SHE'RIY TARJIMADA SO'Z QO'LLASH MAHORATI
Bakhriddin Toshtemir o'g'li Zayniyev
Samarqand davlat chet tillar iinstituti 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada she'riy tarjima va uning murakkab talablari tahlil qilingan. She'riy tarjimaning boshqa turdagi (sinxron, ilmiy-texnikaviy, siyosiy-publisistik, axborot-analitik materiallar tarjimasi) xususan, badiiy tarjimadan o'zaro farqli jihati tadqiq qilingan. Eng muhimi she'riy tarjimada o'ta muhim bo'lgan ijodkorlik va so'z qo'llash mahorati ushbu moqalaning tahlil markazini tashkil etadi. Bundan tashqari ohangdorlik va ruhiyatni saqlay olish masalasiga katta e'tibor qaratilgan.o'
Kalit so'zlar: adabiyot, badiiy asar, tarjima, tarjimon, she'r, qofiya, ruhiyat, ilhom, iste'dod, mahorat, badiiy did.
This article analyzes the translation of poetry and its complex requirements. The poetic translation have been studied among other types (simultaneous, scientific-technical, political-publicist, information-analytical materials translation), in particular, differences between literary translation. Most importantly, creativity and wording, which are very important in poetic translation, are the focus of this article. There is also a strong emphasis on the preservation of melody and spirit.
Keywords: literature, artwork, translation, translator, poetry, rhyme, psyche, inspiration, talent, skill, artistic style.
Tarjima odatda oddiy so'zlar yig'indisi sifatida ko'rinishi mumkin. Biroq, uning zamirida o'quvchi uchun bir qarashda kishi anglashi qiyin bo'lgan murakkab jarayon yotadi. Qolaversa, mutarjimni ko'proq izlanishga, qayta-qayta tahlil qilib so'zning nozik jihatlarini olib chiqishga majbur qiladigan leksik, grammatik hamda stilistik bo'yoqdorlik kabi bir qator muammolar bor. Buning sababi biror-bir tildan ixtiyoriy olingan bir matnni boshqa bir tilga tarjima qilishda til bilish ko'nikmalarining o'zigina kifoya qilib qolmasligi aniq.
THE SKILL TO USE WORDS IN POETIC TRANSLATION
ABSTRACT
KIRISH
Buning uchun esa, tarjimon biz yuqorida tilga olib o'tgan tarjima
February, 2022
muammolari haqida to'liq tushunchaga ega bo'lishi muhum sanaladi.
Badiiyat ilmida esa tarjimon tarjima masalalarini to'laqonli anglabgina qolmasdan, birmuncha ijodkorlik qobiliyatiga ham ega bo'lmog'I lozim. Negaki, badiiy asarni tarjima tiliga qayta namoyon etishda iste'dod, ilhom kabi mavhum unsurlarning ahamiyati va roli beqiyosdir. Shu bois, tarjimaning boshqa turlari (sinxron, ilmiy-texnikaviy, siyosiy-publisistik, axborot-analitik materiallar tarjimasi) bilan shug'ullanuvchi tarjimonlar tarjimaning eng murakkab hamda o'ta nozik turi hisoblanmish badiiy tarjimaga har doim ham qo'l urishga jurat etavermaydilar. Ilmiy matnlar tarjimasida kitobxonga muayyan xabarning asosiy mazmunni yetkazib berish tarjimaning maqsadini tashkil etsa, badiiy tarjimada - va ayniqsa uning yuragi bo'lmish she'riy tarjimada asar muallifining ichki kechinmalari hamda ruhiyatini asl holicha saqlab qolish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
"Shu bois ham mazkur soha vakillarini biz haqli ravishta shoir-tarjimon deb ataymiz. Nasriy asarda syujet, kompozitsiya, konflikt, voqealar rivoji va albatta muammolar yechim bo'ladi. Ustoz Asqad Muxtor ta'biri bilan aytganda, tarjimon -chizmakash emas, rassomdek ijod qiladi va tarjimaning turli, jumladan, metonimik, transformatsiya usullari, implitsit (yashirin) ma'nolarni, eksplitsit (mufassal) bayon qilish yo'llari otqali muallif fikrini kitobxonga aniqroq yetkazishga intiladi. Ammo to'rt satr she'rdagi ohang va lirik kechinmani o'quvchi qalbidan joy oladigan darajada tarjima qilish yuqorida tilga olib o'tganimizdek, shoirona ilhom va mahoratni talab etadi"[1. 2].
Ma'lumki, tarjima ham muayyan darajada tarjimonning ijod mahsuli sanaladi. Shu o'rinda yuqorida aytib o'tilgan shoirona ilhomning tarjima asarlaridagi o'rnini anglash uchun unga ustoz shoirimiz hamda yetuk tarjimon Erkin Vohidov tomonidan berilgan ta'rifni eslashning o'zi kifoya: "Ilhomsiz yaratilgan har qanday asar, sevgisiz olingan bo'saga o'xshaydi". Haqiqatdan ham muhabbatsiz olingan o'pich qanchalar sovuq va yoqimsiz bo'lsa, ilhomsiz yaratilgan asar ham shunchalik jozibasizdir...
Shu o'rinda maqolaning kirish qismida aytib o'tilgan she'riy tarjimaning badiiy tarjimadan farqli hamda murakkablik jihatlariga alohida to'xtalib o'tamiz. She'riy tarjimada tarjima qilinayotgan matn mazmuni saqlanibgina qolmasdan uning ohangdorligiga ham katta ahamiyat qaratish lozim bo'ladi. Bu holat esa o'z o'rnida tarjimondan ulkan mahorat hamda shoirlikdan birmuncha xabardor bo'lishini talab etadi. Negaki, ba'zi so'z yoki so'z
birikmalarini asl holicha tarjima qilishning imkoni bo'lmaydi.
February, 2022
Bunda she'r misralaridagi o'zaro qofiyadorlikni saqlab qolish mushkul bo'lib qoladi. Yoki aksincha, qofiya saqlanib qolinganda undagi ruhiyatni tarjima tiliga to'laqonli ko'chirib o'tish masalasi tug'iladi. Mana she'riy tarjimaning asl murakkabligi qayerda?
Quyida bir-necha ijod namunalarini she'riy tarjima masalalarining tahliliga tortib ko'rib o'tamiz.
Orzu qilsang tillolardan ko'shkli taxtni, Quchay desang olamda yo'q tugal baxtni, Kel do'stginam belni bog'lab buzmay axtni, Shohlikni qo'y o'z onangga qullik qilgin!..[2. 54-b] Inglizcha tarjimasi:
If you dream a throne which is made of gold, If you want to embrace all happiness in the world, Come my friend keep your oath forget the other, Refuse to the kingdom and serve your mother.
Tarjimada ko'rinib turibdiki, bunda aynan so'zma-so'z tarjima emas, balki, o'zaro ohangdorlikni saqlab qolish maqsadida tarjimon tomonidan she'riy tarjimada qayta yaratish san'atiga qo'l urilgan. Asliyatda (a,a,a,b) ko'rinishida bo'lgan qofiyadorlik tarjimada (a,a,b,b) shakliga ko'chgan.
Dastlabki misrlar tarjimasida badiiy san'at unsurlaridan biri - anafora san'atini ko'rish mumkin. Anafora bu - bir xil so'zning yoki tovushning misralar yoxud gap boshida takrorlanib kelishiga aytiladi.
Endi tarjima jarayonida she'rdagi muammo tug'dirgan jihatlarni birma-bir tahlil qilib ko'rsak. She'rning ikkinchi misrasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Quchay desang olamda yo'q tugal baxtni,
Bunda shoir tomonidan sharq klassik badiiy san'ati hisoblanmish "Mubolag'a" (lof urish, bo'rttirish) san'atining "tablig'" turi qo'llanilgan. Ya'ni olamda hech narsa mukammal bo'lmasligiga alohida urg'u berilgan holda va aynan xuddi shuday yer yuzida bo'lmagan to'kis (tugal) baxtni qo'lga kiritishni (quchay desang) xohlasang: deyilgan [3. 80-b].
Ushbu misra ma'nosi tarjimaga antonamik tarzda ko'chgan. If you want to embrace all happiness in the world. Bunda "olamda yo'q to'kis baxt" tushunchasi "all
happiness in the world" ya'ni dunyodagi barcha baxtni shaklida
February, 2022
qayta yaratilgan. Shoir-tarjimon tomonidan o'ta mahorat bilan bu kabi holatda qayta yaratishning asosiy maqsadi misralarning o'zaro ritmini (she'riy asarda misralarning bir o'lchovli, bir xil hajimli bo'lib kelishidir), vaznini qolaversa, eng asosiysi misralar qofiyalanishini saqlab qolish nazarda tutilgan. Va bunga asliyatda ifoda etilgan mazmun hamda undagi aks etgan ruhiyatni tarjimada qayta yaratishga ustalik bilan erishilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Aslida "olamda yo'q tugal baxt" iborasi ingliz tilida "there is no complete happiness in the universe" shaklida tarjima qilinadi. Ushbu tarjima yaxlit misra ko'rinishida ifodalansa:
"If you want to embrace there is no complete happiness in the universe" Shaklida so'zma-so'z tarjima qilinadi. Bundan ko'rinib turibdiki, misralardagi o'zaro turoqlanishi (bo'g'inlarning misralarda bir xil tartibda takrorlanib kelishi), qolaversa, vazni yo'qoladi. Tarjimaga (a, a, b, b) ko'rinishida o'tgan o'zaro qofiyadorlik ham buziladi.
Haqiqatdan ham she'riy tarjima o'ta murakkab tarjima jarayonlaridan biri. Shunga qaramasdan shoir-tarjimonlarimiz bu zahmatli vazifani ado etishda o'ziga xos, shu bilan bir qatorda birmuncha samarali ishlarni amalga oshirishmoqda [4. 207].
Jumladan, faqatgina she'r emas balki, Alisher Navoiy ruboiylarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlari bilan ham shug'ullanuvchi iste'dodli tarjimonlardan biri Q.Ma'murovdir. Albatta, ruboiy shakily xususiyatlari va ichki qofiyalanish jihatdan boshqa she'riy turdagi asarlardan qisman farq qilib, vazn qo'llanilishi jihatidan ancha soddaroqdir. Shu bois ham Q. Ma'murov uning ohangini tarjimaga aniq ko'chira olish va turkiy ruboiylar ruhiyatini inglizchada qayta yaratish imkoniyatini topa olgan.
Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz, Har neniki sevmak ondin ortuq bo'lmas, Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz. Q. Ma'murov tarjimasi: I love you more than my soul, oh, my dear, I love you more than all numbers, oh, my dear, Loving anything can not be more than that, I love you much more than that, oh, my dear.
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
95
Ruboiyning inglizcha jarangidan ham aynan sharqona ohangni his qilish mumkin. Bu kabi she'rlar ingliz lirikasida uchramaydi. Ammo mazkur ruboiydagi "Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz" misrasida shoir "son" deganda aynan sanoq sonlarni nazarda tutmagan balki "sanalishi mumkin bo'lgan har qanday mavjudotlardan ko'ra kuchliroq sevaman" demoqchi. Ingliz lirikasida "seni hamma raqamlardan ko'ra ko'proq sevaman" degan ibora yo'q. Binobarin tarjima tilida o'ta oddiy shaklda berilgan ushbu iborani Navoiy ham qo'llayotgani yo'q. Agar mutarjim she'rdagi "sondin" so'zini shunchaki sanoq son emas balki, sanab adog'iga yetib bo'lmas, cheksiz degan ma'noda qo'llanilganligini anglaganda edi ehtimol bu kabi jiddiy xatoga yo'l qo'ymagan bo'lar edi. Shu o'rinda mutarjim Taniqli Navoiyshunos tarjimon Falsafa fanlari doktori Sh. Sirojiddinov izohlaganidek "sondin" so'zini tarjimada "numbers" emas balki "infinity" ya'ni cheksizlik deb ekvivalent qo'llaganda edi ruboiyning asl ma'nosini, ruhiyatini qolaversa, uning jarangdorligini to'laqonli saqlab qolishga erishgan bo'lar edi.
Tarjima jarayonida tarjimon son-sanoqsiz amaliy mushkulotlarga duch keladi. Bu kabi holatlar tarjimaning ijodiy faoliyat ekanligi tufayli, mutarjimdan har bir muammoli holat yechimiga ijodiy ravishda yondashuvni talab qiladi. Asliyatga ijodiy munosabatda bo'lish tarjimada asosiy ko'zlangan maqsadni amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi [5. 334-b].
Tahlillar shuni ko'rsatib turibdiki tarjimani san'at darajasiga ko'tarish uchun avvalo adabiyotni, she'riyatni ixlos, muhabbat, fidoiylik bilan bilish va sevish kerak [6. 12-b]. She'riy tarjimada esa faqatgina til bilish ko'nikmalariga tayanibgina qolmasdan balki, ilhom, qolaversa, tug'ma iste'dod bo'lishi ham muhim unsur ekanligini chuqur anglab yetmog'imiz zarur...
REFERENCES
1. Odilova. G. She'riy tarjima ko'ngil ishi. - T.: O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 2013.8-son.
2. Zayniyev. B. Dildan to'kilgan durlar. - T.: Navro'z 2018.92 b.
3. Sariyev Sh. Adabiyot fanidan yaxlit o'quv-didaktik majmua. - T.: Sharq 2015.447 b.
4. G'afurov I., Mo'minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. -T.: Tafakkur
XULOSA
Bo'stoni. 2012.217 b.
February, 2022
5. Musayev. Q. Tarjima nazariyasi asoslari. - T.: Fan 2005.352 b.
6. Salomov. G„. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. - T.: Faxrizoda 2003.54 b.
7. Aslonov, S., & Ruzimurodova, Z. (2020). THE USE OF ACRONYMS AND INITIALISMS IN BUSSINES ENGLISH. Студенческий вестник, (12-5), 34-35.
8. Sherzodovich, A. S. (2020). The role of online teaching and innovative methods. Science and education, 1(3), 524-528.
9. Аагошв, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 1719.
10. Aslonov, S. S. (2020). INGLIZ TILI STILISTIKASI FANINI O'QITISHDA FONOSTILISTISTIKANING O'RNI. Интернаука, (16-4), 57-59.
® о
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
©
О
97