Научная статья на тему 'TARJIMADA EKVIVALЕNTLIKNING MULOQOT MAQSADINI IFODALASH VOSITALARI'

TARJIMADA EKVIVALЕNTLIKNING MULOQOT MAQSADINI IFODALASH VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1652
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekvivalentlik / adekvatlik / referentsiya / kommunikatsiya / denotativ / ekspressiv / fatik / metalingvistik funktsiya. / Equivalence / adequacy / reference / communication / denotative / expressive / metalinguistic function.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fatxutdinova, Iroda Atxamovna

Tarjimashunoslikda ekvivalentlik masalasiga doir mavzular, ekvivalentlikning yuzaga kelishida darajalarning o‘rni, qo‘llash uslubi masalasi dolzarb muammolardan sanaladi. Maqsad: ekvivalentlik masalasida ko‘tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o‘rtasida ekvivalentlikning ma’noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir. Vazifalar: tarjimada ekvivalentlikning o‘rganilganlik darajasini aniqlash, muloqot maqsadini saqlab qolishda iboralar orqali o‘rganish, o‘hshatishlar, xos so‘zlarda ma’noviy ekvivalentlik darajasini aniqlash. Asliyatdagi iboralar, o‘xshatishlarning tarjima matniga ko‘chgan shakli tadqiqotimizning ob’ekti bo‘lib, tarjima matnidagi ekvivalent shakllari tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil metodidan foydalanildi. O’zbek tarjimashunosligida badiiy matn tarjimasi ekvivalentlik darajalari ilk marotaba o‘rganib chiqish tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilaydi.Tadqiqot materiallaridan “Tarjimashunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Madaniyatlararo muloqot” fanlarni o‘qitishda foydalanish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishi kirish, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Asliyat va tarjima matnidagi ekvivalent iboralarda ma’noning siljishi kuzatilib, asliyatdagi iboralar tarjima maydoniga ko‘chganda ma’nosi torayib, yangi ma’noni qo‘shimcha sifatida olishi kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEANS OF EXPRESSIVITY OF EQUIVALENCE IN TRANSLATION

Equivalence degrees, place of degrees at uprising the equivalence, method of application are considered relevant issues in the translation. The aim is to identify the problems of the issues raised by equivalence, determine the value of equivalence, comparing similarity of meanings between the original text and translation. Objectives: To determine the degree of equivalence in translation, to study phrases while maintaining the goal of communication, determining equivalent meaning in comparisons and special words. The object of our research is the form of comparisons and phrases of the original text converted to text of translation; and the equivalent forms in the translated text is the subject of research. The study used the method of comparative analysis. The first study of equivalence in translation of literary texts in the Uzbek translation is the actuality of the study. Study materials can be used in teaching of "Theory and Practice of Translation" and "linguistics culture". Scientific research work consists of an introduction, conclusion and bibliography. At transition of equivalent phrases of original texts and translation observed constriction of their meaning, as well as at the transition from the original text to text of translation, there is reductions of their meaning and reception, as a supplement, the new value.

Текст научной работы на тему «TARJIMADA EKVIVALЕNTLIKNING MULOQOT MAQSADINI IFODALASH VOSITALARI»

Scientific Journal Impact Factor

TARJIMADA EKVIVALENTLIKNING MULOQOT MAQSADINI

IFODALASH VOSITALARI

Fatxutdinova Iroda Atxamovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi o'qituvchisi Irodaislomzoda7@gmail.com

ANNOTATSIYA

Tarjimashunoslikda ekvivalentlik masalasiga doir mavzular, ekvivalentlikning yuzaga kelishida darajalarning o'rni, qo'llash uslubi masalasi dolzarb muammolardan sanaladi. Maqsad: ekvivalentlik masalasida ko 'tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o'rtasida ekvivalentlikning ma'noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir. Vazifalar: tarjimada ekvivalentlikning o 'rganilganlik darajasini aniqlash, muloqot maqsadini saqlab qolishda iboralar orqali o'rganish, o'hshatishlar, xos so'zlarda ma'noviy ekvivalentlik darajasini aniqlash. Asliyatdagi iboralar, o'xshatishlarning tarjima matniga ko 'chgan shakli tadqiqotimizning ob 'ekti bo 'lib, tarjima matnidagi ekvivalent shakllari tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil metodidan foydalanildi. O'zbek tarjimashunosligida badiiy matn tarjimasi ekvivalentlik darajalari ilk marotaba o'rganib chiqish tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilaydi.Tadqiqot materiallaridan "Tarjimashunoslik", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti", "Madaniyatlararo muloqot" fanlarni o'qitishda foydalanish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishi kirish, xulosa va adabiyotlar ro 'yxatidan iborat. Asliyat va tarjima matnidagi ekvivalent iboralarda ma'noning siljishi kuzatilib, asliyatdagi iboralar tarjima maydoniga ko 'chganda ma 'nosi torayib, yangi ma 'noni qo 'shimcha sifatida olishi kuzatildi.

Kalit so'zlar: Ekvivalentlik, adekvatlik, referentsiya, kommunikatsiya, denotativ, ekspressiv, fatik, metalingvistikfunktsiya.

АННОТАЦИЯ

Вопросы эквивалентности, место степеней при возникновении эквивалентности, метод применения считаются актуальными вопросами в переводческом деле. Цель состоит из выявления проблем поднятых вопросом эквивалентности, определения значения степеней эквивалентности, сравнения схожести значения между текстом оригинала и перевода. Задачи: определение степени изученности эквивалентности в переводе, изучение

Scientific Journal Impact Factor

оборотов при сохранении цели общения, определение эквивалента значения в сравнениях, специальных словах.

Объектом нашего исследования являются формы сравнений и оборотов текста оригинала, перешедшие в текст перевода, а эквивалентные формы в тексте перевода являются предметом исследования. В исследовании использован метод сравнительного анализа. Первое изучение степеней эквивалентности в переводе художественных текстов в узбекском переводческом деле является научной новизной исследования. Материалы исследования могут быть использованы в преподавании "Перевода ведение", «Теории и практики перевода» и «Лингвокультурологии». Научно исследовательская работа состоит из вводной части, заключения и списка литературы. В эквивалентных оборотах текстов оригинала и перевода наблюдается сдвиг значения, а также при переходе оборотов текста оригинала на текст перевода наблюдается сужение их значения и прием, в качестве дополнения, нового значения.

Ключевые слова: Эквивалентность, адекватность, референция, коммуникация, денотатив, экспрессив, металингвистическая функция.

ABSTRACT

Equivalence degrees, place of degrees at uprising the equivalence, method of application are considered relevant issues in the translation. The aim is to identify the problems of the issues raised by equivalence, determine the value of equivalence, comparing similarity of meanings between the original text and translation. Objectives: To determine the degree of equivalence in translation, to study phrases while maintaining the goal of communication, determining equivalent meaning in comparisons and special words. The object of our research is the form of comparisons and phrases of the original text converted to text of translation; and the equivalent forms in the translated text is the subject of research. The study used the method of comparative analysis. The first study of equivalence in translation of literary texts in the Uzbek translation is the actuality of the study. Study materials can be used in teaching of "Theory and Practice of Translation" and "linguistics culture". Scientific research work consists of an introduction, conclusion and bibliography. At transition of equivalent phrases of original texts and translation observed constriction of their meaning, as well as at the transition from the original text to text of translation, there is reductions of their meaning and reception, as a supplement, the new value.

Keywords: Equivalence, adequacy, reference, communication, denotative, expressive, metalinguistic function.

KIRISH (INTRODUCTION)

Turli millatlarni bir-biriga bog'lab turuvchi madaniyatning eng asosiy omili bu tarjimashunoslikdir. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim ko'rinishi bo'lib, tarjima orqali olimu fuzalolarning, shoirlarning asarlari turli tillarga tarjima qilinib, elatlar o'rtasidagi rishtalar bir-biriga bog'lanib kelingan. Tarjimaning hamma til uchun eng mashaqqatli hisoblangan turi ham aynan ekvivalent variantini topib tarjima qilishdir.

Tarjima matni ham asliyat matniga teng bo'lib, u bilan bir yaxlitlik tasavvurini uyg'otishi kerak. Shunga binoan, tarjima vazifalaridan biri-tarjima matn asliyatning to'liq kommunikativ o'rnini egallashi va asliyat o'quvchisi imkoniyatiga teng darajadagi badiiy zavq, mazmuniy va strukturaviy uyg'un muvozanatni taqdim etishdir. Bunday muvozanat tarjimaning barcha jabhalarini qamrab olishi lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tilshunos va tarjimashunoslarning ekvivalentlik masalasi bo'yicha bergan fikrlari turlichadir. Ayrim tarjimashunoslar fikricha, tarjima qilinayotgan til me'yoriga qat'iy amal qilgan holda asosiy mazmunni berish ekvivalent tarjima bo'lib, bu maqbul holat ekanligi ta'kidlanadi. Umuman olganda "ekvivalent" tenglik bo'lib, birinchidan, ekvivalentlikda bir xillik umuman o'xshamaslik nazarda tutilsa, ikkinchidan, ekvivalent almashtirishdir. Misol uchun hindiy tilida, wr % trt tt t^ (bachche man ke raja hote heyn) "Bolalar qalban podsho bo'lishadi" yoki bu maqolni ibora bilan "bolalik-podsholik" deb o'girish ham maqsadga muvofiq. Bunda tarjima saviyasiga putur yetmagan holda uning asosiy ma'nosini berish bilan ham tarjimada ekvivalentlikka erishish mumkin. Shunday ekan, asliyat matni parchasi ustida ishlash jarayonida tarjimaning bir necha variantlari yuzaga keladi. Tarjimon uning eng muqobilini tanlay olishi muhim. Bunda tarjimon matnining alohida elementlarini muhimlik darajasiga ko'ra grammatik va semantik to'g'ri keladiganini tanlaydi. Eng kam yo'qotishga ega tarjima variantini tanlash tarjima saviyasini belgilaydigan eng muhim omildir.

Tarjimada ekvivalentlikka erishishda uning darajalarini e'tirof etish juda muhim. Bu tilshunos va tarjimashunoslar tomonidan turlicha talqin etilgan.

Tarjima tillararo muloqotning alohida turi sifatida asosiy e'tiborni ikki til tizimining ma'no jihatiga qaratishni taqozo etadigan ijodiy jarayondir. Chunki axborotning to'laqonliligi asosini turli tillar matnlarining ma'noviy uyg'unligi tashkil etadi. Tarjimada har qanday tasvir vositalarining ma'noviy muqobilligi jihatlarini

142

Scientific Journal Impact Factor

to'liq ta'minlash ham muloqot maqsadining vazifalaridan biri hisoblanadi. Misol uchun hindlarda ^ ^ ïïmï" ïïff" ^ïïf' (eyk haath se taali nahi bajati) ya 'ni "Bir qo 'l bilan qarsak chalinmaydi" iborasi o'zbek tilining «qars ikki qo'ldan chiqmoq» iborasiga ma'noviy jihatdan muqobil deya olish mumkin.

Asosiy muloqot birligi bo'lgan matnning umumiy tuzilishi, mazmuniy mundarijasi lisoniy birliklar kommunikativ ma'nosini shakllantiruvchi tajriba maydonidir. Yaxlit kommunikativ lisoniy tuzilma bo'lgan matnning semantik (ma'noviy) mundarijasi denotativ va signifikativ qismlardan tarkib topadi. Bulardan birinchisi matn mazmunining voqelikda kechayotgan hodisalar bilan bog'liq tomonlariga ishora qilsa, ikkinchisi, matn yoki nutq ijodkorining nutqiy tafakkur faoliyati bilan bog'liqdir.

Kommunikativ birliklar mazmuni barcha ma'noviy elementlarning uyg'unlashuvi, yagona bir mazmun, muloqot maqsadining ifodalanishini talab qilishinishini yuqorida aytib o'tdik. Shunga binoan kommunikativ semantika sohasida bizni belgidan tashqaridagi munosabatlar emas, balki bu munosabatlarning belgi orqali nutqiy tuzilmada namoyon bo'lishi qiziqtiradi.

Semasiologlar doirasida mashhur bo'lgan «Semantics» risolasining muallifi J.Layonzning ta'kidlashicha, so'zlovchi harakatini bajarayotib, lisoniy iborani maqsadli tanlaydi va «referentsiyani aynan shu ibora mundarijasida ifodalaydi».[1,40 -b] Uning ta'biriga ko'ra "referentsiya-so'zlovchi yoki yozuvchi ijrosidagi bir tomonlama harakat natijasi sifatida emas, balki ikki tomonlama, ya'ni so'zlovchi va tinglovchi ishtirokidagi «shaxslararo harakat» asosida hosil bo'ladigan lisoniy faoliyat turi sifatida talqin qiladi"[2, 8-15b]

Bizga ham bunday yondashuv ma'qul, chunki har qanday lisoniy faoliyat muloqot muhitini talab qiladi, lisoniy muloqot esa qanday ko'rinishda kechishidan qat'iy nazar, shaxslararo munosabatning namoyon bo'lishidir. Biror bir vaziyatni bayon etishdan tashqari yoki shu bilan birgalikda muloqot maqsadi matnning biror hissiyotni, berilayotgan axborotga yoki bayon etilayotgan vaziyatga o'z emotsional munosabatini bildirishdan iborat bo'lishi mumkin. Bunday munosabatni bildirish uchun tilda maxsus vositalar mavjud: o'ziga xos ohang, belgilar va x.z. Gap ushbu belgining muayyan emotsional komponenti haqida emas, balki bayon etilayotgan butun vaziyatning bahosi to'g'risidagi axborotni beruvchi maxsus belgilar to'g'risida bormoqda. Boshqa darajalar mazmuni bilan o'zaro ta'sirga kirishib ushbu axborot ko'pincha muloqot akti uchun muhim jihat bo'ladi.

Scientific Journal Impact Factor

A.Shveytser, A.Noybert asarlarida tarjima-tillararo kommunikatsiya mahsuli ekanligi atroflicha tushuntirib berilgan. Natijada uzoq yillardan beri tilshunos va adabiyotshunoslar o'rtasida mavjud bo'lgan bahslarga deyarli chek qo'yilgan.

A.D.Shveytserning fikriga ko'ra, tarjimada eng muhimi dastlabki va tarjima matnlarining invariant kommunikativ effektiga suyanuvchi kommunikativ ekvivalentligidir. Kommunikativ ekvivalentlik dastlabki matnnning tarjimada funktsional dominantligini saqlab qolishni nazarda tutuvchi funktsional ekvivalentlik bilan bog'liq. Uning nazariyalarida agar kommunikativ ekvivalentlik semantik va pragmatik darajalarga qo'llanilsa va funktsional ekvivalentlik bilan to'ldirilsa, to'liq ekvivalentilik to'g'risida gapirish mumkinligi ta'kidlanadi.

Til-birlamchi navbatda, o'zaro aloqa vositasi ekanligi nuqtai nazaridan SH.Sirojiddinov tarjimaning kommunikativ modeli yondoshuvlariga asoslanib, tarjima ekvivalentligi masalasi tadqiqotida o'ziga xos ravishda tushuntirib berilgan. Uning ushbu modeli o'z ichiga quyidagi olti yondashuvni qamraydi:

1. Ob'ektiv borliqning asliyat tilida ifodalangan bayonini aks ettirish (denotativ)

2. Asliyat muallifining yaratilayotgan matnga munosabatini ochib berish (ekspressiv)

3. Tildagi nutq signallari, mimika, ishora va o'zaro kontaktga aloqador umumiy frazalarning muvofiqlik darajasini belgilash va ta'minlash (fatik)

4. O'zaro muloqotda foydalanilayotgan til hususiyatlarini tahlil qilish (metalingvistik funktsiya)

5. Tarjimada buyruq va amrlarni ifodalash (iroda funktsiyasi)

6.Tarjimada badiiy tasvir vositalari va semantik muqobillik jihatlarini to'liq ta'minlash (poetik funktsiya)

A.D.Shveytser ekvivalentlik turlarini bayon qilishda semiotika, ya'ni belgilar tizimini o'rganadigan fan natijalari asos qilib olinadi. Muloqot ana shu belgilar orqali amalga oshiriladi. Uning tasnifiga ko'ra muloqot maqsadini saqlashda, asosan, neologizmlar, aforizmlar, xalq maqollari va iboralar kirishini ta'kidlab o'tadi. [3,57-b] "Bu tur tarjima uchun juda qiyin, chunki asliyat tilining madaniy o'ziga xosliklari tufayli ularning asl ma'nosini farqlay olmaslik xavfi mavjud" deydi. [4,49-b]

V.N.Komissarov ekvivalentlik darajasi modelining kengrog'ini taqdim etadi. Oxirgi aniqlashtirilgan variantda uning taklif qilgan model 5 ta o'zaro bog'liq bo'lgan ierarxik qatlamlardan iboratdir:

1. Kommunikatsiya (muloq)ning maqsadi darajasi;

2. Vaziyatni tasvirlash darajasi;

3. Vaziyatni tasvirlash uslubi darajasi;

4. Ibora tuzilmasi darajasi;

5. Leksik-semantik muvofiqlik darajasi.

V.N. Komissarovning nazariyasiga binoan tarjima ekvivalentligi asliyat va tarjima matnlari mazmuni maksimal darajada o'xshashligini ko'rib chiqdik. Har bir tilda so'zlashuvchi shaxsning ijobiy yoki salbiy munosabatidan kelib chiqib emotsional bo'yoqdagi so'zlar uchraydi.

Lug'atlarda ko'plab topiladigan hech qanday emotsional bo'yoqdorlikka ega bo'lmagan so'zlar neytral emotsional so'zlar deb ataladi. Shunga asosan leksik birikmalarni uch turga ajratish mumkin. 1) salbiy emotsional, 2) neytral emotsional, 3) ijobiy emotsional so'zlar. So'zlarning emotsional bo'yog'i ikki xil usulda ko'p ma'noli so'zlarning kontekstga mos ma'nosini tanlash va so'zlarga emotsional bo'yoq beruvchi qo'shimchalarni qo'shish yordamida yasaladi. Ushbu emotsional bo'yoqdorlikni biz o'z tadqiqodimizda ya'ni asliyat va tarjimada berilgan o'xshatishlar orqali ko'rib chiqdik.

Bundan tashqari tildagi obrazlilikni ifodalovchi vositalar ichida iboralar alohida o'rin tutadi, chunki ular kesatiq, nafrat, jirkanish, so'kish, qarg'ish kabi salbiy, erkalash, hazil, rag'batlantirish kabi ijobiy qo'shimcha ma'no noziklarini ifoda etuchi obrazli birikmalar hisoblanadi. Har bir yozuvchining iboralardan foydanalish uslub va yo'nalishlari bo'ladi. Agar ma'lum tilda yaratilgan asarni boshqa tilga tarjima qilish lozim bo'lsa, xususan iboralarni o'girish jarayonida tilda mavjud bo'lgan muqobil variantlari, sinonim yoki ekvivalentlaridan foydalaniladi.

Shunday iboralar borki, ular anglatgan ma'noni uning tarkibidagi ayrim so'zlardan to'g'ridan-to'g'ri keltirib chiqarish mumkin emas. Shu bilan birgalikda iboradan butunligicha kelib chiqadigan ma'no bilan ibora tarkibidagi so'zlarning ma'nolari o'rtasida qarama-qarshilik ham yo'q. Iborani tashkil qiluvchi so'zlar o'z mustaqil ma'no markazini saqlamaydi. Iboraning ma'nosi uning tarkibidagi so'zlarga xos bo'lgan ma'nolarning umumiy mahraji sifatida kelib chiqadi. Bu umumiy ko'chma ma'no iboraning butunligini saqlab turadi, uning parchalanib ketishiga yo'l qo'ymaydi.

Turli tillardagi iboralarning bir-biriga har jihatdan o'xshashligi aksariyat hollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mushohadalaridagi mushtaraklik bilan izohlanadi. Zero, til vositalari singari iboralar ham turli-tuman umuminsoniy fikrning bayon me'yorlari va hayotiy kuzatishlar asosida vujudga keladi.

Ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til iboralari qator hollarda o'zaro farq qiladilar. Bunday iboralar o'zaro ekvivalentlik munosabatida bo'ladi. Iboralar

Scientific Journal Impact Factor

matnda muloqotning maqsadini saqlab qolinishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishda tarjimon matnda berilgan so'zning ko'chma ma'nosini retseptorga yetkazishga xizmat qiladi.

Shunday qilib, ma'nolarning detallashtirish hamda aniqlik va to'liqlik darajasi bilan farqlanuvchi ekvivalentlikning 5 darajasini ajratish asosli deb hisoblagan holda biz V.N.Komissarovning ekvivalentlik nazariyasiga tayangan holda Bhisham Sahniyning "Basantiy" romanining Amir Fayzullo tarjimasida ekvivalentlikning to'rtinchi darajasi ya'ni muloqot maqsadi darajasini iboralar misolida ko'rib chiqqanmiz. Misol uchun asarda shunday ibora qo'llanilgan: «wt % iw ^t Wt fèj ^tïït «j tot l Tarjimasi: Basantiyning otasini ko 'riboq Dinu suvga tushgan mushukday shumshayib qoldi. [5,82-b]. Bu misolda hindiy tilidagi 'MWt (bhigi billi) tushunchasi o'zbek tilidagi "suvga tushgan mushukday" iborasiga ekvivalent bo'lib, muallif bu bilan qahramonni "hafsalasi pir bo'lgan"ligini mushuk obraziga o'xshatib bergan. Ushbu ibora har ikki tilda ham o'z ekvivalentiga ega ekanligini ko'rish mumkin.

Moddiy jihatdan o'xshash ikki til frazeologik ekvivalentlari ma'no va uslubiy vazifa jihatidan ham aksariyat hollarda bir-biriga mos bo'ladi, chunki bunday paytlarda birliklar negizida bir xil hayotiy tajribaga asoslangan tushunchalar yotadi. Bu xil iboralar tarjimada bir-birlarini bemalol almashtira oladi.

Asliyat matn muallifi va matn tarjimasini oluvchi bilan tarjimonning o'zaro ta'siri tarjima sharoitlari va oluvchining talabi, tarjimonning kommunikativ effektini anglab yetkazib berish mahorati, uning nutqiy asarni haqiqiy yoki taxminiy oluvchi haqidagi tasavvurlariga ko'ra o'zgaradi va tarjimada muvofiqlikni belgilab beradi.

Asliyat muallifi personajlar nutqida insonlarning haraktlarini turli xil jonivorlar tasviri bilan o'xshatishlar orqali obrazli talqin etgan: wrât ^t w w % ^tc ^t w l (HS) (mandrati chil ki tarah us ke upr ja khara hua) Tarjimasi: Aylana uchayotgan kalxatdek uning boshiga bostirib keldi. [5,50-b] Ushbu jumlada avtor qahramonni tez uchar kalxatga o'xshatib obrazli tasvirlagan. Bu jumla har ikki tilda ham ekvivalenti bilan talqin qilingan.

Bu yerda matn mohiyati tarjimon ongida qay darajada aks etgani namoyon bo'ladi. Shu nuqtai nazardan tarjimon faqat ekvivalent muvofiqlikni izlash emas, balki madaniyatlararo tafovut xalaqit berayotgan o'rinlarda, tarjima matn o'quvchisiga kerakli tushuntirishlarni bera olishi, balki kerak bo'lsa, iste'molchiga turli zaruriy sharh va izoxlarni berish imkoniyatlarini topishga hamda asliyat muallifi ko'zlagan maqsadni to'liq berishga erishishga harakat qilishi lozim. Asliyat

Scientific Journal Impact Factor

qahramonlari nutqida salbiy emotsional bo'yoqdorlikka ega bo'lgan so'z birikmalari va o'xshatishlarni ko'p uchratish mumkin: ^y^t ^hïït ^t % ^ïït ^rt % m^ih # %rdt ^tür" % w w mt ^mM ^r mt y wfc drci I (k?) Tarjimasi: Basantiy

bilardiki, agar onasi uni tanib qolsa, qora ilondek vishillab unga tashlanardi va uni velosipeddan tortib tushirgan bo'lardi. [5,40-b]

Bundan tashqari ikki til matnlarining bir xil qurilishiga egaligini leksik tarkiblarining to'la o'xshashligi asliyat asosiy qismlarining tarjimada batamom saqlanilganligini ko'rishimiz mumkin. Yuqoridagi o'xshash yana bir misolda qahramonning mitti ko'zlari bilan qarashi ilonning ko'z qarashlari bilan berilgan: ^faT" % ^tí yir % ^^ % w ^t rft ^îi (hr) Tarjimasi:

Cho 'dhariyning kichkina-kichkina ko 'zlari ilonning ko 'zlaridek velosiped tomonga qarab turardi. [5,48b] Ushbu misolda ham yuqoridagi misolga o'xshab qahramonlar harakati tasvir usuli ilon obraziga o'xshatib salbiy bo'yoqdorlik bilan berilgan bo'lishiga qaramay, undagi harakatlar bir biridan farq qiladi. O'zbek kitobxoni uchun bunday qarashlar ko'proq "bit ko'zlari" yoki "ayyor tulkining ko'zlari" bilan berilishi ham mumkin. Bunda har ikkala tilda ham ma'no saqlanib qolinadi.

w ^ dti % w ^-wm^ So'zma so'z: Sen erkaklar quyonga o 'xshab qo'rqib-titrab yashaysanlar. Tarjimasi: Erkak bo'lsalaring ham o'lgudek quyonyuraksanlar. [5,15-b] Ushbu misolda har ikkala tilda ham erkaklarni hadiksirayotgan quyonga o'xshatib berilgan. Bu yerda tarjimon o'zbek so'zlashuv tiliga mos jumla topib "quyonyurak" ma'nosini berib, unga mahorat bilan yondoshganini ko'rish mumkin. Vaziyatning absolyut o'xshashligi ko'pincha ushbu matn tarjimasi tan olinishining majburiy sharti hisoblanadi.

Tillararo kommunikatsiyani amalga oshirish munosabati bilan pragmatika muammolari yuzaga kelar ekan, tarjimolning vazifasi tarjima jarayonining maqsadini to'g'ri anglagan holda, uni tarjima tili talabi, me'yori asosida qayta yaratishdan iboratdir. Muayyan tarjimaning pragmatik vazifasini amalga oshirish tarjimondan goho yuqori darajadagi muvofiqlikdan voz kechgan holda, kitobxonning estetik ta'sirlanish darajasini birinchi o'ringa qo'yishni talab qiladi. Chunki haddan ortiq aniqlik pragmatik noaniqlikka olib kelishi, ya'ni tarjima asliyati o'z kitobxoniga ko'rsatgan darajadagi ta'sirchanlikni yaratishga ojizlik qilishi mumkin. [6,248-b]

Tarjimon matn ustida ishlash jarayonida asar muallifining kommunikativ istagini to'liq tushunib olishi kerak. Shu yerda tarjimonning badiiy adabiyot sohasida egallagan bor ma'naviy bilimlari ishga solinadi. Asar muallifi o'zining kommunikativ istagini amalga oshirish yo'lida turli frazeologik birliklardan (iboralardan) foydalanadi.

Scientific Journal Impact Factor

Tarjimalarda iboralardan ixtilof bo'lmay iloj yo'q. Ularning predmetli-mantiqli, konnotativ xususiyatlaridan kelib chiqib, til birliklari o'rtasida mazmun va ma'no uyg'unligini ta'minlaydi. [7,55-b] Muloqotning maqsadi tarjimonga tarjima qilayotgan so'z ma'nolarini retseptorda taassurot qoldirish yo'llarini ochib berishga imkon yaratishdir. Shu maqsadda tarjimon asliyatdagi iboralarni uning ma'nolarini saqlab qolishda o'zidan qo'shib, iborani ibora bilan almashtirib, kengroq doirada tarjima qilgan.

XULOSA (CONCLUSION)

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi misollar tahlilida biz Bhisham Sahniyning «Basantiy» romanida iboralarni, oxshatishlarni tarjimada ekvivalentini to'g'ridan-to'g'ri ya'ni adekvat yoki bilvosita berilishini ko'rib chiqdik.

Asliyat va tarjima birliklari darajalarning barchasida yoki ularning bir-nechtasida ekvivalent bo'lishi mumkin ekan. To'liq yoki qisman ekvivalent birliklar va salohiyati teng qiymatli ta'riflar ob'ektiv ravishda original tilida va tarjima tilida ham mavjud, biroq ularni to'g'ri baholash, tanlash va qo'llash tarjimonning bilim, malaka va ijodiy qobiliyatiga, uning til va ekstralingvistik omillarni hisobga olish va taqqoslash mahoratiga bog'liqdir. Iboralar tarjimasini o'rganganda asosan ekvivalent va muqobil variantlarini topishda tarjimon mahorati yaqqol ko'zga tashlanadi, chunki hindiy tilida oddiy tilda berilgan so'zlar tarjimada iboralar bilan ifodalangan. Asliyat va tarjima matnidagi ekvivalent iboralarda ma'noning siljishi kuzatilib, asliyatdagi iboralar tarjima maydoniga ko'chganda ma'nosi torayib, yangi ma'noni qo'shimcha sifatida olishi kuzatildi. Tarjimon asliyatda berilgan o'xshatishlarni o'zbek kitobxonlari madaniyatiga xos tarzida tarjima qilgan va har ikki tilda ham ma'noni saqlab qolishga erishgan.

Iboralarni tarjimada adekvat talqin etish tarjima amaliyotining o'ta murakkab va shu bilan birga, juda mas'uliyatli masalalaridan hisoblanadi. Chunki ular nutqning badiiy-tasviriy vositalari sifatida fikrning oddiy, betaraf bayonidan ko'ra ko'proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok etadi.

Ko'pgina tadqiqotchilarning izlanishlaridan ma'lum bo'ldiki, iboralar tilning yaxlit lug'aviy birligi sifatida uni grammatik, semantik, funktsional, xatto sotsiologik jihatdan o'rganish mumkinligi ko'rsatiladi. Bundan tashqari, talay iboralar milliy xususiyatga egadirki, bu hol tarjimonlarga qiyinchiliklar tug'diradi. Har bir til ibora zahirasi tarkibida xalq hayotiga mansub ijtimoiy voqea xodisalar, axloqiy va ma'naviy-madaniy me'yorlar, ruhiy holatlar, diniy tasavvur, milliy an'ana va urf-odatlar o'z aksini topgan bo'ladi.

Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, tarjimada mutarjim mazmun va ma'noga aynan mos tushuvchi so'zlarni qo'yib o'girish bilan tarjima ekvivalentligiga erishgan. Tarjimonning ma'naviy bilimlari qanchalik chuqur va keng bo'lsa, badiiy tarjima matnining ekvivalentlik darajasi shunchalik yuqori bo'lishi mumkinligiga amin bo'ldik.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ланчиков В.К., Семантические и стилистические аспекты перевода. ,-M., 1977. - С.40.

2. Лайонз Джон., Лингвистическая семантика //Языки славянской культуры.-У.,2003. - С.8-15.

3. Швейцер А.Д. Теория перевода./М Neubert A. Text and translation. Leipzig, 1985.- R. 55.//- M., 1988.

4. Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари.-Тошкент: Mumtoz so'z, 2011.

5. Басантий романи. Амир Файзулла. - T: "Turon-Iqbol", 2010.

6. Латышев Л. К. Курс перевода: Эквивалентность перевода и способы ее достижения.,-М.: Международные отношения, 1981.

7. Швейцер А.Д. Теория перевода. Статус, проблемы, аспекты. - M., 1988.

8. УЩЯ". Wt. ^wr, 4Tf fè^t ^¿3- Ux

9. Комиссаров, В. Н. Лингвистика перевода. - М.: Международные отношения, 1980

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.