himoya qilish kabi hislar asosida mujassamlanadi.

Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi - jamiyatda yuqori ijtimoiy faollik, fuqarolik javobgarligi, ma'naviyatni rivojlantirish, davlatni mustahkamlash, uning manfaatlarini va rivojlanishini ta'minlash. Maqsadga erishishda quyidagilarning rivojlanishi orqali vazifalar amalga oshiriladi: Fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va jamoaviy hayot normalariga hurmat ruhida tarbiyalashdir.Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va uning burchlari amalga oshirilishini ta'minlash uchun sharoit yaratish ham shu jumladandir. O'zbekiston Respublikasining ramzlari hisoblangan - gerb, bayroq, madhiya va Vatanning tarixiy yodgorliklariga g'urur, chuqur hurmat va ehtirom hissini shakllantirish muhim axamiyatga ega.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Vatanparvarlik tarbiyasi tamoyillari:O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga barcha davlat va jamoat tuzilmalarining yo'naltirilgan ishini o'z ichiga olgan tizimli-tashkiliy yondashuv printsipi hamdir. Bolalar tarbiyasida asosan yosh hususiyatini hisobga olgan holda vatanparvarlikni shakllantirishda maqsadli yondashuv printsipiga amala qilish kerak. Davlatimizning milliy manfaatlariga qaratilgan dunyoqarashni, fuqarolik qadriyatlarini shakllantirishni ta'minlaydigan faoliyatga qaratiladi. Yagona va yaxlit yondashuvni hisobga olgan holda vatanparvarlikning asosiy yo'nalishlarining universallik printsipi, ota-bobolariga, kundalik hayotda urf-odatlarga bo'lgan g'ururni o'stirishdir. O'tgan ajdodlarning ijtimoiy qimmatli tajribasidan foydalanib oilaviy munosabatlar, o'qish va ishlashga yondashuvlar, ijodiy harakatlar uyushtirish qulay imkoniyatlarni yaratadi. Vatanparvarlik g'oyalarini va qadriyatlarini targ'ib qilishda mintaqaviy sharoitlarni hisobga olish nafaqat butun o'zbek vatanparvarligida, balki mahalliy qadriyatlar, mehr-muhabbat, o'z Vataniga, shahariga, ko'chasiga, maktabiga va boshqalarga xos yoqtirish xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Vatanparvarlikni asosan ushbu tamoyillarga o'zaro bog'liq holda va jamoa birdamligida amalga oshiriladi. Ammo fuqarolikka-vatanparvarlik tarbiyasini faqat bilimga asoslangan yondashuv yordamida emas balki hissiy ko'nikmalar bilan amalga oshirilishi mumkin . Bugungi kun ijtimoiy-pedagogik voqelikka mos keladigan fuqarolik esa-Vatanparvarlik tarbiyasining mazmunini, shakllarini va usullarini amalda ifodalamoqda. Fuqarolikni amalaga oshishida-vatanparvarlikning faol komponentiga ehtiyoj sezilmoqda . Ta'lim tizimiga bunday yondashuv universal o'quv faoliyatining barcha turlarini shakllantirish va rivojlantirishga imkoniyatini beradi.

O'quv faoliyatini samarali amalaga oshishida o'quvchilarga quyidagi pedagogik yondashuvni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir;

1. Kognitiv yondashuv: - kerakli ma'lumotlarni qidirish va tanlash;

-kognitiv tashabbusning namoyon bo'lishida, ramziy-belgi harakatlar, ularning

yordamida ob'ektning muhim xususiyatlari o'rganiladi;

- bilimlar tarkibi;

- og'zaki va yozma shaklda nutqiy so'zlarni tushunish;

- ob'ektlarni tahlil qilish va xususiyatlarni ajratib ko'rsatish (muhim yokim ahamiyatsiz);

-sabab va oqibat aloqalarini o'rnatish va boshqalar.

2. Normativlar asosida yondashuv;

- O'zaro nazorat va tuzatish;

-davlat ta'lim standarti asosida;

- haqiqiy harakat va uning natijasi o'rtasida tafovut kuzatilsa;

- harakatlar rejasi va usuliga zaruriy qo'shimchalar va tuzatishlar kiritish;

-umumiy natijani o'quvchilar o'qituvchining bahosiga asoslanishi;

-Pedagogik faoliyatning natijalariga o'zgartirishlar kiritish

- baholash (o'zaro, o'z-o'zini hurmat qilish)

- o'quvchilar tomonidan allaqachon o'rganilgan va yana nimani o'rganish kerakligini taqsimlash;

-o'zlashtirish sifati va darajasini bilish;

ish natijalarini baholash;

- o'zini o'zi boshqarish kuchlari va o'z kuchini ixtiyoriy ravishda harakat qildirish bilan to'siqlarni yengib o'tish uchun safarbar qilishdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqqoridagi tushunchalardan kelib chiqib maktab o'quvchilarida fuqarolik ya'ni Vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish bugungi kunda dolzarbligini e'tiborga olib maktab va sinfdan tashqari soatlarda bunga jiddiyroq kirishish extiyoji sezilmoqda. Vatanparvarlik tarbiyasi shakllari va usullari faol fuqarolikni, Vatanga, Jonajon O'zbkistonga va ularning kichik go'shalariga muhabbat tuyg'ularini shakllantirilishiga qaratilishi kerak. Fuqarolik-vatanparvarlik ta'limining bunday shakllari maktab o'quvchilarini tarbiya fani va tarix fanilarida mustaqil izlanish ishlariga jalb qilishni o'z ichiga oladi. Maktabning ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida ishtirok etish, tarixiy yodgorliklarni bilish va saqlash, himoya qilish bo'yicha o'z o'rnini egallash ham muxim hususiyatdir. Vatanparvarlik mavzularida davra suxbati kunlari, tanlovlar, ko'rgazmalar o'tkazish qatorida g'oliblarni taqdirlash lozim. Jumladan ulug' Vatan urushi faxriylarini, mehnat fronti vakillari bilan mazmunli uchrashuvlarni tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Mazkur jarayonlar o'quvchilarda milliy Vatanga bo'lgan hissiyotlarni g'urur va kuchli shijoat asosida amalaga oshishini ta'minlaydi. O'quvchilar Vatanni ota-ona va butun yurtimizda yashayotgan jamiyatni tinchligini saqlashdagi jasoratli harakatni ilg'ab yetadi.Bu esa o'z harakatlarida o'quvchilarga milliy iftixor tuyg'usini Prezidentga va barqaror rivojlanayotgan yurtga nisbatan yuksalishini vujudga keltiradi.

REFERENCES

1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.

2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.

3. Кораев, с. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).

5. Korayev, S. B. (2018). Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2).

6. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебно-производственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).

7. Ernazarova, G. (2016). Development of training professional activity of vocational college students. Наука и Мир, 2(11), 100-102.

8. Эрназаровой, Г. О. (2017). Подготовка учащихся к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода. Традиционная и инновационная наука: история, современное состояние, перспективы: сборник статей, 115.

9. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.

10. Avlaev, O. U., Burkhanov, A. A., Ismoilova, D. M., & Norkuzieva, M. A. (2020). Factors Affecting the Intellectual Dynamics of the Individual. Test Engineering & Management, 83, 693-702.

11. Musurmonov, R., Burkhonov, A., & Musurmonova, M. (2021). Innovative activity-a factor of educational efficiency. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(3), 1238-1241.

12. Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4).

13. Мусурмонов, Р., & Расулов, А. (2021). Мактаб менежменти-таълимни янги боскдчга кутариш омили. Academic research in educational sciences, 2(2).

14. Эшманова, Н. Н., & Матьякубова, М. Б. (2019). Тарбиячиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш. Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истщболлар, 1, 33-34.

15. Рахмонов, А. Р. (2019). Инновацион таълим кластери укув фаолиятига самарали усул сифатида.«. Барцарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар» халцаро илмий-амалий анжуман, 2, 46.

16. Raxmonov, A. R., & Luxmanov, D. B. (2020). Мaktablarda ta'limning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences, (4).

17. Элмурзаева, Н. Х. (2020). Ихтисослаштирилган давлат таълим муассасаларида таълим жараёнини ташкил этишга куйиладиган педагогик талаблар. Academic research in educational sciences, (4).

18. Sh.M.Mirziyoyev Surxondaryo viloyati kengashining xalq deputatlari navbatdan tashqari sessiyasi 2018 yil 19-yanvar -Toshkent.

19. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi 1992 yil 8 dekabr//-Toshkent.

20. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva "Pedagogika nazariyasi" Fan va texnologiya-Toshkent-2008y

21. A.R.Raxmonov Uzluksiz ta'lim tizimida milliy iftixor tuyg'usini shakllantirish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida "Uzluksiz ta'lim" ilmiy uslubiy jurnal //2020-Toshkent.

22. Рахмонов Азамат, Хайдаров Мамат Изучение школьников в целях профоринтации профессиентальный отбор(подбор) учащихся "Педагогика ва психологияда инновациялар" Тошкент -2020й.

23. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.