Scientific Journal Impact Factor
FE'LIY FRAZEMALARNI O'ZBEK TILIDAGI MUQOBIL VARIANT
GURUHLANISHI ( AGATA KRISTI ASARLARI TARJIMALARI MISOLIDA)
Fe'liy frazemali tarjimalarning xususiyatlarini o'rganish, shu tariqa mazkur tarjima usuliga munosabat bildirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Fe'liy frazemali vositali tarjimaga munosabat bildirish hozirgacha G 'arbiy Yevropa adabiyotlaridan o 'zbek tiliga qilingan vositali tarjimalar tarixiga baxo berish hamda bu soxada istiqbolda qilinadigan ishlarning mundarijasini belgilab olish, bu borada tegishli tadbirlar ishlab chiqish bugungi tarjimonlar va tarjimachilik ishini nazorat qilib, muvofiqlashtirish bilan shug'ullanadigan tarjimonlar oldida turgan eng dolzarb masalalardandir.
Kalit so'zlar: Frazema, tarjima, xususiyat, milliylik, falsafiy mohiyati, yo 'nalish, asl nusxa, asar konsepsiyasi, tarjimon maqsadi.
The study of the features of verbal phraseological translations, and thus the reaction to this method of translation, is of great importance today. Today's translators have a great task to evaluate the history of intermediate translations from Western European literature into Uzbek, to determine the content of future work in this area, to develop appropriate measures in this regard. One of the most pressing challenges facing translators who oversee and coordinate the translation process is to interpret the text on a national basis.
Keywords: Phrase, translation, feature, nationality, philosophical essence, method of translation, original, concept of work, purpose of the translator.
Uslub har bir muallifning o'ziga xos xususiyat bo'lib, har bir sanatkorning o'z uslubi - ijodiga xos g'oyaviy yo'nalishi, matnda qo'llaydigan badiiy-tasviriy vositalari, leksik-frazeologik elementlari va badiiy shaklga alokador o'zga xos komponentlar mavjud bo'lishini tafozo etadi.
Har bir muallifning o'z «tili», ya'ni uslubini kayta yaratish badiiy tarjimaning muhim shartlaridan biri bo'lib tarjimondan katta badiiy mahorat talab qiladi.
Marxabo Raxmonkulovna Abdullayeva
TDShU G'arb tillari kafedrasi o'qituvchisi.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
Badiiy tarjimalarni kiyosiy-uslubiy asosda o'rganish orqali bir qancha ijobiy natijalarni qo'lga kiritish mumkin. Bular tarjimalarning asl nusxaga mosligi (adekvatligi) darajasi va ularning uslubiy sifatini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, mazkur kiyosiy metodika yana bir aspekt - muayyan bir asarning bir kancha tarjimalari mavjud bo'lganida, vorisiylik va goho yuz beradigan adabiy o'g'rilik (plagiatlik, ko'chirmachilik hodisasi)ni aniqlashda ham qo'l keladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbek tarjimachiligi amaliyotida qo'llanilayotgan vositali til orqali o'girish tajribasi, ularga munosabat, bunday tarjimalar metodikasi masalasiga alohida to'xtashga to'g'ri keladi. Ma'lumki, g'arb adabiyoti, jumladan, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan va boshqa adabiyotlar asarlari bevosita o'sha tillarning o'zlaridan emas, balki ruschadan tarjima qilinib kelayapti. Bu adabiyotlardan o'zbek tiliga ancha ko'p asarlar o'girilgan.
Badiiy tarjimani qiyosiy uslubshunoslik asosida o'rganish problemasini yirik rus tarjimashunos olimi prof. A.V.Fyodorov o'zbek olimi G'aybulla Salomov kabi mutaxassislar ilmiy asoslab berdilar .
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tarjima bo'lish nazariyasining asosiy tezislaridan biri shuki, biron tilda shunday bir narsa yo'qki, uni aks ettiradigan boshqa lisoniy kategoriya, yo uslubiy qatlam, yo mantiqiy tushuncha, yo leksik vosita bo'lmasin. Ammo bu hol bir tildagi o'sha lingvistik o'ziga xoslik yoxud afzallik vositasida ifodalangan fikrni boshqa tillarga, boshqa fonetik, morfologik, sintaktik yoki leksik-uslubiy vositalar bilan umuman berib bo'lmasligini anglatmaydi.
Badiiy asar har xil uslubda turlicha maromda: mungli yoki quvnoq, ko'tarinki eki tekis, bir maromda, jarangdor eki sidirg'a, musiqiy eki vazmin usulda ezilgan bo'lishi mumkin. Bunda ko'p narsa kitobda tasvirlanaetgan davr, tanlangan mavzu, voqelarning xarakteriga bog'liq. Agar tarjima qilish uchun tanlangan asarning bunday belgilari aniqlangan bo'lmasa, uning ruhiga mos kalit topib bo'lmaydi, natijada garchand kitob boshqa tilga ko'chirilsa-da, u yangi kitobxonga o'z «tilsimoti»ni ochmaydi. Shu tarika tarjima qilishdan kuzatilgan maqsad ruyobga chiqmaydi.
Turli tarjimonlar uslubning bir-biridan farqlanishi, har bir tarjimon boshqalarnikidan ajralib turadigan o'z individual uslubiga egaligi, bir tarjimonning ijodida turli uslub yo'nalishlari namoyon bo'lishi, ular o'zlarining xar xil asarlarini bir-biridan xiyla jiddiy farq qiladigan uslubda yozishi - bularning barchasi tarjimondan asl nusxaga mos uslub kaliti topishini talab etadi. Tarjimada muvofik
Scientific Journal Impact Factor
uslub kalitni topish asarning yozilishi stili bilan g'oyasi hamda muallif dunyoqarashi o'rtasidagi bog'lanishni to'g'ri belgilash, marom, oxang, sintaktik tarz va obrazlar silsilasiga xos xususiyatlarni to'g'ri tayin qila bilishga bog'liq. Biron asarni tarjima qilishda makbul uslub kaliti topilmas ekan, tarjiam asl nusxaga ekvivalentlik holatida bo'la olmaydi.
Tarjimaning asl nusxasiga nisbatan aniqligini belgilovchi universal kriterii, hamma hollarga baravar muvofiq keladigan mezon yo'q va bo'lishi ham mumkin emas. Aniqlik tarjima qilinayotgan asar tarjimani yaratishdan ko'zlangan maqsadga qarab o'zgaradigan, adabiy - tarixiy, dialektik tushunchadir. Badiiy tarjimaning asosiy hislatlaridan biri obrazlilik ekan, bunda so'zni-so'z bilan jumlani-jumla bilan emas, balki obrazni - obraz bilan aks ettirish tarjimon oldida ko'ndalang bo'ladigan muammo hisoblanadi.
Har bir asarni tarjima qilishga yo bo'lmasa, o'girilgan kitob tahliliga kirishishdan oldin shu ijod namunasini yaratgan san'atkorning o'ziga xos uslubi, obrazlar olami, qisqasi, uning «quyoshi ne taxlit porlashi - how his sun shines»ni bilmok kerak. Bu ish har qanday kalamkashning ham qo'lidan kelavermaydi va buni har qanday tadqiqotchi ham tushunavermaydi.
Nasriy tarjimaning o'z kiyinchiliklari bor. Bunda so'zlar ma'no tarafidan va uslubiy jihatdan bir-biriga mos tushishi, bir-birining o'rnini «qoplash»i zarur, mukobil iboralar topish, o'zgacha sintaktik qurilmalar tuzish, oxang, ritm muammolarini yechishga to'g'ri keladi. Nasriy asarda so'z, nafosat va go'zallikni tasvirlash, san'at namunasi yaratishning asosiy vositasi, muhim elementi hisoblanadi.
Asarni boshqa tilda qayta tiklash shakl va mazmun birligini caqlash yo'li bilan amalga oshirilar ekan, tarjima qilish umuman g'ayri imkoniy bir urinishday tuyuladi, chunki asl nusxada yaratilgan asarda til asosiy shakliy libos, lisoniy arsenal hisoblanadi. Basharti, tarjima sof lingvistik hodisa bo'lganida, bu extimol, yechib bo'lmas bir jumboqqa aylanib kolgan bo'lardi. Aslida esa mantiqiy chigallik bo'lib ko'ringan bu uammoni xal qilishning iloji bor, chunki tarjima ijoddir. Zotan, unda shakl bilan mazmun alohida emas, balki yaxlit holda kayta tiklanadi. Tarjimon asl nusxaga monand bir taxlitda shakl bilan mazmun birligini kayta yaratmog'i darkor.
Umuman, rang tuyg'usi aksariyat so'z bilan «tushuntirib» bo'lmaydigan sehrli, mo''jazalar tuyg'udir. Hamonki, kolorit tushunchasining zamirida rang ètar ekan, maxsus «rang koloriti» haqida ham gapirish o'rinli tuyuladi.
Rang tuyg'usi faqat san'at, adabiyot va muzika janrlarnigina emas, balki shu sohada xizmat qilaètgan arboblarni ham birlashtiruvchi omillardan sanaladi. Masalan, muallif bilan tarjimon ittifoqini olaylik. Har bir asarning milliy spesifikasi, uning
Scientific Journal Impact Factor
o'ziga xosligini tarjimada berish haqida gap borganda, o'sha asarni aks etgan kiyim -kechaklar, ovqat va ichimliklar, è bo'lmasa turli irim-sirimlarning nomini sanash èki ularni alohida olgan holda lingvistik - strukturali tahlildan o'tkazish bilan ish bitmaydi. Bunda asosiy e'tibor muayyon tarixiy, jo'g'rofiy, onomastik va xokozo tushuncha hamda qarashlar bilan bog'liq ashyo yoki udumlar badiiy asarning ruhiga qanchalik singdirilganligi, ular asarda, èiinki èzuvchining individual uslubi va mahoratida qanday ahamiyatga molik ekanligini aniqlashga qaratilmogi darkor.
Tarjimon oldida ko'ndalang bo'lib turadigan ilk muammolardan biri: asarda aks etgan tarixiy va milliy xosliklardan qay birini caqlash, ne yo'sinda aks ettirish kerak?, degan masalalardir. Tarjimaning asosiy aqidasidan kelib chiqamiz: asarni o'girish -bu uni boshka tilda shakl va mazmun birligini caqlagan holda ifodalash demakdir. Birok tilning o'zi millatning muomala munosabatida o'ziga xos vositalar sistemasi ekanligini ta'kidlash lozimdir.
Agata Kristi ditektivlari tarjimasida biz uslubni, Agataning ruhini, u yashagan davr, muxit, an'ana va estetik idealini his qilib turishimiz kerak. Tarjimon Izzat Azmedov mahorati shundaki, o'quvchi «10 ta negr bolasi», «O'g'irlangan million dollor», «Erkyul Puaro», «Nilli ko'zani siri » tragediyalarni o'qiganda buyuk dramaturg ijodining chuqur falsafiy mohiyati, obrazlarining èrqinligi va mazmundorligi, asarlarning katta insonparvarlik g'oyasini mukammal his etadi.
Asar yaratilgan davr tiliga aynan muvofiq keladigan til bilan tarjima qilishga urinishning samarasiz ekanligi klassik adabièt asarlari tarjimasida hozirgi tilga doir fe'lli frazemalar , xos uluslarni (realiylar) ishlatishga ham asos bermaydi. Aksincha, bunday qilish asl nusxada tasvirlangan voqea - hodisa va o'zga halqning milliy -tarixiy yashash tarzini bizning kunlarimizga ko'chirib kelishga va shu bilan birga tarixiy-estetik haqiqatni buzishga sabab bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, asl nusxa o'z davriga nisbatan tarixiy-falsafiy mavzuda èzilmagan va o'sha «ibtido»sidayoq uning o'zi arxaik uslubda barpo etilgan bo'lmasa, odatda tarjimada ham arxaik uslub qo'llanilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
l.Abdullayeva M.R "Ingliz tilidan o'zbek tiliga ilk bevosita tarjimalarda mazmun va shakl mutanosibligi" TerDU "ADABIY ALOQALAR VA MADANIYaTLARNING O'ZARO TASIRI"( Xalqaro ilmiy anjuman maqolalar to'plami ) 2019y. 237-239b
2 Abdullayeva M.R "Translation of National events and consepts in fiction"
230
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
IJSTR . VOLUME 9 ISSUE 02.FEBRUARY2020 ISSN 2277-8618
3. Баскаков Н.А., Содиков А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. Тошкент, Укдтувчи, 1979
4. Маматов А.Э.. Хрзирги узбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари. Т. 1998.
5. Мусаев К. "Лексико-фразеологические вопросы художественного перевода"., Тошкент, Укитувчи, 1980.
6. Саломов Гайбулла. Тил ва таржима. Тошкент, 1965.
7. Шуман М. "Восточный колорит в переводах". "Вопросы теории и практики художственного перевода". Рига, 1968.
8. Хантемирова К.З. Воссоздание националного своеобразие оригинала в художественном переводе. Москва, 1970.
9. Федоров А.В. О художественном переводе. М., 1967.